2-§. Vasiyatnomaning shakllari
Vasiyatnomaning huquqiy ahamiyatini hisobga olib, qonun uning
shakliga alohida e ’ tiborn i qaratgan. FK ning 1124- m oddasida
vasiyatnomaning yozma shakli belgilab, uning yozilgan joyi va vaqti
ko'rsatilishi shart qilib ko'rsatilgan.
Qonunda belgilangan shaklda tuzilmagan vasiyatnoma haqiqiy
hisoblanmaydi (FKning 1130-moddasi). Vasiyatnoma bir tomonlama bitim
bo'lgani sababli, uni haqiqiy emas deb topish asoslari FKning bitimlari
haqidagi (115-moddasi) qoidalari tartibida amalga oshiriladi.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar va notarial tasdiqlangan
vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan
hisoblanadi Vasiyatnoma vasiyat qoldiruvchining o'z qo'li bilan yoki uning
so'zidan notarius tomonidan yozilgan va shaxsan imzo qilingan bo'lishi kerak.
Vasiyat qoldiruvchining jismoniy nuqsonligi, kasalligi yoki savodsizligi
oqibatida vasiyatnomani o'z qo'li bilan yozib imzo qo'yish imkoniyati
bo'lmaganda, uning iltimosiga ko'ra boshqa shaxs tomonidan yozilib, imzo
qo'yilishi mumkirL Bunday hollarda, albatta, vasiyatnomaning guvohlantiruvchi
notarius yoki qonun bilan vasiyatnomalami guvohlantirish huquqi berilgan
mansabdor shaxslaming ishtirokida, vasiyatnoma vasiyat qoldiruvchining o'z
qo'li bilan yozib, imzolay olmaganligining sabablari ko'rsatilishi shart
«Notariat to'g'risida»gi qonunning 30-moddasiga asosan notarial
harakatlar notariat idorasi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi
joylashgan binoda amalga oshirilishi kerak. Fuqaro kasalligi, nogironligi
tufayli yoki boshqa sabablarga ko'ra, davlat notariat idorasiga, fuqarolar
yig'ini raisi (oqsoqol) yoki xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius
huzuriga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur
fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
Vasiyatnomani vasiyat qiluvchining o'rniga imzolash man qilingan
shaxslaming tizimi FKning 1124-moddasida belgilab qo'yilgan.
Bular quyidagilar:
-
notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlash huquqi berilgan mansabdor
shaxs;
- vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan
vasiyat majburiyati yuklatilgan bo'lsa, o'sha shaxs, uning eri (xotini),
bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari;
- vasiyat qoldiruvchining qonun bo'yicha merosxo'rlari;
- to'liq muomala layoqatiga ega bo'lmagan fuqarolar;
- savodsizlar va vasiyatnomani o'qiy olmaydigan boshqa shaxslar;
- yolg'on guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
«Notariat to'g'risida»gi qonuning 37-moddasiga binoan, notariuslar
o'z nomiga va o'z nomidan, xotini(eri) nomiga hamda uning nomidan,
xotinining (erining) va o'zining qarindosh-urug'lari (ota-onasi, bolalari,
nabiralari, tug'ishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va
homiylik tufayli bog'langan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan,
shuningdek, mazkur davlat notariat idorasining xodimlari yoki xususiy
amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning qo'l ostida ishlovchi shaxslar
nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga
haqli emas.
O'zbekiston Respublikasi qonunlari bo'yicha og'zaki tuzilgan
shartnomalar, bitimlar har xil texnik vositalar yordamida (magnitofon,
telefonga, video tasmaga va hokazo) yozilgan vasiyat mazmunini
anglatuvchi yozuvlar, vasiyat qoldiruvchining so'zidan bo'lsa ham,
bunday vasiyatnomalar haqiqiy hisoblanmaydi. Ularning haqiqiyligini
guvohlar ko'rsatmalari yoki boshqa qo'shimcha yozma va og'zaki dalillar
orqali sud yo'li bilan ham tasdiqlashga yo'l qo'yilmaydi.
Tuman sudining 1997-yil 8-oktabr hal qiluv qarori bilan meros
qoldiruvchining kichik o'g'li «G» ning o'z akasi «В» ga nisbatan qo'zg'atilgan
d a ’vosi qanoatlantirilib, otalari hayotligidi mahallada, ko'pchilik
ishtirokida (publichno) o'ziga tegishli yengil avtomashina «Tiko» ni kichik
o'g'li uchun olganligini va oilaviy maslahatda, katta o'g'li «В» huzurida,
uni «kichik o'g'lim «G» ga vasiyat qildim» degan og'zaki so'zlari
tasdiqlanadi, deb hal qiluv qarori chiqargan.
Sudning bu hal qiluv qarori «В» ning shikoyati bilan viloyat sudi
tomonidan vasiyatnom aning qonunda belgilangan shaklga rioya
qilinmaganligi asos qilinib, tuman sudining hal qiluv qarori yuqori
Konstitutsiya sudi tomonidan bekor qilingan.
Amaliyotda, bunday voqea va hodisalar uchrab turadi. Shu bilan
birga vasiyatnomaning tuzilgan vaqti va joyini belgilab qo'yish ham
katta ahamiyat kasb etadi.
Meros ochilgandan keyin merosxo'rlar o'rtasida nizo chiqqanida,
birinchidan, meros qoldiruvchining vasiyatnoma tuzganda muomala
layoqatiga ega bo‘lmaganligi, harakatlarining oqibatiga ko'zi etmaganligi;
ikkinchidan, ikki yoki undan ortiq vasiyatnoma mavjud bo‘lganda,
ulardan qaysi biri oldin, qaysi biri keyin tuzilganligini aniqlash
vasiyatnomada ko‘rsatilgan vaqtda vasiyat qoldiruvchi imzo q o‘yish
imkoniyatlariga ega bo'lgan yoki bo'lmaganligini isbotlash uchun zarur
bo'ladi.
Qonunda belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilingan holda tuzilgan
vasiyatnomalar haqiqiy bo'lib sanalib, aks holda, nizoga sabab bo'ladi.
Bunday nizolar sud tomonidan ko'rilganda fuqarolik protsessual
qonunida yo'l qo'yilgan dalillar, isbotlash vositalaridan foydalanib, meros
qoldiruvchining vafot etish oldidagi haqiqiy erki, xohish-irodasi ifoda
etilganligi va og'zaki qilingan vasiyatning haqiqiyligi sud yo'li bilan
tasdiqlangan taqdirda, masala ijobiy hal qilinishi kerak, degan fikr
adolatli bo'lur edi.
Amaliyotda shunday hodisalar uchraydiki, vasiyat qoldiruvchi bir
necha marotaba o'zining vasiyatnomasini tuzib qoldiradi. Uning qaysi
biri haqiqiy ekanligini aniqlash uchun vasiyatnomaning tuzish vaqti asos
qilib olinishi kerak. Keyingi tuzilgan vasiyatnoma awalgi vasiyatnomaning
bekor bo'lishi uchun asos bo'ladi.
Vasiyatnomaning tuzilgan vaqti uning notarial tasdiqlangan vaqti
bilan hisoblanadi.
Qonunda nazarda tutilgan vasiyatnoma shakliga doir asosiy talablar,
birinchidan, vasiyatnoma notarius tomonidan tasdiqlangan bo'lishi, notaril
tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan bo'lishidir, shuningdek,
vasiyatnomalar yozma shaklda faqat qonunda belgilangan tartibda
rasmiylashtirilib, tasdiqlangandagina haqiqiy hisoblanadi.
Vasiyatnomaning sir saqlanishi. Amaliyotda mol-mulkni vasiyat qilib
qoldirish qarindoshlar oldida ular bilan munosabatlarda noqulaylik
tug'diradi. Shu sababdan qonun vasiyatnomani sir saqlanishini nazarda
tutadi.
FKning 1128-moddasida «Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi
boshqa mansabdor shaxs, shuningdek, vasiyatnomani vasiyat qoldiruvchi
o'rniga imzo qiluvchi fuqaro meros ochilganga qadar vasiyatnomaning
mazmuniga, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o'zgartirilishiga daxldor
ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas».
Qonun vasiyatnomaning sir saqlanishini ta’minlash uchun yetarli
choralar va tadbirlar belgilab qo'yadi. Vasiyatnomaning borligi haqida
oshkor qilishga hech kimning haqqi yo'q.
«Notariat to'g'risida»gi qonuning 6-moddasiga asosan amalga
oshirilgan notarial to'g'risidagi ma’lumotlar faqat sud, prokuratura va
tergov organlarining talabiga asosan ular yuritayotgan ishlar munosabati
bilan beriladi. Vasiyatnoma vafotidan keyingina berilishi mumkin.
Xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan notarial harakatlar haqida
o'ziga ma’lum bo'lgan ma’lumotlarni har qanday mansabdor shaxs ham
oshkor qilishga haqli emas. Bunday shaxslar qonunda belgilangan tartibda
vasiyatnoma sirlarini oshkor qilganliklari uchun tegishlicha javobgarlikka
tortiladilar.
Vasiyatnomani sir saqlash haqidagi qonun talablari vasiyat
qoldiruvchi uchun ham majburiydir. Vasiyat qoldiruvchi o'zining
vasiyatnomasi haqida oshkor aytishga va uni boshqalarga ko'rsatishga
haqli, ammo notarial idorasiga vasiyatnomani oshkor qilish uchun
farmoyish berishga haqli emas. Vasiyatnoma faqat meros ochilgan paytdan
boshlab kuchga kiradi. Vasiyatnomaning tuzilishidan uning kuchga
kirishiga qadar ancha vaqt o'tishi mumkin. Qonun bu muddatni
chegaralab qo'ygan emas.
Agar vasiyatnoma vasiyat qoldiruvchi tomonidan o'zgartirilmagan
yoki bekor qilinmagan bo'lsa, u qancha vaqt o'tishidan qat’iy nazar,
amal qiladi. Vasiyat qoldiruvchi o'zining vasiyatnomada izhor qilgan
irodasini xohlagan vaqtda o'zgartirishi va bekor qilishga haqli ekan, bu
haqda, ayniqsa, merosxo'rlar xabar topmasligi maqsadga muvofiq. Shuning
uchun vasiyatnom aning m avjudligini xizmat vazifasini bajarish
munosabati bilan bilgan shaxslar uning mazmuni haqida, tuzilishi, bekor
qilinishi yoki o'zgartirilishi haqidagi m a’ lumotlarni sir saqlashga
majburdirlar. Vasiyatnomaning tuzilganligi, o'zgartirilganligi yoki bekor
qilinganligi ma’lum bir guruh shaxslarga ma’lum bo'ladi. Notarius, qonun
bilan notarial harakatlarni amalga oshirish vakolati berilgan shaxslar,
vasiyat qoldiruvchi o'rniga vasiyatnom ani imzo qilgan shaxslar
vasiyatnoma haqida axborotga ega bo'lgan shaxslar bo'lishi mumkin.
Bu shaxslar meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mavjudligi
va uning mazmuni haqida hech kimga, shu jumladan, merosxo'rning
o'ziga ham oshkor qilishga haqli emaslar.
Vasiyatnoma tuzuvchi uning mazmuni bilan tanishib chiqmasdan
tasdiqlashni notariusdan talab qilishga haqli. Bunday vasiyatnomalar maxfiy
vasiyatnoma bo'lib hisoblanadi, maxfiy vasiyatnoma xaqiqiy sanalmasligi
xavfi ostida vasiyat qoldiruvchining o'z qo'li bilan yozilishi, imzolanishi
va ikki guvoh hamda notarius ishtirokida konvertga solinib, elimlanishi
lozim. Elimlangan konvertning ustida guvohlarning ismi, otasining ismi
va familiyasi, ularning doimiy turar joylari to'liq yozilib, ular tomonidan
imzolanishi kerak. Guvohlar imzolagan bu konvert ham ularning va
notariusning ishtirokida boshqa konvertga solinib, notarius tomonidan
elimlanib, uning ustiga tasdiqlash ustxati yozilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |