Mavzu: Mening kutubxonam-tengi yo‘q



Download 19,38 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi19,38 Kb.
#703409
Bog'liq
Мохира


Mavzu: Mening kutubxonam-tengi yo‘q .
1. Kirish.
2. Asosiy qism.
А ) Kutubxona tarixiga nazar.
Б) Kutubxona - ziyo maskani.
В) Kutubxona mening tasavvurimda.
3. Xulosa.
Kutubxona — bosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish K.ning asosiy faoliyati boʻlib, qolgan barcha faoliyatlar (kitob fondini butlash va uni tashkil etish, fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga yetkazish qabilar) asosiy faoliyat uchun xizmat kiladi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga boʻlgan talablarini imkon boricha toʻliq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Har bir K. oʻz turiga koʻra kitobxonlarni tabaqalarga boʻlib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat koʻrsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targʻibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talabini imkon qadar toʻliq va tezkorlik bilan qondirishga qaratiladi.
Oʻzbekiston hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning soʻnggi asrlarida dastlabki K.lar paydo boʻlgan. Dastlabki K.lar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalarda tashkil etila boshlangan. Turon xalqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qoʻshni boʻlgan xalqlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan, oʻsha davrlardagi mavjud qoʻlyozmalar bilan ham tanish boʻlgan. Oʻzbekiston xalqlarining qad. yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beruniyning xabar berishicha, kitob xazinalari va ularni saqlovchilar turli istilolar davri (7—9-asrlar)da yoʻq qilib yuborilgan. 9—10-asrlarda Oʻrta Osiyoda fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va boshqa yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida K.lar barpo etildi. Ayniqsa, Buxoroda koʻp K.lar mavjud boʻlganli-gi haqida maʼlumotlar bor. Ulardan eng mashhuri, eng boy va yirigi Somoniylar sulolaviy K.si edi. Madrasa va masjidlar qoshida ham K.lar boʻlgan. Moʻgʻullar istilosi arafasida Marv shahrida 10 ta yirik K. boʻlganligi haqida maʼlumotlar bor. 13-asrda Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Balx va boshqa shaharlar madaniyat markazlari, olimlar toʻplanadigan joy boʻlib, ularda yirik K.lar mavjud edi.
14-asrning 2-yarmidan Oʻrta Osiyoda madaniy hayotning yangidan yuksalishi K.larning qayta tiklanishida ham namoyon boʻddi. 14-asr oxirida Shayx Muhammad Porso umum uchun ochgan maskan vaqf K.si tarzida 19-asr 40-yillarigacha faoliyat koʻrsatgan. Buxoro, Samarqand, Qarshi, Xiva va boshqa shaharlardagi katta madrasalarda K.lar boʻlgan, ularning fondlari madrasaning qad. va nufoʻziga qarab turlicha boʻlgan. Baʼzi tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Beruniy, Ibn Sino, Firdavsiy, Zamaxshariy, Umar Xayyom qabilarning shaxsiy K.lari, Alisher Navoiyning qimmatbaho qoʻlyozmalarga boy yirik K.si, Abdurahmon Jomiyning shaxsiy K.si mashhur boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Buxoroda 3 ta eng boy shaxsiy K. boʻlib, ulardan qozi Muhammad Sharif Sadr Ziyoning K.si bizgacha toʻliq saqlanib qolgan. 20-asr boshlarida mahalliy oʻzbek va rus ziyolilari general Joʻrabek, Dukchi Eshon nomi bilan mashhur Muhammadali xalfa Sobir Ilk kutubxona 1903-yilga kelib tashkil etilgan, bir savdogar tomonidan Namangan shahridagi kutubxonaga 1400 dona kitob sovgʻa qilingan. 1918-yilda paxta tozalash zavodi klubi qoshida 540 nomda kitob fondiga ega shahardagi birinchi jamoat kutubxonasi paydo boʻldi.
1929-yilda oʻsha kutubxona alohida binoga koʻchirildi. 1931-yili Alisher Navoiy nomidagi davlat kutubxonasidan yuborilgan tajribali mutaxassis tarmoqni ancha kengaytirdi. 1936-yilda kitob fondi 18398 taga, kitobxonlar esa 8595 nafarga yetdi. Namangan viloyati tashkil etilgach, 1941-yili kutubxonaga viloyat kutubxonasi maqomi berildi. Orada Namangan Andijon viloyatiga qoʻshilgani bois, endi u Namangan shahar kutubxonasiga aylantirildi. Namangan viloyati qayta tuzilgach, yana oʻz maqomini tikladi. 1980-yilda shahar markazida 4 qavatli mazkur muhtasham bino qurildi. Unga Oʻzbekiston Oliy Kengashining birinchi kotibi Sharof Rashidov tashrif buyurib, ochilish marosimida qatnashdi, kutubxonani mumtoz shoira Nodira nomi bilan atash taklifini bildirdi. Namangan Xalq deputatlari Kengashining 1980-yil 19-iyundagi 368-sonli qaroriga muvofiq Namangan viloyat kutubxonasiga XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli oʻzbek shoiri Mohlaroyim Nodira nomi berildi.
Mamlakatimizda kutubxonalar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Prezidentimizning 2019-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yana-da takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan ushbu tizim faoliyati tubdan takomillashtirildi. Mazkur hujjatga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimiga oʻtkazildi. Milliy kutubxona qoshida viloyat, shahar, tuman kutubxonalari faoliyati qayta yoʻlga qoʻyilib, ularning moddiy-maʼnaviy imkoniyatlari kengaytirildi. Namangan viloyati bosh kutubxonasi ham katta imtiyozga ega boʻldi.
Abonamentlarga va foydalahuvchilarga
xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi: Meliboyeva M.
Download 19,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish