1-chorak 5-sinf Vatan tuyg’usi
1.Vatan deganda nimani tushunasiz?
A Kindik qonimiz tomgan joyni B Ko’z yoshimiz tomgan joyni
C Peshona terimiz tomgan joyni D Tuz nasibamiz to’kilgan joyni
2.Vatan ichidagi kichik vatan tushunchasi o’z aksini topgan qatorni ko’rsating
A Qadrdon uy, mahall, shahar va qishloq B Mehnat qilgan jamoa
C Ta’lim olgan maktab D Cho’milgan soy
3.Ajdodlar deb kimlarga aytiladi?
A Inson naslining davomchilariga B Insonning uzoq va yaqin ota-bobolariga
C Insonning ma’naviy boyliklariga D Insoniyat tarixiga
4.Xalqning ongi, dunyoqarashi va fazilatlarining yuksalishiga xizmat qiladigan, aqlimiz va ruhimiz oziqlanadigan boyliklarga qanday boyliklar deb aytiladi?
A Xalqning boy tarixi B Moddiy boyliklar
C Ma’naviy boyliklar D To’g’ri javob yo’q
5.”Mahalla” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A Joy degan ma’noni B Guzar degan ma’noni
C Vatan degan ma’noni D Ona degan ma’noni
6.”Vatan” so’zining ma’nodoshlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A Yurt, diyor, o’lka, mamlakat, respublika B Mahalla, guzar
C Shahar, qishloq D Qal’a, qo’rg’on, qasr, saroy
7.Samarqandda qanday eng mashhur ne’mat tayyorlanadi?
A Osh B Tandir kabob C Non D Lag’mon
8.”Qishloq” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A Qishi sovuq joy degan ma’noni B Uzoq joy degan ma’noni
C Qishlaydigan joy degan ma’noni D Ishlaydigan joy degan ma’noni
9.Buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi kim bo’lgan?
A Mohir sarkarda B Xorazmshoh davlatining munosib vorisi
C Chingizxon tan olgan mard va dovyurak o’g’lon D А,B,C javoblari to’g’ri
10.Yurtimizda 1998-yil qanday yil deb e’lon qilingan?
A “Homiylar va shifokorlar yili” B “Sog’lom avlod yili”
C “Barkamol avlod yili” D “Oila yili”
11.”Ona degan nom” kimning qalamiga mansub?
A Abdulla Avloniy B Abdulla Qahhor C Abdulla Oripov D Erkin Vohidov
12.Nikoh va qarindoshlik asosida birgalikda yashash nima deb aytiladi?
A Oila B Nikoh C Nasl-nasab D Qarindoshlik
13. Insonning ichki ruhiy sezgilari nima deb aytiladi?
A Qalb B Ramz C His-tuyg’u D Yurak
14.”Shahar” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A Obod joy degan ma’noni B Mamlakat degan ma’noni
C O’lka degan ma’noni D Aholi yashaydigan joy degan ma’noni
15.O’troq hayot belgilarini nimalarda ko’rish mumkin?
A Aniq bir joyda qo’nim topib yashashda B Xalqning urf-odatlari an’ana va qadriyatlarida
C Xalqning hayot tarzida D Odamlarning dunyoqarashi, vataniga bo’lgan muhabbatida
16.Ko’ngildagi Vatan haqidagi hikoyaning nomi…
A “Helladas” B “Yunoniston” C “Urush va tinchlik” D “Ellada”
17.Inson qachon vatanini tushunib, anglab boradi?
A Maktabga borgach B Boyligi ko’paygach
C Sochiga oq tushganidan so’ng D O’zini, o’zligini, qadr-qimmatini anglagani sari
18.Prezidentimiz I.A. Karimovning qaysi kitobida jamoa bo’lib yashash tuyg’usi haqida fikr bildiriladi?
A “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” B “Olloh qalbimizda yuragimizda”
C “Vatan sajdagoh qabi muqaddasdir” D “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”
19.Qaysi yili Toshkent shahrining 2200 yillik to’yi nishonlandi?
20.Vatan nadir? Tuqqan yerim,turg’on yerim,
O’sib-unib o’ynab-kulib yurg’on yerim.
Jonim-Vatan, tanim-Vatan, ko’zim-Vatan,
Esdan chiqar oni ko’rgoch, ko’rgon yerim.
She’rining muallifi kim?
21.Vatanning aniq bir hudud bilan bog’liq ekanini tan olmaydigan, biz uchun butun yer yuzi vatan degan falsafa bilan yashaydigan odamlar ilm-fanda nima deb yuritiladi?
22.Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent shahrida qancha yetim bolalar xonadonlar tomonidan farzand qilib olingan?
23.”Gen” so’zi qanday ma’noni bildiradi?
24.Vatan manfaatlarini himoya qilish yo’lidagi fidoyilik nima deb ataladi?
25.”El-yurt tayanchi” monumenti qaysi shaharda barpo etilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |