Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


 1 -b ob . K O L L IZ IO N N O R M A L A R



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

7 1 -b ob . K O L L IZ IO N N O R M A L A R
XXH huquqning sohasi sifatida xalqaro xarakterdagi fuqarolik va 
boshqa huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi o'zining m axsus usullari 
va vositalariga ega1. Bu yerda ikki usul -kollizion va m oddiy-huquqiy 
metodlarning o'zaro ta ’siri va birligi to'g'risida gap ketmoqda.
K olliziya (inglizcha clash, collision) - q a ra m a -q a rs h i k u c h la r, 
m anfaatlar va maqsadlarning to'qnashuvi bir xil ijtimoiy m unosabatlarni 
tartib g a soluvchi huquqiy norm alarn in g bir-biriga to ‘g ‘ri kelmasligi 
demakdir.
Kollizion norm a (inglizcha - conflict, collision norm ) - xalqaro 
xarakterdagi fuqarolik yoki boshqa huquqiy m unosabatlarga qaysi davlat 
huquqi qo‘llanishini ko'rsatuvchi normadir.
Q onunlar kolliziyasi (lotincha collisio - to ‘q n ashu v, inglizcha -
conflict collision of laws) - bitta m asala bo'yicha ishlab chiqarilgan (yoki 
chop etilgan) va rasm iy amal qilayotgan ikki yoki undan ortiq norm ativ 
aktlarning m azm unan to'g'ri kelmasligi (to'qnashishi)2 demakdir.
Qonunlar kolliziyasi ko'rilayotgan masalaga qo'llanishi kerak bo'lgan 
normativ aktni tanlash yo'li bilan hal etiladi.
XXHning mazmuni kollizion normalarning o'zi bilangina chegaralanib 
qolmaydi. XXH tarkibida kollizion va m oddiy huquqiy norm alarning 
birlashishi, xarakteriga ko'ra, bir xil bo'lgan m unosabatlarning ikki xil 
turdagi metodlar bilan tartibga solish zaruriyatiga asoslangan.
M a’lumki, XXH kollizion h u q u q iy tartib g a solish m etodlarining 
qo'llanishi asosida vujudga kelgan, am m o ushbu huquqiy m etodning 
qo'llanishi qator qiyinchiliklar va salbiy oqibatlar bilan bog'liq.
B irinchidan, ay rim hu quq iy tizim larning kollizion n o rm a larid a
tafovutlar m avjud bo'lib, bitta masala bo'yicha turli davlatlar huquqiga 
m urojat qildirishi mumkin.
Ikkinchidan, ayrim davlatlarning qo'llanishi kerak bo'lgan huquqi 
o'z xususiyatlariga ega va bitta huquqiy institut uchun m azm unan turli 
normalarni belgilashi mumkin yoki um um an zarur bo'lgan tartibg a solish 
m avjud bo'lmasligi ham m um kin (m asalan, tashqi iqtisodiy aloqalar 
amaliyoti natijasida ishlab chiqarilgan va ichki huquq norm alarida aks 
ettirilm agan yangi institutlar xuddi shunday xolga tushadi).
1 Гражданское право. Часть первая. Учебник. Под.ред. А.Г.Калпина, И.А.Масляева.- 
М., Юрист. 1997, 74-75-бетлар.
2
Юридическая энциклопедия Под ред. М.Ю.Тихомирова. - М., 1997, 202-бет.


N a tija d a , x o rijiy e le m e n tli fu q a ro lik -h u q u q iy m u n o s a b a tla r 
ishtirokchilarining huquq va m ajburiyatlarida huquqiy noaniqlik vujudga 
keladi va oxir oqibatda q aro r bir taraf uchun salbiy bo‘lishi mumkin. 
Masalan, xaridor o‘z m am lakatida amal qilayotgan d a ’vo m uddatlariga 
asoslanib ish tutadi, u tuzgan tashqi savdo sotiq shartnomasiga qarasa 
esa, sotuvchining davlat yoki uchinchi davlat huquqi qullaniladi, unga 
ko‘ra esa d a ’vo m uddatlari ancha qisqa bo‘lib, xaridorning huquqlari bu 
holda muhofaza qilinmagan bo'ladi. Milliy fuqarolik jarayon normalaridagi 
tafovutlar natijasida turli xildagi protsessual harakatlam i chet elda amalga 
oshirishda qiyinchiliklar vujudga keladi.
O ltg an asrning oxirida, xalqaro aloqalar sohasidagi m unosabatlar 
uchun bir xil (bir turdagi) huquqiy normalami ishlab chiqish boshlangan 
edi. Bu norm alam ing m anfaatdor davlatlar tomonidan milliy huquqning 
turli xildagi qoidalari o'm ida qabul qilinishi yuqorida ko'rsatilgan moddiy 
huquqiy normalardagi qiyinchiliklami bartaraf qilishga yordam beradi. 
Moddiy huquqiy norm alar deb xalqaro yoki xorijiy elem ent qatnashgan 
fu q a ro lik h u q u q iy m u n o sa b a tla rn i ta rtib g a solish u c h u n x alq aro
konvensiyalarga qo'shilish yoki xalqaro shartnoma (Unifikasiyalashtirilgan 
norm alar) tuzish yo‘li bilan davlat tomonidan b ir tomonlama tartibda 
m axsus belgilangan norm alar tushuniladi.
T artibga solishning m oddiy-huquqiy metodi afzalligini quyidagicha 
ifodalab berish mumkin.
1. Y uqorida ko‘rsatilgan id ek , m oddiy-huquqiy n orm alar xorijiy 
e le m en tli fu q a ro lik -h u q u q iy m u n o sab atlarn i ta rtib g a solish u c h u n
qo'llaniladi. (M oddiy-huquqiy m etodda maxsus tartibga solish qo'llanilsa, 
kollizion m etodda - um um iy tartibga solish qo'llaniladi).
2. To‘g ‘ridan to‘g ‘ri tartib g a solish m etodining qo'llanishi m a’lum 
m unosabatlar ishtirokchilari uchun ko‘proq aniqlik yaratadi, chunki ular 
uch u n va ush bu norm alarni qo‘llayotgan m a’lum organlar uchun bu 
m oddiy huquqiy norm alar oldindan m a’lumdir.
S h u bilan birga, kollizion norm alam ing xalqaro xususiy huquqda 
o'ziga yarasha o‘m i bor bo‘lib, qator xollarda esa aynan shu normalam ing 
qo‘llanishi uning yanada sam arali tartibga solishini ta ’minlaydi.
X alqaro xususiy huquqning kollizion normalari va boshqa huquqiy 
n o rm alar ichida n afaqat m azm uni (maqsadi), balki bayon etilishining 
shakli (strukturasi) bilan h am ajralib turadi. Yuqorida ko'rsatilganidek, 
kollizion norm alam ing m aqsadi - xalqaro muloqot sharoitida vujudga 
keluvchi m unosabatlarda qo‘llanuvchi huquqni aniqlashdan iboratdir, 
c h u n k i b u n d a y m u n o s a b a t la r n i t a r t i b g a s o lis h d a b ir n e c h a


m am lakatlarning huquqiy tartibini qo‘llash m um kin, vujudga kelgan 
kolliziyani esa xal etish zarur bo‘ladi. Kollizion norm alar ushbu kolliziyani 
xal etib, xorijiy elementli munosabatlarni m a’lum davlat huquqiga tobe 
qiladi.
Kollizion norm alarni sharhlash va qo'llash masalasiga kelsak, shuni 
aytib o‘tish kerakki, kollizion norm alarning quyidagi turlari m avjud:
qonun chiqaruvchining irodasini izhor etish (yoki bildirish) usuli 
bo'yicha im perativ va dispozitiv.
Boshqa fuqarolik huquqiy norm alar kabi kollizion norm alar ham
yoki im perativ (majburiy) yoki dispozitiv xarakterga ega bo‘ladi. So‘nggi 
holda taraflar ular o‘rtasidagi m unosabatlarga nisbatan boshqa prinsi pdagi 
huquq qo'llanishi to'g'risida kelishib olishlari mumkin.
Savdo-sotiq shartn om asi, m ulk ijarasi, litsenziya sh a rtn o m a si, 
saqlash, komissiya, topshiriq, yuk va y o io v c h ila r tash ish tra n s p o rt 
ekpeditsiyasi, sug'urta, kredit shartnom alari, hadya shartnomasi, kafolat 
shartnomasi, garov shartnomasi va hokazo kabi tashqi iqtisodiy bitim lar 
borasida taraflarning huquq va m ajburiyatlariga nisbatan qo'llanuvchi 
barcha kollizion norm alar dispozitiv xarakterg a egadir.
Im perativ kollizion normalarga misol qilib, O'zbekiston Respublikasi 
fuqarolik kodeksining 1191- m oddasini k eltirish m um kin: «Chet el 
ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish to'g'risidagi shartnom aga nisbatan 
yuridik shaxs ta ’sis etilgan m am lakat huquqi qo'llaniladi».
Bog'lanishlar soniga ko'ra bir xil m a’noli va muqobil (kumulyativ) 
normalar. Ko'p hollarda kollizion norm alar bitta bog'lanishga ega. Ammo 
gohida ularda ikki yoki undan ortiq bog'lanishlar bo'lib, ular boshqa 
m am lak atlar hu qu qig a havola qiladi va a lte rn a tiv yoki k u m u ly a tiv
bo'lishlari mumkin.
Birinchi qarashda bundan m urakkab huquqiy yechim qulayroq va 
adolatliroq tartibga solish tizimini vujudga keltiradi, bu esa o'z o'rnida 
vakolat oluvchi shaxsning m anfaatlarini himoya qilib, uning uchu n afzal 
bo'lgan m am lakat huquqiga tayanish imkoniyatini beradi.
A lternativ bog'lanishlar ko'p m am lakatlar huquqi tom onidan delikt 
m ajb u riy a tla rg a n isb atan qo'llaniladi, delik t m a jb u riy a tla r esa, o'z 
o'rnida, jabrlanuvchi ixtiyoriga ko 'ra zarar yetkazilgan joy huq uq iga 
yoki huquqbuzarlik sodir etilgan joy huquqiga bo'ysunadi. (V engriya 
xalqaro xususiy huquq to'g'risidagi qonunining 32 paragrafi, Shveytsariya 
xalqaro xususiy huquq to'g'risidagi qonunining 133 paragrafi). AQSH 
ta ’limotida bu xollarda to 'rtta bog'lanishdan foydalanish tavsiya etiladi: 
yuqorida ko'rsatilgan ikkita bog'lanishdan tashqarii taraflarning manzili


(milllati) va taraflar o‘rtasidagi m unosabatlardagi og'irlik m arkazining 
joyi, y a’ni m unosabatlar ko‘proq sodir bo‘ladigan hudud (AQSH xalqaro 
xususiy huquq majmuasining 145 paragrafi).
B izn in g q o n u n c h ilig im iz d a b u n d a y a lt e r n a t iv b o g ‘la n is h la r
qo‘llanilmaydi, am m o kum ulyativ x arakterdagi bog‘lanishlar m avjud. 
B unday xollarda echilayotgan masalani ikki yoki undan ortiq davlatlarning 
huquqiga havola etishga yo‘l qo'yiladi. Ammo bunda havola etish texnikasi
- o'zgacha. K um ulyativ bog‘lanishlar ham m anfaatdor taraflarni yanada 
to‘liq huquqiy m uhofaza bilan ta ’minlashga qaratilgan, shuning uchun 
u lard a n foydalanish m aqsadga muvofiq deb hisoblanadi. K um ulyativ 
bog'lanishlarga misol qilib OlzR Fuqarolik kodeksining 1181- moddasini 
k e ltirish m um kin: «B itim ning shakli u tu zila y o tg a n joy h u q u q ig a
bo'ysunadi, biroq chet elda tuzilgan bitim, agar O'zbekiston Respublikasi 
huquqi talablariga rioya etilgan bo‘lsa, shaklga rioya etilmaganligi tufayli 
haqiqiy emas deb topilishi m um kin emas».
Kollizion bog'lanish o‘z shakliga k o 'ra b ir tom onlam a yoki ikki 
tomonlama bo'lishi mumkin.
B ir to m o n lam a kollizion n orm a fa q a t o'z m am lak ati (vatani) 
qonunidan foydalanishni ko'rsatadi, ikki tomonlam a kollizion norm alar 
esa n a fa q a t o'z m am lak ati, balki chet el q o n u n larid an foydalanish 
doiralarini ham belgilab beradi.
Kollizion n o rm a la rn in g asosiy m aqsadi u larn in g stru k tu ra s id a
nam oyon bo'ladi. U boshqa huquqiy normalarning strukturasidan ajralib 
turib, a n ’anaviy ta s a w u rg a ko'ra ikki elem entni o'z ichiga oladi: Hajm 
(chet el elementli huquqiy munosabatlarning) turini ko'rsatadi (fuqarolik 
yoki boshqa huquq instituti) va bog'lanish yoki biriktirish ta ’rifi (berilgan 
m unosabatlarga yoki m unosabatlar guruhiga nisbatan qo'llanilayotgan 
m am lakat huquqi) ni ko'rsatadi.
Asosiy biriktirish form ulalari (ta’riflar) quyidagilar:
Jismoniy shaxslarning shaxsiy qonuni (lex personalis), fuqaroviylik 
qonuni yoki tu ra r joy (manzil) qonuni;
Yuridik shaxs qonuni (lex societatus);
Sotuvchi m am lakatining qonuni (lex venditoris);
Sud qonuni (lex fori) (ya’ni sud joylashgan hududda amal qilayotgan 
qonun);
Fuqarolik, huquqiy m unosabtlarning taraflari tomonidan tanlangan 
qonun, «erk m uxtoriyati» (lex voluntatis);
M azkur huquqiy m unosabat uzviy bog'langan qonun (law of the 
cotract);


Bayroq qonuni (lex flagi);
X atti-h arak at sodir etilgan joy qonuni (lex loci actus); shartnom a 
tuzilgan joy qonuni (lex loci cotractus), shartnom ani ijro etish joyi qonuni 
(lex loci solutionis);
Nikoh qayd qilingan joy qonuni (lex loci celebrations);
Z arar yetkazilgan joy qonuni (lex loci delicti commissi) va hokazolar.
B archa h uq u q iy norm alar kabi, kollizion norm a h am qo'llanishi 
vaqtida uning mazmunini tushunish va yanada ochib berish maqsadida 
sharhlab berilishi kerak. Kollizion normalarni izohlash natijasida halqaro 
xususiy h u q u q n in g o‘ziga xos x u su siy atlarin i aks e ttiru v c h i ayrim
qo‘shimcha huquqiy savollar vujudga kelishi mumkin. Masalan, kollizion 
norm aning qo‘llanishi jarayonida kollizion norm alam ing (ham hajmi, 
ham bogianishi) formulirovkasida qo‘llanuvchi yuridik tushunchalarni 
baholash, talqin qilish muammosi vujudga keladi.
Kollizion norm alam ing bog‘lanishida «shaxsning tu ra r joyi» («domisil»
- ya’ni huquqiy aham iyati bo'lgan tu ra r joy), «yuridik shaxs ta ’sis qilingan 
joy», «mol-mulk joylashgan joy», «bitim tuzilgan joy», «huquqbuzarlik 
sodir etilgan joy» va hokazo iboralar m avjud. Kollizion norm alam ing 
hajmi «muomala layoqati», «ashyoga bo‘lgan mulk huquqi», shartnom a 
bo'yicha m ajburiyat», «huquqbuzarlikdan kelib chiquvchi m ajburiyat», 
«da’vo muddati» va hokazo iboralar orqali belgilanadi. K o'rsatilgan iboralar 
va ularga muvofiq keluvchi tushunchalar davlatlarning ichki huquqiy 
tizimlarida h ar doim ham bir xil m azm unga ega bo'lavermaydi.
S h u m u n o sa b a t bilan O 'zb ek isto n R espublikasi F K nin g 1159- 
m oddasida yuridik tushunchalarga sud yoki boshqa davlat organlari 
tomonidan huquqiy baho berilishida, agar qonunda boshqa hoi nazarda 
tutilgan bo'lmasa, bunday yuridik tushunchalarni nizo ko'rib chiqilayotgan 
m am lak at sifatida O'zbekiston R espublikasining h u q u q ig a m uvofiq 
sharhlash normasi belgilangan.
M asalan , F ra n siy a d a , q a to r b o sh q a d a v la tla r d a g id e k , d a ’vo 
m u d d atig a fu q aro lik -h u q u q iy tu sh u n c h a si sifatida q a ra lsa, B u y u k
Britaniya, AQSPI va Finlyandiyada protsessual huquqqa oid tushuncha 
deb qaraladi.
Fransuz sudi o'tgan m uddatni o'zining emas, ingliz huquqiga asosan 
baholashi lozim bo'lsa (bitim ga n isb a ta n ingliz h u q u q i q o 'llanilgan
hollarda), d a’vo m uddati to'g'risidagi ingliz qoidalarini qo'llay olmaydi, 
chunki sud um um an chet el protsessual qonunlarini qo'llamasligi lozim.
H ar bir kollizion norma xorijiy huqu q iy tizim larning nom uayyan 
doirasi va ular t a ’siri ostida vujud g a kelgan subyektiv huquqlarning
!


harakatini tan olishga yo‘naltirilgan. Shuning uchun ushbu norm a tegishli 
huquqiy tizimlar uchun m azm uni jthatidan um um iy bo'lgan iboralar va 
tushunchalar yordam ida ifodalanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, 
kollizion norm adagi ibora va tushunchalar ular bilan bir xil b o ig a n
u sh b u m am lakatning ichki huquqidagi tu sh u n c h a lar bilan m azm un 
jihatdan to‘g ‘ri kelmasligi mumkin.
Qonunlarimizning kollizion normalarida «mulk», «fuqarolik huquqiy 
layoqat» kabi tushunchalar qo‘llanganda ular m azm un jihatidan moddiy 
huquqdagi shunday tushunchalar bilan to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. 
S h u n in g u c h u n kollizion n o rm a n in g t a ’s ir d o ira si (u n in g hajm i) 
«umumlashtirilgan» yuridik tushunchalar, y a ’ni turli huquqiy tizimlar 
uchun um um iy bo‘lgan tushunchalar yordamida ifodalanishi zarur.
Kollizion bog'lanishlar baholanishiga kelsak, bu yerda holat boshqcha: 
huquqni qo'llash to'g'risidagi ko'rsatm aning to'la aniqligini faqatgina 
bog'lanish kvalifikatsiyasini sud qonuniga asosan qo'llash, y a ’ni tegishli 
huquqiy institutlarga asosan ushbu m am lakatning ichki fuqarolik (oila, 
m ehnat) huquqida m avjud bo'lgan xuddi shunday tushunchalarni qo'llash 
yo'li bilan ta ’minlash mumkin.
M a m la k a tim iz d a g i ra s m iy q a ra s h la r (d o k trin a )n in g y u rid ik
tushunchalar kvalifikatsiyasiga um um iy yondashish m ana shundan iborat.
O 'zbekiston R espublikasi FK ning 1159-moddasiga ko'ra, yuridik 
tush u n ch alar nizo ko'rib chiqilayotgan m am lakat sifatida O'zbekiston 
Respublikasining huquqiga nom a’lum bo'lsa yoki boshqa nom yoxud 
boshqa m azm un bilan m a ’lum bo'lsa va O'zbekiston Respublikasining 
huquqi bo'yicha talqin etish orqali aniqlanishi m um kin bo'lmasa, ularga 
huquqiy baho berishda chet davlat huquqi ham qo'llanishi mumkinligi 
ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi kollizion normasi chet el qonuniga (chet el 
huquqiy tizimiga) m urojaat qilishni tavsiya qilsa, sud yoki xo'jalik sudi 
oldida ch et el qonunining m azm unini qanday aniqlash kerak, degan 
savol paydo bo'ladi.
Bu savolga O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1160- 
m oddasining 1-qismi javob beradi. Unga ko'ra, chet el huquqini qo'llashda 
s u d y o k i b o sh q a d a v la t o rg a n i u n in g n o rm a la ri m az m u n in i b u
norm alarning tegishli xorijiy davlatda rasm iy talqin etilishi, qo'llanish 
amaliyoti va doktrinasiga m uvofiq aniqlanadi.
U shbu norm adan kelib chiqadiki, ko'zda tutilgan hollarda chet el 
qonuni u o'z vatanida qanday qo'llansa, xudi shunday qo'llash kerakdir. 
Sud chet el qonunini o'z qonunlariga va o'z huquqiy normasiga nisbatan


qanday tartibda talqin qilsa, xuddi shunday talqin etilishi m um kin emas: 
u nafaq at tegishli qonun, balki bu qonunning sud am aliyotida talqin 
qilinish doirasiga ham amal qilishi lozim. Bu holda am aliyot ushbu 
m am lakatda huquq manbaasi yoki qo'shim cha m anbasi hisoblanishini 
ham nazarda tutish lozim.
Sudlar, o‘z ixtiyoriga ko‘ra m am lakat kollizion normasi havola qilgan 
chet el qonunini taraflarning birontasi chet el qonuniga asoslanish- 
asoslanm asligidan q a t’iy nazar, qo'llashi zarur, am m o sud qo‘llanishi 
lozim bo'lgan chet el qonunining mazmunini aniqlash uchun taraflam i 
yordam ga jalb qilishi mumkin yoki ishda ishtirok etayotgan shaxm chet 
el huquqi normalari mazmunini tasdiqlovchi hujjatlam i taqdim etishga 
h a q lid ir (O 'zbekiston R espublikasi FK 1160-m oddasining 3-qismi). 
Shuningdek, shu maqsadda sud ekspertlam i jalb qilishi yoki tushuntirishlar 
so'rab, Adliya vazirligiga yoki boshqa milliy vakolatli organlarga m urojaat 
qilishi m um kin (O'zbekiston Respublikasi FK 1160-moddasining 2-qismi).
C het el huquqi normalarining sud tom onidan noto'g'ri qo'llanishi 
qabul qilingan qarom i kassasion tartib da bekor qilishga asos bo'lib xizmat 
qilishi mumkin.
A gar ushbu moddaga muvofiq ko'rilgan chora-tadbirlarga qaram ay, 
chet el huquqi normalarining m azm uni m aqbul m uddatlarda aniqlanmasa 
O'zbekiston Respublikasining huquqi qo'llaniladi (O'zbekiston Respublikasi 
FK 1160-moddasining 4-qismi).
C het el huquqiga havola etish va orqaga havola qilish kollizion 
normalarni tatbiq qilishda eng m urakk ab m asalalardan hisoblanadi.
O 'zbekiston Respublikasi FK 1161-moddasining 1-qismiga ko'ra, 
chet el huquqiga h ar qanday havola etish tegishli m am lakatning kollizion 
huquqiga emas, balki moddiy huquqiga havola etish deb qaralishi lozim.
Bizga m a’lumki, m am lakatim iz kollizion norm alarining m ohiyati 
shundan iboratki, ular chet el elem entli bironta huquqiy m unosabatlarni 
tartib g a solishda O'zbekiston yoki xorijiy davlat hu qu qig a (huquqiy 
tizimiga) havola qiladi. Chet el huquqiga havola qilish vaqtida quyidagi 
savol tug'iladi: chet el qonunchiligining faqat moddiy norm alari qo'llanishi 
m um kinm i yoki o'z ichiga kollizion n o m alarn i olgan b u tu n boshli 
qonunchilik qo'llaniladimi?
Ijobiy javob berilgan holda, «qarshi tomonga havola etish», ayrim
hollarda esa «uchinchi m am lakat huquqiga» havola etish vujudga keladi. 
Shu m unosabat bilan O'zbekiston Respublikasi FK 1161-moddasining 2- 
qismida chet el huquqi ushbu Kodeksning 1168-moddasiga ham da 1169- 
moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga, 1171 va 1174-


m o d d ala rig a m uvofiq q o ‘lla n ilg a n ho llarda q a rs h i to m o n sifatid a 
O'zbekiston Respublikasi huquqiga va uchinchi mam lakat huquqiga havola 
etishni qo‘llash ko‘zda tutilgan.
K arshi tomonga havola etish muammosi xalqaro m unosabatlarda 
o‘tgan asrning oxirida ko‘rib chiqilgan qator sud ishlaridan kelib chiqdi. 
Ulardan bittasini misol qilib keltiramiz.
Doimiy ravishda Bel’giyada istiqomat qiluvchi ingliz fuqarosi m a’lum 
shaxslarga yirik pul m ablag'ini vasiyat qilgan Vasiyatnimoning shakli -
yozma bo‘lib, fuqaroning o'z qo'li bilan yozilgan va imzolangan. Ammo 
hech qaerda tasdiqlanmagan.
Bel’giyada vasiyatnom aning tasdiqlanm agan shakli ta n olinmaydi. 
Angliya huquqiga ko'ra esa, vasiyatnoma qonunga to'la muvofiqdir.
V a fo t q ilg a n n in g m e ro s x o 'rla ri A n g liy ad a v a s iy a tn o m a n in g
h a q iq iy lig ig a e ’tiro z b ild irish d i. A m m o ingliz kollizion h u q u q id a
vasiyatnoma shaxsning tu ra r joyida amal qiluvchi qonunlar asosida tuzilishi 
k e ra k deb aytilgan, dem ak, ingliz huquqi Bel’giya huquqiga havola 
qilyapti.
Bel’giya huquqini qo'llash vaqtida vasiyatnoma bekor qilinishi kerak. 
Ammo Bel’giya huquqi vorislik sohasida fuqarolik prinsipiga asoslanadi.
D em ak, Bel’giya h u q uqi o'zi ushbu m asalani hal etishdan bosh 
tortadi, ingliz huquqi ham o'z o'm ida Bel’giya huquqiga havola qiladi. 
Va bu holda masalaning echilishi oxiri ko'rinmaydi.
S h u n in g u c h u n q a r s h i to m o n g a h a v o la e tis h q o 'lla n is h -
qo'llanmasligiga qarab m asala hal etiladi.
U shbu m asala borasida bir necha mumkin bo'lgan variantlarni ko'rib 
chiqamiz:
1. 
Faraz qilamizki, Bel’giyada istiqomat qiluvchi Bel’giya fuqarosi 
yuqorida ko'rsatilgan vasiyatnom ani tuzdi va bu vasiyatnom a haqiqiy 
em as deb tan olindi.
Bel’giyada istiqomat qiluvchi Angliya fuqarosi shunday vasiyatnomani 
tuzdi va u B el’giyada e ’tiroz qilinmoqda. Bel’giya qonunlariga ko'ra 
h am vasiyatnom a haqiqiy em as deb topiladi. Am m o qo'llanilayotgan 
h uq uq b u holda fuqarolik prinsipiga ko'ra belgilanadi va demak, ingliz 
h uquqiga havola qiladi. Ingliz huquqini qo'llash vaqtida vasiyatnoma 
haqiqiy deb tan olinadi. Lekin yuqorida ko'rsatilganidek, ingliz huquqi 
o'zi Bel’giya huquqiga orqaga havola qiladi (Bel’giyada orqaga havola 
qilish qo'llaniladi). Bu holda esa vasiyatnoma haqiqiy emas deb tan olinadi.
Bu yerda qarshi tomonga havola etish qaysi hollarda qo'llanishini 
bilish m uhim aham iyatga ega. A gar Angliyada vorislik sohasida qarshi


tomonga havola etish qo‘llanildi deb faraz qilsak va vasiyatnom a Angliyada 
e ’tiroz qilinayotgan vaqtda ingliz qonuni Bel’giya qonuniga havola qilgan 
holda, Bel’giya qonuni esa o'z o'rnida ingliz qonuniga qarshi tomonga 
havola qilsa, bu holda ingliz qonuni qo'llaniladi va vasiyatnom a haqiqiy 
deb ta n olinadi.
S h u n i t a ’kidlash k erak k i, O 'zbekiston R esp u blik asi F u q arolik
kodeksi, 1161-moddasining 2-qismiga ko'ra, O 'zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi, 1161-moddasining 2-qismiga ko'ra, vorislik sohasida 
qarshi tomonga havola etish qo'llanilmaydi.
C het el qonuniga havola etuvchi kollizion norm a bog'lanishi m a’lum 
salbiy xususiyatlarga ega. Ushbu havola etish «umumiy» xarakterga ega 
bo'lib, nom uayyan doiradagi chet el qonunlarini qo'llash imkoniyatini 
belgilaydi. Natijada kollizion norm a tarkibida m am lakat huquqi sud yoki 
arbitrajm ing asosiy prinsiplariga zid bo'lgan norm alar m avjud bo'lgan 
m am lakat qonuniga havola etishi mumkin.
C het el huquqini qo'llashdan voz kechish faqatgina m a’lum xorijiy 
d a v la tn in g huqu q iy, siyosiy yoki iqtisodiy tizim i bilan O 'zbekiston 
R espublikasining huq uqiy , siyosiy yoki iqtisodiy tizim i o 'rta sid a g i 
tafovutga asoslanishi mumkin em as albatta.
T artibga solishning m oddiy-huquqiy metodi afzalligini quyidagicha 
belgilash mumkin:
1. Yuqorida t a ’kidlanganidek m oddiy hu q uq iy n o rm alar xorijiy 
elementli fuqarolik-huquqiy m unosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 
(«m oddiy-huquqiy m etodda doimo m axsus ta rtib g a solish, kollizion 
m etodda esa um um iy tartibga solish qullaniladi»).
2. T o'g'ridan-to'g'ri (bevosita) tartibga solish metodiniig qo'llanishi 
tegishli m unosabatlar ishtirokchilari uchun yanada aniqlik yaratadi, chunki 
ularga va ushbu normalarni qo'llovchn tegishli organlarga ushbu m oddiy- 
huquqiy norm alar doimo oldindan m a’lum 1.
M um kin qadar qulaylik berish (imkom tug'dirish) tamoyili (inglizcha 
the largest favour) — turli davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy ham da savdo 
m unosabatlarini tartibga solishning asosiy p rin sip larid an hisoblanadi. 
Mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi shuni anglatadiki, shartlashayotgan 
d av latlarnin g h a r biri boshqa d av latg a uning fu q aro lari va yuridik
shaxslariga ularning o'zaro m unosabatlari sohasida m um kin q a d a r qulay 
huquqlar, imtiyozlar, afzalliklar berish m ajb u riy atini oladi va bu nd a
1 Богуславский M.M. Международное частное право. Учебник. 2-изд., перераб и 
доп. Междунар. отношения, 1994, 82-бет.


uchinchi davlat va uning fuqaro ham da yuridik shaxslariga berilgan 
yoki beriladigan huquq imtiyoz va afzalliklardan kam bo'lmasligi shart.
Milliy holat — kelishilayotgan bir davlatning yuridik shaxslar va 
fuqarolariga boshqa kelishilayotgan davlat hududida shu davlat yuridik 
shaxslari va fuqarolariga qanday bo'lsa, xuddi shunday huquq, imtiyozlar 
va afzalliklar berilishi prinsipiga asoslangan.
O'zaroviylik (vzaimnost’) — m a’lum davlatda boshqa chet el davlati 
fuqarolari va yuridik shaxslariga belgilangai huquq va imtiyozlar qanday 
bo'lsa, bu dav lat ham o'sha davlat fuqarolari va yuridik shaxslariga 
shunday huquq va imtiyozlar belgilaydi. (Meni hurm atlasang, m en ham
seni hurm atlaym an).
Kollizion norm aga ega bo'lgan deyarli barcha huquq tizimlarida 
ommaviy tartib to'g'risida izohlash mavjud. Bunday izohlashdan asosiy 
m aqsad sudlov m am lakatining (masalan, O'zbekistonning, agar masala, 
O'zbekiston sudiga taalluqli bo'lsa) ommaviy tartibiga to'g'ri kelmaydigan 
chet el qonunini tadbiq qilishni ushbu mam lakat (O'zbekistonning) kollizion 
norm asi bilan cheklab qo'yishdan iborat. B unday izohlash yo'li bilan 
qonunning cheklanishi oldindan ogohlantirib qo'yilishi kollizion normalar 
vositasida qo'llash uchun havola qilinadigan qonunlar doirasi noaniq 
ekanligi bilan bog'liq.
O'zR Fuqarolik kodeksining 1164-moddasida nazarda tutilgan qoidaga 
binoan "Chet el huquqini qo'llanish O'zbekiston Respublikasining huquq- 
tartiboti asoslariga (ommaviy tartibga) zid keladigan hollarda chet el 
huquqi qo'lanilmaydi". Shunga o'xshash qoida O'zbekistonning 1963 yilda 
qabul qilingan Grajdanlik kodeksining 621-moddasida ham bor edi. Lekin 
u n d a , a g a r c h e t el q o n u n in i q o 'lla sh c h e k la n g a n ta q d ir d a qaysi 
m am lakatning qonunini qo'llash m um kin degan savolga javob yo'q edi. 
Bu savolga javob ham 1164-moddada berildi va u quyidagi qoida bilan 
to 'ld irild i: "B u n d ay h o llarda O 'zbekiston R esp ub likasining h u quqi 
qo'llaniladi". Dem ak chet el qonuni O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan 
o m m a v iy ta r tib g a , h u q u q - ta r tib o t asoslariga zid k e lg a n ho llarda 
O'zbekiston Respublikasi huquqi qo'llaniladi.
Om m aviy tartib to'g'risidagi izohga 1164-moddada yana bitta muhim 
tu sh un tirish berildi. Shu bilan ush b u izohni o'rinsiz keng qo'llanishini 
oldi olindi. M azku r m o d dan in g 2-qism iga binoan "Tegishli chet el 
d a v la t n in g h u q u q iy , s iy o s iy y o k i iq tis o d iy tiz im i O 'z b e k is to n
Respublikasining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimidan farqlanishigina 
chet el huquqi qo'llanilishini rad etish uchun asos bo'lishi m um kin emas".
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasiga binoan


chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslam ing huquq va 
erk in lik lari xalqaro hu q uq norm alariga m uvofiq t a ’m inlanadi. U lar 
O'zbekiston Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnom alari bilan 
belgilangan bu rch larn i ado etadilar. C het el fu q aro lari O 'zbekiston 
fuqarolari foydalanadigan huquq layoqatiga teng ega bo'lganlari kabi 
nikoh layoqatiga ham egadirlar. Nikoh tuzish tartibi va uni rasmiylashtirish 
uch un belgilangan shartlar (Oila kodeksining 13-17- moddalari) chet el 
fuqarolari uchun ham taalluqlidir. Shunga ko 'ra ana shu m oddalarda 
belgilangan shartlar buziladigan va nikoh tuzishga monelik qiluvchi (Oila 
kodeksining 16- moddasi) ho latlar bo'lsa, nikohni qayd qilishga yo'l 
qo'yilm aydi. Masalan chet el fuqarosining qonuni bo'yicha unga ikki 
yoki undan ortiq xotin olish (poligamlik nikoh) huquqi nazarda tutilgan 
bo'lsada O'zbekiston hududida va O'zbekiston qonuniga muvofiq uning 
ikkinchi nikohi qayd qilinmaydi. Dem ak b u nday hollarda O'zbekiston 
qonuni qo'llaniladi. Lekin poligamlik nikohda yo'l qo'yadigan qonunga 
asosan tuzilgan bunday nikohdan tug'ilgan bolalar uchun O'zbekiston 
sudi qarori bilan aliment undirish m ajburiyati bekor qilinmaydi. Chunki 
chet el qonuniga asosan chet elda tug'ilgan bolalar uchun aliment undirish 
qoidasi O'zbekiston qonuniga zid kelmaydi.
Chet el huquqining O'zbekiston Respublikasida qo'llanishi davlatimiz 
tuzilishi, uning huquqiy-tartiboti asoslariga, o'm atilgan ommaviy tartibga 
zid ekanligi holatini emas, balki, bu asoslarga, tartibga chet el huquqining 
zid kelishini va shuning uchun qo'llab bo'lmasligini anglatadi.
Ommaviy tartib tushunchasi sud tajribasida va ko'pgina davlatlam ing 
ta ’lim otida o'zining mavxumligi bilan ajralib turadi. Buning ustiga G 'arb
d a v la t la r in i n g a y rim y u r is t la r i f ik r ig a k o 'r a o m m a v iy t a r t i b
tu shunch asin in g aniq emasligi u nga xos b o 'lg an va uni ifodalovchi 
xususiyat hisoblanadi. Om m aviy ta rtib to'g'risidagi izohdan ayrim sudlar 
o'zga d a v la t huquqini ch etlab o 'tish, b a ’zan u m u m a n ta n olmaslik 
m aqsadida foydalanadilar. B unday tajriba o'tm ishda ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimi turlicha bo'lgan m am lakatlar huquqiga nisbatan ko'p ishlatilardi. 
U shbu izohni qo'llash doirasini belgilash ko'pgina davlatlarda to'lig'icha 
sudning xohishiga topshirilgan edi. B unday tajribaning davom etishi 
natijasida om maviy tartib va uni izohlash tegishli d arajada aham iyatga 
ega bo'lm ay qoldi.
Bizning qonunlarimizda, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, b a ’zi bir 
h o lla rd a c h e t el q o n u n la rin in g O 'z b e k isto n d a q o 'lla n is h i u c h u n
c h e k la sh la rg a yo'l qo'yiladi. L ekin sh u n g a e ’tib o r b e rish k e ra k k i 
O 'zbekiston qonunlari bilan c h e t el d av latlari qonunlari o 'rtasid ag i


farqlanishlar om maviy tartib to'g'risidagi izohni tadbiq qilish uchun o'z 
holicha asos bo'lishi m um kin emas, chunki ushbu izohni b archa hollarda 
tadbiq qilish O'zbekistonda chet m am lakatlar huquqining qo'lanishini 
um um an inkor qilishga olib kelishi m um kin1.
Retorsiya — b ir davlatning qonuniy, adolatli, m ajburlov chorasi 
bo'lib, shu davlatning jismoniy va yuridik shaxslarini boshqa davlat 
tomomidan kamsitish, nodo'stona xatti-harakatlarga javoban qo'llaniladi. 
Bu holat uzbekcha «Sendan ugina, m endan bugina» m aqolga to 'g 'ri 
keladi. R eto rsiya d a v la tla r o 'rta sid a g i m u n o sab atlard a o'zaroviylik 
prinsipidan kelib chiqadi. Retorsiya sifatida qullanuvchi choralar ulam i 
vujudga keltirgan harakatga (aktga) muvofiq bo'lishi kerak va oldingi 
holat tiklanganidan so'ng to'xtatilishi lozim.
X alq aro x u su siy h u q u q n in g u m u m iy tu sh u n c h a la rig a kelsak, 
doktrinaning (rasmiyat) tutgan o'rni ustida alohida to'xtalib o'tish kerak.
Doktrinani (rasmiy) sharxlash (inglizcha doctrinal interpritetion) — 
n az ariy a c h i-y u ristla r tom onidan hu q uq iy norm alarini tu shuntirilish i 
dem akdir (huquqiy tartibga solish m avjud bo'lmagan hollarda h am talqin 
etishga ijozat beriladi).
XXH norm alari va institutlarini shakllantirishda doktrina alohida 
ah am iy atg a ega. H uquqning ay n a n shu sohasida n o rm ativ tartib g a 
solishning ko'zda tutilmaganligi va jiddiy nuqsonlarning m avjudligi sababli 
doktrina huquqining boshqa sohalariga qaraganda m uhim roq o'rinni 
egallagan va egallab kelmoqda.
Ushbu xulosa nafaqat doktrina XXHning manbasi sifatida qabul 
qilingan m a m la k a tla rg a , balki u m an b a sifatid a e ’tiro f etilm ag an
m am lakatlarga h am tegishlidir.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish