Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4-§. Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga 
tenglashtirilgan vasiyatnomalar
Notarial idoralarida tasdiqlash imkoniyati bo'lmagan hollarda, qonunda 
nazarda tutilgan tartibda belgilangan mansabdor shaxslar tomonidan 
vasiyatnomaning tasdiqlanishiga yo'l qo'yiladi. Bunday vasiyatnomalar 
notarial tartibda tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiriladi.
Qonunda vasiyatnomalarni tasdiqlash huquqiga ega bo'lgan 
mansabdor shaxslaming aniq ro'yxati berilgan. Shu bilan birga, qanday 
holatlarda uni amalga oshirishga ruxsat berilishi ham aniq belgilangan. 
Bu qoidani keng talqin etishga yo'l qo'yilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan 
mansabdor shaxslardan boshqa hech kim vasiyatnomani guvohlantirishga 
haqli emas.
Vasiyatnomani tasdiqlash huquqi berilgan mansabdor shaxsning 
shaxsan o'zi vasiyat qoldiruvchining shaxsini aniqlashi, uning muomala 
layoqatiga ega ekanligini, vasiyatnom a haqiqatdan ham vasiyat 
qoldiruvchining o'z qo'li bilan yozilib, imzo qilinganligini aniqlab, shunga


ishonch hosil qilishi shart, shundan keyingina vasiyatnomani tasdiqlashi 
mumkin.
«Notariat to'g'risida» gi qonunning 27-moddasiga asosan mansabdor 
shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalardan bitta nusxasi vasiyat 
qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi davlat notarial idorasiga saqlash 
uchun yuborilishi shart. Davlat notarial idorasining notariusi saqlash uchun 
kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib, uning shakl va tartib jihatidan 
qonunga muvofiq tuzilganligini aniqlaydi, nomuvofiqligi aniqlanganda, 
bu haqda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor 
shaxsga xabar qilishi kerak. Amaliyotda bunday vasiyatnomalar vasiyat 
qiluvchi tomonidan bevosita vafoti oldidan tuzilgan bo'ladi. Nizo chiqqanda 
ularning haqiqiyligi faqat meros ochilgandan keyin sud tomonidan hal 
qilinadi.
FKning 1126-moddasi va «Notariat to'g'risida»gi qonunning 26- 
moddasi quyidagi vasiyatnomalar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga, 
tenglashtiriladi:
kasalxonalar, gospitallar, boshqa stasionar davolash muassasalarida 
davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashab turgan 
fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash 
muassasalarining bosh shifokorlari, ularning davolash ishlari bo'yicha 
o'rinbosarlari yoki navbatchi shifokorlar, shuningdek, gospitallarning 
boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari yoki bosh 
shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;
O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i ostida suzib yurgan 
kemalarda safarda bo'lgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari 
tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
q id ir u v ek sp ed itsiy a la ri yoki shunga o 'x sh a sh boshqa 
ekspeditsiyalarda bo'lgan fuqarolarning ana shu ekspeditsiya boshliqlari 
tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Harbiy xizmatchilarning, notarius bo'lmagan erlarda joylashgan 
harbiy qismlarda esa bu qismlarda ishlayotgan harbiy bo'lmagan
fuqarolar, ularning oila a’zolari va harbiy xizmatchilarning oila 
a’zolarining ham harbiy qismlaming komandirlari tomonidan tasdiqlangan 
vasiyatnomalari;
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan 
shaxslaming tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan 
vasiyatnomalar;
Notarius bo'lmagan aholi punktlarida yashayotgan fuqarolarning 
qonunga muvofiq notarial harakatlarni amalga oshirish huquqi berilgan


mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari.
Vasiyatnomaning ko‘rsatilgan shakllariga doir qoidalarga rioya 
qilinganda uning mazmuni haqida anglashilmovchiliklar bo'lmasligiga 
va har qanday nizolaming kelib chiqishiga asos qoldirmaydi. Oqibatda 
vasiyatnoma talqin qilinganda undagi so'zlar va iboralarning asl ma’nosini 
anglash va uni e’tiborga olish imkoniyati tug'iladi.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar 
tasdiqlanayotgan, notarial tasdiqlash to'g'risidagi talablardan boshqa FKning 
1125-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilish talab qilinadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish