Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

NEMIS TEATRI. 
1917—1945-yillar Germaniya tarixidan eng musibatli 
davrlardan biri sifatida o'rin olgan. Germaniya shu davrda Ovro'poda ikki bor 
jahon urushini boshladi va o'zi shu urushlarning qurboni bo'ldi. 
10—40-yillar XX asr nemis teatri taraqqiyoti tarixida alohida ahamiyatga ega. 
Bu davrda Gerxard Gauptman o'z faoliyatini davom ettiradi. U “Doroteya 
Angerman” (1926), «Hayot shomi» (1932), yunon rivoyati asosida Atridlar 
haqidagi tetralogiya (1941—1944) kabi asarlarini yaratadi. Yangi shakllangan 
ekspressionizm badiiy yo'nalishi ham teatr rivojiga katta naf keltiradi. Bertolt 
Brext ijodi bilan nemis dramaturgiyasida chinakam burulish davri boshlanadi. 
10—40-yillar Germaniya adabiyotida ijtimoiy-tanqidiy realistik omonchilik 
yetakchi janrga aylanib, umumovro'po miqyosida dovrug' taratadi. Lekin tarixiy 
voqealar va davrning og'riqli kayfiyati aynan dramaturgiyada hozirjavoblik bilan 
o'z in'ikosini topdi. XX asrdagi ko'pgina nemis romanchi adiblari pyesalar ham 
yozishgan. Tomas Mann, masalan, «Fiorentsa» (1936) dramasini yozgan, Genrix 
Mann esa bir qator pyesalari bilan ko'rindi. Bular orasida ayniqsa fransuz inqilobi 
davridan olingan «Legro honim» (1913) dramasi e'tiborlidir. 
A
.Sveyg, L. 
Feyxtvanger, L. Frank, I. Bexer, E. M. Remark turli davrlarda dramaturgiyaga 
murojaat etganlar. 


 
DRAMATURGIYA. 
XX asrning 10-yillarida Germaniyada ekspressionizm oqimi 
paydo bo'ladi. Bu oqim birinchi jahon urushi arafasida yaqinlashib kelayotgan 
ijtimoiy larzalarning aks sadosi sifatida dunyoga kelgan edi. 
Ekspressionistlarni voqelikning ichki, botiniy mohiyatini ochish qiziqtirdi. 
O'tgan asrdagi naturalizm va shuningdek realizm voqelikning ustki jihatigagina 
qaratilgan izohchilik ruhidagi uslublar, deb e'lon qilindi. Ekspressionistik 
dramaturgiyaning turqi-tarovati madaniyat tarixida «Hayqiriq dramasi» degan 
tushuncha ta'birda o'z ifodasini topdi. Bu san'atda har narsa oshirib-toshirib 
ifodalanishi shart: sujet tuzilishi va obrazlar rivojida birma-bir mantiqiy 
izchillikkka erishishdan qochish; mashmashalarning oddiy va oshkoraligi; 
holatlarni bir-biriga zid qo'yish kabilar ushbu oqimning muhim belgilari edi. 
Ekspressionizm dramaturgiyasi V. Gazenkleverning 
«0'g'il» 
(1914) pyesasi 
bilan dunyo yuzini ko'rdi. Jahon urushi arafasida yozilgan bu pyesada o'g'ilning 
otaga qarshi bosh ko'tarib chiqish voqeasi odatdagi oilaviy mashmashalarni 
eslatardi. Lekin undan ota va o'g'il orasidagi kelishmovchiliklarning mantiqiy 
asoslarini izlash behuda. Unda ekspressionizmga xos tarzda rahm-shafqatlilik, 
ezgulik haqida ko'p so'z-mulohazalar bo'lishiga qaramay, oxiri o'g'il o'z 
to'pponchasini otaga qaratib o'q uzadi. Lekin muallifning asosiy maqsadi o'g'ilning 
otaga qarata o'q uzishini ko'rsatishda emas, balki shu fojeani keltirib chiqargan 
noinsoniy muhitni fosh etishda edi. 
Ekspressionistlar urushlarni keskin qoralab chiqdilar. O'ziga qarshi o'zi qurol 
ko'tarib chiqqan kimsalar insonligini yo'qotgan. O'ziga o'zi choh qazuvchi 
manqurtlar tarzida baholandilar. 
Reynxardt Geringning “Dengiz jangi” 
(1918) 
tragediyasida sahnada kishilarning jismoniy va ruhiy halokati ko'rinishi namoyon 
bo'ldi. Dengiz qa'riga cho'kayotgan kema matroslari sardorining buyrug'I bilan 
yuzlariga niqob tortib, vahima ichida o'zligini yo'qotib olomonga aylanib urush 
falokatidan benom, beiz foniy dunyoni tark etib borardilar. Ular urushga tortilib 
bashardan ajralib, o'limdan o'zga chorasi qolmagan gumroh bandalar edi. 
Frand fon Unruni «Qavm» 
nomli dramatik trilogiyasi (1918-1920, songgi qismi 
1936-yili tugallangan) haqli ravishda ekspres-sionizmning urush haqidagi eng yirik 


 
asarlaridan biri hisoblanadi. Farzandlaridan birining o'limi va qizining buzuqlik 
yo'liga kirib ketishidan iztirob chekkan Ona obrazining haqqoniy yaratilishi bu 
pyesaning eng e'tiborli jihati edi. Ona urush dahshatlarini o'zining shaxsiy musibati 
tarzida qabul qiladi, o'z el-yurti va odamlar bilan bog'liqlik hissini yo'qotmaydi. 
Dramaning yana bir jozibali jihati shuki, markaziy qahramon Ditrixning Irinaga 
bo'lgan samimiy va o'tli muhabbati insoniylikni yuqori qadrlashi orqali namoyon 
bo'ladi. Trilogiyada inson obrazi mavhum va umumlashgan tarzda gavdalangan; bu 
personajlarga xos xususiyatlar har bir insonda huzur
 
topajak xususiyatlardir degan 
xulosani keltirib chiqaradi. 
Ernst TOLLAR (1893-1939). 
Ernst TOLLAR 
ekspressionizm oqimi mohiyatiga 
juda mos drama namunalarini yaratgan. Uning 
«Yo'qlikka aylanish» 
(1919) degan birinchi pyesasida sahnada sharpalar, chalajon 
gavdalar harakat qilardi. Azobda qolgan bu chalajon gavdalar jangga yaroqli 
ekanliklari haqida guvohlik olish uchun projektorlar yog'dusi ostida chirib 
yo'qlikka aylanib borayotgan tanalar orasida saf tortib turardilar. Chetdagi 
tashlandiq handaqlardan o'liklar ko'tarilib chiqadi. Dushman va ittifoqdosh, zobit 
va oddiy askar deb nomlangan bu murdalarning endi bir-biridan hech farqi yo'q 
edi. Chetda yashirinib qolgan bir jonsiz gavda paydo bo'ladi. Bu bir paytlar 
askarlar tomonidan zo'rlangan qiz edi. «Yo'qolsin uyat, sharm-hayo!» - deya 
qiyqiradi o'liklar. - «Sizni zo'rlashgan. Evoh, bizni ham zo'rladilar!» - shundan 
so'ng odatda, ekspressionistik asarlarda qo'llaniluvchi ajal raqslaridan biri ijro eti-
ladi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish