Yong'in chiqish, portlash xavfi bo'lgan obyektlardagi falokatlar va halokatlar
Reja:
1. Yong’inni kelib chiqish sabablari, yong’in fazalari.
2. Ishlab chiqarish binolari va qurilish materiallarining yong’in xavfiga bardoshligi, turlari va xususiyatlari.
3. Yong’inni so'ndiruvchi vositalar, turlari, xususiyatlari.
4. Portlash xavfi va uning xususiyatlsri
Yong'in - bu nazorat qilib bo'lmaydigan hodisa bo'lib, bcbaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo'q qiluvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favqulotda vaziyatdir.
Yong'inning kelib chiqishi uchun uch omilning bir vaqtni o'zida bir joyda bo'lishning o'zi kifoya. Ya'ni:
yonuvchi modda (neft, atseton, qog'oz, yog'och va b.):
havo harorati (issiqlik);
uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining yong'inga qarshi Boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra faqat 1999 yil va 2000 yilning birinchi 2 oy davomida transportda sodir bo'lgan yong'inlar tufayii 48 odam tan jarohati olgan va 8 odam hayotdan ko'z yumgan, moddiy zarar 18.1 mln.'so'mga baholangan.
Yong'inning kelib chiqish omillari.
Respublikamizda yong'in va portlash xavfi bor obyektlar juda ko'p bo'lib, ular aholi va hudud uchun xavf - xatarlar manbai hisoblanadi va muayyan sharoitda FV ga aylanib kctishi mumkin.
Yong'in va portlashlarning asosiy sabablari va turlari:
yong'in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;
fuqarolarning loqaydligi, e'tiborsizligi;
elcktr simlarining nosozligi;
gaz, ko'mir, o'tin bilan isitiladigan vositalar;
bolalarning o't bilan o'ynashlari:
qasddan o't qo'yishlar;
boshqa sabablar.
Eng asosiysi shundaki. fuqarolarimizning o'zlari yong'in sababchisi bo'lib qolishadi. Shu sababdan ham shiorimiz: «Yong'inning oldini olmoq uni o'chirishdan afzalroqdir». Yong'inning tez keng tus olish sabablari:
Yong'inning sodir bo'lganligi omili;
Yong'in sodir bo'lgan joylarda, yon-atrofning qizib ketishi;
Yong'inda yonayotgan jismlardan chiqayotgan tutun va zaharli moddalar;
Yong'in sodir bo'lgan joylarda va tevarak-atroflarda havo haroratining o'zgarishi.
Bu yong'inning birlamchi keng tus olish omillari bo'lsa, ikkilamchisi:
Yong'in sodir bo'lganda bino devorining qulab tushishi.
Portlashlar sodir bo'lishi.
Yong'in sodir bo'lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi.
Yong'inni suv bilan o'chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz burishi.
Ma'lumotlarga ko'ra, yong'inda nobud bo'lganlarning 60-80% i nafas olish yo'llarining zaharlanishi yoki toza havoning yetishmasligi oqibatida halok bo’lar ckanlar. Yong'in sodir bo'ladigan joylar ikki turga bo'linadi:
davlat tashkilotlari;
fuqarolarning yashash joylari.
Yong'in kengligi jihatidan uch turga bo'linadi: kichik hajmda; o'rta hajmda; katta hajmda.
Yong'inning tez kcng tarqalib ketishining asosiy sabablari va uning chegaralari:
- Inshootlarning loyihasini ishlab chiqishda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklari inshootlar qurilishida qurilish me'yorlari va qoidalari va davlat standartiga rioya qilmaslik;
- Yong'in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko'rsatiigan yong'inni oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;
- fuqurolarning yong'in sodir etilganda o'z vazifalarini bilmasliklari
va vaximaga tushishlari;
- bolalarning yong'in chiqishiga olib keluvchi o'yinlariga beparvolik;
- yong'inga qarshi kurashishda qo'llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi yong'inning oldini olish chora-tadbirlari:
- tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o'tkazish, yong'in chiqishi va portlashlarga sabab bo'luvchi kamchliklarni zudlik bilan bartaraf etish;
- qurilish me'yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni so'zsiz bajarish;
- yong'indan muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlari bergan ko'rsatmalarni bajarish, eng asosiysi yong'inga olib keluvchi vaziyaitlarni yuqorida eslatilgan qonunning 7,12 va 13-moddalarida belgilangan kuchlar tomonidan birinchi navbatda bartaraf etish bo'yicha qilinadigan ishlarni bajarish;
- muntazam tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo'l qo'ymaslik;
- yong'inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa yong'inni o'chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv yetarli bo'lishini. uchinehi daqiqada esa bir sistema suv ham yetmay qolishi
mumkinligini yodda saqlash;
- muntazam ravishda aholini yong'inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va bosbqalardan ham talab qilishga o'rgatish.
Shuni eslatib o'tish joizki, yong'in uch omilning bir vaqtning o'zida bir joyda duch kelishining oqibatidir. Shuning uchun ham yong'inga qarshi kurashda uni bartaraf etish quyidagilarga amal qilish lozim:
yong'in keng tus olib ketmasligi uchun yonayotgan joyning tevarak-atrofini suv va boshqa qorishmalar hamda moddalar bilan sovitib yonishiga yo'l qo'ymaslik lozim;
yonayolgan hududni ko'pik, kukun, qum, qalin mato va havo o'tkazmaydigan boshqa narsalar bilan yakkalab qo'yish;
yon-atrofdagi barcha tcz yonuvchi jihozlarga, inshootlarga maxsus ko'pik-kukunli ishqorli suv sepish;
yonish reaksiyasini kimyoviy yoi bilan sekinlashlirish.
Bunday holatlarda cng xavfli joylar - yonuvchi va portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar va joylardir. O'zbekiston hududida bunday tashkilot va omborlar soni 500 dan ziyodroq.
Yonish va portlash xususiyatiga qarab xavflilik jihatidan ular 6 guruhga bo'linadi: A. B. V. G. D. YE.
A guruhi - neft ishlab chiqaruvchi zavodlar, kimyoviy korxonalar, neft o'tkazuvchi quvurlar, neft omborxonalari;