Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Shartnom adan tashqari majburiyatlar



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

6-§. Shartnom adan tashqari majburiyatlar
B iz g a m a ’lu m k i, s h a r t n o m a d a n t a s h q a r i m a j b u r i y a t l a r
tom onlarning kelishuvi asosida em as, balki qonunda ko'zda tutilgan 
faktlarning sodir bo'lgani natijasida vujudga keladigan m ajburiyatlardir: 
bir tom om lam a h arak atlard an kelib chiqqan m ajburiyatlar, keltirilgan 
zarar natijasida vujudga kelgan m ajburiyatlar, asossiz boylik orttirish 
va hokazo.
O 'z b e k isto n R e sp u b lik a si F K n in g 1193-m oddasiga k o 'r a , b ir 
tom on lam a h a ra k a tla rd a n kelib ch iq q an m a jb u riy a tla rg a n isb atan
quyidagi qoidalar qo'llaniladi:
m uk ofo tni oshkora rav ish d a v a ’da qilingan holda — tom onlar 
o'rtasidagi o'zaro m unosabatlar m ukofot va’da qilgan shaxs mamlakatining


huquqi asosida tartibga solinadi;
vakolatlardan tashqari chiqib harakat qilish jarayonida, biron harakat 
q ay si shaxsga n isb atan am alga oshirilayotgan bo'lsa, u sh b u shaxs 
m am lakati huquqi qo'llaniladi.
Z arar yetkazishdan kelib chiqqan m ajburiyatlar (delits unerlaubte 
Handlungen, torts) m ajburiyatlar turining eng qadimgisi bo'lib, fuqarolik 
huquqining asosiy institutlaridan (omillaridan) hisoblanadi.
Zarar yetkazishdan kelib chiqqan m ajburiyatlar fuqarolik-huquqiy 
m a jb u riy a t bo'lib, u nda ja b rla n u v c h i (k red ito r) q arz d o rd a n (zarar 
yetkazuvchidan) yetkazilgan zaram ing o'm ini m a’lum mulk yoki ashyo 
bilan to'ldirishni talab qilish huquqiga ega.
U s h b u m a jb u r iy a tla r n in g v u ju d g a k e lis h i — d e lik t, y a ’ni 
huquqbuzarlikning sodir etilishi hisoblanadi, shuning uchun m as’uliyat 
delikt deb ataladi.
Z arar yetkazishdan kelib chiqqan m ajburiyalam ing qatnashchilari 
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat ham bo'lishi mumkin. Bu holda 
ko'rsatilgan subyektlarning h a r biri ham zarar yetkazuvchi (delinkvent), 
h am jabrlanuvchi sifatida chiqishi m um kin1.
Zarar yetkazishdan kelib chiquvchi m ajburiyatlarning vujudga kelishi 
uchun m a’lum sharoitlar bo'lishi zarur. Ushbu sharoitlarning mazmuni 
qonunlarda, sud amaliyotida va turli m am lakat doktrinalarida m avjud 
bo'lgan tafovutlam i hisobga olgan holda ular o'rtasidagi m unosabat qator 
um um iy xususiyatlarga ega.
Ma’lumki, bu m ajburiyatlar huquqbuzarlik natijasida vujudga kelib, 
jabrlanuvchining shaxsiga yoki mulkiga zarar yetkazadi. B undan tashqari, 
ushbu huquqbuzarlik harakati aybli bo'lishi kerak. Shunday qilib, zarar 
yetkazishdan kelib chiqqan m ajburiyatlarning vujudga kelish sharoitlari 
deb quyidagilar topiladi: a) huquqbuzarlik harakati (harakatsizligi), b) 
zararning mavjudligi, v) huquqbuzarlik harakati (harakatsizligi) va zarar 
o'rtasidagi sababiy bog'lanish, g) zarar yetkazuvchining aybi.
Shuni ta ’kidlab o'tish zarurki, keltirilgan zaram ing nafaqat mulkiy 
shakli, balki «ma’naviy» shakli ham o'm i to'ldirilishini talab qiladi. Bu 
haqda O'zbekiston Respublikasi FKning 1021— 1022-moddalarida m a’lum 
norm alar aks ettirilgan. Mulkiy zarar tushunchasiga keltirilgan natural 
shakldagi zarar bilan birga, qo'ldan ketgan foyda ham kiradi. «Ma’naviy 
zarar» deganda biron shaxsning huquqbuzarlik harakatlari natijasida boshqa
1 Гражданское право. В 2-х томах. Том 2. Учебник. Под ред. Е.А.Суханова. - Мш.; 
Издательство БЕК, 1993, 389-бет.


shaxsning chekkan ruhiy yoki jismoniy azoblari tushuniladi (masalan: 
qoralovchi m a’lum otlarni tarqatish yo‘li bilan shaxs m anfaatiga zarar 
yetkazish yoki xizmat obro‘sini tushirish, hayotini qisqartirish, shaxsiy 
hayotiga aralashish). Inson his-tuyg‘ularini pul bilan o'lchash m urakkab 
bir masala bo'lgani uchun keltirilgan «ma’naviy zarar» uchun moddiy 
kom pensatsiya m iqdorini va to ‘lash shartlarini aniqlashda sudlarning 
aham iyati o‘sib boradi.
X a lq a ro x u su siy h u q u q d a z a ra r y e tk a z ish d a n kelib c h iq q a n
m ajburiyatlam i vujudga keltiruvchi quyidagi sharoitlar ahamiyatli:
jabrlanuvchi yoki zarar yetkazuvchi (deklikvent) — chet ellik shaxs.
Zararning о‘m ini to‘ldirish borasidagi delikventning harakatlari chet 
el huquqiy sohasiga bog‘liq.
H u q u q iy m u n o s a b a tla r p r e d m e ti c h e t el d a v la ti h u d u d id a
shikastlanadi.
Jabrlanuvchining subyektiv huquqi va delikventning yuridik burchi 
(m ajburiyati) b itta davlatda vujudga kelib, ikkinchi davlatda amalga 
oshiriladi.
Uchinchi shaxslarning huquqi chet el davlati qonunlari bilan himoya 
qilinadi.
Z arar o'rnini to'ldirish to'g'risidagi munozaralar chet el sudida ko'rib 
chiqiladi.
Z arar o'rnini to‘ldirish to'g'risidagi qaror chet el davlatida amalga 
oshiriladi.
Z arar o'rnini to'ldirishga bo'lgan huquq chet el huquqiga asosan 
m uhokam a qilinuvchi preyudision faktlardan kelib chiqadi.
Z arar yetkazishdan kelib chiqqan m ajburiyatlarning kollizion — 
huquqiy masalalari:
delikt m ajburiyatning asoslari va chegaralari (delikt m ajburiyat 
statusi);
keltirilgan zarar va moddiy zararning hisobi;
jabrlanuvchi m am lakat huquqining qo'llanish imkoniyati;
ayrim d a ’volarni ko'rib chiqish uchun ishlaming sudga tegishliligi.
Q o 'llan ish i k e ra k b o 'lg a n h u q u q n i belgilash u c h u n kollizion 
bog'lanishlar:
— zarar yetkazilgan joy qonuni;
— zararli oqibatlar kelib chiqish joyi qonuni;
— zarar yetkazuvchining shaxsiy qonuni;
1 Панов В.П. Международное частное право: Схемы. Документы. Учебное пособие. 
М., Право и Закон, 1996, 58-бет.


— jabrlanuvchi va delikventning fuqaroligi qonuni (ular bir-biriga 
to‘g ‘ri kelsa);
— jabrlanuvchi m am lakatning qonuni;
— jabrlanuvchining turish joyi qonuni;
— sud qonuni va hokazo1.
0 ‘zbekiston Respublikasi FKning 1194-moddasida zarar yetkazishdan 
kelib chiqqan m ajburiyatlarga nisbatan quyidagi kollizion bog'lanishlar 
ko‘zda tutilgan.
Zarar yetkazish oqibatida kelib chiqadigan m ajburiyatlar bo'yicha 
huquq va m ajburiyatlar zararni undirishni talab qilish uchun asos bo‘lgan 
h ara k a t yoki boshqa holat yuz bergan m am lakatning huquqi bo'yicha 
belgilanadi.
C h e t eld a z a r a r y e tk a z ilg a n lig i o q ib a tid a k e lib c h iq a d ig a n
m ajburiyatlar bo'yicha huquq va burchlar, ag ar fuqarolar yoki yuridik 
shaxslar ayni bitta davlatdan bo'lsalar, shu davlat huquqi bilan belgilanadi.
A gar zarar o'rnini qoplash to'grisidagi tala b uchun asos bo'lgan 
h a ra k a t, boshqa holat O'zbekiston Respublikasining qonun h u jjatlari 
bo'yicha g'ayriqonuniy bo'lmasa, chet el huquqi qullanilmaydi.
Tovarni sotib olish, biron ishni b ajarish yoki xizm at k o 'rsa tish
m unosabati bilan iste’m olchida paydo bo 'lgan z a ra r o'rnin i qoplash 
to'g'risidagi talabnomaga nisbatan iste’molchining ixtiyoriga ko'ra quyidagi 
h uqu qlar qo'llaniladi:
iste’molchining turar-joyi joylashgan m am lakatning huquqi;
ishlab chiqaruvchi yoki biron ishni bajargan yoki xizmat ko'rsatgan 
shaxsning turar-joyi yoki manzili joylashgan m am lakatning huquqi.
Asossiz boylik orttirish natijasida vujudga keladigan m ajburiyatlarga 
nisbatan boylik orttirilgan m am lakatning huquqi qo'llaniladi.
Agar asossiz boylik orttirish mol-mulkni sotib olish yoki tejab qolishga 
doir asoslar bekor bo'lishi natijasida vujudga kelsa, qo'llaniladigan bu 
huquq asosi bo'ysundirilgan m am lakatning huquqi bo'yicha belgilanadi. 
Asossiz boylik orttirish tushunchasi O'zbekiston Respublikasining huquqi 
bo'yicha belgilanadi. (O'zbekiston Respublikasi FKning 1196-moddasi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish