Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet332/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

7-§. V orislik huquqi
Vorislik huquqi (droit successoral, E rb re c h t, law of succession, 
h e re d ita ry law) - fuqarolik huquqining in stitu ti sifatida vafot etg an 
shaxsning huquq va m ajburiyatlari boshqa shaxsga o'tishi bilan bog'liq 
bo'lgan m unosabatlarni tartibga soladi. Vorislik b archa huquq tizimlarida


mulkni egallashning alohida usuli hisoblanadi.
Vorislik huquqi ikkita asosiy — vasiyat erkinligi va oila m anfaatlarini 
muhofaza qilish tamoyillaridan tashkil topgan.
Agar qarindosh-urug'lar boshqa-boshqa davlatlar fuqarolari yoki u 
erlarda doimiy yashaydigan bo'lsalar vorislik huquqlari bo'yicha ko'pgina 
m uam m olar kelib chiqishi mumkin. Masalan, bizning vatandoshlar har- 
xil m a m la k a tla rd a y ash ash lari, u larn in g q arindosh - u r u g 'la r i esa 
O'zbekiston Respublikasida istiqomat qilishlari mumkin va tabiiyki, bu 
yerda quyidagi savol vujudga keladi: agar chet eldagi shaxs vafot etgan 
bo'lsa, uning o'zbekistonlik qarindoshi m eros olish huquqiga egami, 
boshqa holatda esa o'zbekistonlik shaxsring vafotidan so'ng uning chet 
eldagi qarindoshi m eros olish huquqiga egami? Bu savollarga javob, 
alb atta, qarindoshlik darajasiga, vasiyatnom a m avjudligiga, m erosni 
qabul qilish m uddati va qonun tomonidan qo'yiladigan boshqa talablarga 
javob berishiga bog'liqdir.
Vorislik h u q u q i bo'yicha chet el fuqarolarining huquq layoqati 
masalalariga keladigan bo'lsak, shuni aytish lozimki, chet el fuqarolarining 
huquqlari o'zbekistonlik fuqarolar huquqlariga tenglashtiriladi.
Shunday qilib, O'zbekistonda chet elliklar vorislik huquqiga egadirlar. 
Lekin bu o'rinda vorislarning qonun, vasiyatnom a bo'yicha doiralari, 
v a s iy a tn o m a la rn in g sh ak li, m ero sn i ta q sim la sh s h a rtla r i q a n d a y
aniqlanadi? Bu savol qo'yilishiga asos bor, chunki bir m am lak atd a 
vasiyatnom a yozma shaklda tuzilishi va notarius tomonidan tasdiqlani 
shi lozim, boshqa m am lakatlarda esa vasiyatnom a meros qoldiruvchi 
ning o'z qo'li bilan yozilishi kifoya. Vorislarning navbatini aniqlash borasida 
ham k atta farqlar mavjud. O'zbekiston Respublikasi hududida chet el 
fuqarosi meros olish - olmasligi qaysi mam lakatning qonuni tadbiq etilishiga 
bog'liqdir. B a’zi bir davlatlarning qonunchiligi va amaliyoti bu m asalalam i 
turli tarzda hal qiladi. Buyuk Britaniya va AQSH, Fransiyada ko'char va 
k o 'chm as m u lk ka vorislar orasida farq m avjud. GFRda esa vorislik 
mulkining birligi tamoyili amaldadir. Ham ko'char, ham ko'chmas m ulkka 
nisbatan meros qoldiruvchining fuqaroligi qonuni tadbiq etiladi. Xuddi 
shunday tamoyillar Vengriya (1979- yildagi Vengriyaning XXH to'g'risidagi 
qonuni), Pol’sha (Pol’shaning XXH to'g'risidagi 1965- yildagi Qonuni) va 
boshqa davlatlar ning qonunchiligida aks ettirilgan.
Vorislik bo'yicha kolliziya m asalalari, odatda, davlatlarning ichki 
qonunchiliklari tomonidan tartibga solinadi. Ba’zi bir masalalar bo'yicha 
ko'p tomonlam a konvensiyalar m avjud. (Vasiyatnoma shakli to'g'risidagi 
1961- yil 5- o k tab r’ qonunlar kolliziyasi to'g'risidagi Konvensiya; 1973-


yil 26- oktabrda Vashingtonda o‘tkazilgan diplom atik konferensiyasida 
xalqaro vasiyatnomaning shakli to'g'risida ko'p tomonlama Konvensiya 
qabul qilingan.)
Vorislikka tegishli m asalalar Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo'yicha 
ikki tomonlama shartnom alar va 1993- yil 22- yanvarda qabul qilingan 
MDH Konvensiyasida ham tartibga solinadi.
Ushbu masalani yoritganda shuni alohida ta ’kidlab o'tish joizki, vorislik 
vasiyat va qonun asosida vujudga keladi (O'zR FKning 67, 68-boblari).
Fuqaroning o'ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan 
huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi 
vasiyat (will) deb e’tirof qilinadi (O'zR FK 1120-m.)
Bu xohish-iroda, odatda, bir tomonlama x arakterga ega. Vasiyatnoma 
shaxsan tuzilishi lozim. V asiyatnom aning vakil orqali tuzilishiga yo'l 
qo'yilmaydi (O'zR FK 1120-m II q.).
M a’lum davlatlarning qonunchiligi birgalikdagi vasiyatnoma tuzishga 
ru x sa t beradi. Bu vasiyatnom ada ikki yoki u n d an ortiq shaxslarning 
irodasi ifoda etilgan bo'lishi mumkin. (Germaniya (er-xotin tomonidan), 
Angliya, AQSH).
B undan tashqari, anglo-am erika huquqida o'zarolik vasiyatnom a 
lar m a’lum - ular bir necha shaxslarning bir biriga nisbatan o'zarolik 
m ajburiyatlarini o'z ichiga olgan.
Fransiyada qonun (FK 968-m.) h am birgalikdagi ham o'zarolik 
vasiyatnomalarni to'g'ridan-to'g'ri m an etadi. Shveysariya qonunchiligi 
bu masala bo'yicha hech qanday holatlar ko'rsatm agan, lekin sud amaliyoti 
bu vasiyatnomalarni haqiqiy em as deb tan oladi.
Kontinental Evropa m am lakatlarining qonunchiligi vasiyatnomaning 
quyidagi asosiy shakllarini nazarda tutadi.
1. Shaxsning o'z qo'li bilan tuzgan vasiyatnom a — ushbu vasiyatnom a 
boshidan oxirigacha m eros qoldiruvchining o'zi tom onidan yoziladi, 
imzolanadi va sana qo'yiladi. Bu yerda soxta vasiyatnom alam ing vujudga 
kelish ehtimoli kam ayadi, shuning uchun h am m ashinka yozuvlariga 
yo'l qo'yilmaydi. Vasiyatnom aning ushbu shakli tuzilishining soddaligi 
va vasiyatnoma sirini saqlash imkonini berishi tufayli keng tarqalgan. 
L e k in u k a m c h ilik la r d a n h a m xoli e m a s , m a s a la n , b u y e r d a
vasiyatnom aning nobud bo'lishi, yo'qolishi, uchinchi shaxs tom onidan 
boshqacha ta ’sir ko'rsatilishi ehtimoli yo'q emas.
2. Ommaviy h ujjat shaklidagi vasiyatnom a — bu yerda qonunda 
belgilangan tartibda rasm iy m ansabdor shaxs (odatda notarius) ishtirokida 
vasiyatnom a tuziladi (Fransiyada vasiyatnom a ikki notarius yoki ikki


guvoh ishtirokida tuziladi). Bu shaklning asosiy ustuvorligi shundaki, 
vasiyatnomaning haqiqiyligi kafolatlanadi va vasiyatnomaning m azm uni 
v a siy a t q iluv ch ining irodasiga to 'liq rioya qilingan holda tuziladi. 
Vasiyatnomaning saqlanishi, qonunchilikda ko‘zda tutilganidek, notarius 
yoki boshqa m ansabdor shaxsga rasm iy topshirish bilan ta ’minlanadi.
3. 
Maxfiy vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan tuzilib imzolanadi 
va elimlangan xatjildda odatda guvohlar ishtirokida notariusga topshiriladi. 
Bu shakl vasiyatnom a maxfiyligini saqlaydi va bu haqda Fransiya va 
G erm aniya qonunchiliklarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilgan (FK 969 va 1007- 
moddalari) (GFT 2232-paragrafi).
0 ‘zbekiston Respublikasida bu shaklga FK 1125-moddasining 4 va
5-qismlari bag'ishlangan.
A gar vafot e tg a n shaxs o‘zining m ol-m ulkiga yoki m ol-m ulkka 
nisbatan huquqlar bo'yicha vasiyatnoma tuzm agan bo'lsa qonun bo'yicha 
vorislik am al qiladi. Bu y e rd a m erosni olish huquqiga ega b o'lgan
shaxslam ing doirasini belgilagan holda, qonun vasiyat qoldiruvchi ning 
hozir bo'lm agan irodasini qoplashga harakat qiladi.
Qonun bo'yicha m erosxo'rlar doirasiga birinchi n avbatda m eros 
qoldiruvchining eng yaqin qarindoshlari kiritiladi. Shu borada, ta ’kidlab 
o'tish joizki, qonun bo'yicha m erosxo'rlar doirasi va ularning navbati 
turli xil m am lakatlarda bir-biriga o'xshamaydi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish