Brext badavlat oilada tug'ildi, gimnaziyada, so'ng Myunxen dorilfununida
tibbiyot sohasida tahsil ko'rdi, harbiyga xizmatga chaqirilib, sanitar sifatida xizmat
qildi. U hokimiyat tepasiga Gitler kelishi
bilan Germaniyani tark etadi, o'n besh
yillik umrini Shvetsariya, Avstriya, Shvetsiya, AQSH mamlakatlarida muhojirlikda
o'tkazadi. 1948-yildan u Berlinda istiqomat qila boshlaydi. 1949-yili Brextning
«Berliner Ansaml» teatri tashkil topadi.
Brext o'z teatrini «noaristotelcha», «noan'anaviy» teatr deb atadi. Brext
bunday
teatrning shakl-shamoyillarini o'ttiz yildan ko'proq davr mobaynida ishlab chiqdi.
Brextcha teatr nazariyasi uning «Uch pullik opera»ga izohlar (1928), «Ko'cha
sahnasi» (1940), «Teatr uchun kichik orgonon» (1953) asarlarida bir qadar to'la
ifoda etilgan.
Brext Ibsen, Chexov, Gorkiy O'Nil, Shou o'ziga o'xshashmagan dramaturglar
ijodiga yuqori baho berdi. U romonnavislardan yurtdoshi Deblin, amerikalik Dos
Passos, irland Joys tajribalarini qunt bilan o'rgandi. Brextgina emas, uning
maqolalarida nomi qayta-qayta qayd etilgan, masalan, deblin ham epik san'at,
eposni qayta qurdirish va shu asosda qayta roman yaratish haqida tez-tez so'z
ochadi. Bu va boshqa adiblar tilida «epos» so'zi ma'lum o'ziga xos 'ma'noda
aytilgan bo'lsada, lekin aniq ma'noga ham ega edi. Yangi badiiy tamoyilga ko'ra,
asosiy diqqat insonning ichki olamiga emas balki uning ijtimoiy vaziyatga,
ijtimoiy zulm tarzida qay darajada bog'liqligiga qaratilishi lozim edi.
1927-yili yozilgan ushbu «U askar nima, bu askar nima»
pyesasida aynan shu
shartlilik usuli Germaniyada fashizm bosh ko'tarib chiqishi sharoitida siyosiy g'o'r,
to'pori kishilarning g'ayriinsoniy siyosat qarmog'iga ilinishidek dolzarb mavzuni
alohida bo'rttirib ifodalash imkonini berdi.
Brextning deyarli barcha pyesalari (jumladan, «Parivash Ioanna» (1929),
«Sezuanlik sahiy odam» (1940) matal-masal shaklida yozilgan bo'lib, u shu usul
yordamida o'zi uchun muhim ba'zi muammolarni, xususan, insonning tabiatiga zid
masalalarni o'rganish va anglashga muvaffaq bo'ldi. Drama-masal shaklining o'zi
Brextdan «holi o'qish» qoidasini ishlab chiqishni talab etgan edi.
Brext ko'zlagan asosiy muddao va maqsad pyesada tomoshabin hukmiga
havola etilgan saboqning tarbiyaviy ahamiyatini alohida bo'rttirib ko'rsatishdan
iborat edi. Brext ma'rifiy tarbiya, o'gitgo'ylikka haddan ziyod darajada e'tibor
qaratib, teatrning ko'ngil ochish
tabiati hisobiga uning saboq, o'git beruvchilik
jihatini kuchayritishga intilishi kutilgan natija bermadi. Shuning oqibatida 20-
yillarning oxiri, 30-yillaming boshida yaratilgan “0'quv pyesalari” («Xo'p
deyuvchilar, «yo'q» deyuvchilar», 1929; «Goratsiy va Kuriatsiy», 1934) quruq
o'gitgo'ylik ruhidagi pyesalar bo'lib qoldi.
Shu bilan birga, Brext 20-yillarda ham «to'laqonli» pyesalar yaratgan. Bunday
asarlar qatoriga avvalo «U
askar nima, bu askar nima»dan keyin yozilgan “Uch
pullik opera” (1928) pyesasini kiritish mumkin.
«Uch pullik opera»
pyesasi ikki asr muqadam ingliz dramaturgi Jon Gey
yaratgan asarning qayta ishlangan nushasi edi. O'zgalar sujetidan foydalanish «epik
teatr»da «holi o'qish» usulini qo'llash yo'llaridan biri bo'lgan: bu holda muallif
muddaosi o'zining g'oyaviy intilishi bilan mumtoz pyesa tamoyili bilan o'zaro
chatishuv orqali ro'yobga chiqarilgan. Bu yo'l tufayli «Uch pullik opera»da bir-
biriga zid ikki xil badiiy borliq ajib bir tarzda o'zaro chatishtirildiki, natijada,
mazkur asar 20-yillar oxirida misli ko'rilmagan muvaffaqiyat qozondi.
1939-yili Brext o'z ijodining eng yorqin namunasi bo'lmish «Onaizor Kuraj va
uning bolalari» dramasini yaratadi. Unda o'ttiz yillik urush
ortida bolalari bilan
arava sudrab boylik yiqqan chayqovchi Anna Firling haqida hikoya qilingan.
Kurajning Eylif va Shvetsariyalik degan ikki o'g'li ketma-ket halok bo'ladi. Keyin
soqov qizi Katrin vafot etadi. Kuraj bemehr ona emas; u bolalarini balo-qazodan,
avvalo urushdan
asrashga harakat qiladi; lekin urush uning hayot mazmuniga
aylangan edi, shu urush tufayli boylik to'playdi, homilali bo'ladi, farzandlar ko'radi;
Kuraj urush dahshatlarini bilgani holda uni qoralaydi, lekin maqtaydi ham. U o'z
qilmishining qurboniga aylanadi; o'z baxtsizligininggina emas, xalq boshiga
tushgan musibatning ham sababchisi bo'lib qoladi, o'z bolalarining o'limidan ham
xulosa chiqarmaydi. Shu hol tomoshabinni yahada jiddiyroq o'ylash va hukm
chiqarishga da'vat etadi.
Brext o'z g'oyaviy niyatini shunday keng qamrovda, jonli voqealar orqali
ifodalaydiki, bu uning hayratomuz layoqatidan darak beradi. Uning «Uch pullik
opera», «Onaizor Kuraj» va 1940-yili yozilgan «Sezuanlik sahiy odam»
asarlari
o'tkir publitsistik pyesalar bo'libgina qolmay, ayni paytda chinakam shoirona
ruhdagi asarlar hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: