Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3-§. Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma
Vasiyatnomalarni tasdiqlash huquqi davlat notarial idoralarida 
ishlovchi notariuslarga («Notarius to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasi), 
xususiy amaliyot bilan shug‘ ullanuvchi notariuslarga (24-modda), 
shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig'inlarining raislari 
(oqsoqollari)ga (25-modda) va O'zbekiston Respublikasining chet ellardagi 
konsullik muassasalarining konsullari (28-modda)ga berilgan.
Notariuslarning, notar ial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega 
bo'lgan boshqa mansabdor shaxslarning notarial harakatlarni amalga 
oshirish tartibi «Notariat to‘g ‘risida»gi qonunda belgilab qo'yilgan.
Vasiyatnomani tasdiqlash vaqtida notarius uni tasdiqlashni so'rab 
murojaat qilganning shaxsini, muomalaga layoqatini belgilangan tartibda 
aniqlashni, vasiyatnoma vasiyat qoldiruvchi tomonidan o'z qo'li bilan 
yozilganligini, undagi imzo o'z qo'li bilan qo'yilganligini tekshirib, shunga 
ishonch hosil qilishi kerak. Lekin qoida tariqasida vasiyat qoldiruvchi 
tomonidan vasiyatnoma notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshirish 
vakolati berilgan mansabdor shaxsning huzurida yozilishi va imzolanishi 
kerak.
Vasiyat qoldiruvchining jismoniy kamchiliklari yoki savodsizligi 
sababli o'zi o'z qo'li bilan yozish va imzo qilish imkoniyatiga ega bo'lmagan 
taqdirda, notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqi 
berilgan mansabdor shaxs tomonidan uning so'zidan yozib olinishi mumkin. 
Bunday hollarda, albatta, vasiyatnoma matni vasiyat qoldiruvchiga o'qib 
berilishi shart va bu haqda vasiyatnomaga alohida belgi qilib qo'yilishi 
kerak.
Agar savodsiz vasiyat qoldiruvchining qulog'i kar, tili gung yoki 
ham kar, ham gung bo'lsa, vasiyatnoma guvohlantirilayotganda ularga 
tushuntira biladigan shaxsning ishtiroki ta’minlanishi va u o'zining imzosi 
bilan vasiyatnomaning mazmuni vasiyat qoldiruvchining erki to'g'ri 
kelishini guvohlantirishi kerak. Bu harakatlarning hammasi, albatta, 
vasiyatnomani guvohlantiruvchi notariusning yoki notarial harakatlarni 
amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxsning ishtirokida 
bo'lishi shart. Vasiyatnoma faqat vasiyat qoldiruvchi huzurida tasdiqlanishi 
lozim.


Vasiyatnoma vasiyat qoldiruvchining so'zidan notarius tomonidan 
yoki vasiyatnomani tasdiqlayotgan mansabdor shaxs tomonidan texnik 
vositalar yordamida, ya’ni yozuv mashinkasi, komp’yuterdan foydalangan 
holda amalga oshirilishi mumkin.
Bunday vasiyatnomalar ham, albatta, vasiyat qoldiruvchi tomonidan 
vasiyatnomani tasdiqlovchi notarius yoki boshqa mansabdor shaxs 
huzurida imzo qilinishi kerak. Imzolashdan oldin vasiyat qoldiruvchi 
vasiyatnomani tasdiqlovchi notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlash huquqi 
berilgan mansabdor shaxs oldida vasiyatnomaning matnini to'lig'icha 
o‘qib chiqishi va undan keyin imzo qo'yishi kerak.
Vasiyat qoldiruvchining xohishiga ko‘ra, vasiyatnomani xohlagan 
notarial idorasining notariusida tasdiqlashi mumkin. Basharti, vasiyat 
q old iru v ch i tom onidan oldin, bosh qa notariusda vasiyatnom a 
rasmiylashtirilgan b o‘lsa, uni bekor qilish yoki o'zgartirish haqida 
vasiyatnomani birinchi guvohlantirgan notariusga murojaat qilish shart 
emas. Ammo vasiyatnomani ikkinchi marotaba guvohlantirayotgan 
notarius bu haqda vasiyatnomani birinchi marotaba guvohlantirgan 
notariusga xabar berishi shart.
Vasiyatnomani tasdiqlagan vaqt, uni tuzish vaqti bo‘lib sanaladi.
Vasiyatnomaning qonunda belgilangan shakliga rioya qilmaslik uning 
haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo'ladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish