Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

 
SAHNA SAN'ATI 
XIX asrning birinchi yarmida “Kovent — Garden” va “Druri — Leyn” 
Londondagi eng yirik imtiyozli teatrlar tarzida faoliyat ko'rsatib keldi. Shu qatori 
ularga zid ravishda imtiyozsiz «kichik» teatrlar deb ataluvchi ko'pdan-ko'p ijodiy 
jamoalar ham yashashda davom etadi. Lekin yirik pyesalarni sahnaga qo'yish faqat 
imtiyozli teatrlarning huquqiy doirasiga kirgan edi. 
NEMIS TEATRI 
Nemis teatrida romantizm oqimi o'z falsafiy qamrovdorligi bilan ko'zga 
tashiandi. Nemis romantizmining estetik tamoyillari Veymarga qo'sni Lyen 
shahrida XVIII asrning oxirlarida tarkib topgan «Iyen to'garagi» doirasida 
shakllangan. O'z asarlarida romantizm nazariyasini ishiab chiqqan aka-uka Avgust 
Vilgelm Shlegel (1767-1845) va Fridrix Shlegel (1772-1829) iyenlik 
romantiklarning asosiy nazariyachilari sifatida maydonga chiqadilar. 
Nemis romantiklari, klassitsizm va ma'rifatparvarlik realizmiga xos aql-idrok 
ustuvorligi uzluksiz o'zgaruvchan voqelik tasviriga xalaqit beradi, deb bu badiiy 
uslublarni qabul qilmadilar. Ular F. Shellingning inson ruhining erkinligi haqidagi 
falsafiy qoidasiga suyanib, san'atning har qanday chekinishdan xoli, mutlaqo erkin 
bo'lishi qoidasini olg'a surdilar. 
Nemis romantiklarini insoniyatning badiiy takomili jabhasiga alohida qiziqib 
qaragan birinchi adabiyot tarixchilari deb hisoblash mumkin. Ular moziyga nazar 
tashlab, o'z ildizlari, avvalo, xalq ijodi — ertak, xalq qo'shiqlari, o'rta asr 
rivoyatlariga borib taqalishini angladilar. 


 
Romantiklar Shekspirni o'zlarining bevosita o'tmishdoshlari deb qabul qildilar. 
Shekspir asarlariga xos badiiy tasavvur erkinligi, beandoza muloqot va 
to'qnashuvlar, o'zaro uyg'unlik va ma'no ko'lamdorligi romantik san'atga yaqin edi. 
XIX asrning boshlarida Germaniyada Shekspirga nisbatan o'ziga xos sig'inish 
pallasi ro'y beradi. Nemis romantiklari Shekspirni o'z «zamini»dan ajratgan holda 
bo'lsa-da, Shekspir asarlarini qayta tarjima qilib, Ovro'po sahnasiga buyuk 
dramaturg asarlarini o'z holida qaytardilar. 
Nemis romantiklari muayyan adabiy davralar xalq ijodi an'analari, tarixiy va 
afsonaviy sujetlarga alohida qiziqish bilan qaradilar. Ma'rifatparvarlik asri 
insoniyat idrokiga singdirib kelgan ezgulik ideallari bilan Germaniyadagi real 
borliq orasida mudom keskin, ko'ngilsiz ayirma paydo bo'lgan edi. Shu hol 
zamonaviy voqelikdan qochish, taxayyul (fantaziya) va xayol olamiga ro'ju 
qo'yishni taqozo etdi. Lekin bu nemis romantiklari asarlarida hayot voqeligi aks 
ettirilmadi, degan ma'noni anglatmaydi. Ularning asarlarida zamonaviy borliq 
romantizmga xos tarzda kinoyaviy usullar orqali ifodalandi. 
Kinoya nemis romantizmining muhim badiiy ifoda omili hisoblanadi. Kinoya 
borliq olamning pinhoniy, ichki mohiyatini ochishni taqozo etadi. Bu esa 
voqelikka nisbatan yangicha qarash va uning nisbiyligini, demakki, o'zgarishga 
yuz tutish imkonini anglashga olib keladi. 
Romantizm uslubi dramaturgiya va teatr sohasida klassitsizm aqidalariga zarba 
berish va yangicha sahna haqiqati tamoyillarini qaror toptirishni talab etdi. 
Lyudvig TIK birinchi romantik dramaturg sifatida maydonga chiqadi. Genrix fon 
Kleyst esa nemis romantik dramaturgiyasining eng porloq bosqichini belgilab 
berdi. Romantik yo'nalishning atoqli aktyorlari — Iogann Fridrix Flyok va nemis 
sahnasining «Edmund Kini» — Lyudvig Devriyent nemis sahnasiga jo'shqin his-
ehtiroslar to'lqinini olib kirdilar. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish