Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. VASIYAT BO'YICHA VORISLIK



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

67-bob. VASIYAT BO'YICHA VORISLIK
l-§ . Vasiyat bo'yicha vorislik tushunchasi
«Mulkdor, - deyiladi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
54-moddasida, mulkiga o'z xohishiga egalikqiladi, undan foydalanadi 
va uni tasarruf etadi».
Mulkdor o ‘z mulkini tasarruf etishda erkin b o‘lib, u «faqat 
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum 
etilishi mumkin» (53-modda).
FKning 1120-moddasida «Fuqaroning o'ziga tegishli mol-mulki yoki 
bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirdja tasarruf etish 
xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof etiladi».
Yuridik adabiyotlarda vasiyat tushunchasi huquqshunos olimlar 
tomonidan har xil ta’riflanadi.
R.O. Xalfinaning ta’rifi bo'yicha, vasiyat - bu shaxs vafot etgan 
taqdirda o‘z mulkiga nisbatan qonunda belgilab qo'yilgan shaklda amalga 
oshirilgan farmoyish hisoblanadi1.
M.Yu. Barshevskiyning fikri bo'yicha vasiyat — bu meros qoldiruvchi 
vafotidan so‘ng huquqni olish tartibini belgilovchi shaxsiy-rasmiy 
xarakterga ega bo'lgan bir tomonlama bitim hisoblanadi2.
F.Sayfullaevning bergan ta’rifi bo'yicha «vasiyat deb, meros 
qoldiruvchining o‘zi vafot etgandan keyin mulkining barchasini yoki bir 
qismini qonun Bilan belgilangan tartibda vorislarning yoki vorislari bo'lib 
hisoblanmagan shaxslarning biri yoki bir nechtasiga, davlatga yoki davlat, 
jamoat tashkilotlari, korxona yoki muassasalarga qoldirish haqidagi bergan 
yozma buyrug'iga aytiladi»3.
Bu ta’ riflarning har birida bir um um iy kam chiligi - bu 
vasiyatnomaning o'ziga xos belgilari to'la ravishda ko'rsatilmagan.
O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilinib, 
o'tgan o'n yil davomida o'zining hayotiyligini ko'rsatgan fuqarolik 
kodeksining merosga oid huquqiy normalarini tahlil etish natijasida 
vasiyatning quyidagi belgilarini e’tirof etishlari lozim.:
• Birinchidan, vasiyatnoma, o'z-o'zidan ma’lumki u yozma shaklda
1 P.O. Халфина. Право наследования в СССР. Москва. 1952.30-бет.
2 М.Ю. Баршевский. Правовое регулирование наследования по завешанию. 
Москва. 1989.
3 Ф. Сайфуллаев. Узбекистон ССР Гражданлик хукуки. И том .Т ош кент, 
«Укитувчи»1988 - 264- б.


tuzilgan hujjat;
• Ikkinchidan, hujjat albatta vasiyat qoldiruvchi tomonidan shaxsan 
tuzilgan bo'lishi kerak, uni vakil orqali tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi;
• Uchinchidan, vasiyatnoma qoida tariqasida shaxsan yozilib imzo 
qilinish kerak;
• To'rtinchidan, vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo'lib, faqat meros 
qoldiruvchining erki bilan tuziladi, merosxo'rning erki bilan olinadi;
• B e s h in ch id a n , m ol-m u lk n i kim ga vasiyat qilish m eros 
qoldiruvchining mutlaq huquqi hisoblanadi;
• Oltinchidan, vasiyatnomada vasiyat bo'yicha huquq oluv oldiga 
faqat qonuniy talab va shartlami qo'yishi mumkin;
• Ettinchidan, vasiyatnomani xohlagan paytda va izoh berm ay 
o'zgartirish, bekor qilish mumkin;
• Sakkizinchidan, vasiyatnoma, albatta, notarius yoki boshqa qonun 
bilan huquq berilgan mansabdor shaxslar tomonidan guvohlantirilishi 
shart;
• To'qqizinchidan, vasiyatnoma faqat meros ochilgandan keyingina 
amal qila boshlaydi;
• O 'n in ch idan , vasiyatnoma bo'yich a huquqiy oqibat — ikki 
tomonning -vasiyat qoldiruvchi va merosxo'rlarning xohish-irodasi amalga 
oshirilgan holda vujudga keladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagi ta’rifni etirof etamiz.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan berilgan huquqqa 
asosan har bir fuqaro tomonidan o'ziga tegishli bo'lgan shaxsiy va hususiy 
mulkini, mulkka bo'lgan huquq va majburiyatlar ini o'zi vafot etganidan 
so'ng tasarruf etish shakl va qoidalari belgilab berilgan xohish-irodasini 
erkin tarzda ifoda etadigan farmoyishi vasiyat deb e’tirof etiladi.
Vasiyatnoma o'ziga xos xususiyatlarga ega:
• Birinchidan, vasiyatnoma vasiyat qoldiruvchining shaxsi bilan 
bevosita bog'liq. Vasiyatnoma fuqaroning shaxsiy farmoyishi hisoblanib, 
shaxsan vasiyat qoldiruvchi tomonidan tuziladi. Ishonchnomaga asosan, 
boshqa shaxslar, hatto qonuniy vakillar tomonidan tuzilishiga yo'l 
qo'yilmaydi.
• Ikkinchidan, vasiyatnoma bir tomonlama bitim hisoblanib, faqat 
vasiyatnomada ko'rsatilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
• Uchinchidan, o'z erki bilan o'z mulkini vasiyat qilib qoldirish huquqi- 
vasiyat qilish erkinligi, faqatgina to'la muomala layoqatiga ega bo'lgan 
fuqarolarga beriladi. Muomalaga layoqatsiz topilgan shaxslar o'zlarining 
mol-mulklarini vasiyat qilib qoldirolmaydilar. Vasiyat qoldiruvchining


muomala layoqati vasiyatnoma tuzilgan vaqt bilan belgilanadi.
• To rtinchidan, vasiyatnoma, albatta, qonunda belgilangan shaklda 
va tartibda tuzilishi va faqat qonun bilan huquq berilgan mansabdor 
shaxslar tomonidan guvohlantirilgan bo'lishi shart.
• Beshinchidan, vasiyat qoldiruvchi vasiyatnomaga faqat o'ziga tegishli 
bo'lgan mulkni, mulkiy huquq va majburiyatlarni, shuningdek, meros 
ochilish paytiga kelib unga tegishli bo'lish ehtimoli bo'lgan mulkiy huquq 
va majburiyatlarni ham vasiyatnomaga kiritish mumkin.
• «Vasiyatnom ani tasdiqlab berishda, - deyiladi «N otariat 
to'g'risidagi» qonunning 45-moddasida, - vasiyat qiluvchidan uning vasiyat 
qilinayotgan mol-mulkka bo'lgan huquqini tasdiqlovchi dalillami taqdim 
etish talab qilinmaydi». Chunki vasiyatnomada ko'rsatilgan mulk yoki 
unga bo'lgan huquq va majburiyat vasiyat qilinayotgan paytda vasiyat 
qoldiruvchiga tegishli bo'lmagan bo'lishi, lekin keyinchalik unga tegishli 
bo'lishi ehtimoli hisobga olib, ko'rsatilgan mol-mulk yoki unga bo'lgan 
huquq meros ochilgan paytga kelib unga o'tsa, vasiyatnomadagi farmoyish 
haqiqiy hisoblanadi.
Meros qoldiruvchi, FKning 1120-moddasiga asosan o'zining qonun 
bilan man etilmagan har qanday mol-mulkini va mulkka bo'lgan huquq 
va majburiyatlarining barchasini yoki uning muayyan bir qismini, shu 
jumladan uy-ro'zg'or buyumlari va jihozlarini ham vasiyat qilib qoldiishga 
haqli.
Agar vasiyat qoldiruvchi vasiyatnomada o'zining barcha mulkini 
vasiyat qilish haqida farmoyish bergan bo'lsa, uning hamma mulki, shu 
jumladan uy-ro'zg'or buyumlari va jihozlari ham vasiyat bo'yicha 
merosxo'rlarga o'tadi.
Vasiyatnomada mol-mulkning bir qismi vasiyat qilingan taqdirda, 
uning qolgan qismi qonun bo'yicha vorislarga o'tadi. Bunday holda vasiyat 
qoldiruvchi uy-ro'zg'or buyumlari va jihozlari haqida alohida, ularning 
vasiyat bo'yicha kimga o'tishini ko'rsatishi shart. Vasiyat bo'yicha meros 
qoldiruvchining faqatgina mulkiy huquqlari o'tadi, mulkiy majburiyatlar 
esa, FKning 1155-moddasi tartibida meros qiymati hisobidan hamma 
talablardan oldin imtiyozli ravishda qoldirilishi lozim.
Meros qoldiruvchi o'zining qarzlarini to'lashdan ayrim vorislami 
qisman yoki to'liq ozod qilishga haqli emas. Bunday vasiyatnomada 
ko'rsatilgan farmoyish haqiqiy hisoblanmaydi. Chunki merosxo'rlarning 
har biri o'ziga tekkan mol-mulkning qiymati doirasida sherik (solidar) 
qarzdorlar sifatida javobgardirlar.
Vasiyat qoldiruvchi o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkning hammasini


yoki uning muayyan bir qismini xohlagan bir yoki bir necha shaxslarga, 
shu bilan birga, davlatga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 
yoki boshqa yuridik shaxslarga berilishi haqida farmoyishda ko'rsatishi 
mumkin.
Vasiyat qoldiruvchi o'zining vasiyatnomasidagi farmoyishi bilan 
qonun bo'yicha merosxo‘rlarning hammasini, bir nechtasini yoki bittasini 
merosdan mahrum qilishga haqli.
Bundan tashqari, vasiyat qoldiruvchi ayrim merosxo‘rlarning 
hissalarini ko'paytirish yoki kamaytirish haqida, ayrim ashyolarni ma’lum 
bir vorislarga berish haqida farmoyishda ko'rsatishi mumkin. Vasiyat 
qoldiruvchi o'zining bunday harakatlarining sababini tushuntirib izoh 
berishga majbur emas. Shu bilan birga, qonuniy vorisni merosdan mahrum 
qilish biror shart asosida ham bo'lishi mumkin emas. Umuman 
vasiyatnomani bekor qilish sharti bilan vasiyatnoma tuzilishiga yo'l 
qo'yilmaydi. Ammo uni kechiktirish sharti bilan vasiyatnoma tuzilishi 
mumkin. Bunday hollarda meros mulk birdaniga vasiyat bo'yicha vorisga 
o'tmaydi va vasiyatnomada berilgan farmoyishga ko'ra ma’lum bir 
topshiriq bajarilgandan keyin o'tish tartibi haqida shart qo'yilishi mumkin.
Bir yoki bir necha merosxo'rlar meros olish huquqidan mahrum 
qilingan taqdirda, vorislikni navbat bo'yicha boshqa, qonun bo'yicha 
merosxo'rlar oladilar. Agar hamma merosxo'rlar meros olish huquqidan 
mahrum qilingan bo'lsalar, meros mulk FKning 1157-moddasi tarkibida 
sudning qarori bilan hal qilinadi.
Vasiyatnomada voris sifatida ko'rsatilmagan merosxo'r vasiyat 
qilinmasdan qolgan meros mulkka qonun bo'yicha voris bo'lish huquqini 
saqlab qoladi. Meros ochilmasdan vafot etgan yoki merosdan voz kechgan 
vasiyat bo'yicha merosxo'rga vasiyat qilingan mulkni olish huquqi qonun 
bo'yicha merosxo'rlarga o'tadi. Taqdim qilish huquqi vasiyat bo'yicha 
merosxo'rlar vorislariga o'tmaydi.
Qonun bo'yicha merosxo'rlaming meros olish huquqidan mahrum 
etilishi, agar vasiyatnomadan boshqa hoi kelib chiqmasa, ularning taqdim 
qilish huquqi bo'yicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq 
etilmaydi.
Meros qoldiruvchi vasiyatnomada o'ziga tegishli mulkni nafaqat 
kimga meros qilib qoldirish haqida, ayni vaqtda, umumiy tarzda «hamma 
bolalarimga», «nabiralarimga» va hokazo boshqacha umumiy tarzda 
ularning qonun bo'yicha qaysi navbatda merosxo'r bo'lishlaridan qat’iy 
nazar belgilab qo'yishi mumkin.
Vasiyatnom a so'zi ikki m a’noda tatbiq etiladi. Birinchidan


vasiyatnoma - bu vasiyat qoldiruvchining erki ifodalangan hujjatning 
o'zi sifatida tatbiq qilinsa, ikkinchidan, vasiyatnom a - vasiyat 
qoldiruvchining erkini ifoda etuvchi akt hisoblanadi.
Bu ma’noda vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo'lib, uni tuzish 
uchun qonun hujjatlariga asosan bir tarafning, ya’ni vasiyat qoldiruvchi­
ning xohishi yetarli boiadi. Boshqa bir shaxsning qarshi erkini ifoda 
qilish talab qilinmaydi. Shuning uchun vasiyatnomaning haqiqiyligi hech 
vaqt vorislarning roziligiga bog'liq emas.
Nima uchun vasiyatnoma bir tomonlama bitim deb ataladi?
FKning 102-moddasida bayon qilinganidek, bitim tuzish uchun 
qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning 
xohishi zarur va yetarli bo'lsa, bunday bitim bir taraflama bitim 
hisoblanadi.
Demak, vasiyat qoldiruvchi shaxsan o'zi, o'z erki bilan merosxo'rga 
o'zining xususiy mol-mulkiga nisbatan ma’lum bir huquqni belgilab beradi. 
Vorisni merosdan mahrum qilishga ham uning sababini tushuntirishga 
meros qoldiruvchining majbur emasligi nazarda tutiladi.
«Meros qoldiruvchi, - deyiladi FKning 1120-moddasi, 7-bandida, 
vasiyatnoma tuzilgandan keyin uni istagan paytda bekor qilish va 
o'zgartirish borasida erkin bo'lib, bunda bekor qilish yoki o'zgartirish 
sabablarini ko'rsatishga majbur emas».
Buning uchun faqat qonunda belgilangan shakl va tartibga rioya 
qilish talab qilinadi, xolos.
Vasiyat bo'yicha merosxo'r faqat meros ochilgandan keyin merosdan 
voz kechishga yoki merosni qabul qilib olmaslikka haqli.
Vasiyatnoma tuzgan shaxs o'zining mol-mulkiga egalik qilish, undan 
foydalanish va uni tasarruf qilish bilan bog'liq hamma harakatlarni 
amalga oshirish huquqini saqlab qoladi. Buning uchun vasiyatnomani 
to'lig'icha yoki qisman bekor qilish, uning mazmunini o'zgartirish shart 
emas. Vasiyatnomada belgilab qo'yilgan alohida ashyolarni ma’lum bir 
merosxo'rga berish haqidagi farmoyish ham meros ochilgunga qadar u 
shaxs uchun hech qanday huquq tug'dirmaydi.
Vasiyatnoma har bir alohida olingan shaxsning aynan o'zining 
harakati hisoblanadi. Shuning uchun ham vasiyatnoma ikki va undan 
ortiq shaxslar tomonidan birgalikda tuzilishi mumkin emas.
«Meros qoldiruvchi, - deyiladi FKning 1120-modda, 8-bandida, 
vasiyatnom ada o'zi m erosx o'r etib tayinlangan shaxslarga, o'z 
navbatida vafot etishlari ehtimoli bilan o'zlariga vasiyat qilingan mol- 
mulkni muayyan tarzda tasarruf etish xususida ko'rsatma berish


majburiyatini yuklashga haqli emas.
Masalan, ota o‘g ‘liga vasiyat bo'yicha qoldirgan uy-joyni, u vafot 
etganda, albatta, nabirasiga vasiyatnoma orqali qoldirish majburiyatini 
yuklashi mumkin emas. Vasiyatnomada ko'rsatilgan bunday shart haqiqiy 
sanalmaydi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish