Ijod maktablari – parvoz maydoni



Download 16,45 Kb.
Sana27.05.2023
Hajmi16,45 Kb.
#944766
Bog'liq
Ijod maktablari – parvoz maydoni


Ijod maktablari – parvoz maydoni.
Hozirgi kunda hududlarda 6 ta ijod maktabi faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Namangan viloyatida Ishoqxon Ibrat, Jizzax viloyatida Hamid Olimjon va Zulfiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Ibroyim Yusupov, Qashqadaryo viloyatida Abdulla Oripov, Farg‘ona viloyatida Erkin Vohidov, Andijon viloyatida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti hamda chet tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
2019-2020 o‘quv yilidan Xiva shahrida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy, Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ijod maktablarining 5-11-sinfida 1092 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Shuningdek, 150 nafarga yaqin oliy ma’lumotli pedagog, shu jumladan, 31 nafar ijodkor o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.
Yaqinda Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga Prezident sovg‘asi - yangi avtobus taqdim etildi. O‘tgan yili Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga ham avtobus ajratilgan edi.
Ijod maktablarida fan va adabiyot to‘garaklari muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda. Kutubxonalar 10 mingga yaqin badiiy adabiyot bilan ta’minlangan.
Shu kunga qadar ijod maktablari o‘quvchilarining 50 dan ziyod kitoblari, adabiy to‘plamlari nashr qilingan. O‘quvchilar ijod namunalari gazeta-jurnallarda muntazam chop etilmoqda.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi E’zoza Alisherova 2019 yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Shuningdek, ijod maktablari o‘quvchilari mamlakatimiz miqyosida o‘tkazilayotgan yirik bayram tadbirlari, “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda.
Atoqli adiblar nomi bilan atalgan ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iste’dodlarini keng namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi tayyorlandi.
Qaror loyihasida atoqli adiblar nomi bilan atalgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rasman “Ijod maktabi” maqomi berilmoqda. Shuningdek, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Ijod maktablariga o‘quvchilar 7-sinfdan ijodiy tanlov va test sinovlari asosida qabul qilinishi, sinflardagi o‘quvchilar soni 25-30 nafardan oshmasligi belgilanmoqda.
Ijod maktablarining 10-11-sinflarida a’lo baholarga ta’lim olayotgan o‘quvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan saralash imtihonlari natijasiga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan o‘ttiz foiz o‘quvchiga davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanidan maksimal ball berish taklif etilmoqda.
Ijod maktablari direktorlariga maktabning ixtisosligidan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida belgilangan soatlar doirasida alohida o‘quv rejasini tasdiqlash hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan fanlardan dars o‘tish huquqi beriladi.
Ijod maktablari pedagoglarini qo‘shimcha rag‘batlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga, maktab kutubxonalarini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi bazasiga ulash choralari belgilanmoqda.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, jahon hamda milliy musiqa, kino, haykaltaroshlik, tasviriy san’at va boshqa ijodiy yo‘nalishlardagi eng nodir 100 ta asar ro‘yxati shakllantirilib, har bir maktabga 10 nafardan taniqli shoir, yozuvchi va adabiyotshunoslar biriktirilmoqda.
Shu bilan birga, har o‘quv yili yakunida “Yilning eng yaxshi Ijod maktabi” tanlovini o‘tkazish taklifi berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda reja asosida ijodiy uchrashuvlar, mahorat saboqlarini o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda.
Download 16,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish