Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4-§. A shyoviy huquqlar
Ashyoviy huquq (inglizcha law of property, interest) obyekti ashyo 
bo'lgan subyektiv fuqarolik huquqidir. Ashyoviy huquqqa ega bo'lgan 
shaxs uni m ustaqil ravishda hech kimning m a’lum bir harakatlariga, 
ularning yordamiga m uhtoj bo'lm agan holda am alga oshirishi mumkin.1
O'zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi ashyoviy huquqlar 
doirasiga quyidagilam i kiritadi (O'zbekiston Respublikasi FKning 165- 
moddasi):
m ulk huquqi;
xo'jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi; 
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga um rbod egalik qilish huquqi; 
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi; 
servitutlar.
M ulk (inglizcha r g o re rtu ) — keng m a ’noda ishlab chiqarish, 
taqsimlash, alm ashtirish va iste’mol qilish jarayonidagi ishlab chiqarish 
vositalarini va iste’mol qilinadigan predm etlarning kishilar tomonidan
1 Гражданское право. Словарь-справочник. - М., 1996, 63-бет. 
860


o‘zlashtirish bo'yicha tarixiy o'zgarib turadigan obyektiv munosabatlaridir. 
M ulk b u ish la b c h iq a rish v o s ita la ri va is te ’m ol q ilish m ollarini 
o‘zlashtirishdir.
Mulk huquqi (inglizcha right of property) m uayyan shaxslarga m a’lum 
bir moddiy ЬоуШапжц* tegishligini (o'zlashtirilganligini) mustahkamlaydigan, 
tartibga soladigan va himoya qiladigan huquqiy normalaming yig‘indisidir.
M a’lu m k i, m u lk h u q u q i h a r b ir h u q u q iy tiz im d a m ark a ziy
aham iyatga egadir. Shuni ham ta ’kidlab o‘tish lozimki, h a r xil tizimdagi 
m am lakatlarning orasidagi ham korlikda vujudga kelgan m ulk huquqi 
munosabatlarida kollizion tartibga solish o‘z mavqeini saqlab qoladi.
Kolliziya masalalarini echishda ashyoning joylashgan joyi (lex rie 
sitae) prinsipi xalqaro amaliyotda keng qo'llanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi FKning 1184-moddasiga binoan ko'chmas 
va ko'char mol-mulkka nisbatan m ulk huquqi ham da boshqa ashyoviy 
huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa, bu 
mol-mulk joylashgan m amlakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi.
M ol-m u lkn in g k o'ch m as yoki k o 'c h a r a sh y o la rg a m ansubligi, 
shuningdek, mol-mulkning boshqacha yuridik baholanishi ana shu mol- 
mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi. U shbu qonun 
qaysi ashyoviy hu q uq, vujudg a kelishi m um kinligini, m ulk huquqi 
predm eti nima bo'lishini aniqlaydi.
M ulkning joylashgan joyi qonuni m ulk huquqi m azm unini ham
belgilaydi: a g ar m ulkdor ashyoni boshqa davlatga olib kelsa, uning 
mulkka nisbatan huquq doiralari o'zgarishi mumkin, chunki b u davlatda 
mulkka tegishli qonunlar boshqacha m azm unda bo'lishlari mumkin. Bu 
yerda keyingi holat kelib chiqadi: a g a r o'zbekistonlik fuqaroga chet 
elda uy yoki boshqa mulk tegishli bo'lsa, uning huquqi O'zbekiston 
qonunchiligi bilan emas, balki usha ch et el davlat qonunchiligi bilan 
belgilanadi. Lekin m ulk O 'zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan 
bo'lsa, uning huquqiy holati O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan 
belgilanadi.
M ulkning joylashgan joyi q o n u n i (prinsipi) ash y o v iy (m ulkiy) 
huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo'lishini aniqlaydi (FK 1185- 
moldasi). M ol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi 
va b ek o r bo'lishi, a g a r O 'zb ek isto n R esp u b lik asin in g q o n u n la rid a
boshqacha ta rtib nazarda tu tilg an bo'lm asa, ashyoviy h u q u q larn in g
vujudga kelishi yoxud bekor bo'lishi uchun asos bo'lgan h a ra k a t yoki 
boshqa holat sodir bo'lgan paytda bu mol-mulk turgan m am lakatning 
huquqi bo'yicha aniqlanadi.


M ulkning joylashgan joyi qonuni mulk huquqining o'tish shartlarini 
ham belgilaydi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi FK 1185-moddasi, 2- 
qismiga binoan: «Bitim narsasi bo'lgan mol-mulkka nisbatan ashyoviy 
h u q u q la rn in g v u ju d g a kelishi va bekor bo'lishi, a g a r ta ra fla rn in g
k e lish u v id a b o sh q ach a ta r tib b elgilang an b o 'lm a sa , u s h b u b itim
bo'ysundirilgan m am lakatning huquqi bo'yicha aniqlanadi».
Bu holat quyidagicha aham iyatga ega bo'lishi mumkin. Masalan, 
m ulk huquqi bir davlatda vujudga keladi, ashyo esa boshqa davlatda 
joylashgan. Masalan, O'zbekiston Reslublikasi fuqarosi Fransiya qonuni 
bo'yicha Fransiyada joylashgai mulkni xarid qiladi-yu, lekin ashyo unga 
o'tkazilmaydi. Bu holatda ushbu fuqaro Fransiyadagi m ulkka nisbatan 
m ulkdor hisoblanadi, chunki Fransiya qonunchiligiga binoan, mulk huquqi 
vujudga kelishi taraflarning kelishuviga asosan bo'lishi mumkin. Bizning 
qonunchiligimizga binoan (O'zbekiston Respublikasi FK 185-moddasi 1- 
qismi) sh a rtn o m a asosida m ol-m ulk oluvchida m ulk h u qu qi ashyo 
topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Egalik qilish huquqini vuju d g a keltiruvchi m ud dat tufayli mol- 
m ulkka nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi egalik qilish huquqini 
v u ju d g a k eltiru v ch i m u d d a t tu g a g a n p a y td a m ol-m ulk joylashgan 
m am lakatning huquqi bilan aniqlanadi.
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi m uddat (egalik huquqini 
tug'd iru v ch i m uddat) bo'yicha m ulk huquqining vujudga kelish asosi 
bo'lib, qonunchilik shartlariga binoan, mulkka nisbatan uzoq vaqt egalik 
qilinishi fakti tushuniladi.
M asalan, O 'zbekiston R espublikasi FK 187-moddasi, 1-qismiga 
binoan: «Mulkdor bo'lmagan, lekin ko'chmas m ol-m ulkka o'n besh yil 
davom ida yoki boshqa m ol-m ulkka besh yil davom ida o'ziniki kabi 
halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu m ol-m ulkka m ulk 
huquqini oladi».
Fransiya qonunchiligiga binoan (FFK 2262, 2265-moddalari), ushbu 
m ud dat faqatgina ko'chmas m ol-mulkka nisbatan qo'llaniladi. Bu m uddat 
30 yildir. M uddat o'tgandan so'ng egallovchi bu m ulkka nisbatan mulkdor 
hisoblanadi.
GFR va Shveysariyada ushbu asos bo'yicha faqatgina ko'char mol- 
m ulkka nisbatan m ulk huquqi vujudga kelishi mumkin. Bu m uddat 10 
yil deb belgilangan (GFRning GFT, 937-paragrafi, ShFK .-ning 728- 
moddasi).
O'zbekiston Respublikasi FKning 1186-moddasiga binoan: «Transport 
vositalariga va davlat reestrida qayd etilishi lozim bo'lgan boshqa mol-


m ulkka nisbatan ashyoviy h uqu q lar b u transpot vositalari yoki mol- 
mulk ro'yxatga olingan m am lakat huquqi bo'yicha belgilanadi».
Xalqaro amaliyotda yo'lda bo'lgan ko'char m ulkka nisbatan huquqlar 
chigalliklarga olib keladi. Masalan, m ahsulot dengiz yoki tem ir yo'l bilan 
olib kelinyapti, taraflar esa bu m ulkka nisbatan endigina bitim tuzyaptilar. 
Bu holatda qaysi qonunni qo'llash lozim? Bu yerda yechim O'zbekiston 
Respublikasi FKning 1187-moddasida ko'rsatilgan: «Bitim bo'yicha yo'lda 
bo'lgan k o 'c h a r m ulkka n isbatan m ulk huquqi va boshqa ashyoviy 
huquqlar, ag ar taraflarning kelishuvida boshqacha ta rtib belgilangan 
bo'lm asa, bu m ol-m ulk jo 'n a tilg a n m am lak atn in g h u q u q i bo'yicha 
belgilanadi».
Ashyoviy huquqlarni himoya qilish esa O'zbekiston Respublikasi 
FKning 1188-moddasida ko'rsatilgan: «Mulk huquqini va boshqa ashyoviy 
huquqlarni himoya qilishga nisbatan ariza beruvchining tanlovi bo'yicha 
m ol-m ulk tu rg a n m am lakatniig h u q uq i yoki sud qaysi m am lakatga 
qarashli bo'lsa, o'sha m am lakatning huquqi qo'llanadi».
K o 'c h m a s m u lkk a b o 'lg an m u lk h u q u q i va b o sh q a ashyov iy 
huquqlarni him oya qilishga nisbatan bu m ulk tu rg a n m am lakatning 
huquqi qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasining davlat reestrida qayd 
etilgan mol-mulkka nisbatan O'zbekiston Respublikasi huquqi qo'llaniladi.
Shuningdek, qo'llaniluvchi huquqni aniqlash u chun quyidagi kollizion 
bog'lanishlarga e’tibor berish kerak:
ashyoning joylashgan joyi to'g'risidagi qonun; 
m ulkdom ing hususiy qonuni; 
bitim tuzilgan joy to'g'risidagi qonun; 
sotuvchi mamlakati to'g'risidagi qonun; 
ashyoni jo'natish joyi to'g'risidagi qonun.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish