Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Tovar (xizmat ko'rsatish) belgisini boshqa



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4-§. Tovar (xizmat ko'rsatish) belgisini boshqa 
shaxslarga o'tkazish
Guvohnomada ko'rsatilgan tovarlar, ishlar, xizmatlarning barcha 
guruhlari yoki bir qismiga tovar belgisi qo'yishdan iborat mutlaq huquqni 
belgi egasi shartnoma asosida boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy 
shaxsga berishi (o'tkazishi) mumkin. Shartnomada o'tkazilayotgan huquq 
hajmi aniq belgilab qo'yilishi lozim. Bunday shartnoma haq baravariga 
ham, tekin ham tuzilishi mumkin.
Quyidagi hollarda tovar belgisiga bo'lgan huquqning boshqa shaxsga 
berilishiga yo'l qo'yilmaydi:
a) agarda bunda tovar haqida iste’molchining yoki boshqalarning 
chalg'ishiga, yanglishishiga sababchi bo'lishi mumkin bo'lsa;
b) agarda bunday tovarni ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi haqida 
iste’molchining chalg'ishiga, yanglishishiga sababchi bo'lishi mumkin bo'lsa,


bunday hollarda Patent idorasi tovar belgisiga nisbatan huquqni boshqa 
shaxsga berish haqidagi shartnomani ro'yxatdan o'tkazishni rad etadi.
Agarda yuqoridagi holatlar yoki ulardan biri shartnoma tuzilganidan 
keyin vujudga kelgan bo'lsa, u holda shartnomani bekor qilish haqida 
talab bilan vakolatli davlat organlari, iste’molchilar uyushmalari yoki 
boshqa shaxslar murojaat etishlari mumkin. Shartnoma sud tomonidan 
bekor qilinganda uning bajarilishi natijasida vujudga kelgan yuqoridagi 
holatlami bartaraf etish taraflarning zimmasiga yuklanishi lozim.
Tovar belgisi egasi bu belgidan foydalanish huquqini litsenziya 
shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishi mumkin. Litsenziya 
shartnomasida litsenziat mahsulotining sifati litsenziar mahsulotining 
sifatidan past bo'lmasligi va litsenziar ana shu shartga amal qilinayotganligini 
nazorat etib turishi to'g'risidagi shart bo'lishi lozim.
Tovar belgisiga bo'lgan huquqning har qanday asosga ko'ra boshqa 
shaxsga o'tishi, shu jumladan, uni shartnoma asosida (FK 105-moddasi, 
1-qismida belgilangan tartibda) yoki huquqiy vorislik tartibida (yuridik 
shaxslar qayta tashkil etilishi oqibatida) boshqa shaxsga berish patent 
idorasida ro'yxatdan o'tkazilmog'i lozim.
Ushbu talabga rioya qilinmaslik oqibatlari FKning 1106-moddasida 
belgilab qo'yilgan.
FKning 1106-moddasida tovar belgisiga bo'lgan huquqni boshqa 
shaxsga o'tkazish haqidagi shartnomalar shakliga qo'yiladigan talablar 
belgilab qo'yilgan. Bunga asosan tovar belgisiga bo'lgan huquqni boshqa 
shaxsga berish haqidagi shartmomalar va tovar belgisidan boshqa 
shaxslarning foydalanishi uchun litsenziya berish haqidagi shartnoma:
a) yozma ravishda tuzilishi kerak (bunda bitimlaming yozma shakli 
haqidagi FKning 107-moddasi talablariga to'liq rioya qilinishi shart);
b) Davlat Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi lozim (bunda Patent 
idorasi shartnomalaming qonunga, shuningdek, maqsadga muvofiqligini, 
davlat va jamiyat manfaatlariga xilof emasligini tekshiradi); Patent 
idorasining shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazishni rad etish haqida qarori 
asoslantirilgan bo'lishi lozim. Bu qaror ustidan shikoyat bilan sudga 
murojaat qilish mumkin.
Tovar belgisiga bo'lgan huquqni boshqa shaxsga o'tkazish haqidagi 
shartnoma va tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishiga 
litsenziya berish haqidagi shartnomalaming yozma shakliga va ro'yxatdan 
o'tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomalaming haqiqiy emasligiga 
sabab bo'ladi. Bunday shartnomalar FKning 112-moddasi, 1-qismiga asosan 
o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi. Ayni vaqtda ushbu qoidadan istisnolar


merosning o'tishi lozim bo'lgan, muomala layoqatiga ega bo'lgan shaxslar 
(vasiyat bo'yicha vorislar) tushuniladi.
Vorislik huquqi, qonunda belgilangan yoki meros qoldiruvchi 
tomonidan vasiyatnomada ko'rsatilgan tartibda va shartlarga asosan unga 
tegishli bo'lgan mulk va mulkiy huquq hamda m ajbu riyatlam i 
merosxo'rlarga o'tish tartibini belgilaydi.
Fuqarolik qonunida vorislik deb, m arhum fuqaro mulkining 
qonunlarda belgilangan tartibda bir yoki bir necha shaxslarga (vorislarga) 
o'tishiga aytiladi.
Vorislik huquqi deb, fuqaroning vafot etganidan so'ng mulkining 
boshqa shaxslarga (vorislarga) o'tkazilishida vujudga keladigan 
munosabatlarning tartibga soladigan huquqiy normalar yig'indisiga aytiladi1.
Vorislik - bu ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi hisoblanib, 
mol-mulkni yoki mulkka bo'lgan huquq va majburiyatlami bir shaxsdan 
(meros qoldiruvchidan) ikkinchi shaxsga (merosxo'rlarga) o'tishi bilan 
bog'liq. Shuning uchun ham u hammadan aw al, iqtisodiy hodisa sifatida 
va vafot etgan shaxsning mulkini, mulkiy huquq va majburiyatlarini 
boshqa shaxslarga o'tish tartibini belgilaydi.
Vorisik huquqi meros huquqining bir bo'lagi sifatida uning amal 
qilinishini ta’minlaydi, meros tarkibiga kirgan mol-mulk va mulkiy 
huquq hamda majburiyatlami merosxo'rlarga o'tish qoidalarini o'z 
ichiga oladi.
Vorisik huquqi fuqarolar vafot etganda ularning ma’lum bir huquq 
va majburiyatlarini boshqa shaxslarga o'tish tartibini belgilab beruvchi 
fuqarolik huquqiy normalar yig'indisidan iboratdir2.
Bu fikr ko'pchilik yuridik adabiyotlarda huquqshunos olimlar 
tomonidan isbotlangan.
Shunday qilib, vorislik huquqi-bu meros ochilgan paytda vafot 
etgan shaxsga tegishli bo'lgan mol-mulk, mulkiy huquq va majburiyatlami 
merosxo'rlarga o'tish tartibi va shartlarini belgilab beruvchi huquqiy 
normalar yig'indisidan iborat.
Demak, vorislik huquqining vazifasi vafot etgan shaxsning mulkiy 
huquq va majburiyatlami boshqa shaxslarga, merosxo'rlarga o'tishini 
qonun bilan belgilangan tartibda ta’minlashdan iborat.
1 Ф. Сайфуллаев. УзССР Грэжданлик 
ХУКУКИ. 
2-том. Тошкент, «Укитувчи», 1988 
й. 253-бет.
2 Б.С.Антимонов, К.А. Граве. Советское наследственное право. Москва. 1955. 
46-стр.


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida «Mulkdor 
mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf 
etadi»,- deyilgan.
Bu huquqdan foydalanib har bir shaxs o‘zi hayotligida o'ziga tegishli 
bo'lgan xususiy mulkning taqdirini hal qilib qo'yadi, vafotidan keyin 
uni kimga o'tishini belgilab qo'yadi.
Shu bilan birga, fuqaro vafot etganidan so‘ng uning mulki kimlarga 
o'tishi qonun bilan ham belgilab qo'yilgan bo'ladi.
Demak, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 111 2- 
moddasiga asosan, vorislik ikki asosda vujudga keladi. Birinchidan, vasiyat 
bo'yicha va, ikkinchidan, qonun bo'yicha.
Mulkdor o'ziga tegishli bo'lgan xususiy mulkning taqdirini o'zi vafot 
etgandan so'ng uning ma’lum bir shaxs tomonidan tasarruf qilinishini 
belgilamagan hollarda qonun bo'yicha vorislik amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, qonun bo'yicha vorislik: Birinchidan, vasiyatnoma 
qisman yoki butunlay haqiqiy emas deb topilgan hollarda; ikkinchidan, 
meros mulkining hammasi vasiyat qilinmasdan qolgan taqdirda, vasiyat 
qilinmagan qismiga; uchinchidan vasiyat bo'yicha merosxo'r meros 
ochilgandan keyin merosni qabul qilib olmasdan vafot etgan boisa; 
to'rtinchidan, vasiyat bo'yicha merosxo'r merosni olishdan bosh tortgan 
yoki undan voz kechgan hollarda vujudga keladi.
Qonun bo'yicha merosxo'r meros qoldiruvchi bilan qon-qarindoshlik 
rishtalari bilan bog'langan uning ajdodlari va avlodlari, oila a’zolari, 
mehnatga layoqatsiz, uning qaramog'ida bo'lgan, oila a’zosi bo'lmagan 
shaxslar bo'lishlari mumkin.
Demak, qonun bo'yicha merosxo'r bo'lish uchun nafaqat meros 
qoldiruvchining rasman qon-qarindoshlari bo'lishi, shuningdek, amalda 
hayotda ham yaqin kishilari bo'lishi mumkin.
Qonun bo'yicha vorislik munosabati bilan meros qoldiruvchining 
huquq va majburiyatlari o'tish tartibi va shartlari qonunda belgilab 
qo'yilgan bo'ladi. Meros mulk qonunda belgilangan tartibda, miqdorda 
va tartibda merosxo'rlar o'rtasida taqsimlanadi. Qonunda belgilanmagan 
shaxslarga yoki belgilangan tartibni buzib, meros mulkni yaqin 
qarindoshlariga yoki boshqa yaqin kishilariga, meros qoldiruvchining 
qaramog'ida bo'lmagan shaxslarga berish mumkin emas.
Qonun bo'yicha vorislik huquqi meros qoldiruvchining vafoti yoki 
uning sud qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinishi bilan birdaniga va 
to'lig'icha merosxo'rlarga o'tadi.
760


Vasiyat bo'yicha vorislik meros qoldiruvchining erki bilan vujudga 
keladi. Meros qoldiruvchining huquq va majburiyatlarini merosxo'rlar 
o'rtasida taqsimlash, meros qoldiruvchining erki bilan amalga oshiriladi.
Merosdan chetlashtirish yoki meros olishdan mahrum qilish faqat 
qonunda belgilangan asoslarda va tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Vorislik asoslari qonun bo'yicha vorislikda ham, vasiyat bo'yicha 
vorislikda ham kelishuv mavzusi bo'lishi mumkin emas. Ammo hayotda 
va hatto, sud amaliyotida ham bunday kelishuvlar uchrab turadi. Masalan, 
notarial tartibda tasdiqlangan vasiyatnomaga asosan fuqaro Sotiboldiev 
o'ziga tegishli bo'lgan uy-joyni va jamg'arma bankida saqlanayotgan 
omonat mablag'ni nabirasi Bahodirjonga vasiyat qilib qoldirgan. Sotiboldiev 
vafotidan so'ng uning voyaga etgan bolalari sudga murojaat qilib meros 
qoldiruvchi og'ir kasalligi sababli vasiyatnomaga imzo qilish imkoniyati 
bo'lmagan, vasiyatnoma qalbakilashtirilgan degan asosda uni haqiqiy 
emas deb topishni so'raganlar, arizani ko'rgan tuman sudi ish yuritishni 
bekor qilib, taraflarning meros mulkini taqsimlash haqidagi o'zaro 
kelishuvini tasdiqlash to'g'risida ajrim chiqargan. Viloyat sudining rayosati 
viloyat prokurorining nazorat tartibida bergan protestini rad qilib, tuman 
sudi ajrimini kuchda qoldirgan. Respublika Bosh prokurori o'rinbosarining 
protesti bilan Oliy sudning fuqarolik ishlari bo'yicha sud hay’ati tuman 
sudining ajrimi va viloyat sudining qarorini bekor qilib, ishni qaytadan 
k o 'rish g a yu borgan . O liy sud h a y ’ ati q a ro rid a , ish b o 'y ic h a
vasiyatnomaning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlamasdan turib, 
masalani hal qilish mumkin emasligini va bu masalada, vasiyat bo'yicha, 
shuningdek, qonun bo'yicha vorislikda vorislik asoslari kelishuv mavzui 
bo'lishi mumkin emasligini ko'rsatgan.
M erosning ochilish vaqti va joyi. Q onun vorislik h u q u q iy
munosabatlarining kelib chiqishini ochilishi bilan bog'laydi. Vorislik huquqi 
asosida meros mulkini qabul qilib olish merosning ochilishi munosabati 
bilangina amalga oshiriladi. Shuning uchun ham merosning ochilish joyi 
va vaqti muhim va zarur ahamiyat kasb etadi.
Vorislik huquqining vujudga kelishi muayyan bir hodisaning sodir 
bo'lishi bilan bog'liq. Bunday hodisa birinchidan, fuqaroning vafot etishi, 
yoki, ikkinchidan, fuqaroning sud qarori bilan vafot etgan deb e ’lon 
qilinishi hisoblanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish