l-§ . Shaxslar
1. Chet el fuqarolarining fuqarolik-huquqiy holatlari.
M a’lum d a ra ja d a aholi k o 'ch ish ig a olib keluvchi tu rli xalqaro
aloqalarning rivojlanishi bilan birga, chet el fuqarolarining fuqarolik-
huquqiy holatini tartibga solish aham iyati ortib boradi.
Albatta, ushbu masalani o'rganishda chet el fuqarolarining huquqiy
1
Халкаро хусусий хукук. Олий укув юртлари учун дарслик // ХР- Рахмонкулов ва
бош^. / Х.Б. Бобоев, М.Х Рустамбоев, О. Окюлов, А.Р. Рахмановларнинг умумий
тахрири остида. - Т.: «Иктисодиёт ва ХУКУК дунёси» нашриёт уйи, 2002 йил, 65 - 66
бетлар.
layoqati va muomala layoqati kabi m asalalarga alohida to'xtalib o'tish
kerak. Masalan, O'zbekiston Respublikasida o'zi fuqaro bo'lgan davlat
qonunchiligiga ko'ra, m uom alaga layoqatsiz hisoblanuvchi 18 yoshga
etgan chet el fuqarosi bilan bitim tuzishda qanday normalarni qo'llash
kerak?
Hozirgi d a v rd a barch a m am lak atlard ag i jnsm oniy shaxslarning
h u q u q iy holati q onunlar tom onidan ta rtib g a solingan bo'lib, h u q u q
layoqati va muomala layoqati tushunchalari yordam ida ochib beriladi.
Am m o bu ikki tu shu n ch a barcha huq u qiy tizim larda ham m azm un
jihatidan farqlanavermaydi. Angliya va AQShda muomalaga layoqat va
huquq layoqati bitta term in bilan belgilanadi (huquq layoqati inglizchada
— legal capacity). Bu o'rinda shuni ta ’kidlash kerakki, hozirda «passiv
huquq layoqati» term ini ham qo'llanilmoqda. Bu term in mazmuni jihatidan
huquq layoqati tushunchasiga yaqin. «Aktiv h u quq layoqati» «active
capacity», «huquqiy xatti-harakatni amalga oshirishga layoqat» (capacity
fo r p e rfo rm a n c e of legal a c t) te rm in i esa m u o m a la g a la y o q a tli
tushunchasiga m azm unan yaqin. Fransiyada xuddi Angliyadagidek kabi
muomala layoqati va huquq layoqati o'rtasida keskin terminologik tafovut
yo'q. Fransiya FKping 3-m oddasida «capacite» term ini qo'llaniladi va
bunda muomala layoqati va huquq layoqati tushuniladi. FFKning 488-
m oddasida voyaga etgan fu q aro fuqarolik xayotining b a rc h a x a tti-
h arakatlariga layoqatli bo'lishi to'g'risidagi norm a aks ettirilgan. Sud
am aliyo tid a va y u rid ik a d a b iy o tla rd a m u om ala lay oq ati (capacite
dexercice) va huquq layoqati (capacite de juissanse)1 bir-biridan ajratiladi.
F ran su z va ingliz h u q u q id an farqli ra v ish d a G erm aniy a fu q arolik
t u z u m id a (G FT ) u c h ta te r m in q o 'lla n ila d i: « h u q u q la y o q a t» i
(Rechtsfahigkeit), «muomala layoqati» (Delitsfahigkeit) va «huquqqa xilof
h a ra k a tg a layoqat,» (D elitsfahigkeit). B u n d ay farq lash S h v e y tsa riy a
Fuqarolik kodeksida ham kuzatiladi.
60-yillarning o'rtalarida G 'arb davlatlarining ko'pchiligida voyaga
etish yoshi 21 yoshdan 18 yoshga tushirilishi to'g'risidagi qonunlar qabul
qilingan edi. Masalan, GFTning 2-paragrafi fuqaro yoshining o'n sakkizinchi
yili tugagan kunda voyaga etgan deb hisoblanishini ko'rsatadi.
Shveytsariyada voyaga etgan deb 20 yoshga etgan shaxs hisoblanadi.
A ngliyada inson 18 yoshga to 'lg a n k u n id a n b oshlab voyaga e tg a n
1 Гражданское и торговое право капиталистических государств. Отв.ред.
Е.А.Васильев. - М., Международные отношения. 1993, 8-бет.
2 Уша жойда, 69-бет.
hisoblanadi. AQShning turli shtatlarida voyaga etgan deb 18 yoshdan 21
yoshgacha bo'lgan shaxslar hisoblanadi. Shuningdek, turli m am lakatlarda
voyaga etm aganlam ing muomalaga layoqati hajm i turlichadir2.
O'zbekiston Respublikasidagi chet el fuqarolarining fuqarolik huquq
layoqati quyidagicha:
1) mulk huquqiga ko'ra mol-mulkka egalik qiladi;
2) avtorlik (mualliflik) huquqiga ega;
3) bitimlar tuza oladi;
4) tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug'ullanadi;
5) mol-mulkka vorislik qiladi;
6) tu ra r (yashash) joyini tanlaydi;
7) mustaqil ravishda yoki boshqa shaxslar bilan birgalikda
shirkatlar va jam iyatlar tashkil qiladi va h. k.
O'zbekiston Respublikasida doimiy ravishda istiqomat qiluvchi yoki
bu erga vaqtincha kelgan chet ellikiarning fuqarolik huquqiy layoqati
milliy rejim bilan belgilanadi.
Amaldagi qonunlarga asosan chet elliklar O'zbekiston Respublikasida
quyidagi harakatlarni amalga oshira olmaydilar:
1) davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
2) s u d ’y a, p r o k u ro r , te rg o v c h i, n o ta riu s , h a rb iy x iz m a tc h i
lavozimlarini egallash.
Chet elliklariing muomala layoqatini cheklashga quyidagi hollarda
yo'l qo'yiladi:
1) doimiy tu ra r joyi O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lsa;
2) s h a x s f u q a r o s i b o 'lg a n d a v la ti to m o n id a n O 'z b e k is to n
Respublikasida sud m uhokam asiga ijozat berilishi (muomala layoqatini
cheklash haqida);
3) shaxs fuqarosi bo'lgan dav lat tom onidan shaxsning m uom ala
layoqatini chegaralash asoslari to'g'risida xabardor qilish;
4) shaxs fuqarosi bo'lgan davlatda muomala layoqatini chegaralash
asoslari (sabablari) O'zbekiston Respublikasidagi asoslar (sabablar) bilan
aynan bir xil bo'lsa va h. k.
2.
Yuridik shaxslaming huquqiy holatlari. Yuridik shaxslar (Juristishe
person, persone civile, persone morle, persone juridique, corporation,
legal person, juridical person) - bu, aw alam bor, turli xildagi tadbirkorlik
birlashmalari bo'lib, ular h ar bir davlatning iqtisodida muhim rol’ o'ynaydi.
Yuridik shaxs faqatgina o'ziga m ansub bo'lgan mulkiy huquqi va
m a jb u riy a tla ri sohibi sifatida k o 'rib chiqiladi, u tarkibiga k iru v ch i
shaxslardan m ustaqil ravishda va o'z nomidan h arakat qiladi.
Xo‘jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida yuridik shaxslarning
faoliyati bitta davlatning o‘zi bilan chegaralanib qolmaydi va b unday
yuridik shaxslarning soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. O'zbekiston
Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to ‘g ‘risida»gi qonunning 6-
m oddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat
s u b y e k tl a r i b o 'lib , m u lk s h a k lid a n q a t ’iy n a z a r , O 'z b e k is to n
Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilar sifatida ro'yxatga
olingan respublika hududida va undan tashqarida harakat qiluvchi yuridik
shaxslar, shu jum ladan, xorijiy xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Shuni
t a ’k id la sh lozim ki, k a p ita ln i e k s p o rt qilish b ir d a v la td a tu z ilg a n
korxonalarni to'liq yoki qisman ravishda boshqa davlat kompaniyalariga
tegishli bo'lib qolishiga olib keladi, chunki yirik monopoliyalaming asosiy
faoliyati bir vaqtning o'zida bir necha m am lakatda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi FKning 1175-moddasiga ko'ra yuridik shaxs
qonuni deb yuridik shaxs qaysi m am lakatda ta ’sis etilgan bo'lsa, shu
m am lakatning huquqi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi FKning 1176-
moddasiga ko'ra, yuridik shaxsning fuqarolik h uquq layoqati yuridik
shaxsning qonuni bilan belgilanadi. C het el yuridik shaxsi o'z organi
yoki vakilining bitim tuzish vakolatlaridagi chet el yuridik shaxsning
organi yoki vakili bitim tuzgan m am lakatning huquqi uchun nom a’lum
bo'lgan cheklovlarni vaj qilib keltirishi m um kin emas.
Yuridik shaxs huquqlariga ega bo'lgan va tashqi iqtisodiy aloqalar
ishtirokchilari bo'lmish tashkilot va firm alar doimo m a’lum bir davlat
va uning huquqiy tartibotiga «bog'langan» bo'lib, yuridik shaxsning ushbu
m uhim xususiyati xalqaro xususiy huquqda shaxsiy status maqomi (qonun)
va yuridik shaxs millati deb ataladi.
Yuridik shaxsning shaxsiy statusi (qonun) yuridik shaxsning quyidagi
holatlari bo'yicha davlatga qaramligini, tegishliligini belgilaydi:
a) uning huquq subyektligi hajmini aniqlashda;
b) soliq rejimida;
v) kollizion masalalarni hal etishda;
g) diplomatik himoya uchun m urojaat qilishda;
d) uning bekor bo'lishi tartibini belgilashda va h. k.
Yuridik shaxsning shaxsiy statusini (qonunini) aniqlashga qaratilgan
asosiy doktrinalar (mezonlar) m avjuddir:
a) o'troqlik (boshqaruv m arkazi uchun);
b) Inkorporatsiya (tashkil etish joyi);
v) ekspluatatsiya markazi (asosiy faoliyat ko'rsatilayotgan joy);
g) yuridik shaxs ishini nazorat qilish mezoni va hokazo.
O'zbekiston Respublikasidagi yuridik shaxslam ing huquqiy holati
milliv qonunlar va O'zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan
tuzgan xalqaro shartnom alaridagi qoidalar bilan belgilanadi.
Y uqorida k o 'rsa tilg a n id e k , tash q i iqtiso diy b itim la rn i am a lg a
oshirishga haqli bo'lgan yuridik shaxslaming soni o'sib ketdi, y a’ni tashqi
bozorga chiqish huquqiga (tovarlar, xizmat va ijodiy faoliyat natijalarini
e k s p o r t v a im p o r t q ilis h h u q u q ig a ) is h la b c h iq a r u v c h i l a r v a
iste’molchilarning keng doirasi ega bo'ldi.
Yana shuni aytib o'tish kerakki, chet el korxonalari uchun O'zbekiston
R espub likasida en g k a m id a m illiy rejim am al qiladi. (O 'zbekiston
Respublikasi FK 1177-modda).
O'zbekiston Respublikasida chet el investitsiyali (xorijiy sarmoyali)
korxonalarning maqomi va faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonuniy
a k tla r «O 'zbekiston R espublikasida korxonalar to'g'risida» «Xo'jalik
jam iyatlari va shirkatlar to'g'risida», «Chet el investitsiyalari to'g'risida»,
«Chet el investorlari huquqlarini himoya qilish kafolatlari va tadbirlari
to'g'risida», O'zbekiston Prezidentining «Chet el investitsiyali korxonalarga
berilgan qo'shimcha rag'batlantirishlar va imtiyozlar to'g'risida»gi Farmoni
(o'zgartirishlar bilan), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining
«O'zbekiston Respublikasida chet el investitsiyali korxonalarni tashkil
etish, davlat tomonidan ro'yxatga olish va faoliyatini to'xtatish to'g'risidagi
Qarori (o'zgartirishlar bilan) va h. k. bo'lib hisoblanadi.
Qo'shma korxona — m a’lum tashkiliy-huquqiy shaklga kiritilgan
korxona bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga ko'ra, yuridik shaxs
huquqlariga ega va uning u stav fondi o'zbek va chet ellik sheriklar
ulushi asosida shakllangan. Bu hoi ularga ushbu korxonani birgalikda
boshqarish va uning ishlab chiqarish, xo'jalik va boshqa faoliyatidan
tu s h g a n d a ro m a d n i u lu sh la rig a p ro p o rsio n al ra v ish d a taq sim la sh
imkoniyatini beradi.
Qo'shm a korxonani tashkil qilishda va uning faoliyatida «chet el
elementi» ishtirok etgani uchun, ushbu holda qanday huquq qo'llanadi,
d e g a n savol tu g 'ilish i m um kin. U shbu savolga javobni O 'zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1175-moddasida topish m um kin:
«Yuridik shaxs qaysi m am lakatda ta ’sis etilgan bo'lsa, shu m am lakatning
huquqi m azkur yuridik shaxsning qonuni hisoblanadi».
3.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlari qatnashchisi sifatidagi
huquqiy holati. Davlat nafaqat xalqaro ommaviy huquq subyekti, balki
O 'zbekiston Respublikasi FK ning 79-moddasiga ko'ra, turli fuqarolik-
huquqiy m unosabatlaming to'la huquqli qatnashchisi bo'lib ham hisoblanadi.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi FK ning 1178-moddasiga ko'ra
davlatning chet el elementli fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashishi
ko'zda tutilgan. Bu holda davlat o'zining suverenligini to'liq ravishda
saqlab qoladi, y a’ni butunlay mustaqil bo'lib, boshqa davlatlar va ularning
organlariga bo'ysunmaydi.
O'z vakolatxonalari uchun chet elda m ol-m ulkka nisbatan m ulk
huquqini olib, ch et el yuridik shaxslari va fuqarolari bilan m ulkiy
xarakterdagi bitim larni tuzib, chet elda ochilgan merosni qabul qilib,
davlat, shu bilan birga, o'z m unosabatlarini hech bir xorijiy qonunga
yoki yurisdiksiyaga bo'ysundirmaydi. Davlatning suverenligi asoslaridai
uning mustaqilligi va demak, chet el huquqi va chet el sudiga bo'ysunmasligi
kelib chiqadi. Ushbu holatni davlatning daxlsizligi (immunitet) huquqi deb
atash qabul qilingan.
Davlatning daxlsizligi shundan iboratki, barcha davlatlarning tengligi
prinsi piga ko'ra, bir davlat boshqa davlat ustidan hukmdorlik qila olmaydi.
Chet el davlati, uning organlari va unga tegishli mulk ham daxlsizlik
(immunitet) huquqiga egadirlar.
Nazariy jihatd ai olganda, odatda, daxlsizlik huquqining quyidagi
turlari farqlanadi: sudlovdan daxlsizlik, oldindan d a ’voni ta ’m inlashga
daxlsizlik, qarorni m ajburiy ijro etishga daxlsizlik.
Sudga daxlsizlik shu n dak iboratki, d a v la t boshqa d a v la tla rn n g
sudloviga tegishli emas (bir davlat ikkinchi davlat sudi tomonidan sudlana
olmaydi). Bir davlat ikkinchi davlatning sudi tomondan javobgar sifatida
jalb etilmaydi, davlat tomonidan bunga aniq rozilik berilgan hollar bundan
mustasno.
Oldindai d a ’voni ta ’minlashga daxlsizlik shundan iboratki, davlat
mulki d a’voni ta ’minlash predm eti bo'la olmaydi.
Q arorni ijro e tish g a daxlsizlikka k o 'ra , d a v la tn in g ixtiyorisiz
(roziligisiz) davlatga qarshi chiqarilgan qarorni m ajburiy ijro etishni amalga
oshirish mumkin bo'lmaydi.
Q ator d a v la tla rn in g q o n u n larid a d a v la tla rn in g funksional yoki
cheklangan daxlsizligi nazariyasi aks ettirilgan. Unga ko'ra, davlat suveren
sifatida harakat qilganda, doimo daxlsizlik huquqiga ega bo'ladi. A gar
davlat xususiy shaxs sifatida h ara k a t qilsa tashqi iqtisodiy bitim larni
amalga oshirsa va tijorat faoliyati bilan shug'ullansa, bu holda u daxlsizlik
huquqiga ega emas deb hisoblanadi. Ushbu nazariyaga AQSH (1976) va
Buyuk Britaniyaning daxlsizlik to'g'risidagi qonunlari asoslangan. Bunday
prinsipga asoslangan holda A vstriya (1974), K anada (1981), Singapur
kabi m am lakatlarda qonunlar qabul qilingan.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar (inglizcha regsopal unrgorerty right) —
subyektiv huquq turidir; ashyoviy mazmunga ega bo'lmagan boyliklarga
bo'lgan huquq. Shaxsiy nomulkiy huquqning xususiyatlaridan biri — uning
sohibidan tortib olinmasligi va ajratilmasligidir. Shaxsiy nomulkiy huquq
odatda absolyut huquq toifasiga kiradi. Masalan, muallifniig shaxsiy va
nomulkiy huquqlari — unga o‘z asariga nisbatan tegishli huquqlar hisoblanadi
Bularga asar muallifi deb tan olinish huquqi (mualliflik huquqi); ushbu
asardan foydalanish va undan muallifning chinakam ismi, taxallusini ko‘rsatish
bilan yoki ismini ko‘rsatm agan holda (anonim ravishda) foydalanishga ijozat
berish huquqi; nomga bo'lgan huquq; asam i e’lon qilish yoki xohlagan
shaklda e’lon qilishga ijozat berish huquqi (e’lon qilish huquqi); muallif
obro'siga zarar yetkazish darajasida asar mazmunini, nomini har qanday
buzishlardan va tajovuzlardan himoya qilish huquqi (muallif obro'sini himoya
qilish huquqi) va hokazolar kiradi Muallif asam i e’lon qilish to'g'risidagi
ilgari qabul qilingan qarordan quyidagi holda, ya’ni asardan foydalanuvchi
shaxsga ushbu qaror natijasida yetkazilgan zarar o'm ini to'ldirish, shu
jumladan, boy berilgan foydani to'lash sharti bilan voz kechishi mumkin.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulk huquqlaridan qat’iy nazar,
tegishlidir va u asardan foydalanishga bo'lgam mutlaq huquqlami boshqalarga
o'tkazish holida ham saqlanib qoladi1
O 'zbekiston R espublikasi FK ning 1179-moddasiga ko'ra shaxsiy
n o m u lk iy h u q u q la rg a n isb a ta n b u n d a y h u q u q la rn i him oya qilish
to'grisidagi talab uchun asos bo'lib xizmat qilgan harakat yoki boshqa
holat sodir etilgan m am lakat huquqi qo'llaniladi.
Xalqaro xususiy huquqda mualliflik, patent va ixtiro qilish huquqlari
«intellektual mulk» d eb nom langan b itta um um iy guruh ga birlasha
boshladi. Bu hoi 1967 yilning 14 iyulida Jahon intellektual mulk tashkilotini
t a ’sis qilgan S to k g o l’m konvensiy asin in g tuzilishi bilan bog'liqdir.
O'zbekiston Respublikasi h am ushbu tashkilotga 1993 yildan boshlab
a ’zodir.
O 'zbekiston R espu b lik asi Fuqarolik kodeksining 1180-m oddasi
intellektual m ulkka bo'lgan huquqlarga nisbatan bu huquqlarni himoya
qilish so'raladigan m am lakat huquqi qo'llanilishini ko'zda tutadi.
«Intellektual mulk» tushunchasini qullash vaqtida shuni nazarda
1 Тихомирова Jl.B. Тихомиров М.Ю. Юридическая энциклопедия. Под ред.
М.Ю.Тихомирова.-М., 1997, 229-бет.
tu tish zaru rk i, b u tu sh u n ch a y ig‘m a va sh artli m azm u ng a egadir.
Intellektual faoliyat. samarasi bo'lmish fan, adabiyot, m adaniyat asarlarini
yaratish, ulardan foydalanish va ularni himoya qilish jarayonida vujudga
kelgan m unosabatlam i tartibga solish jahon mamlakatlarining ko‘p qismida
mulk to'g'risidagi qonunlar bilan emas, balki mualliflik huquqi va tovar
belgilari to 'g risid a g i q o nunlar bilan am alg a oshiriladi. O 'zbekiston
Respublikasida bu qonunlar quyidagilar; «Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to‘g ‘risida»gi qonun (1996 yil 30 avgust), «Tovar belgilari va
xizmat belgilari to‘g ‘risida»gi qonun (1993 yil 7 may), «Ixtirolar, foydali
modellar va sanoat nam unalari to‘g ‘risida»gi qonun (1994 yil 6 may),
«ЕНМ uchun dasturlar va m a’lumot bazalarini himoya qilish to‘g ‘risida»gi
qonun (1994 yil 6 may) va hokazolar.
Mualliflik huquqi insonning asosiy huquqlaridan hisoblanib, insoniyat
tom onidan to 'p la n g a n bilim lardan fo ydalanish z a ru riy a ti v a u sh b u
bilim larni to 'p la g a n la rn i, y a r a tg a n la rn i ta q d irla s h m a jb u riy a tig a
asoslangan.
Mualliflik huquqlari va inson huquqlari bo'yicha huquqiy institutlar
muallifning m a’naviy huquqi deb atalm ish m anfaatlarni himoya qiladilar.
M a’naviy h u q u q la r asarga bo'lgan m ualliflikni va a sa r m a ’nosi va
yaxlitligini buzib talqin etishdan himoya qilish huquqini o'z ichiga oladi.
Bundan tashqari, muallif o'z asaridan uning qiymati va vazifasidan
q at’iy nazar, xohlagan tijorat m aqsadlarida foydalanish m utlaq huquqiga
egadir.
Mualliflik huquqi tomonidan faqatgina asarning o'zi him oya qilinadi
(ya’ni muallif g'oyalari timsollangan bir shakl, amm o g'oyalam ing o'zi
emas).
Muallif huquqi — barcha m ualliflik-huquqiy qonunlarning asosi
hisoblanadi.
Chet elliklaming mualliflik huquqlariga O'zbekiston Respublikasida
milliy rejim quyidagi hollarda beriladi:
ulam ing asarlari O'zbekiston Respublikasi hududida e ’lon qilingan
yoki e ’lon qilinm agan, am m o m a ’lum b ir obyektiv sh ak ld a m avjud
bo'lsa;
ularning asarlari O'zbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnom a
tuzgan m am lakat hududida e’lon qilingan yoki e ’lon qilinmagan, amm o
m a’lum bir obyektiv shaklda m avjud bo'lsa.
Asar muallifi mualliflik huquqiga ega bo'lishi uchun asos bo'lgan
yuridik fakt qaysi m am lakat hududida sodir etilgan bo'lsa, shu m am lakat
qonuniga ko'ra aniqlanadi.
P aten t huquqi (inglizcha rate n t law) — texnik yechimlar, ixtirolarga
b o ‘lgan h u q u q larn i him oya qilish tizimini p a te n t berish yo‘li bilan
belgilovchi huquqiy norm alar yig'indisidir. P a te n t huquqi intellektual
m u lk to 'g 'risid ag i qonunchilikning tarkibiy qism i bo'lib, huquqning
m ustaqil tarm og'i hisoblanmaydi. Patent huquqining asosiy manbalari
— O 'zbekiston R espublikasining «Tovar belgilari va xizm at belgilari
to'g'risida»gi (1993 yil 7 may), «Ixtirolar, foydali m odellar va sanoat
n a m u n a la ri to 'g ‘risid a» g i (1994 yil 6 m ay), «Seleksiya y u tu q la ri
to'g'risida»gi (1996 yil 30 avgust) qonunlari hisoblanadi. Ko'pgina yuridik
— tex n ik a qoidalari p a te n t idoralarining yo'riq no m alari va boshqa
hu jjatlarid a aks ettirilgan. P a te n t olishga talabnom a berish va ularni
ko'rib chiqish qoidalari p a te n t huquqida m uhim o'rinni egallaydi.
X alqaro-xususiy sohaga nisbatan shuni qayd qilish kerak: chet
elliklarning ixtiro huquqlarini himoya qilish sohasidagi milliy rejim xalqaro
shartnom alar yoki o'zaroviylik prinsipiga asosan beriladi.
S h u n d ay qilib, xalqaro shartnom alarga asosan chet ellik patent
egasining huquqlari quyidagilardan iborat:
paten t bilan himoya qilingan ixtirolar, foydali modellar yoki sanoat
nam unalaridan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishga bo'lgan m utlaq huquqi;
ko'rsatilgan obyektlardan boshqa shaxslam ing foydalanishini man
etish (O'zbekiston Respublikasi qonunlarida qayd etilgan hollar bundan
mustasno);
p a te n t idoralarida ro 'y x a tg a olingan sh artn o m a asosida olingan
paten tdan xohlagan jismoniy yoki yuridik shaxs foydasiga voz kechish
huquqi;
patentning va paten t olish huquqining meros bo'yicha o'tishi.
O 'zaroviylik p rin sip i asosida ch et ellik to v a r belgisi egasining
huquqlari quyidagilardan iborat:
h a r bir jismoniy yoki yuridik shaxs o'z nomiga tovar belgisi, xizmat
belgisi va tovar ishlab chiqarilgan joy nomini qayd qilishi mumkin;
shaxs guvohnom ani olgandan so'ng unda ko'rsatilgan tovarlarga
nisbatan tovar belgisi egasi sifatida m utlaq huquqqa ega;
tovar belgisi egasi tovar belgisidan shartnom a asosida tovarlam ing
ham m asi yoki m a’lum qismiga nisbatan o'z huquqlaridan boshqa jismoniy
yoki yuridik shaxs foydasiga voz kechishga haqli.
O'zbekiston Respublikasida hech kim patent bilan himoya qilingan
ixtirolar, foydali m odellar, sano at n am unalari va to v ar belgilaridan
p aten t egalari ruxsatisiz foydalana olmaydi.
Sanoat mulki bo'lmish ayrim obyektlami alohida bir davlat hududi
doirasida him oya qilish yetarli emas. Y anada istiqbolli ix tiro lar va
ishlanmalar keng miqyoslarda m uhofazaga muhtoj. Ammo sanoat mulki
obyektlariga berilgan patentlarning kuchi ularni bergan patent idoralari
tegishli bo'lgan davlat hududi bilan chegaralangandir (hududiy prinsip).
Ishlanmalar boshqa m am lakatlarda ham huquqiy himoya etilishi uchun
ular ushbu m am lakatlarda ham patentlangan bo'lishi zarur. Boshqacha
qilib aytganda, ishlanma sohibi bo'lgan shaxs qaysi m am lakatda himoya
qilmoqchi bo'lsa, shu m am lakatda patent olish uchun talabnom a tuzishi
va topshirishi kerak. Bu holda h a r bir talabnoma himoya so'ralayotgan
mamlakatdagi paten t huquqi talablariga javob berishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |