Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Bitimlar. vakillik. da’vo muddatL



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3-§. Bitimlar. vakillik. da’vo muddatL
Bizga m a’lumki, O'zbekiston Respublikasi FKning 101-moddasiga 
ko'ra, bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq 
va burchlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga q aratilg an
harakatlariga aytiladi.
O'zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqidan farqli ravishda bu 
bo'limda tashqi iqtisodiy bitimlar to'g'risida fikr yuritiladi. «Tashqi iqtisodiy 
bitimlar» tushunchasini izohlashdan avval, am aliyotda ikkita sinonim 
tushunchalar, ya’ni «tashqi savdo-sotiq bitimi» va «tashqi iqtisodiy bitim» 
tushunchalarining qo'llanishini ko'rish mumkinligini qayd etish zarur. Shu 
bilan birga, fikrimizcha, ushbu ikkala tushunchani alohida farqlash kerak: 
tashqi savdo-sotiq bitim lari (inglizcha foreign tra d e deals) shu n d ay
bitimlarki, ularning qatnashchilaridan biri chet ellik jismoniy yoki yuridik 
shaxs bo'ladi, ushb u bitimlarning m azm unini esa tovarlar, xizm atlar, 
shuningdek, ijodiy faoliyat natijalarini eksport yoki im port qilish bilan 
bog'liq bo'lgan operatsiyalar yoki ulardan foydalanish huquqi tashkil qiladi.
Tashqi iqtisodiy bitim yanada kengroq m a’noga ega bo'lib, chet el 
elem enti ishtirokidagi xohlagan iqtisodiy x arak terd ag i bitim sifatida 
namoyon bo'ladi (ta’sis shartnomasi, xizmat ko'rsatish, loyixalarni amalga 
oshirish, litsenziya shartnomalari, lizing shartnom alari va hokazo).
Bitim shakliga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan huquq to'g'risidagi 
kollizion norma O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1181- 
moddasi 1-qismida aks ettirilgan: «Bitimning shakli u tuziladigan joy 
huquqiga bo'ysunadi. Biroq chet elda tuzilgan bitim, agar O'zbekiston 
Respublikasi h u q u q i talablariga rioy a etilg an bo'lsa, sh a k lg a rioya 
etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi m um kin emas».
Tashqi iqtisodiy bitim qatnashchisi bo'lmish barcha o'zbekistonlik


shaxslarga bitimning amalga oshirilish vaqti va joyidan qat’iy ravishda 
yozma shakl majburiydir. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi FKning 1181- 
moddasi, 2-qismida aytilgan: «Loaqal ishtirokchilaridan bittasi O'zbekiston 
Respublikasining yuridik shaxsi yoki O'zbekiston Respublikasining fuqarosi 
bo'lgan tashqi iqtisodiy bitim, qaerda tuzilganidan q a t’iy nazar, yozma 
shaklda tuziladi».
Munosabatlarni tashqi iqtisodiy bitimlar borasida kollizion normalar 
yordamida tartibga solish m a’lum qiyinchiliklarni tug'diradi, chunki ushbu 
masala bo'yicha milliy qonunlar o'zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi 
va bitta masala bo'yicha ko'pincha bir-biriga zid bo'lgan qoidalar mavjud. 
Shu sababli ham bunday m unosabatlarni tartibga soluvchi normalarni 
unifikatsiyalash zaruriyati tug'ildi: 1980-yilda Vena shaxrida BMTning 
tovarlar oldi-sotdisi haqida xalqaro shartnomalar to'g'risida Konvensiyasi 
qabul qilindi (O'zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 1996-yilnig
1-dekabrida qo'shildi). Da’vo m uddatlari masalasi borasida esa 1974-yilda 
to v arlarn i xalqaro savdo-sotiq qilishda d a’vo m u d datlari to'g'risidagi 
konvensiya qabul qilindi (1980-yil 11-aprelda Venada tovarlarni xalqaro 
savdo-sotiq qilishda da’vo m uddati to'g'risidagi Konvensiyani o'zgartirish 
to'g'risida Protokol qabul qilingan edi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish