Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4-§. Taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik
Meros ochilgunga qadar, shuningdek, meros ochilgandan keyin, 
ammo merosni qabul qilib ololmasdan vafot etgan qonun bo'yicha 
vorislikka chaqirilgan yoki chaqirilishi lozim bo'lagn merosxo'rlarning 
vorislari o'zlarining vafot etgan ota-onalariga tegishli bo'lgan meros 
mulkka voris bo'lish huquqiga ega bo'ladilar.
Bunday vorislik taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik deyiladi.
«Taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik, - deyiladi FKning 1140- 
moddasida,-qonun bo'yicha merosxo'r meros ochilganga qadar vafot etgan 
taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga o'tishini nazarda tutadi, 
bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun bo'yicha merosxo'r bilan bir xil 
darajada qarindosh bo'lgan avlodlar o'rtasida teng taqsimlanadi».
V orislikka chaqirilgan birinchi navbatdagi qonun bo'yich a 
merosxo'rlar vafot etishi munosabati bilan ularning bolalari, ya’ni meros 
qoldiruvchining nabiralari, taqdim etish huquqi bilan merosxo'r bo'lib, 
o'zining otasiga yoki onasiga tegishli bo'lgan meros mulk hissasiga bo'lgan 
huquqni qo'lga kiritadilar.
Agar taqdim qilish huquqi bo'yicha bir necha merosxo'rlar bo'lsa, 
vafot etgan merosxo'rlarga tegishli hissa ular o'rtasida o'zaro teng 
taqsimlanadi.
33-son Oliy Sud Plenumi qarorining 6-moddasida «bir xil darajadagi 
qarindoshlar bo'lgan avlodlar o'rtasida teng taqsimlanishini» ko'rsatish 
bilan, birga «bu qonundan kelib chiqib, agar o'g'il (qiz) ota yoki onadan


oldin vafot etgan bo'lsa, undan keyin vafot etgan ota yoki onaning 
mulkiga o‘lgan farzandning bolalari taqdim qilish huquqi bo'yicha voris 
bo'ladi. Vafot etgan shaxsning turmush o'rtog'i taqdim qilish huquqi 
bo'yicha merosxo'r bo'la olmaydi» deb ko'rsatilgan.
«P»ning o'g'li «S» vafot etib, uning qizi «К» notariusga murojaat 
qilib, «P»ning vafotidan keyin undan qolgan meros mulkidan otasi «S»ga 
tegishli ulush merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma berishni so'ragan. 
Notarius FKning 1140-modda tartibida qaror chiqarib, talabni qondirgan.
Bolalar, nabiralar, chevaralar va evaralaming merosxo'rlarga taqdim 
qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi.
Bunda merosxo'rdan qolgan ulush taqdim qilinayotgan qonun bo'yicha 
merosxo'r bilan bir xil darajada qarindosh bo'lgan avlodlar o'rtasida teng 
taqsimlanadi. Yon qarindoshlik bo'yicha vorislikka chaqirilgan tug'ishgan 
aka-uka, opa-singillar yoki amaki-tog'a, amma-xolalar meros ochilgunga 
qadar yoki meros ochilgandan keyin uni qabul qilib ololmasdan vafot 
etgan bo'lsalar, ularga tegishli bo'lgan meros hissalarini o'z ota-onalari 
nomidan, ya’ni meros qoldiruvchining tug'ishgan aka-uka, opa-singillari 
va boshqa qarindoshlari nomidan ularning bolalari, y a ’ ni meros 
qoldiruvchining jiyanlari, meros qoldiruvchining tug'ishgan amakisi-tog'asi 
nomidan, uning amakivachchalari, tog'avachchalari, ammasi-xolasi nomidan 
ammavachchalari va xolavachchalari teng hissada oladilar.
Bularning hammasi merosni taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik 
asosida qo'lga kiritadilar. Ko'p hollarda taqdim qilish huquqi bo'yicha 
meros oluvchilarning hissasi boshqa qonun bo'yicha merosxo'rlarning 
hissalaridan ancha kam bo'ladi, chunki meros olish lozim bo'lgan shaxsga 
tegishli hissa uning bolalari, nabiralari o'rtasida teng taqsimlanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish