ijtimoiy sohada shunday o'zgarishlar ro'y berdiki, ular teatr san'atini tubdan
yangilanishga olib keldi.
Ovro'po teatrining faoliyat tarzi XIX asrda butkul boshqacha tusga kirdi: o'sha
davr uchun xos erkin raqobat tarzi teatrlar tarmog'ining mudom kengayishiga olib
keldi. Ovro'po mamlakatlarida bo'lganidek, AQSHda
ham markaz va viloyatlarda
ko'pdan-ko'p shaxsiy teatrlar paydo bo'ldi. Ular ommaviy tomoshabinlarga
moijallangan imtiyozli teatrlar (Parijda xiyobon teatrlari, Londonda kichik teatrlar)
dan farqlanib turardi. Demokratik doiralar mafkurasi ma'naviy hayotning boshqa
sohalari qatori teatrga ham samarali ta'sir ko'rsata boshladi.
XIX asrning birinchi yarmida ijodiyotda romantizm yetakchi badiiy yo'nalish
bo'lib qoladi. Shakllanish bosqichi shu davrga oid tanqidiy realizm uslubi
romantizm bilan baqamti yashab, XIX—XX asrlar bo'sag'asida
drama va sahna
san'atining asosiy badiiy yo'nalishiga aylanadi.
Romantizm dunyoni anglash usuli, ijodiy uslub tarzida XVIII asrning oxiri —
XIX asrning boshlarida umuminqilobiy ko'tarilish, ijtimoiy va milliy ozodlik
harakatlari mahsuli sifatida shakllandi. Romantizm o'sha davrning bayrog'iga
aylandi, bunga sabab bu san'at orqali davr olg'a surgan insonning shaxsiy erkinligi,
xalqlarning mustaqillik uchun kurashish g'oyalari idrok etildi.
Romantizm atamasi fransuzcha romantisme so'zidan olingan bo'lib, ishqiy
munosabatlar bilan bog'liq voqea va yozishlarni anglatgan. Romantizm teatri —
tabiatan shoirona kechmishga, lirik jo'shqinlikka asoslangan san'at; shu holat
mazkur san'atda avval muqimlashib qolgan san'at qoidalariga zid tarzda «his-tuyg'u
ustuvorligi» bosh qoidaga aylanishini belgilab bergan. Romantiklar yangi tarixiy
bosqichda klassitsizmga qarshi
kurash ochib, bu oqimga xos aql-idrok ustuvorligi
qoidasini yo'qqa chiqardilar. Ular voqelikni badiiy idrok etishda uni yaxshiligu
yomonlik, ulug'vorligu tubanlik uyg'unligidan iborat rango-rang va o'zgaruvchan
narsa tarzida ko'rsatish uchun kurashdilar. Romantiklar san'atni yangi marralarga
olib chiqish omillarini xalq ijodidan topdilar.
Xalq urf-odatlari, rivoyat va ertaklari,
ommabop demokratik teatr turlari yangi ruhdagi drama turini yaratishda ularga
bebaho xazina bo'lib xizmat qildi. Shuningdek, ular Uyg'onish davri san'ati,
chunonchi, ispan va ingliz dramaturgiyasi va, ayniqsa, o'zlarining
estetik ideallari
ifodachisi tarzida qabul qilingan Shekspir ijodidan bahramand bo'ldilar.
1830-yillarga kelganda romantik qahramon sahnani butkul o'ziniki qilib oladi;
e'tiborlisi shundaki, pyesa voqeasi qaysi davrda o'tishidan qat'i nazar,
bu qahramon
zo'rlik va haqsizlik olamiga qarshi kurashga kirgan o'tyurak, beorom «XIX asrning
navqiron shunqori» tarzida namoyon bo’ladi.
XIX asrning o'rtalariga kelganda tanqidiy realizm san'ati yetakchi o'rinni
egallaydi. Tanqidiy realizm burjua jamiyatining yetilish jarayoni bilan bevosita
bog'liqlikda shakllandi. Shu bois bu uslubning ilk namunalari
Fransiya va Angliya
mamlakatlarida paydo bo’ldi.
Fransiya XIX asr jahon teatr madaniyati tarixida alohida nufuzli o'ringa ega.
Fransuz burjua inqilobi fransuz san'ati rivojiga alohida ta'sir ko'rsatdi. 1791-yili
Ta'sis majlisi teatr haqida alohida dekret qabul qildi. Bunga ko'ra fransuz teatrlari
orasida hukm surib kelgan imtiyozli va imtiyozsiz teatr degan farqlash maqomlari
bekor qilindi,
kimki istasa, unga teatr ochish huquqi berildi. Shuning natijasida bir
yil ichida Parijning o'zida o'n sakkizta yangi teatr ochildi.
Klassitsizm an'analari boshqa mamlakatlarga qaraganda Fransiyada chuqur ildiz
otgan edi. Bu hol g'oyaviy maslagidan qat'i nazar romantiklarni o'zaro birlashib,
shu oqim aqidalariga qarshi kurashga da'vat etdi.
XIX asrning o'rtalarida Balzakning realistik san'ati yuksak namunalar bera
boshlaydi. V. Gyugo, A. Dyuma (otasi), A. de Vini romantik
dramalarining teatr
amaliyoti bilan bog'liqligi 1820— 1830-yillar Fransiya teatr hayotining muhim
yutuqlariga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: