2-§. Firma nom iga bo'lgan huquqning amal qilishi va
uni boshqa shaxsga berish tartibi
Yuridik shaxsning firma nomiga bo'lgan mutlaq huquqi O'zbekiston
R espublikasi h u d u d id a amal qilishi, e ’ tirof etilishi, m uhofaza
qilinishining zarur sharti - bu nomning O'zbekiston Respublikasining
vakolatli davlat idoralarida ro'yxatdan o'tkazdirilganligi va bu haqda
dalolatnoma belgilanganligi.
Ushbu talabga rioya qilmaslik firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquq
tan olinmasligiga sabab bo'ladi.
Chet davlatda ro'yxatga olingan yoki umume’tirof etgan nomga
(masalan, Samsung, Boing, Soni, Koka-Kola va hokazo) nisbatan mutlaq
huquq O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi hollarda amal qilishi
mumkin:
a) agar bu O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan xalqaro konvensiyalar,
bitimlar va boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan bo'lsa;
b) agar bu O'zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o'rtasidagi
ikki tomonlama, ko'p tomonlama shartnomalar, bitimlarda nazarda
tutilgan bo'lsa.
Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasining 8-
rnoddasida ko'rsatiladiki, konvensiyaning ishtirokchisi bo'lish har bir
davlat boshqa ishtirokchi xorijiy davlatda joylagan firma nomini uning
o'zida qayd etilgan-etilmaganidan qat’iy nazar (qayd etish haqidagi talab
majburiyligidan qat’iy nazar), huquqiy muhofaza qilish, mutlaq huquqini
ta’minlashi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Parij konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi.
Firma nomiga bo'lgan mutlaq huquq u qayd etilganidan boshlab
bemuddat amal qiladi.
Nom egasi bo'lgan shaxs tugatilganidan boshlab yoki uning firma
nomini belgilangan tartibda o'zgartirish orqaly firma nomi-a bo'lgan
mutlaq huquq bekor bo'ladi. Firma nomi o'zgartirilganda bu haqda
oshkora-ommaviy e’lon qilinishi shart.
Qonunning 8-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs (litsenziar) o'z firma
nomidan foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga (litsenziatga) qonun
hujjatlariga muvofiq ular o'rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida ruxsat berishi
mumkin(masalan, FKning 862-moddasida belgilangan franshizing shar-
nomasini tuzish orqali), litsenziya firma nomidan foydalanish hollari,
doirasi, buning uchun olinadigan haq miqdori, to'lash tartibi va shu kabi
shartlarni o'z ichiga olishi lozim. Ayni vaqtda shartnomada litsenziar
litsenziatga uning zimmasiga firma nomidan foydalanishda iste’molchini
chalg'itib qo'yish, aldashiga olib kelishni istisno etuvchi choralar ko'rish
majburiyatini yuklashi va uning bajarilishi ustidan nazorat qilishi lozim.
Bunday choralar ko'rilmagan taqdirda iste’molchining e’tirozlari litsenziat
(boshqaning firma nomidan foydalanuvchi)ga emas, balki litsenziarga (firma
nomining egasiga) qaratilishi mumkin. Litsenziya shartnomasida iste’molchini
chalg'itishni istisno etadigan chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.
Firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o'tishiga faqat
yuridik shaxs qo'shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va ajratib chiqarish
yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yoki butun korxona mulkiy majmua
sifatida sotilgan hollardagina yo‘1 qo'yiladi.
Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda va yuridik shaxs boshqa yuridik
shaxsga qo'shib olinganda firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga
o ‘tishi topshirish hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxs
bo'linganda yoki u yuridik shaxs tarkibidan ajralib chiqqanida firma
nomiga bo'lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi taqsimlash balansiga
muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning firma nomiga bo'lgan huquqini begonalashtirish
vakolatli davlat organida qayd etish va tegishli dalolatnoma berish orqali
rasmiylashtiriladi.
Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish yuridik shaxs
tugatilgan yoki uning firma nomi o'zgartirilgan taqdirda, tugatiladi.
Firma nomidan noqonuniy foydalanish firma nomiga bo'lgan mutlaq
huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi.
Agar tovar belgisiga (xizmat ko'rsatish belgisiga), domen nomiga
bo'lgan huquq firma nomiga bo'lgan huquqdan ilgari olingan bo'lsa,
tovar belgisida (xizmat ko'rsatish belgisida), domen nomida ushbu
firmaning nomidan foydalanish firma nomiga bo'lgan mutlaq huquqning
buzilishi deb e’tirof etilmaydi.
Firm a nom iga b o 'lg a n m utlaq huquqni undan n oq on u n iy
foydalanishdan himoya qilish:
yuridik shaxsning ishchanlik obro'sini himoya qilish maqsadida sud
qarori to'g'risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar,
idishlar va o'rovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash;
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar,
idishlar va o'rovlardan olib tashlash mumkin bo'lmagan taqdirda, ularni
huquqbuzar hisobidan yo'q qilib tashlash;
kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o'rovlarni firma nomiga
bo'lgan huquqqa egalik qiluvchi yuridik shaxsga berish orqali amalga
oshiriladi.
Firm a nom iga b o 'lg a n m utlaq huquqni undan n oq on u n iy
foydalanishdan himoya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha
usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Chet el yuridik shaxslari ushbu qonunda nazarda tutilgan firma
nomlariga bo'lgan huquqlardan O'zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga binoan yoki o‘zaro kelishuv prinsipi asosida O'zbekiston
Respublikasining yuridik shaxslari bilan teng ravishda foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |