2-§.Vorislikka chaqirish navbatlari
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1135-1141-moddalarida
qonun bo'yicha vorislikka chaqirish navbatlari belgilab qo'yilgan.
N avbat bilan m eros q old iru v ch in in g avlod va ajd od lari,
farzan dlik ka olin gan lar, ularning a vlod la ri, q on -q a rin d osh lik
munosabatlari bilan bog'langan boshqa shaxslar, qonun bo'yicha vorislik
huquqiga ega bo'ladilar. Bundan tashqari meros qoldiruvchining
qaram og'ida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz boqimlari ham qonun
bo'yicha merosxo'r bo'lish huquqiga ega.
Qonun bo'yicha vorislarning har bir navbati awalgi navbatdagi
merosxo'rlar bo'lmaganda, yoki merosdan chetlashtirilganda, shuningdek,
merosni qabul qilib olmagan yoki undan voz kechganda vorislik huquqiga
ega bo'ladilar.
Birinchi navbatdagi merosxo'rlar. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik
kodeksining 1135-moddasida belgilab qo'yilgan fuqarolar. Bular - meros
qoldiruvchining bolalari, shuningdek, farzandlikka olingan bolalar, eri
(xotini) va ota-onasi, shu jumladan farzandlikka oluvchilar, teng ulushlarda
qonun bo'yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo'ladilar.
Shuning bilan birga, meros qoldiruvchi hayotligida homila bo'lib, u
vafot etgandan so'ng 300 kun mobaynida tirik tug'ilgan bolalari ham
birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.
Meros qoldiruvchining bolalari qonun bo'yicha vorislik huquqiga
ega bo'lishlari uchun, avvalo, ular qonuniy nikohda bo'lgan ota-
onalardan tug'ilgan bo'lishlari kerak. Bunday bolalar ham ota vafotidan
so'ng, ham ona vafotidan so'ng birinchi navbatda vorislik huquqini
qo'lga kiritadilar. Qonuniy nikohda bo'lmagan shaxslardan tug'ilgan
bolalar, qonunda belgilangan tartibda otaligi aniqlangan hollarda,
birinchi navbatda qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasiga kiradilar va
ham ota, ham onadan meros olish huquqiga ega bo'ladilar. Otaligi
belgilanmagan bolalar esa, faqatgina onalari vafot etganda, undan
qolgan meros mulkka birinchi navbatda qonun bo'yicha m erosxo'r
bo'ladilar. Ammo meros qoldiruvchining qaramog'ida, uning boqimida
bo'lgan bolalar, FKning 1139- yoki 1141-moddalarda ko'rsatilgan
asoslarda merosxo'r bo'lishlari mumkin.
Qonuniy nikohda turgan vaqtda tug'ilib, keyinchalik bu nikoh
haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, bu hoi bolalarning merosxo'r bo'lish
huquqiga ta’sir etmaydi. Bolalarning nasl-nasabini belgilash O'zbekiston
Respublikasining Oila kodeksining X bobida belgilangan qoidalar asosida
amalga oshiriladi.
O'gay bolalar o'gay otaning yoki o'gay onaning merosxo'rlari bo'la
olmaydilar. Bular faqat mehnatga layoqatsiz bo'lib, meros qoldiruvchi
o'gay ota yoki o'gay onaning boqimida bo'lgan taqdirda vorislikka
chaqirilishlari mumkin. Xuddi shuningdek, o'gay ota, o'gay onalar ham
o'gay bolalardan meros olish huquqiga ega emaslar.
Farzandlikka
olinganlar qonunda
belgilangan
tartibda
rasmiylashtirilgan hollardagina qonun bo'yicha voris bo'la oladilar. 1926-
yil 1- martgacha rasmiylashtirilmasdan farzandlikka olinganlar, ularning
ota-onalari sifatida yozilgan yoki yozilmaganidan qat’iy nazar, qonun
bo'yicha meros olish huquqiga ega bo'ladilar.
Bolalarning ota-onalaridan keyin merosxo'r bo'lishlari uchun zarur
bo'lgan shartlar ota-onalaming ham bolalaridan keyin merosxo'r bo'lishlari
uchun zarur shartlardan hisoblanadi. Meros qoldiruvchining tug'ilish
guvohnomasida ota va ona sifatida yozilgan shaxslar qonun bo'yicha
birinchi navbatda vorislikka chaqiriladilar.
Demak, nikohga kirgan er yoki xotinning har birining birinchi
nikohdan tug'ilgan bolalari, qoida sifatida, faqat o‘zlarining ota-onalari
mol-mulkiga birinchi navbatda qonun bo‘yicha voris bo‘la oladilar. Er
yoki xotin vafot etganda, faqatgina qayd qilingan nikohda yoki qayd
qilingan nikohga tenglashtirilgan nikohda bo'lgan hayot qolgan er yoki
xotin qonun bo'yicha birinchi navbatda merosxo'r bo'ladi.
Qonun bilan yo'l qo'yilgan ayrim hollarda er-xotinlik munosabatlari
sud tartibida tasdiqlanishi ham mumkin.
Milliy chegaralanish vaqtida O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kirgan
Xorazm va Buxoro xalq Respublikalarida 1928 yil 1 oktabrgacha, ya’ni
O'zbekiston Respublikasining birinchi nikoh va oila kodeksi amalga
kiritilgangacha, boshqa hududlarda 1917 yil 20 dekabrgacha, eski urf-
odat va diniy marosimlar bo'yicha tuzilgan nikohlar qayd qilingan nikohga
tenglashtiriladi.
Demak, bunday hollarda er va xotin biridan keyin ikkinchisi meros
olish huquqiga ega bo'ladi.
Nikoh bekor qilinganidan keyin vafot etgan er yoki xotin qonunda
nazarda tutilgan, mehnatga layoqatsiz boqimda bo'lganligi uchun voris
bo'lishi mumkin.
Qonun bo'yicha ikkinchi navbat merosxo'rlar. FKning 1136-moddasida
belgilab qo'yilgan meros qoldiruvchining tug'ishgan hamda ona bir-u
ota boshqa yoki ota biru ona boshqa aka-ukalari va opa-singillari qonun
bo'yicha ikkinchi navbat vorislar jumlasiga kiradilar.
Bundan tashqari, meros qoldiruvchining ham ota, ham ona tarafdan
bobosi va buvisi qonun bo'yicha ikkinchi navbatda teng ulushlarda meros
olish huquqiga ega bo'ladilar.
Meros qoldiruvchining ona tomondan bobosi va buvisi har qanday
holatda ham o'zlarining nabiralaridan meros olish huquqiga ega, ammo
meros qoldiruvchining ota tomondan bobosi va buvisi vafot etgan nabirasi
bilan uning otasi o'rtasidagi yuridik bog'lanish qonuniy bo'lgan
hollardagina voris bo'lish huquqini qo'lga kiritadilar. Boshqacha qilib
aytganda, meros qoldiruvchi bilan uning otasi o'rtasidagi munosabat -
ota-onalik munosabati qonuniy nikoh munosabatlaridan kelib chiqqan
taqdirda yoki meros qoldiruvchiga nisbatan otalik qonunda belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan hollardagina ota tomondan bo'lgan bobo va
buvilari meros qoldiruvchi nabiralarining meros mulkiga ikkinchi navbatda
qonun bo'yicha merosxo'r bo'la oladilar.
Qonun bo'yicha uchinchi navbat merosxo'rlar. FKning 1137-moddasiga
asosan meros qoldiruvchining tug'ishgan amakisi, tog'asi, ammasi, xolasi
teng ulushlarda meros olish huquqiga ega.
Qonun bo'yicha uchunchi navbat vorislikka chaqirilish uchun,
birinchi va ikkinchi navbat vorislarning umuman bo'lmasligi yoki ular
meros olishdan voz kechgan bo'lishlari, shuningdek, qonunda belgilangan
tartibda merosdan chetlashtirilgan bo‘lishlari kerak.
Qonun bo'yicha to'rtinchi navbatda vorislik. FKning 1138 moddasiga
asosan to'rtinchi navbat vorislik huquqi meros qoldiruvchining oltinchi
darajagacha (oltinchi darajaning o'zi ham) qarindoshlariga o'tadi. Bu navbat
bo'yicha meros olishda meros qoldiruvchining yaqinroq qarindoshlari
uzoqroq qarindoshlariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
Q arindoshlik deb, ikki yoki bir necha shaxslar o'rtasidagi
tug'ishganlik, qon-qarindoshlik tizimi tufayli huquq va majburiyatlarning
yuzaga kelishi, o'zgarishi yoki tugashiga bog'liq bo'lgan qarindoshlik
aloqasiga aytiladi.
Qarindoshlikning uzoq-yaqinligi uning chiziqlari shajaralari va
darajalari bilan belgilanadi.
Bir shaxsning bevosita boshqa shaxsdan tarqalishi darajani belgilaydi.
Har bir yangi tug'ilish bilan yangi daraja paydo bo'ladi.
Bir necha uzluksiz qarindoshlik darajalarining aloqasi qarindoshlik
shajarasi deb ataladi. To'g'ri chiziqlar yuqoriga qarab tutashgan va pastga
qarab tutashgan bo'ladi. To'g'ri chiziq bo'yicha qarindoshlikda bolalardan
ota-onalariga yoki, aksincha, ota-onalaridan bolalariga qarab hisob olib
borishi yuqori tomondan yoki pastki tomondan tug'ilish bo'yicha kelib
chiqqan qarindoshlar kiradi. Shunga asosan, yuqoriga qarab to'g'ri chiziq
bo'yicha ajdodlar shajarasiga ota-ona, bobo-buvi, katta bobo, katta
buvi va hokazolar qiradi. To'g'ri chiziq bo'yicha pastga qarab avlodlar
shajarasiga o'g'il-qizlar, nabiralar, chevaralar, evaralar va hokazolar
kiradilar.
Hammalari uchun umumiy bo'lgan, uchinchi shaxsdan, ya’ni katta
bobo-buvilardan kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadilar. Bunga
aka-uka, opa-singil va ularning bolalari, ota-onaning aka-ukalari va
opa-singillari hamda ulardan kelib chiqqan qarindoshlar, bobolar va
buvilaming aka-uka va opa-singillari va boshqalar yon chiziq bo'yicha
qarindoshlar hisoblanadilar.
To'g'ri chiziq bilan tutashgan qarindoshlar hamma vaqt yon chiziq
bo'yicha tutashgan qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdirlar.
Ikki shaxs o'rtasida yon chiziq bo'yicha qarindoshlikning yaqinligini
aniqlashda shu shaxsning o'zini hisobga qo'shmasdan turib, darajalaming
soni va undan tug'ilishlar hisobga olinishi kerak.
Hisob to'g'ri chiziq bo'yicha yuqoriga qarab tutashgan, ular uchun
umumiy bo'lgan uchinchi shaxsga, undan esa pastga - ulardan ikkinchisiga
qarab olib boriladi.
Bir ota va bir onadan tug'ishgan qondosh aka-ukalar, opa-singillar
qarindoshlikning ikkinchi darajasida turadilar. Amaki, tog'a, jiyani bilan,
amma va xola jiyan i bilan uchinchi darajada, am akivachcha,
tog'avachcha, xolavachcha va hokazolar qarindoshlikning to'rtinchi
darajasida turadilar.
3-§. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari
Mehnatga qobiliyatsiz meros qoldiruvchining boqimida bo'lgan
shaxslar ikki guruhga bo'linadilar va ikki tartibda meros oladilar.
Birinchidan, meros qoldiruvchining boqimida bo'lgan mehnatga
qobiliyatsiz shaxslar FKning 1141-moddasi asosida meros olish huquqiga
ega bo'lmasalar; fuqarolik kodeksining 1139-moddasi tartibida beshinchi
navbatdagi qonun bo'yicha vorislik huquqiga ega bo'ladilar.
Ikkinchidan, meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil
uning qaramog'ida bo'lgan va u bilan birgalikda yashagan mehnatga
qobiliyatsiz shaxslar qonun bo'yicha merosxo'rlar jumlasiga kiradilar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2000- yil 22- dekabrda
«Meros huquqiga oid qonunlarni qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida»
gi 33-son Plenum qarorining 4-moddasida fuqarolik kodeksining 1139
va 1141-moddalarida ko'rsatilgan meros qoldiruvchining mehnatga
qobiliyatsiz boqimlarni uch toifasini bir-biridan ajratish lozimligini
ko'rsatadi.
Fuqarolik kodeksining 1141-moddasi, 1-qismida ko'rsatilgan boqimlar
(1-toifa) bo'lish uchun, birinchidan, ular meros qoldiruvchining vafotiga
qadar kamida bir yil uning qaramog'ida bo'lishi, ikkinchidan, u bilan
birga yashagan bo'lishi, uchinchidan, mehnatga qobiliyatsiz bo'lishi kerak.
FKning 1141-moddasi, 2-qismida ko'rsatilgan boqimlar (2-toifa)
bo'lishi uchun, birinchidan, fuqarolik kodeksining 1136-1138-moddalarida
ko'rsatilgan merosxo'rlar jumlasiga mansub bo'lgan meros qoldiruvchining
ikkinchi, uchinchi, to'rtin ch i navbatdagi m erosxo'rlari bo'lishi,
ikkinchidan, meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning
qaramog'ida bo'lishi, uchinchidan, mehnatga qobiliyatsiz bo'lishi kerak.
Fuqarolik kodeksining 1139-moddasida ko'rsatilgan boqimlar (3-
toifa) bo'lishi uchun, birinchidan, meros qoldiruvchining qarindoshlari
jumlasiga kirmaydigan, ikkinchidan, merosxo'r bilan birga yashamagan
yoki bir yil muddatdan kam yashagan, uchinchidan, hayot kechirishi
uchun birdan bir manba sifatida meros qoldiruvchining qaramog‘ida
bo‘lib, undan doimiy moddiy yordam olib turgan mehnatga qobiliyatsiz
shaxs bo'lishi kerak.
Birinchi va ikkinchi toifadagi boqimlar vorislikka chaqiriladigan
navbatdagi merosxo'rlar bilan birgalikda vorislikka chaqiriladilar va
merosxo‘rlar bilan birgalikda meros oladilar, ammo ularning meros
mulkidan oladigan ulushlari meros mulkning to‘rtdan bir qismidan
oshmasligi kerak. Merosxo'rlar bo'lmaganda, bu toifadagi boqimlar
mustaqil ravishda qonun bo'yicha merosxo'rlar hisoblanib meros mulkini
to'la oladilar.
Uchinchi toifadagi boqimlar beshinchi navbatdagi merosxo'rlar
bo'lganligi sababli oldingi navbatdagi vorislar bo'lmaganda vorislikka
chaqiriladilar va meros mulkida shu navbatdagi merosxo'rlar bilan teng
ulushda meros oladilar.
Qonun bo'yicha mehnatga qobiliyatsizlar o'n sakkiz yoshga
kirmagan, voyaga etmaganiar, birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh
nogironlar, oltmish yoshga kirgan erkaklar, ellik besh yoshga to'lgan
ayollar, tibbiy xulosa bilan mehnatga layoqatsiz, nogiron deb topilgan
shaxslardan iborat bo'ladi.
Ayrim qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yoshi etmasdan
imtiyozli tartibda nafaqa olayotgan shaxslar mehnatga layoqatsiz
hisoblanmaydilar. Bularning mehnatga qobiliyatsizligi faqat tibbiy mehnat
komissiyalarining xulosasi bilan belgilanadi. Yoshi yoki nogironligi ularning
nafaqa daftarchalariga asosan aniqlanadi.
Meros qoldiruvchining qaramog'ida bo'lishini, birga yashashini
va muddatini aniqlash tegishli fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish
organlari, mahalla va uy-joy qo'mitalari, ijtimoiy ta’minot idoralari,
ijtimoiy himoya organlari va boshqa tashkilotlar, jamoatlardan talab
qilib olingan hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, meros
qoldiruvchining qaramog'ida bo'lish fakti sudning qarori bilan ham
aniqlanishi mumkin.
«Meros qoldiruvchinin qaramog'ida bo'lishlik deganda, - deyiladi
33-son Plenum qarorining 5-moddasida, - uning tomonidan berib turilgan
moddiy yordam shaxsning hayot kechirishi uchun biron-bir asosiy va
doimiy manba bo'lishini nazarda tutmoq lozim. Davriy, vaqti-vaqti bilan
berib turilgan moddiy yordam meros qoldiruvchining qaramog'ida bo'lish
faktini belgilash uchun asos b o'lm aydi. M oddiy yord am m eros
qoldiruvchining vafotigacha uzluksiz berilgan bo'lishi shart».
Agarda meros qoldiruvchining boqimida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz
shaxs FKning 1136-1138-moddalari taitibida qonun bo'yicha merosxo'rlar
jumlasiga kirgani holda, vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo'rlari
doirasiga kirmagan bo'lsa, ham meros qoldiruvchining vafotiga qadar
kamida bir yil uning qaramog'ida bo'lgan bo'lsa, meros qoldiruvchi bilan
birga yashagan-yashamaganligidan qat’iy nazar, ana shu vorislikka
chaqiriladigan navbatning merosxo'rlari bilan birgalikda meros oladilar.
Fuqaro «Е» vafot etgandan so'ng uning o'g'li «S» va xotini «В»
birinchi navbat merosxo'rlar sifatida, notariusga murojaat qilib meros
mulkning barchasini ikkovlariga berish haqida merosga bo'lgan huquq
guvohnomasini berishni so'raganlar. Notarius «Е» ning ota tomonidan
bobosi-81 yashar, uning xotini 75 yashar, meros qoldiruvchining
qaramog'ida bo'lib, uning bergan yordami birdan-bir hayot kechirish
manbayi bo'lganligini aniqlab, ularni ham vorislikka chaqirib, meros
mulkni teng ulushlarda taqsimlash to'g'risida to'g'ri qaror qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |