chiqib turardi. U aynan shu estrada ulug'vor fransuz ifodali o'qish (deklamatsiya)
usulini namoyish etadi. shunish muhimki, u ko'hna merosga zamonaviy g'oyaviy
ohangdorlik baxsh etdi. Burde Kopoga teatrda raumtoz spektakllami yangilash
vazifasini topshirdi.
U 1937-yili Rassinning «Boyazit» asari ustida ishlarkan, aktyorlarni uning
she'riyati nafosati va jozibasini bosiqlik bilan ifodalashga yo'naltiradi. ko'tarinki
holat ko'nikmalarini ko'z-ko'z qiluvchi o'tli nutqli ifodalar, nafis, ko'hli bezak va
liboslar qahramonlar ichki olamini
ochishga qaratilgan ediki, bu ko'hna frant-suz
teatrining fojeiy san'atda ko'ringan yangi tamoyillaridan darak berardi.
Kopo Molyerning «Odamovi» (1938) asariga ko'p yangiliklar kiritadi. Keyinroq
u Komel, Marivo va boshqa mumtoz dramaturglar asarlariga murojat qilib eski
andoza, taqlidlardan xalos etilgan mumtoz meros fransiya ma'naviy qadriyatining
tarkibiy qismi ekanini ko'rsatadi. Teatr hayotidagi uchinchi yo'nalish «Komedi
Fransez» sahnasining g'oyaviy kurash maydoniga aylanishida ko'rindi. «Kartel»
ishtirokchilaridan Bati, Dyullen va Juvelar fojeyasi shu ma'noda e'tiborli edi.
Gaston Bati (1885—1952) «Komedi Fransez» teatrida qator asarlar
sahnalashtirgan. Bular orasida A. Myussening «Shamdon» (1937), A R.
Lenormaning «Samum» (1937) spektakllari ayniqsa e'tiborlidir.
«Shamdon»da badxulqlikka zid o'laroq axloqiy komillik g'oyalari ifodalangan
bo'lsa, «Samum» spektaklida psixologik ijro san'ati namoyish etildi. Sharl Dyullen
(1885—1949) «Komedi Fransez» teatrida Bumarshenning «Figaroning uylanishi»
(1937) asarini sahnaga qo'yadi. Unda aktyorlar mahorat
yetukligi bilan bir qatorda
asarning ruhiy va ijtimoiy qatlamlarini chuqur his etish layoqatlari bilan ham
ko'rindilar.
Lui Juve (1887-1951) 1937-yili Koklenning «Kulgili xomxayol» asarini qo'yib,
unda tamballik, xudbinlikni qoralash asosida ijodkorlik martabasini ulug'lash
maqsadini olg'a surdi. Juve bilan olib borilgan ish «Komedi Fransez» teatri
aktyorlari uchun izsiz ketmadi. Ular sahna san'atini davrning og'riqli
muammolari
bilan bog'lash zarurligi vazifalarini anglab yetdilar. Parij qamali yillari «Komedi
Fransez» teatri og'ir davmi boshidan kechirdi. Lekin aynan shu davrda
Fransiyaning keksa teatri aktyorlari millat oldidagi mas'uliyatni chuqur his etib,
ko'tarinki holat ko'nikmalarini saqlabgina qolmay, shu bilan
birga insonparvarlik
g'oyalarini ham tarannum etib keldilar.
«Komedi Fransez» teatri sahnasida o'sha kezlari asosan mumtoz asarlar
o'ynalardi. Jan Lui Barro, masalan, Kornelning «Sid» (1943) asarida Radrigo
misolida mashaqqatli kezlarda ham jangovar ruh ulug'vorligini saqlay olgan fidoyi
qahramon qiyofasini yaratdi. Teatrda zamonaviy asarlar ham qo'yildi. Lekin asos
e'tibor bilan «Komedi Fransez» teatri urush yillari milliy sahna an'analari
taetri
bo'lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: