8-§. Vasiyat majburiyati, majburiyat yuklash
Vasiyat majburiyati. Vasiyat qoldiruvchi o'zi tuzgan vasiyatnomasida
vasiyat bo'yicha merosxo'rlarning zimmasiga ma’lum bir majburiyatni
yuklashi mumkin. Bu vasiyat majburiyati hisoblanadi. Bunday majburiyat
qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasiga kiradigan shaxslarga, shuningdek,
boshqa xohlagan shaxsga, shu jumladan, yuridik shaxslarga ham
yuklatilishi mumkin.
Vasiyat majburiyatini bajarish qonun bo'yicha va vasiyat bo'yicha
merosxo'rlarning hammasiga, bir nechtasiga yoki bittasining zimmasiga
yuklatilishi mumkin. Foydasiga majburiyat bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan
topshiriq - vasiyat majburiyati bo'yicha huquq oluvchi hisoblanadi. Qonun
bo'yicha vorislar jumlasiga kiradigan, shuningdek, kirmaydigan shaxslar
ham vasiyat yuzasidan huquq oluvchilar bo'lishlari mumkin. Bular vasiyat
majburiyatining bajarilishini vasiyat majburiyati yuklatilgan shaxslardan
talab qilish huquqiga egadirlar.
Shunday qilib, vasiyat majburiyatining asosini, zimmasiga vasiyat
majburiyati bajarilishi yuklatilgan merosxo'r bilan majburiyatining ijro
etilishini talab qilish huquqiga ega bo'lgan, vasiyat majburiyati yuzasidan
huquq oluvchi o'rtasidagi majburiyat munosabati tashkil etadi. Shu
sababdan bunday hollarda vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi
- kreditor, merosxo'r esa - qarzdor bo'lib hisoblanadi.
Vasiyat majburiyatining mazmuni, uning predmeti har xil bo'lishi
mumkin.
FKning 1132-moddasi, 3- bandiga asosan, vasiyat majburiyati
yuzasidan huquq oluvchi meros tarkibiga kiradigan ashyoni mulk qilib
yoki boshqa ashyoviy huquq qilib berish, meros tarkibiga kirmaydigan
mol-mulkni uning uchun sotib olish va unga berish, uning uchun muayyan
ishni bajarish, muayyan xizmatlar ko'rsatish va hokazolar vasiyat
majburiyatining predmeti bo'lishi mumkin.
Vasiyat qoldiruvchining vasiyatnomadagi farmoyishida ko'rsatilgan
majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan shaxs bu majburiyatni bajarishga
majbur. Vasiyat majburiyatini ijro etish faqatgina merosni qabul qilib
olgan voris uchun majburiydir va faqat meros mulk hisobidan bo'lishi
mumkin. Zimmasiga vasiyat majburiyati bajarilishi yuklatilgan merosxo'r
bu vazifa o'ziga o'tgan merosning meros qoldiruvchi qarzlarining o'zi
to'lashi lozim bo'lgan qismini chegirib tashlagandan so'ng qoladigan haqiqiy
qiymati doirasidagina bajarishi lozim.
Majburiyat barcha vorislar yoki bir necha vorislar zimmasiga
yuklatilgan taqdirda, ularning har biri vasiyat majburiyati bo'yicha
yuklatilgan majburiyatning o'ziga tegishli meros hissasiga mutanosib
ravishda bajaradi. Vasiyatnomada boshqacha farmoyish berilgan bo'lsa,
u holda zimmasiga majburiyat yuklatilgan voris vasiyat qoldiruvchining
farm oyish iga asosan m ajbu riyatni amalga oshirilishida vasiyat
majburiyati bo'yicha bunday farmoyish vasiyat qoldiruvchi tomonidan
vasiyatnomaning matnida belgilab qo'yilgan bo'lishi vasiyat majburiyati
hisoblanadi.
Merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo'lgan vorisning
zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan taqdirda, uning vasiyat
majburiyatini bajarish vazifasi o'ziga o'tgan meros qiymatining majburiy
ulush miqdoridan ortiq bo'lgan qismi chegaralanadi.
Zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan voris merosdan voz
kechib, uni qabul qilib olmagan taqdirda, vasiyat majburiyatini bajarish
uning ulushini olgan boshqa merosxo'rlarga o'tadi.
Vasiyat qoldiruvchi uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni vasiyat
bo'yicha meros qilib oladigan merosxo'r zimmasiga uy-joyning bir qismini
m a’lum bir shaxsga undan umrbod foydalanish uchun berib qo'yish
majburiyatini yuklashga haqli. Shuningdek, uy-joyning bir qismini
ma’lum bir shaxsning oila a’zolari uchun ma’lum muddatga foydalanishga
qoldirish to'g'risida merosxo'rlarga farmoyish berishi mumkin. Bu turar
joyiga bo'lgan mulk huquqi boshqa shaxslarga o'tganda ham umrbod
yoki ko'rsatilgan muddat tamom boiguncha foydalanish huquqi o'z
kuchini yo'qotmaydi. Ammo uy-joydan umrbod foydalanish huquqini
olgan shaxs vafot etganda, vasiyat qoldiruvchi vasiyatnomada boshqacha
farmoyish bermagan bo'lsa, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq
oluvchining umrbod foydalanish huquqi uning merosxo'rlariga yoki boshqa
oila a’zolariga o'tmaydi.
Vasiyat majburiyati quyidagi hollarda bajarilmaydi:
a) vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi shaxs meros ochilgunga
qadar vafot etsa;
b) vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi vasiyatnoma bo'yicha
merosxo'r meros ochilgandan keyin, ammo vasiyat majburiyatini qabul
qilib olishga ulgamiasdan, vafot etgan taqdirda.
Zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxo'r vafot etgan
taqdirda, vasiyat majburiyatini bajarish uning ulushini olgan boshqa
merosxo'rlarga o'tadi, shu jumladan taqdim etish huquqi bo'yicha
m erosxo'r bo'lgan shaxslarga ham. Boshqa merosxo'rlar bo'lmagan
taqdirda, sudning hal qiluv qarori bilan mol-mulk egasiz deb topilsa,
vasiyat majburiyatini bajarish meros mulk o'tgan davlat yoki fuqaroning
o'zini o'zi boshqarish organlariga o'tadi. Vasiyat majburiyati yuzasidan
huquq oluvchi meros meros qoldiruvchining qarzlarni to'lashda ishtirok
etish huquqiga ega. Ammo bu majburiyatni o'z zimmasiga olishga majbur
degan so'z emas. Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi vasiyat
majburiyatidan voz kechishga haqli. Ammo qisman voz kechishga yoki
izohlar va shartlar qo'yib voz kechishga, shuningdek, boshqa shaxslarning
foydasiga voz kechishga yo‘l qo'yilmaydi.
Demak, meros qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomada ko'rsatilgan
vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi shaxsning o'zigina bu
huquqdan foydalanadi. U vafot etgan taqdirda, bu huquq uning vorislariga
o'tmaydi.
Majburiyat yuklash. Vasiyat qoldiruvchi vasiyat bo'yicha merosxo'r
zimmasiga biron bir harakatni bajarish yoki bajarishdan o'zini tiyish
majburiyatini yuklab, bu majburiyatni bajarish kreditor sifatida talab
qilish huquqini hech kimga bermasligi, xuddi shu kabi umumfoydali
maqsadni amalga oshirish uchun vasiyatnomani ijro etuvchining zimmasiga
ma’lum majburiyat yuklashi mumkin. Bu majburiyatni bajarish uchun
meros qoldiruvchi tomonidan mol-mulkning bir qismi ajratilishi ham
mumkin.
Bunday mulkiy xususiyatga ega bo'lgan xatti-harakatlami sodir
etishdan iborat m ajburiyatga nisbatan ham vasiyat m ajburiyati
to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladi.
Vasiyat majburiyatidan farqli o'laroq, majburiyat yuklashda vasiyat
qoldiruvchi merosxo'rlar zimmasiga mulkiy yoki nomulkiy xarakterdagi
harakatlarni bajarishni yuklaydi. Merosxo'r zimmasiga yuklatilgan bunday
harakatning bajarilishini umumfoydali maqsadni amalga oshirish bo'yicha
m anfaatdor b o'lg a n davlat va jam oat tashkilotlari, shuningdek,
prokuratura organlari ham vasiyatnomani ijro etuvchidan vasiyat
qoldiruvchining topshirig'ini to'g'ri bajarish uchun majburiyat talab
qilishlari mumkin. Agar vasiyat qoldiruvchi tomonidan qo'yilgan
umufoydali maqsadni amalga oshirish uchun imkoniyat bo'lmasa, u vaqtda
mulk boshqa shunga yaqin umumfoydali maqsadga sarf etilishi mumkin.
Vasiyat bo'yicha yuklatilgan majburiyatni bajarish zimmasida bo'lgan
voris vafot etib qolgan taqdirda, umumfoydali harakatlarni bajarish
meros olgan boshqa merosxo'rlar zimmasiga tushadi.
Meros qoldiruvchining xohish-irodasini amalga oshirishga qasddan
to'sqinlik qilgan, merosxo'rlarga qarshi g'ayriqonuniy harakatlar sodir
qilib, shu orqali o'ziga vasiyat majburiyati yuzasidan huquq olishga
imkon yaratgan, shuningdek, meros qoldiruvchini ko'rsatish, zo'rlik
ishlatish yoki tovlamachilik yo'li bilan vasiyat majburiyati bo'yicha
huquqni vasiyatnomaga kiritishga erishgan shaxslar vasiyat majburiyati
yuzasidan huquq olishdan mahrum etilishi mumkin.
Bu huquq ayni bir paytning o'zida ham merosxo'r, ham vasiyat
majburiyatini qabul qilib oluvchi hisoblangan shaxslarning merosdan
voz kechish huquqiga bog‘liq boimaydi. Agar vasiyat majburiyatini
qabul qilib oluvchi shaxs undan voz kechgan bo'lsa, zimmasiga vasiyat
majburiyati yuklatilgan voris bu majburiyatni bajarishdan ozod qilinadi.
Umumfoydali maqsad uchun biror-bir harakatni amalga oshirish
majburiyatini nazarda tutgan vorisga berilgan meros qoldiruvchining
maxsus vasiyat farmoyishi majburiyat yuklash hisoblanadi.
Majburiyatni yuklash vasiyat majburiyatidan farq qiladi. Majburiyatni
yuklash ham xuddi vasiyat majburiyati singari ma’lum majburiyatni
merosxo'rning hissasi hisobiga bajarilishi nazarda tutiladi. Ammo vasiyat
majburiyatida vasiyat bo'yicha ma’lum bir merosxo'r foydasiga meros
mulkdan ajratishni nazarda tutsa, majburiyat yuklash mulkiy yoki
nomulkiy xarakterda bo'lishi bilan umumfoydali maqsadni amalga
oshirishga qaratilgan harakat kimga nisbatan qilinishi lozimligi
ko'rsatilmaydi. Vaholanki, vasiyat majburiyati bo'yicha huquq oluvchi
shaxs belgilab qo'yiladi.
Demak, vasiyat majburiyati faqat mulkiy xarakterga ega bo'lib,
majburiyat yuklash esa, ham mulkiy, ham nomulkiy xarakterga ega
bo'lishi mumkin.
Majburiyat yuklashda yuklangan majburiyatning bajarilishini talab
qilish huquqi davlat tashkilotlarining mansabdor shaxslariga, prokuratura
organlariga, vasiyatni bajaruvchiga va boshqa vorislarga berilgan bo'ladi.
Majburiyatni yuklash mulkiy xarakterga ega bo'lgan xatti-harakatlar
sodir etishdan iborat hollarda, FKning 1132-moddasi 4-5- va 10-qismlarida
nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinadi.
Agar FK qoidalariga muvofiq majburiyatni bajarish zimmasida
bo'lgan m erosxo'rlar tegishi lozim bo'lgan meros ulushi boshqa
merosxo'rlarga o'tsa, majburiyatni bajarish bekor bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |