3-mavzu Jamiyat sotsilogiyasi. Jamiyat yaxlit tizim sifatida Botirova Dilnozakhan Guruh– 309
Reja :
1 Jamiyat tizimli tuzilma sifatida.
2.Davlat, siyosat va jamiyat.
3.Jamiyatning turkumlari va tasniflari.
Jamiyatning siyosiy ostki tizimi siyosiy hokimiyatda ishtirok etish
uchun intilishlar jarayonini ifodalovchi hokimiyatmng strukturaviy tuzilishi,
fuqarolaming huquq va erkinliklarining mavjudligi, individlar va sotsial
guruhlar siyosiy xulqini muvofiqlashtiruvchi qadriyatlami shakllantiradigan
individlar va ular guruhlarining bir-biriariga o‘zaro ta’sirlari yig‘indisi,
jamiyatning siyosiy tuzilishi, hokimiyat rejimi, davlat hokimiyati oiganlari,
siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari faoliyati kabilami o‘z ichiga
qamrab oladi.
Madaniy ostki tizim o‘zi ichiga ma’naviyat, ta’lim, san’at, din, axloq,
fan, madaniyat tashkilotlari va muassasalari — teatriar, kinoteatrlar,
ommaviy axborot vositalari kabilami qamrab oladi.
Sotsial tizim — bu asosiy unsurlari odamlar, ulaming me’yorlari va
aloqalaridan iborat bo'lgan muayyan bir butunlikdan iborat tuzilmadir73
Jamiyatning strnkturaviy komponentlari — ular ko‘plab individlar
(shaxslar); odamlar tomonidan bajariladigan sotsial rollar; q ‘z ichiga
hududiy, etnik va boshqa birliklami olgan sotsial struktura; odamlarning
bir-birlariga o‘zaro ta’sirlari.
Yaxlit tizimga ko'plab aloqalar, o‘zaro ta’sirlar va munosabatlar
xosdir. Ulaming ichida ajralib tuxadigani — bular o‘z ichiga unsurlami.
koordinatsiyalash va subordinatsiyalashni olgan korrelyativ aloqalar,
o‘zaro ta’sirlar va munosabatlardir. Koordinatsiya (muvofiqlashtirish)' —
bu unsurlaming o‘zaro bir-birlariga bog'liqligidan kelib chiqadigan holdagi
muayyan o'zaro kelishuvi bo'lib, u yaxlit tizimni saqlanishini ta’minlaydi. ‘
Subordinatsiya — bu yaxlit tizimdagi unsurlaming o'zaro baravar bo'lmagan
alohida o'ziga xos joylaridan darak beradigan bo'ysunish va hambo'ysunishdir
(ya'ni, hammani o'zaro teng bo'ysunishidir).
Jamiyatning turlicha ta ’riflari. Jamiyatda doimo o‘zgarishlar jarayonida
yashaydi. Sotsial o‘zgarishlar sotsial tizimning faoliyati va strukturalaridagi
o‘zgarishlami anglatadi. Bu o'zgarishlar natijasi o'laroq yangi guruhlar,
o‘zaro ta’sirlaming yangi ko'rinishlari paydo bo'ladi. ≪Sotsial o‘zgarish≫
tushunchasi ≪sotsial rivojlanish≫ va ≪taraqqiyot≫ tushunchalariga to‘gfri
kelmaydi. Sotsial o'zgarishlar moslashuv zaruriyatiga bog‘liq ravishda
sotsiologik muammolami keltirib chiqaradi,
Modomiki, jamiyat rivojlanar ekan, u turii tarixiy bosqichlami o‘z
boshidan kechirishi tabiiy bir holdir. Turii jamiyatlarning yashash shart*
sharoiti tarixiy va tabiiy omillar bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.
Jamiyatnio‘rganish uchun uni turkumlarga ajratgan holda tasniflash, ya’ni ularni ma’lum belgilari va ajratib turuvchi xususiyatlariga asoslangan holda ma’lum turlarga tegishli jihatlarini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixda bir qancha turkumlash tasniflari paydo bo‘ldi.
An ’anaviy jamiyat — bu awalambor agrar jamiyat bo'lib, unda
xulqni an’analar boshqaradi, odatga ko‘ra kasblar otadan farzandga o‘tadi.
U yoki bu qaror individni qoniqtirish yoki qoniqtarmasligi mumkin,
lekin uning bu qaromi tanlash yoki tanlamaslik imkoniyati yo‘q, u an’analar
ko'rsatmalari asosida yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |