voz kechdi. Natijada, insoniy munosabatlarning tub ma'nosini anglatish Goldoni
pyesalarining asosiy fazilatiga aylandi.
Goldoni o'z komediyalarini «xulq-atvor komediyasi» deyish o'rniga ba'zan
muhit komediyasi yoki jamoa komediyasi deb atagan. Bu o'ziga xos atamalarning
mohiyati
xalq hayotini keng tasvirlash, turli tabaqa kishilariga xos xususiyatlarni
ochishdan iborat yagona ijodiy intilishning ifodasi edi. Bu toifadagi komediyalarda
Goldonining fikricha, bosh qahramonlar bo’lmasligi kerak. Dramaturgning
vazifasi, uningcha, haqqoniy umumiy ijtimoiy muhit manzarasini yaratishdan
iboratdir.
Goldoni «jamoa komediyasi» talablariga amal qilgan holda shahar turmush
manzaralari, turli ijtimoiy tabaqalar hayotining kashfiyotchisi sifatida ko'rindi.
«Qahvaxona», «Yangi uy» (1760), «Kiojiliklar hangomasi (1762), «Yelpig'ich»
(1763) va boshqa pyesalar shular jumlasidandir. ”Kiojiliklar hangomasi” ayniqsa
qiziqarli. O'sha davrda birorta dramaturg «quyi» tabaqa kishilari hayotini shu
darajada yorqin ifoda etmagan. Bu baliqchilar hayotidan
olingan xushchaqchaq
komediyadir.
Goldoni «jamoa komediyasi»ga kelish bo'sag'asida «Ikki boyga bir malay»
(senariysini 1745-yili, to'la matnini 1749-yili yozgan) degan ilk pyesasida birinchi
bor turlicha insoniy timsollarni yaratishga harakat qilgan.
«Mehmonxona bekasi» (1753) komediyasida Goldonining ko'p qirrali obraz
yaratish niyati Mirandolina obrazi orqali ro'yobga chiqqan.
Goldoni o'z ijodi davomida 267 ta pyesa yozgan bo'lib, shulardan 155 tasi
komediya, qolganlari tragediya, tragikomediya va boshqa janr asarlaridir. U
yaratgan xulq-atvor komediyasi XVIII asrning o'rtasida noyob badiiy hodisaga
aylandi. Goldonini umum Ovro'po miqyosida tan olinishining sabablaridan biri
ham shundadir.
Goldoni asarlari o'z sahnabopligi va umuminsoniy mazmunga egaligi bilan
dunyo teatrlarida nufuzli o'rin tutib keldi. Ilk bor 1927-yili o'zbek sahnasida
qo'yilgan «Ikki boyga bir malay» (Cho'lpon tarjimasi) Respublikamizda keng
tarqalgan asarlardan biri bo'ldi. 1934-yili Hamza nomli akademik drama teatrida
«Mehmonxona bekasi» asari qo'yiladi, Mirandolina rolini S. Eshon-to'rayeva
mahorat bilan ijro etadi.
K. Goldoni ijodi avjga chiqqan bir paytda italyan dramaturgiyasida yangi nom
paydo bo'ladi. Bu Karlo Go'tssi edi. 1721-yili Venetsiya teatrida uning «Uch
apelsinga sevgi» degan fiyabi (teatr ertagi) katta muvaffaqiyat bilan ko'rsatiladi.
1762-yili Go'tssining «Malikai Turandot» fiyabi yanada
shov-shuvli muvaffaqiyat
qozonadi. Bular tomoshabinlarning Go'tssi tomoniga o'tib ketishi va Goldoni teatri
nufuzining tushib ketishiga sabab bo'ladi. Parijdagi Italiya Komediyasi teatrida
dramaturg bo'lib xizmat qilish haqidagi taklifga binoan Goldoni 1762-yili
Venetsiyani bir umrga tark etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: