Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

Jon Gilgud 
(1904—2000) tabiatan shunday musiqiy fusunkor ovoz sohibi 
ediki, bu munaqqidlar tomonidan ko'p marta e'tirof etilgan. Uning eski teatrda 
alohida qadrlangan nozik gavda qovushimliligi (plastikasi) yanada jozibali edi. 
Ayni paytda Gilgud o'z davri ruhini chuqur his etuvchi.san'atkor sifatida ko'rindi. 
U si-nashta an'analar orqali shoirona tilda davr mushkulotlari haqida so'z ochdi. 
Gilgudning Shekspir va Chexov asarlarida yaratgan obrazlarida urushdan so'nggi 
«Angliyada zabun bo'lgan avlod» xususiyatlari aks etgandek edi. U Richard III ni 
(1929) bemuruvvat, badkirdor olamda yashashga mahkum, qalban xasta, nozik ta'b 
shaxs tarzida gavdalantirdi. Uning hatto qotil va bebosh Makbetida (1930) 
zamonaviy ziyolining g'am-alamdan toshga aylangan qalb nidolari eshitilib 
turgandek edi. 
Gilgud Daniya shahzodasi Hamlet rolini birinchi marta 1930-yili 25 yoshida 
o'ynaydi.
Ona bilan uchrashuv sahnasidan keyin Hamlet — Gilgud qat'iylik kasb etadi, 
fikrchanlik va bosiqlik bilan qabohat va yovuzlikka qarshi tik bora oluvchi 
mardonavor kishiga aylanadi. Bu jihat 1934-yilgi spektaklda (asarni Gilgudning 
o'zi qo'ygan) keng namoyon bo'ldi. O'sha yilgi Hamletdan so'ng Gilgud haqida 
tafakkur aktyori sifatida gapira boshlaydilar. 
Lorens Olivye (1907—1989) Angliyaning yirik Shekspir aktyorlaridan biri, 
ijodi, asosan, «Old-Vik» teatri bilan bog'liq teatr arbobidir. Hamlet Olivyening 


 
mashhur rollaridan edi. Olivye Hamletidan Gilgud qahramoniga xos zakovatlilik 
va qalb og'riqlarini izlash behuda. Qora sochli, yelkador, metindek mustahkam 
gavdali, yuz-ko'zini, bo'y-bastini jiddiylik qoplagan. Hamlet — Olivye jangchi 
misol shiddatkorlik bilan qadam tashlab, Elsinor bo'ylab borardi. Uni alam va 
qasos o'ti qiynar, qahru qat'iyati bo'lg'usi olishuvlar uning foydasiga hal bo'lishidan 
darak berib turardi. Shubha va hadik unga yot edi. Tanqidchilar, uning Hamletida 
Hamletnamo o'ychanlikdan asar ham yo'q, deb ta'na qilganlari bejiz emas. Olivye 
talqinining o'z mantiqi bor edi. Aktyor Daniya shahzodasi rolini urush arafasida 
ro'y bergan ijtimoiy buhronlar, fashizm vasvasasi avj olgan shafoitda o'ynaganligi 
uchun ham uni adolat yo'lida o’limdan ham tap tortmovchi kuchli va mardonavor 
shaxs tarzida talqin etgan edi. 
30-yillar ingliz rejissyorlari, tabiiyki, yaqinlashib kelayotgan dahshatli 
voqelarga nisbatan befarq turolmadilar. Davr sadosi Shekspir tragediyalari 
bo'yicha yaratilgan eng sara spektakllarda o'z ifodasini topdi. F. Komissarjevskiy 
tomonidan Stratforddagi «Shekspir xotira teatri»da qo'yilgan «Makbet» (1933) va 
T. Gatri «0ld-Vik» teatrida sahnalashtirgan «Hamlet» (1938) shunday spek-
takllardan edi. 
«Makbet» Stratforddagi «Shekspir xotira teatri»ning 1926-yili yonib ketgan 
eski binosi o'rnida yangisi tiklangandan bir yil keyin dunyoga kelgan spektakl edi. 
Biroz mavhum teatrona ko'tarinkilik usuliga moyil rejissyor Komissarjevskiy 
Shekspir tragediyasini dag'al zamonaviy turmush tarziga ko'chirishga harakat qilib, 
yarim afsona shotland tarixiy voqealarini 30-yillar siyosiy vaziyatiga 
yaqinlashtirdi. 
1940-yili «Old-Vik» teatrida bosh rolda Gilgud ishtiroki bilan «Qirol Lir» 
tragediyasi qo'yiladi. Spektaklda Liming hayot yo'li ezgulikning uyg'onish yo'li 
tarzida idrok etildi. Mahobatli moviy libos kiygan takabbur hukmdor asta-sekin 
g'am-iztirob chekishga qodir insonga aylanib boradi. Sahnadan-sahnaga o'tish bilan 
uning ovozi mayin tortib, harakatlari sokinlik kasb etar, qalbida rahm-shafqat 
ovozi baralla kuchayib borardi. Intihoda Lir — Gilgudning qoni qochgan, yuzi joni 


 
uzilishidan dalolat berib turardi. Bu so'nggi lahzalar uning ko'ngil tugunlari 
yechilib, ruhan poklangan holda foniy dunyoni tark etish lahzalari edi. 
Harbiy xizmatdan maxsus chaqirib olingan Lorens Olivye, Ralf Richardson va 
yosh rejissor Jon Barreldan iborat talantli uchlik 1944-yili «Old-Vik» teatri 
rahbarligini qo'lga oladi. Bosh rolda L. Olivye ishtiroki bilan sahnalashtirilgan 
«Richard III» spektakli 1944—45-yil mavsumining eng yirik voqeasiga aylanadi.
«Old-Vik» teatri urush yillarida 30-yillarning g'oya va shakllarini rivojlantirish 
asosida o'z tarixida eng ilhombaxsh davrlardan birini boshdan kechirdi. Urushdan 
so'ng ko'p o'tmay, Angliyaning bu eng yaxshi teatri hayotida ko'p yillarga 
cho'zilgan chuqur tanglik boshlanadi. Bu urushdan keyingi yillarda ingliz sahna 
san'atida ro'y bergan umumiy tanazzulning bir ko'rinishi edi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish