Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Vasiyatnomani o'zgartirish, bekor qilish



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

5-§. Vasiyatnomani o'zgartirish, bekor qilish
Fuqarolarga vasiyatnomani erkin tuzish to'g'risida berilgan huquq, 
uni o'z xohishi bilan bekor qilish yoki o'zgartirish huquqini ham beradi.
«Vasiyat qiluvchi, - deyiladi FKning 1127-moddasida, - istalgan 
vaqtda o'z vasiyatnomasini to'laligicha bekor qilishga yoxud unda mavjud 
bo'lgan ayrim vasiyat farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali 
bekor qilishga, o'zgartirishga yoki to'ldirishga haqli».
Vasiyatnomani to'lig'icha, uning hamma bandlarini bekor qilish, 
birinchidan, uning notariusdagi nusxalarini yo'q qilib tashlashni so'rab 
bergan arizasiga asosan, ikkinchidan, yangi vasiyatnoma tuzilib, unda 
albatta vasiyatnomani bekor qilish haqida farmoyish berish yo'li bilan 
amalga oshiriladi.
Vasiyatnoma qisman o'zgartirilganda, birinchidan, yangi tuzilgan 
vasiyatnomada oldingi vasiyatnomaning ayrim bandlarini bekor qilish, 
ikkinchidan, undagi ayrim bandlariga zid ravishda tuzilish yo'li bilan 
o'zgartirish kiritiladi.
Keyingi tuzilgan vasiyatnoma bekor qilingan taqdirda ham yangi 
vasiyatnoma tuzish yo'li bilan bekor qilingan yoki qisman, keyingi 
vasiyatnomaga zid bo'lgani sababli bekor qilingan aw algi vasiyatnoma 
qaytadan tiklanmaydi.
Vasiyatnoma ikki nusxada tuzilib, uning bir nusxasi notariat idorasida 
saqlanadi, bir nusxasi vasiyat qoldiruvchi qo'lida bo'ladi.
Vasiyat bekor qilinganda yoki u o'zgartirilganda, bu harakat 
vasiyatnomaning har ikkala nusxasida ham o'z aksini topishi kerak.
«Notariat to'g'risida»gi qonuning 46-moddasiga asosan, notariuslar 
vasiyatnomani bekor qilish to'g'risidagi arizani olgan taqdirda, shuningdek, 
vasiyatnomani bekor qiluvchi yoki o'zgartiruvchi yangi vasiyatnoma olingan 
taqdirda, awalgi vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga


va notarial harakatlarini ro'yxatga olish reestriga bu xususda belgi qo'yadi.
Vasiyatnomani bekor qilishni so'rab berilgan arizadagi imzo, albatta, 
belgilangan tartib bo'yicha notarial guvohlantirilgan bo'lishi kerak.
Vasiyatnomani o'zgartirish, faqatgina, yangi vasiyatnoma tuzish 
yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu vasiyatnomada oldingi vasiyatnomaning 
ayrim bandlari bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin. Bundan 
tashqarii, keyingi tuzilgan vasiyatnoma oldingi vasiyatnomani bekor 
qilmasdan yoki o'zgartirmasdan, qo'shimcha farmoyishlar bilan to'ldirilishi 
ham mumkin. Agarda oldingi vasiyatnomalarda meros qoldiruvchi o'zining 
m ol-m ulkidan bir qismini vasiyat qilib qoldirgan bo'lib, keyingi 
vasiyatnomada mulkning qolgan qismiga vasiyatnoma tuzgan bo'lsa, 
meros ochilganda har ikkala vasiyatnoma ham haqiqiy hisoblanadi. Bunday 
hollarda har ikkala vasiyatnoma bo'yicha ham vorislar meros oladilar.
Vasiyatnom ani bekor qilish to'g'risidagi yozm a farm oyish 
vasiyatnomani tasdiqlagan notariusga yoki notarial harakatni amalga 
oshirish huquqi berilgan mansabdor shaxsga beriladi.
Yozma farmoyish vasiyat qoldiruvchi tomonidan shaxsan berilishi 
shart. Har qanday holatda, ya’ni ariza vasiyat qoldiruvchi tomonidan 
berilganda ham, yoki aloqa idoralari orqali berilganda ham, bu farmoyish 
vasiyatnomani bekor qilishni so'ragan shaxsning arizadagi imzosi, albatta, 
notarial g u voh la n tirlgan b o 'lish i kerak. N otarial tasdiqlangan 
vasiyatnomani bekor qilish haqidagi yozma farmoyish istalgan notarial 
idorasiga ham berilishi mumkin. Farmoyishni olgan notarius yoki notarial 
harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxs, o'z 
navbatida, uni vasiyatnomani tasdiqlagan notariusga yuborishi kerak.
Vasiyatnomani bekor qilish - vasiyat majburiyatining bir ko'rinishi 
hisoblanadi. Shuning uchun u vasiyat farmoyishi uchun belgilangan 
qoidalar bilan yo'l qo'yilgan hamma shakllarda amalga oshirilishi kerak.
Vasiyatnoma qo'lida bo'lgan shaxs unga o'zgartirishlar yoki 
qo'shimchalar kiritib, tuzatishlar qilishiga yo'l qo'yilmaydi. Bunday 
hollarda m eros olish masalasi notariat idorasida saqlanib turgan 
vasiyatnomaning birinchi nusxasi asosida amalga oshiriladi.
Notarius tomonidan tasdiqlangan vasiyatnoma, notarial tasdiqlangan 
vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar bilan ham bekor bo'lishi 
yoki o'zgartirilishi mumkin. Bunday vasiyatnomalarning birinchi nusxalari 
«N otariat to'g 'risid a »g i qonunning 27-moddasiga asosan vasiyat 
qoldiruvchining doimiy yashaydigan joydagi davlat notarial idorasiga 
saqlash uchun kechiktirmay yuborilishi shart.
Yangi vasiyatnom a tuzilgan vaqtda vasiyat qiluvchi oldingi 
vasiyatnomadagi ayrim bandlarini o'zgartirishni ko'rsatmasligi ham 
790


mumkin. Yangi vasiyatnomada berilgan farm oyish nafaqat eski 
vasiyatnomani to‘ldirish, shuning bilan birga, uning mazmuniga butunlay 
yoki qisman zid bo'lishini o‘zi kifoya qiladi.
A yrim hollarda vasiyat qoldiruvchi eski vasiyatnom aga zid 
kelmaydigan va uni bekor qilmaydigan, o'zgartirmaydigan farmoyishni 
o‘z ichiga olgan vasiyatnoma tuzishi mumkin.
Masalan, fuqaro «М» 1999-yil dekabr oyining 15 kuni Yunusobod 
tumanidagi davlat notarial idorasining notariusi tomonidan tasdiqlangan 
vasiyatnoma bo‘yicha o'zining uy-joyini kichik o‘g‘li «V» ga rasmiylashtirgan.
«М» 2001-yil avgust oyining 5 kuni esa yangi vasiyatnomani tuzib, 
unda o'zining «Neksiya» yengil avtomashinasini nabirasi «Sh» ga berish 
to‘g‘risida farmoyish bergan 2003 yilning mart oyi 21 kunida «М» vafot 
etishi munosabati bilan «V» va «Sh» notariusga murojaat qilganda, notarius 
«M»ga tegishli uy-joyga nisbatan bo'lgan huquq to'g'risida, «Sh»ga esa, 
«Neksiya» avtomashinasiga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma bergan.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish