5-§. Meros huquqining subyektlari
1.
Qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasi. Meros qoldiruvchining qonunda
belgilab qo'yilgan qarindoshlari bo'lgan va uning mulkiy huquq va
majburiyatlarini o'z zimmalariga qabul qilib oluvchi shaxslar qonun bo'yicha
merosxo'rlar hisoblanadilar. Merosxo'rlar doirasi meros ochilgandan so'ng
aniqlanadi, chunki merosxo'r bo'lish uchun qonunda belgilab qo'yilgan
shaxslar meros ochilgan paytda, albatta, hayot bo'lishlari kerak.
Qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasiga meros qoldiruvchi bilan
qarindoshlik rishtalari orqali bog'langan quyidagi shaxslar kirishlari mumkin:
• Birinchidan, to‘g‘ri chiziq bo'yicha yuqoriga qarab tutashgan meros
qoldiruvchining avlod-ajdodlari: ota-onasi, bobo-buvisi va hokazolar;
• Ikkinchidan, to‘g ‘ ri chiziq bo'yicha pastga tutashgan meros
qoldiruvchining avlodlari - uning farzandlari, shu jumladan farzandlikka
olinganlar va ularning avlodlari(nabira, chevara, evara va hokazolar);
• Uchinchidan, yon chiziq bo'yicha qarindoshligi bo'lgan shaxslar,
ya’ni meros qoldiruvchining aka-ukalari, opa-singillari, tog'a-amaki,
amma-xolalari va ularnng avlodlari;
• Undan tashqari, meros qoldiruvchi boqimida bo'lgan mehnatga
qobiliyatsiz shaxslar ham qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasiga kiradilar.
FKning 1118-moddasiga asosan qonun bo'yicha merosxo'rlar
doirasiga meros qoldiruvchi vafot etgan paytda, ya’ni merosning ochilish
paytida hayot bo'lgan uning qarindoshlari hamda qonunda belgilab
qo'yilgan boshqa shaxslar kiradilar.
Shuning bilan birga, meros qoldiruvchi hayotligida homila holida
bo'lgan va meros ochilganidan keyin uch yuz kun o'tmasdan tirik tug'ilgan
bolalari qonun bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkin.
Qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasi FKning 1135-1141- moddalarida
belgilab qo'yilgan tartibda navbatlar bilan vorislikka chaqirilish orqali
amalga oshiriladi.
Oila qonunlariga asosan, farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari
farzandlikka olgan shaxslarga va ularning qarindoshlariga nisbatan,
farzandlikka bola olgan shaxslar va ularning qarindoshlari esa farzandlikka
olinganlar va ularning avlodlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquq
hamda majburiyatlar jihatidan qarindoshlarga tenglashtiriladi.
«Farzandlikka olingan bolalar, - deyiladi Oila kodeksining 165-
m oddasida,-barcha shaxsiy va m ulkiy huquqlarda farzandlikka
oluvchilarning o'z bolalariga tenglashtiriladi. Farzandlikka olinganlar va
ularning ota-anasi (ota-ona qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy
va mulkiy huquqlarini yo'qotadilar hamda o'zaro majburiyatlardan ozod
bo'ladilar».
Demak, farzandlikka olinganlar ham, farzandlikka olganlar ham
qonun bo'yicha meros huquqining subyektlari bo'lishlari mumkin
Qonun bo'yicha merosxo'rlar meros ochilganga qadar yoki meros
ochilgandan keyin merosni qabul qilib ulgurmasdan vafot etgan taqdirda,
ularga tegishli bo'lgan meros ulushi ularning vorislariga taqdim qilish
huquqi asosida o'tadi(FKning 1140-moddasi).
Bola, nabira, chevara va evaralaming merosxo'rligida taqdim qilish
huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi. Yon
qarindoshlik bo'yicha merosxo'rlikka taqdim qilish huquqiga meros
qoldiruvchining tug'ishgan aka-uka, opa-singillari nomidan ularning
b olala ri, y a ’ ni m eros q o ld iru v ch in in g jiy a n la ri y o x u d m eros
qoldiruvchining tug'ishgan amakisi(tog'asi) yoki ammasi (xolasi) nomidan
ularning bolalari, y a ’ni m eros qoldiruvchining amakivachchalari
(tog'avachchalari) va ammavachchalari (xolavachchalari) ega bo'ladilar.
FKning 208-moddasida xususiy mulk huquqining subyektlari
belgilangan. Ular meros huquqining ham subyektlari bo'la oladilar.
Xususiy mulk huquqining subyektlari bo'lib, fuqarolar, xo'jalik
shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy
fondlar va davlatga qarashli bo'lm agan boshqa yuridik shaxslar
hisoblanadilar.
Fuqarolar ko'rsatilgan yuridik shaxslar tarkibidagi umumiy
mulklardan o'z ulushlariga nisbatan xususiy mulk huquqiga ega bo'ladilar
va faqat ulargina meros huquqining subyektlari bo'la oladilar.
2.
Vasiyat bo'yicha merosxo'rlar doirasi. O'zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 18-moddasiga asosan, fuqarolar mulk huquqi
asosida mol-mulkka ega bo'lishlari, mol-mulkni meros qilib olishlari va
vasiyat qilib qoldirishlari mumkin.
Demak, har bir fuqaro o'ziga tegishli bo'lgan xususiy mulkini, mulkka
bo'lgan huquq va majburiyatlarini xohlagan jismoniy va yuridik shaxslarga
meros huquqi asosida vasiyat qilib qoldirishga haqli.
Vasiyat bo'yicha merosxo'r bo'lishi man qilingan shaxslar tizimi
qonunda belgilab qo'yilgan, ammo FKning 1119-moddasida nazarda tutilgan
asoslarda voris sudning hal qiluv qarori bilan noloyiq merosxo'r deb topilib,
meros olislidan chetlashtirilishi mumkin. Qonun bo'yicha merosxo'r bo'lishi
nazarda tutilgan shaxslar vasiyat bo'yicha ham merosxo'r bo'lishlari mumkin.
Shu bilan birga meros ochilgan paytda tuzilib bo'lgan yuridik shaxslar,
shu jumladan, davlat va davlat idoralari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish
organlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari ham vasiyat bo'yicha meros
huquqining subyektlari bo'lishlari mumkin.
Demak, qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasiga, asosan, meros
qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatida bo'lgan, shuningdek, meros
qoldiruvchining qaramog'ida bo'lgan, mehnatga qobiliyatsiz, qonunda
belgilab qo'yilgan shaxslar kirsa, vasiyat bo'yicha merosxo'rlar doirasiga
kiritish meros qoldiruvchining mutlaq huquqi hisoblanadi va faqatgina4
uning xohish-irodasi bilan erkin tanlanadi.
Vasiyat bo'yicha merosxo'rlar doirasiga kirish uchun fuqaroning
millati, fuqaroligi, turar joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, egallab turgan
mansabi va moddiy ahvoli, shuningdek, muomalaga layoqatsizligi ta’sir
etmaydi.
Meros ochilgan paytda hayot bo'lmagan va meros ochilgandan
keyin o‘lik tug‘ilgan bolalar, shuningdek, qonunda belgilangan tartibda
tugatilgan yuridik shaxslar vasiyat bo'yicha meros olish huquqidan
mahrum bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |