Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Vasiyatnomani ijro etish



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

7-§. Vasiyatnomani ijro etish
Vasiyat qoldiruvchi o'zining farmoyishi bilan vasiyatnomani ijro 
etishni qonun bo'yicha vorisga yoki vasiyat bo'yicha tayinlangan 
merosxo'rlardan biriga yoki bir nechtasiga, shuningdek, merosxo'r
1 Узбекистан Републикаси фукаролик кодексининг иккинчи кисмига шархлар. 
Тошкент, 1998 й. «Иктисодиёт ва х,укук дунёси» 111 жилд. 238-бет.


hisoblanmaydigan boshqa shaxslarga topshirishi mumkin.
A gar vasiyatnomani ijro etish m erosxo'r bo'lm agan shaxsga 
topshirilgan bo'lsa, albatta, bu shaxsning vasiyatnomani ijro etuvchisi 
bo'lishga roziligi uning o'z qo'li bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida 
yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilgan bo'lishi kerak. 
Vasiyatnomani ijro etuvchining huquq va majburiyatlari vasiyatnomaning 
mazmunida ifoda etilgan bo'lishi kerak. Shuning uchun vasiyatnomani 
tasdiqlayotgan notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlash huquqi berilgan 
mansabdor shaxs, albatta, vasiyat qoldiruvchining istagini, vasiyatnomani 
ijro etuvchilarning huquqlari va ular zimmasiga yuklatiladigan 
majburiyatlami aniqlashi kerak.
M eros qold iru vch i tom onidan vasiyatnom ani ijro etuvchi 
tayinlanmagan hollarda, merosxo'rlar o'zaro kelishib, vasiyatnoma ijrosini 
merosxo'rlardan biriga yoki boshqa shaxsga topshirishlari mumkin. Bunday 
kelishuvga erishilmaganda, ulardan birining yoki bir nechtasining talabi 
bilan sud tomonidan vasiyatnomani ijro etuvchi tayinlanishi mumkin.
Vasiyatnomada uni ijro etish bo'yicha maxsus topshiriq bo'lmagan 
taqdirda, vasiyatnomani ijro etish merosni qabul qilgan vorislar tomonidan 
amalga oshiriladi.
Vasiyatnomani ijro etuvchi m erosxo'rlar doirasiga kiradigan 
shaxslardan bo'lgan taqdirda, ular tomonidan meros mulkni qabul qilib 
olishlari vasiyatnomani ijro etishga bergan roziligi hisoblanadi.
Vasiyatnomani ijro etuvchi sifatida jismoniy shaxslar bilan bir 
qatorda, yuridik shaxslar ham tayinlanishi mumkin. Umumfoydali 
maqsadni amalga oshirish uchun vasiyat qilingan mablag'ni tasarruf 
qilish m a ’ lum bir yuridik shaxs zim m asiga yuklanishi, uning 
vasiyatnomani ijro etuvchi qilib tayinlashi mumkin.
Vasiyatnoma qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomani ijro etish 
majburiyati yuklatilgan shaxs bu majburiyatni bajarishdan istagan 
vaqtda merosxo'rlarni oldindan xabardor qilib, voz kechishga haqli. 
Shu bilan birga, vasiyatnomani ijro etuvchi vorislarning arizasiga 
binoan sudning hal qiluv qarori bilan ham o'z majburiyatlaridan 
ozod qilinishi mumkin.
Vasiyatnomani ijro etuvchini tayinlashdan maqsad merosxo'rlar, 
vasiyat majburiyati bo'yicha huquq oluvchilar va boshqa uchinchi 
shaxslarning manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, vasiyat qoldiruvchi 
o'zining vasiyatnomasidagi farmoyishini aniq amalga oshirilishini 
ta’minlashdan iborat.
Vasiyatnomani ijro etuvchi vasiyat qoldiruvchi tomonidan unga


berilgan vakolat doirasida barcha harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Vasiyatnomada uni ijro etuvchilarga vasiyatnomani to‘la ravishda 
bajarilishini, shuningdek, uning ma’lum bir qismini bajarish haqida 
topshiriq berilishi mumkin. Vasiyat qoldiruvchining vasiyatnomada bergan 
farmoyishini o ‘z vaqtida va to‘lig‘icha bajarish vasiyatnomani ijro 
etuvchining vazifasi hisoblanadi.
Vasiyatnomani ijro etuvchi o‘z majburiyatlarini merosni qarzlardan 
xoli etish, meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan summalarni undirish va 
barcha merosxo‘rlarning merosga egalik qilishga kirishishi uchun zarar 
bo'lgan maqbul muddat mobaynida amalga oshirishi kerak. Bu muddat 
har qanday holda ham meros ochilgan kundan boshlab, bir yildan 
oshmasligi kerak.
FKning 1131-moddasiga asosan vasiyatnomani ijro etuvchi:
1. Merosni muhofaza qilishi va uni boshqarishi;
2. Barcha merosxo'rlarni va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq 
oluvchilarni meros ochilganligi to'g'risida hamda ular foydasiga vasiyat 
majburiyatlari to'g'risida xabardor qilish uchun imkon qadar barcha 
chora-tadbirlarni ko'rishi;
3. Meros qoldiruvchiga tegishli summalarni olishi;
4.Meros qoldiruvchining xohish-irodasi va qonunga muvofiq, 
merosxo'rlarga ularga tegishli rnol-mulkni berishi;
5. Merosxo'rlar zimmalariga yuklatilgan vasiyat rnajburiyatlari ijro 
etilishini ta’minlashi; 
\
6. Vasiyat majburiyatlarini bajarish yoxud vasiyatnoma bo'yicha 
m erosxo'rlardan vasiyat majburiyatini ijro etishlarini t'alab qilishi 
lozim.
Demak, vasiyatnomani ijro etuvchining asosiy vazifasi meros mulkni 
jamlash va saqlash choralarini ko'rish, uni qonunda va vasiyatnomada 
belgilangan tartibda merosxo'rlar o'rtasida taqsimlash va kreditorlarning 
talablarini qabul qilib olish va amalga oshirishdan iboratdir.
Vasiyatnomani ijro etuvchi huquqiy maqomining o'ziga xos tomonlari 
bor. Vasiyatnomani ijro etuvchi meros qoldiruvchininig topshirig'iga asosan 
merosni qabul qilgan yoki qabul qilishi mumkin bo'lgan merosxo'rlar 
nomidan harakat qiladi. Vasiyatnomani ijro etuvchi merosni boshqarish 
hamda vasiyatnomani ijro etish bilan bog'liq sud ishlarida va boshqa 
ishlarda o'z nomidan qatnashishga haqli. Shuningdek, bunday ishlarda 
ishtirok etish uchun qilinishi mumkin.
Merosxo'rlar vasiyat qoldiruvchining erki-irodasi bilan bog'langan 
bo'lib, vasiyatnomani ijro etuvchini uning vakolat.idan mahrum etishga


haqli emaslar, ammo merosxo'rlar vasiyatnomani ijro etuvchidan hisobot 
talab qilish huquqiga egadirlar va uning harakatlaridan norozi bo'lgan 
taqdirda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Vasiyatnomani ijro etuvchi, o‘z navbatida, merosni boshqarish va 
vasiyatnomani ijro etish bilan bog'liq zarur harakatlarni meros mulk 
hisobidan undirish huquqiga ega.
Merosxo'rlar doirasiga kirmagan vasiyatnomani ijro etuvchi shaxs 
m eros ochilgan joyda hozir bo'lmagan boshqa m erosxo'rlar hozir 
bo'lgunigacha meros mulk hisobidan xarajat qilish huquqiga ega emas. 
Vasiyatnomani ijro etuvchisi bo'lgan merosxo'r esa, meros mulk hisobidan 
boshqa xarajatlarni ham amalga oshirishga haqli.
Vasiyatnomani ijro etish jarayonida vujudga kelgan har qanday 
noaniqliklar, undagi iboralarning asl ma’nosini tushunish qiyin bo'lgan 
hollarda va uning mazmuni meros qoldiruvchining haqiqiy xohish- 
irodasini ifodalashini aniqlash vasiyatnomani talqin qilishni talab qiladi. 
Shuning uchun vasiyatnom ani aniq va to 'g 'r i ijro etish uchun 
vasiyatnomaga kiritilgan topshiriq va farmoyishlar taxminiy va noaniq 
mazmunda bo'lmasligi kerak.
FKning 1129-moddasiga asosan, vasiyatnoma notarius, vasiyatni 
ijro etuvchi yoki sud tomonidan talqin qilinadi. Vasiyatnoma talqin 
qilinganda undagi so'zlar va iboralarning asl ma’nosi e'tiborga olinadi. 
Vasiyatnomadagi biron bir qoidaning asl ma’nosi noaniq bo'lsa, u boshqa 
qoidalar va umumiy vasiyatnomaning mazmuni bilan taqqoslash orqali 
aniqlanadi.
Vasiyatnomani, avvalo, notarius va vasiyatnomani ijro etuvchi 
talqin qiladi. Ularning vasiyatnoma mazmuni bo'yicha chiqargan 
xulosalaridan merosxo'rlar norozi bo'lgan taqdirda manfaatdor tomonning 
arizasiga binoan vasiyatnomani talqin qilish sud tomonidan amalga 
oshiriladi.
V asiyatnom ani talqin qilishdan asosiy m aqsad va siyat 
qoldiruvchining haqiqiy erki-irodasining mazmunini to'g'ri tushunilib, 
masalani adolatli hal qilishdan iborat.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish