5-§. Tovar (xizmat) bclgisiga bo'lgan huquqni
buzganlik uchun javobgarlik
FKning 1007-moddasida tovar belgisiga bo'lgan huquqni buzganlik
uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi, javobgarlik hajmi belgilab
qo'yilgan.
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish deganda tovar
belgisidan qonuniy asosga ega bo'lmagan holda (tovar belgisi egasi bilan
ushbu belgiga bo'lgan huquqni olish haqida shartnoma tuzmasdan yoxud
tovar belgisidan foydalanishga litsenziya olish haqida shartnoma
tuzmasdan) tovar belgisidan foydalanish tushuniladi.
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs
qoidabuzarlikka yo'l qo'yayotganligi bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan
vaqtdan boshlab, qoidabuzarlikni to‘xtatmog‘i shart.
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalangan shaxs buning
natijasida tovar belgisining egasiga (ba’zi hollarda ushbu tovar belgisidan
foydalanishga litsenziya olgan shaxsga ham) yetkazilgan zararlarni to‘lashi
shart. Bunda FKning 14-moddasida belgilab qo‘yilgan zararni qoplash
haqidagi qoidalardan kelib chiqmoq kerak. Tovar belgisi egasiga
yetkazilgan zarar, eng avvalo, uning tovar belgisi egasi sifatidagi
huquqlarini tiklash uchun qilgan yoki qilinishi lozim bo'lgan xarajatlar,
shuningdek, qoidabuzar bunday qoidabuzarlik natijasida yetkazilgan
tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish natijasida daromad
olgan bo'lsa, olingan daromadlar tovar belgisi egasi (ba’zi hollarda
tovar belgisidan foydalanishga litsenziya olgan shaxs)ga undirib berilishi
lozim.
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs
qoidabuzarlikni to'xtatish bilan birga, quyidagi harakatlarni ham amalga
oshirishga majbur:
1) tayyorlab qo'yilgan tovar belgisi tasvirlarini (etiketkalar, yorliqlar,
tamg'alar, muhrlar, reklama prospektlari, shu kabilar) yo'q qilib tashlashi
shart;
2) qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki
chalg'itib yuborish darajasida unga o'xshashi bo'lgan belgini tovardan
yoki uning idishi va o'rovidan yo'qotishi (o'chirib tashlash, qirib tashlash,
qirqib tashlash, bo'lib tashlash) shart.
Yuqoridagi harakatlarni qoidabuzar o'zi amalga oshirmagan holda
sud tomonidan, qoidabuzar hisobidan majburiy tarzda amalga oshiriladi.
Agarda qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki
almashtirib yuborish darajasida unga o'xshash bo'lgan belgini tovardan,
uning idishidan va o'rovidan yo'qotishning iloji bo'lmasa tegishli tovar
(idishi, o'rovi) yo'q qilib tashlanishi lozim. Yo'q qilib tashlash qoidabuzar
zimmasiga yuklatiladi. Yo'q qilib yuborish usuli yo'q qilib yuborishni
amalga oshiruvchi shaxs tomonidan tanlanadi.
Qoidabuzar o'z ixtiyori bilan tovarni yo'q qilib yubormagan taqdirda,
yo'q qilib yuborish sud qarori asosida majburiy ravishda amalga oshiriladi.
Bundagi sarf-xarajatlar qoidabuzar zimmasiga yuklanadi.
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 177-
moddasida javobgarlik belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |