Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


PIYER O'GYUSTEN KARON BOMARSHE



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
PIYER O'GYUSTEN KARON BOMARSHE (1732-1799-y.) 


 
Piyer O'gyusten Karon, keyinchalik dvoryanchasiga de Bomarshe soatsoz 
oilasida tug'ilgan. U yoshlikdayoq ko'p sohaiarda yorqin namoyon bo'lgan layoqati 
bilan odamlarni hayratga solgan: yangi, g'aroyib soat nusxasini ixtiro qilgan; 
musiqaga zo'r layoqati bo'lganidan Lyudovik XV saroyida uning qizlariga 
musiqadan dars bergan. U yangi arfa nusxasini ixtiro qiladiki, bu so’z keyinchalik 
ham qo'llanilib keldi; saroydagi obro'-e'tiboridan foydalanib, moliya oldi-
berdilarida omilkorlik ko'rsatib kattagina pul ham to'playdi, qamalib ham chiqadi. 
Shundan so'ng Bomarshe o'zini sahnada ko'rsatish payiga tushadi. Lekin 
ma'rifatparvarlar bu saroy shovvozini o'z saflariga olmaydilar. Bomarshe sudlanib, 
boyligidan ajrab, saroy doirasidan bezib, tabaqachilik tuzumini fosh etgandan 
keyin ilg'or ziyolilar uni tan ola boshlaydi. Bomarshening o'tkir tanqidiy ruhdagi 
«Xotiralar»i (1773-1774) nashr qilinib, o'zi bir fursat hibsda yotib chiqqandan 
keyin bu zaxmatkash zot jamoat ko'z o'ngida yo'qsillarning huquqi va qadr-
qimmatining mardonavor himoyachisi tarzida o'zini ko'rsatadi. Uni ilk bor 
dramaturg sifatida tanitgan «Seviliya sartaroshi» komediyasi ham shu davrda 
yozildi, lekin faqat Lyudovik XV ning vafotidan keyin, 1775-yili sahnaga qo'yildi. 
«Figaroning uylanishi» «Seviliya sartaroshi»ning davomi bo'lib, 1781-yili yozildi, 
lekin oradan uch yil o'tgach, sahna yuzini ko'rdi. «Bu tuban bir narsa, u hech 
qachon oynalmaydi,-deya g'avg'o ko'targan edi asarni o'qigach Lyudovik XVI, - 
Bastiliyani buzib tashlash lozim, aks holda bu pyesa dahshatli nashtari bilan 
hammani xarob qiladi. Mamlakatda nimaiki muqaddas hisoblansa, hammasining 
ustidan kulgan bu zot». Chindanda, «Figaroning uylanishi» sahnaga qo'yilgandan 
keyin besh yilgina o'tishi bilan bosh ko'tarib chiqqan Parij xalqi Bastiliyani 
egallaydi. Napoleon «Figaroning uylanishi»ni «harakatga kelgan inqilob», deb 
atadi. 
«Figaroning uylanishi» asarida graf Figaroning raqibi sifatida ko'rinadi: u 
Figaro uylanmoqchi bo'lgan qaylig'i Syuzanna bilan to'yoldi birinchi tunni 
o'tkazish payida o'z xizmatkori bilan to'qnashuvga kiradi. Figaro esa zinokor graf 
Almaviva va Syuzannaga oshiq aslzoda Kerubino intilishlirini bartaraf etib, o'z 
murod-maqsadiga erishadi. 


 
Figaro asarning bu qismida shafqat talab kishi emas, u dadil tortishadi, olishadi 
va haqini qo'ldan boy bermaydi. Uning achchiq asosli so'zlari butun hukmdorlar 
saltanatiga qaratilgan ta'nalar tarzida jaranglaydi. Bomarshe Figaro obrazi bilan o'z 
ijodining hayotga naqadar yaqinligini namoyish etdi. 
1792-yili Bomarshe trilogiyaning «Jinoyatchi ona» degan oxirgi qismini 
yozadi. Lekin bu dramaturgning avvalgi g'oyalaridan chekinishidan o'zga ish 
bo'lmadi. 
1680-yili Molyer truppasi, Burgundiya va Genego teatrlaridan tanlab olinib, 27 
nafar iste'dodli aktyorlar tarkibida tashkil topgan 
«Komedi Fransez» teatri XVIII asr davomida Fransiyaning bosh tetari sifatida 
faoliyat ko'rsatib keldi. Bu davlat tomonidan moddiy ta'minlanuvchi va Parijda 
yakka hokimlik huquqiga ega qirollikning imtiyozli teatri edi. Yigirma yetti aktyor 
soseter (paychi) daromadni o'zaro teng bo'lish huquqiga ega xodim hisoblanib, 
ularning faoliyati kamer — yunker deb atalgan to'rt kichik saroy amaldori to-
monidan har oy navbatma-navbat boshqarilgan. «Komedi Fransez» teatridan 
tashqari XVIII asrning 20-yillarida Parijda bulvar — xiyobon teatrlari keng avj 
oladi. 
Aktyorlik sa'nati sohasida ayniqsa uch aktyor shuhrat topdi. Shulardan biri Mari 
Dyumenil (1713—1803) qaynoq hissiy kechinmalarga boy san'atkor sifatida 
tanildi. U ijodi ko'ngil mayli (intuitsiya) dan tug'iluvchi aktirisa bo'lib, 
tomoshabinning ko'z o'ngida ilhom epkini bilan obraz yaratar, goho hayratlanarli 
tarzda his-ehtiroslar quyuniga g'arq bo’lar edi. Lekin ilhom parisi hamisha ham 
yordamga kelaver-mas va bunday vaziyatda uning rollari noravon bo'lib chiqar edi. 
Didra «Aktyor haqida paradoks” risolasida his-ehtrosga berilish aktyor uchun 
xatarli ekani haqida so'z ocharkan, o'z fikrini tasdiqlash maqsadida Dyuminel 
ijodini misol qilib ko'rsatgan. 
Dyumenil Volter dramaturgiyasi estetik tabiatining faqat bir jihatiga mos 
tushdi, ya'ni u yuqori darajadagi his-tuyg'u ifodachisi sifatida qahramon taqdirida 
favqulodda ro'y beruvchi ruhiy o'zgarishlarni yashin chaqinidek jo'shish, 
alangalanish orqali mohirona namoyon etdi. Garrikning ta'biricha, «Unda 


 
shunchalik chiroy va tarovat jamuljamki, bular meni hayratga soldi va unga nis-
batan hurmat-e'tiborimni oshirib yubordi». 
Ippolita Kleron (1723—1803) yuksak texnika egasi ekanligi bilan Dyumenildan 
tubdan farqlanib turadi. U Volter asarlari orqali mantiqiy tahlil usullarini 
o'zlashtiradi va shu yo'l bilan kechinma san'atiga yaqinlashadi. 
Kleron umr bo'yi o'qish-o'rganish bilan shug'ullanadi: u anatomiyadan inson 
yuz-yanoq muskullarining har birining harakat va tuslanishi orqali his-tuyg'uning 
qaysi turini ifodalash usullarini o'zlashtirgan edi. Kleron obrazni chuqur tahlil etish 
bilan uning ijtimoiy kelib chiqishi, axloqiy qiyofasi, u yoki bu xatti-harakatining 
asoslarini anglab olishga harakat qilardi. 
Kleronning tabiati uchun his-tuyg'u cho'g'i yot emas edi. Didroning guvohlik 
berishicha, mashq jarayonida ba'zan u hissiy jazavalar alangasida yonguvchi edi. 
Kleron «Komedi Fransez» sahnasiga viloyatda olti yillik va Parij opera teatrida 
birmuncha tajriba to'plab, 1743-yili kelgan edi. 
Leken ijodi gullagan bir paytda, 1765-yili sahnani tashlashga maj-bur bo'ladi va 
saroy-kishilari bilan urushib qolib, shu yili bir fursat qamoqda yotib chiqadi va 
keyin sahnani tashlab ketadi. 
Volter dramturgiyasida o'zini buyuk ijodkor sifatida ko'rsatgan aktyor Anri Lui 
Leken (1729—1778) bo'ldi. Leken yoshligidan uy havaskorlik truppalarida rollar 
ijro etib, so'ng Volterning uy teatrida uning ustozligida mahoratini oshirgach, 
«Komedi Fransez» sahnasiga kelgan. Leken o'z ustida sabot bilan ishlab, 
klassitsizm talabi darajasida jarangdor ovoz, tashqi ko'rkamlik fazilatlarini ort-
tiradi. Leken o'z ijodida Dyumenilga xos ko'ngil izxori va hissiy joziba va 
Kleronning zakovati, mantiqiy izchilligini uyg'un tarzda o'zlashtirib, Volter 
qahramonlarini sahnada butun borlig'i bilan namoyon etuvchi aktyor sifatida 
maydonga chiqqan edi. Volter Lekenni o'z dramaturgiyasining eng iqtidorli 
talqinchisi deb bilgan. 
Volterning «Xitoylik yetim» (1755) asaridagi Chingizxon Lekenning birinchi 
yirik roli bo'ldi. Volter yordamida rol ustida ishlab, o'z ijrosining tabiiyligi bilan 
tomoshabinni hayratga soluvchi darajaga ko'tariladi. Bu spektaklning tarixda 


 
qolishining yana bir sababi, Leken Chingizxon, rolida Xitoy qizi Idema rolida 
Kleron chiqqan edi. Leken Muhammad va Orasman rollari bilan yangi yutuqlarga 
erishadi. Orasman sharq kishisi emas, balki fransuz saroy mulozimi tarzida 
namoyon bo'ldi. Orasman rol yechimi Otello obrazini chuqur o'rganish orqali topdi 
va u tez ta'sirlanuvchan, jo'shqin qalbli, lekin saroy tarbiyasini ko'rmagan dag'al 
ehtirosli shaxs tarzida ko'rindi. 
Leken keyingi yigirma yillik xayotini ko'proq rejissuraga bag'ishladi. 1759-yili 
«Komedi Fransez» sahnasi atrofida tomoshabinlarning joylashish tartibini bekor 
qiladi va u kengaytirilgan sahnaning birinchi ijodkori sifatida maydonga chiqdi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish