Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


V BO LIM. MEROS H U Q U Q I



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

V BO LIM. MEROS H U Q U Q I
66-bob. V O R IS L IK T O 'G 'R ISID A U M U M IY Q O ID ALA R  
I -§ . Meros va vorislik tushunchalari
Xalq o'rtasida meros deganda, vafot etgan shaxsdan qolgan mol- 
mulk tushuniladi.
Xususiy mulkning mazmuni kengayishi bilan meros huquqining 
mundarijasi takomillashadi va kengayadi.
H ayotda har bir shaxs boshqa bir shaxslar bilan har xil 
munosabatlarda bo'ladi. Bu munosabatlar, albatta, shaxsning erkin irodasi 
bilan vujudga keladi. Vaqt o'tishi bilan bir munosabat bekor bo'ladi, 
ikkinchi bir munosabat vujudga keladi. Munosabatning barchasi shaxsiy 
yoki mulkiy munosabatlar bo'lib, ma’lum bir qoidalar bilan tartibga 
solinadi. Munosabatda turgan har bir shaxs muayyan bir huquq va 
majburiyatlarga ega bo'ladi. Bunday huquq va majburiyat, qoida 
tariqasida, shaxs vafot etgandan so'ng ham o'z kuchini saqlab qoladi. 
Boshqacha qilib aytganda, shaxsning vafot etishi bunday huquq va 
majburiyatlarning bekor bo'lishiga olib kelmaydi. Masalan, kredit 
muassasalariga qo'yilgan mablag', uni qo'ygan shaxs vafot etganda ham 
bank omonatni berish majburiyatidan ozod bo'lmaydi. Majburiyat davom 
etadi, ammo talab qilish huquqi boshqa shaxslarga o'tadi.
Fuqaro vafot etgandan keyin ham uning barcha huquqi va 
majburiyatlari o'z kuchini saqlab qolmaydi, ayrimlari bekor bo'ladi.
Vafot etgan shaxsning hayotligida boshqa shaxsga o'tishi mumkin 
bo'lgan uning huquq va majburiyatlari meros tariqasida vorislarga o'tadi.
Shunday qilib, shaxsning hayotligida boshqa shaxslarga o'tishi mumkin 
bo'lgan uning har qanday huquq va majburiyatlari meros hisoblanadi 
va vorislik huquqi asosida merosxo'rlarga o'tadi.
Aniqroq qilib aytganda, vafot etgan shaxsga tegishli bo'lgan mulk - 
uy_j°y> 
avtomashina va boshqa mol-mulklar emas, balki shu mol-mulkka 
nisbatan bo'lgan mulk huquqi meros tariqasida o'tadi.
Vafot etganning shaxsi bilan bog'liq bo'lgan huquq va majburiyatlar 
meros sifatida boshqalarga o'tmaydi. Masalan, ijtimoiy ta’minot va mehnat 
qonunlari asosida shaxsning oladigan nafaqa, pensiya va boshqa to'lovlariga 
bo'lgan huquqlari, fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan 
munosabatlarda vujudga keladigan shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari


Har bir shaxs o'z mulkining vafot etganidan so'ngi taqdirini oldindan, 
hayotligida belgilab qo'yishi mumkin.
Demak, meros deganda, vafot etgan shaxsning mol-mulki, mulkka 
bo'lgan huquqi, boshqalardan talab qilish huquqi, boshqalar oldidagi 
majburiyatlari va qarzlarini tushunish kerak.
Shunday qilib, meros - bu fuqarolarning hayotligida boshqa 
shaxslarga o'tishi mumkin bo'lgan uning huquq va majburiyatlari 
yig'indisidan iborat.
Meros huquqi, fuqarolarning xususiy mulk huquqi bilan chambarchas 
bog'langan va fuqarolik huquq tarmog'ining huquq tarmoqchalaridan 
hisoblanadi. Mulk munosabatlari kabi meros va vorislik munosabatlari 
ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi1.
Meros huquqi - bu fuqaroning vafoti munosabati bilan uning 
mulkiy, mulk bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy-nom ulkiy huquq va 
majburiyatlarining bevosita qabul qilib olishni amalga oshirish uchun 
zarur bo'lgan huquqiy normalar yig'indisidan iboratdir2.
Meros huquqi fuqarolarning mulkiy huquqlari va manfaatlarini 
qo'riqlash bilan bog'langan bo'lib, ularning o'z mulkiga nisbatan tasarruf 
etish huquqini hech qanday to'siqsiz, nafaqat hayotligida, shuningdek, 
vafot etgandan so'ng ham amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Xususiy mulk egasi o'zi vafotidan keyin mulkning kimga o'tishi 
masalasini meros huquqi asosida hayotligida aniqlab qo'yadi. Shu bilan u 
xususiy mulk huquqining mavqeini mustahkamlaydi, mulkning ko'payishi 
va rivojlanishini ta’minlash yo'li bilan merosxo'rlarning ham yaxshi 
yashash va hayot kechirish sharoitlarini yaxshilashga ko'maklashadi.
Meros huquqi mutlaq huquq bo'lib u qonun bilan kafolatlangan. Bu 
huquqdan barcha fuqarolar, ularning millati, ijtimoiy ahvoli, mulkiy 
boyligi, jinsi va diniy e’tiqodi, xizmat vazifasidan qat’iy nazar, barobar 
foydalanadilar.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida «Har 
bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bankka qo'yilgan omonatlar sir tutilishi 
va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi», - deb ko'rsatilgan.
Shunday qilib, meros huquqi merosga oid barcha munosabatlarni 
tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalar yig'indisidan iborat.
Meros huquqining asosiy o'ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
1) meros huquqi fuqarolarning xususiy mulki va mulkiy huquq
1 Давлат ва хукук назарияси дарслиги. Тошкент. 2000 й. 323-бет.
2 О. С. Иоффе. Советское гражданское право. 3- книга. Москва. 1965. стр-283.


hamda majburiyatlarini himoya qilish, uni mustahkamlash vositasi 
hisoblanadi;
2) meros qoldiruvchi o'zining xususiy mulk huquqini vafotidan keyin 
ham saqlanishi, ko'payishi, rivoj topishi bilan oilaviy va qarindoshlik 
rishtalarini mustahkamlashdagi omillarini hisobga olgan holda, merosni 
kimga o'tishiga befarq qaray olmaydi.
3) qonunda belgilab qo'yilgan merosxo'rlar bo'lib, asosan meros 
qoldiruvchining qarindoshlik munosabati bilan bog'langan shaxslar, uning 
oila a’zolari va qaramog'idagi mehnatga qobiliyatsiz, yordamga muhtoj 
shaxslar hisoblanadilar;
4) meros mulkidan olinadigan hissa erkaklar uchun ham, ayollar 
uchun ham, qayd qilingan nikohdan tug'ilgan bolalar uchun ham, qonun 
bilan belgilangan tartibda otaligi aniqlangan bolalar uchun ham, 
farzandlikka olinganlar uchun ham, barobardir;
5) vasiyat b o 'y ich a m erosxo'rlar doirasini belgilash m eros 
qoldiruvchining mutlaq huquqi bo'lib, u nafaqat jismoniy shaxslardan, 
shuningdek, yuridik shaxslardan ham iborat bo'lishi mumkin;
6) qonun bo'yicha ham, vasiyat bo'yicha ham vorislik amalga 
oshirilmagan hollarda meros mulk taqdiri sudning qarori bilan hal qilinadi.
Shunday qilib, meros huquqi fuqarolik huquqining ajralmas va 
yakunlovchi qismi hisoblanib, fuqarolarning xususiy mulk huquqi bilan 
chambarchas bog'langan.
Fuqarolik qonunchiligida meros huquqi, vorislik asoslari, meros 
ta rk ib i, m erosn in g o ch ilis h i, m e ro s x o 'rla r tizim i va n oloyiq
merosxo'rlarni merosdan chetlatish asoslari, vasiyat bo'yicha vorislarning 
umumiy qoidaliri, merosdan majburiy hissa olish huquqni, merosni 
m uhofaza qilish, uni boshqarish, merosni egallashning umumiy 
qoidalari, merosga bo'lgan huquqni tasdiqlash, merosni taqsimlash, 
m erosdan voz kechish huquqlari, hozir bo'lm agan vorislarning 
huquqlari, meros-mulkka nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo'lgan 
shaxslar, meros mulkdan qilinadigan xarajatlar, egasiz qolgan meros 
mulkining taqdirini belgilash va boshqa merosga oid huquqiy normalar 
yig'indisidan iboratdir.
Vorislik huquqi tushunchasi. Voris deganda, qonunda belgilab 
qo'yilgan meros qoldiruvchining qarindoshlik munosabatlari bilan 
bog'langan avlod va ajdodlari, uning qaramog'ida bo'lgan mehnatga 
qobiliyatsiz boqimlari (qonun bo'yicha vorislar), shuningdek, qonunda 
belgilangan tartibda va shartlarga rioya qilib, meros qoldiruvchi 
tomonidan tayinlangan, uning huquq va majburiyatlari olingach,


ham mavjud bo'lib, u FKning 112-moddasi, 2-qismida belgilab qo‘yilgan. 
Bunga asosan agar davlat ro'yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim 
kerakli shaklda tuzilgan bo'lib, ammo taraflardan bin uni ro'yxatdan 
o'tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni 
ro'yxatdan o'tkazish haqida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda bitim 
(shartnoma) sud qaroriga muvofiq ro'yxatdan o'tkaziladi. Shartnomani 
davlat ro'yxatidan o'tkazishdan bosh tortayotgan taraf shartnomani tuzish 
kechiktirilganligi tufayli ikkinchi tarafga yetkazilgan zararni to'lashga 
majbur.
Shartnomalaming o'z-o'zidan haqiqiy sanalmasligi oqibat FKning 113- 
114-moddalarida belgilab qo'yilgan. Bunga asosan shartnoma haqiqiy 
bo'lmaganida taraflarning har biri shartnoma asosida olgan narsani boshqa 
tarafga qaytarib berishi, olingan narsani aslicha, natura holida (shu 
jumladan, olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan xizmat yoki 
ko'rsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin 
bo'lmaganida esa, agarda shartnoma haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari 
qonunda nazarda tutilgan bo'lmasa, uning qiymatini to'lashi shart.
Haqiqiy bo'lmagan shartnoma uning haqiqiy emasligi bilan bog'liq 
bo'lgan oqibatlardan tashqari, boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va 
tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emasdir. Binobarin, bunday shartnomalar 
bo'yicha ijroni talab qilish, shartnoma shartlarini buzganlik uchun tegishli 
javobgarlikni qo'llash haqida sudga murojaat qilish mumkin emas.
O'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim, shartnoma haqiqiy emasligi 
oqibatlarini qo'llanish to'g'risidagi talabni har qanday manfaatdor shaxs qo'yishi 
mumkirL Sud bunday oqibatlami o'z tashabbusi bilan qo'llashga haqli

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish