Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. O SH K O R E T IL M A G A N A X B O R O T N I N O Q O N U N IY



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

64-bob. O SH K O R E T IL M A G A N A X B O R O T N I N O Q O N U N IY  
F O Y D A L A N IS H D A N M U H O FA ZA QILISH
l - § . Oshkor etilmagan axborotni muhofaza 
qilish shartlari
Oshkor etilmagan axborot deganda uchinchi shaxslar- uchun ma’lum 
bo'lmagan, maxfiy, sir bo'lib hisoblanuvchi ma’lumotlar tushiniladi.
Texnikaviy axborot deganda mashina, mexanizmlar, qurilmalar, 
uskunalar, texnologik jarayonlarni yaratish, tayyorlash, ulardan 
foydalanish, qo'llashga oid bo'lgan ma’lumotlar hisobladadi.
Tashkiliy axborot deganda yuridik shaxsning tashkiliy stukturasi, 
xo'jalik subyektlarining o'zaro munosabatlari tashkiliy mexanizmiga, 
mehnat (ish) jarayonlarini tashkil etish, ularga ta’sir qilish, boshqarishga 
oid ma’lumotlar tushuniladi.
Tijorat axboroti yoki korxonaning (xo'jalik yurituvchi sub’ktning) 
tijorat siri deganda korxonaning (subyektning) ishlab chiqarishi, 
texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliya va boshqa 
faoliyat bilan bog'liq bo'lgan hamda e’lon qilish ( topshirish, ochilib 
qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan, davlat 
siri bo'lib hisoblanmaydigan ma’lumotlar tushuniladi.
Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi, hajmi, ularni himoya 
qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Nou-xau deganda fuqaro yoki yuridik shaxsga faktik monopoliya 
asosida tegishli bo'lgan, foydali texnikaviy, tashkiliy yoki boshqa 
ma’lumotlar tushiniladi.
Oshkor etilmagan axborotlarga qonuniy egalik qo'yidagi asoslarda 
vujudga keladi:
- bunday axborotlarni o'zi yaratgan, ishlab chiqqan bo'lsa;
- bunday axborotlar egalik qiluvchining topshirig'i, buyurtmasi 
asosida yaratilgan, ishlab chiqilgan bo'lsa;
- bunday axborotlar huhuqiy vorislik tartibda o'tgan bo'lsa;
- bunday axborotlar boshqa shaxslarni insofli asoslarda olingan bo'lsa 
( sotib olish, litsenziya olish, tekin foydalanishga berish va hokazo).
Har qanday ma’lumot oshkor etilmagan axborot sifatida tan olinishi 
uchun;
a) 
bu axborot uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki 
nisbiy tijorat qiymatiga ega bo'lishi ( ya’ni axborot egasi ushbu axborotga 
egaligi sababli o'zi yoki ishlab chiqargan mahsuloti, ko'rsatadigan ishi, 
730


^ bajaradigan ishi boshqa raqobatdagi subyektlar yoki ularning mahsulotlari, 
\xizmatlari, ishlariga nisbatan afzalikka, imtiyozga ega bo'lishi) shart;
b) 
boshqa uchinchi shaxslarda qonun yo'li bilan bunday axborotlardan 
|
erkin bahramand bo'lish, tanishib chiqish, bilib olish mumkin bo'lmasligi 
lozim;
v) axborot egasi uning maxfiyligini, sirliligini saqlashga doir choralar 
ko'rgan (bunday axborotlardan xabardor shaxslar doirasi qat’iy 
cheklangan, bu shaxslar sir saqlash majburiyati haqida ogohlantirilgan, 
ma’lumotlardan foydalanishning yopiq tizimi ishlab chiqilgan va hokazo) 
bo'lishi shart.
Yuqoridagi uchala shart FKning 98-moddasida mustahkamlanib 
qo'yilgan bo'lib, ushbu shartlar bir vaqtning o'zida mavjud bo'lgan va 
ularga rioya qilingan hollarda oshkor qilinmagan axborot egasi undan 
boshqa shaxslarning g'ayriqonuniy foydalanishidan muhofazalanish, 
himoyalanish huquqiga ega.
Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga 
oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish 
yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda to'plash uchun 
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 191-moddasida jinoiy javobgarlik 
belgilangan.
Oshkor etilmagan axborot egasi bu axborotga nisbatan mutlaq 
huquqqa emas, balki faktik monopoliya mavqeiga ega. Shu sababli ham 
u faqat boshqalarining g'ayriqonuniy foydalanishidan himoyalanish 
huquqiga ega, ayni vaqtda, bunday axborotlarni o'zlari mustaqil ravishda 
yaratgan, ishlab chiqqan, insofli asoslarda olgan shaxslarning undan 
foydalanishini taqiqlashga haqli emas.
Oshkor qilinmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza 
qilish huquqi axborot egasida faktik monopoliya holati vujudga kelishi 
bilan paydo bo'ladi va bunda bu axborotga nisbatan biron -b ir 
rasmiyatchilikni bajarish (uni ro'yxatdan o'tkazdirish, reestrga kiritish, 
patent yoki guvohnoma olish, ekspertiza qilish, sertifikat olish va xokazo) 
talab etilmaydi. Biroq ba’zi hollarda O'zbekiston hududiga nou-xauni 
litsenziya asosida olib kirish yoki olib chiqish haqidagi shartnomalami 
vakolatli davlat idoralarida ro'yxatdan o'tkazdirish shartligi haqida qoida 
mavjud. Biroq bunda davlat idorasi zimmasiga nou-xau maxfiyligini saqlash 
va ta’minlash majburiyati yuklanadi.
FKning 1095-moddasida nazarda tutilgan qoidalar mazmuniga ko'ra, 
oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidasi qonunga muvofiq 
xizmat yoki tijorat siri bo'la olmaydigan ma’lumotlarga nisbatan tatbiq


etilmaydi. Ushbu qoda hujalik yurituvchi subyektlarning xizmat yoki 
tijorat siri niqobi ostida har xil suiiste’molliklar, o'zboshimchaliklar va 
boshqalar manfaatlariga zid harakatlar sodir etishning oldini oladi, unga 
huquqiy to‘siqlar qo'yadi.
Xizmat yoki tijorat siri bo'lib hisoblanmaydigan ma’lumotlarga mol- 
mulkka bo'lgan huquqlar (banklarda omonatga qo'yilgan mablag'lar 
haqidagi ma’lumotlardan tashqari) va mol-mulk hususida tuzilib, davlat 
ro'yxatidan o'tkaziladigan kelishuvlar, bitimlar, shartnomalar to'g'risidagi 
ma’lumotlar, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan 
ma’lumotlar, umuman nazorat_ kontrol’ funksiyasini bajaruvchi davlat 
idoralariga davriy ravishda taqdim etilib turadigan (fuqarolar va yuridik 
shaxslar tomonidan) har qanday ma’lumotlar, hisobotlar kiradi. Xuddi 
shu kabi, ilgari oshkora-ommaviy e’lon qilingan ma’lumotlar, shuningdek, 
har bir shaxs erkin tanishish-bilishni talab qilish huquqiga yoki 
imkoniyatiga ega bo'lgan ma’lumotlar ham xizmat yoki tijorat sirlari 
bo'lib hisoblanmasligi lozim. Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati haqidagi 
ayrim ma’lumotlar (masalan, tevarak-atrofni ifloslantirayotganligi yoki 
jamiyatga zarar keltirishi mumkin bo'lgan boshqa salbiy faoliyatlarni 
yashirishning oldini olish maqsadida) oshkor qilinmaydigan axborotlar 
huquqiy rejimiga ega bo'la olmasligi qonun hujjatlarida alohida pisanda 
qilib qo'yilgan (masalan, «Korxonalar haqida»gi qonunning 34-moddasi)
Oshkor qilinmagan axborotni muhofaza etish huquqi muddat bilan 
chegaralanmagan, biroq FKning 98-moddasida nazarda tutilgan shartlar 
bir vaqtning o'zida mavjud bo'lgan va qat’iy rioya qilingan paytga 
qadar amal qiladi. Bu shartlarning birortasi mavjud bo'lmasa yoki buzilsa, 
oshkor etilmagan axborotdan boshqa shaxslaming foydalanishidan 
himoyalanish huquqi o'z-o'zidan bekor bo'ladi.
2-§. Oshkor etilmagan axborotdan g'ayriqonuniy 
foydalanganlik uchun javobgarlik
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asosi bo'lmay turib olgan yoki 
tarqatgan yoxud unday foydalanayotgan shaxs axborotni qonunan ega 
bo'lib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik (olganlik, 
tarqatganlik) natijasida yetkazilgan zarani to'la hajmda to'lashi shart. 
Zarar oshkor etilmagan axborotni axborot uchun mutlaq, yoki nisbiy 
tijorat qiymati (samarasi) ning pasayishida, kamayishida yoki yo'qolishida 
(kasb-kor, nufuzi, mahsulot, xizmatning raqobatbardoshlik darajasiga, 
narxiga salbiy ta’sir qilishda) namoyon bo'ladi. Oshkor etilmagan


axborotdan noqonuniy foydalangan shaxs buning natijasida daromad 
olganligi zararni undirmaslik uchun asos bo'lmaydi. Agar daromad (foyda) 
olingan bo'lsa, u axborotning qonunan egasiga undirib berilishi lozim. 
FKning 1096-moddasida oshkor etilmagan axborotni insofli egallovchi 
tushunchasi berilgan va uning axborotdan noqonuniy foydalanganda 
axborot egasi oldid?. javobgarlikning vujudga kelishi vaqti belgilangan. 
Axborotni insofli egallovchi axborotdan noqonuniy foydalanayotganligini 
bilan vaqtdan boshlab, agar axborotdan foydalanishni davom ettirsa, 
axborot egasi oldida javbgar bo'ladi va unga yetkazilgan zararni to'lashi 
shart. Shu sababli ham axborotnining qonuniy egasi insofli egallovchini 
axborotdan noqonuniy foydalanayotganligi haqida ogohlatirishi lozim.
Oshkor etilmagan axborotni insofsiz egallovchi axborotni olgan, 
tarqatgan yoki undan foydalangan vaqtdan boshlab javobgar bo'ladi. 
Oshkor etilmagan axborotni insofsiz egallashning keng tarqalgan usullari
- bu sanoat josusligi va axborot egasi bo'lgan subyektning ishchi- 
xizmatchisini sotib olish - g'irrom raqobat hisoblanadi va u fuqarolik - 
huquqiy javobgarlikka ham sabab bo'ladi.
Oshkor etilmagan axborotga qonunan ega bo'lib turgan shaxs bu 
axborotdan boshqa shaxslar noqonuniy foydalanayotganligini bilgan zahoti 
bunday foydalanishni to'xtatishni talab qilishga haqli.
Ayni vaqtda axborotni insofli egallovchidan foydalanishning qonuniy 
asosga o'tkazilishini so'rab, axborot egasiga murojaat qilishga, u bilan 
kelishuvga erisha olmagan taqdirda sudga murojaat qilishga haqli. Agarda 
insofli egallovchi bu axborotlardan foydalanish uchun sarf-xarajatlar qilgan 
(uskunalar, qurilmalar, inshootlart ayyoriagan, qurgan, sotib olgan) bo'lsa, 
sud unga bu axborotdan haq to'lab olinadigan mutlaq litsenziya asosida 
bundan buyon ham foydalanishga ruxsat berishga haqli.
Haq miqdori taraflar o'rtasida kelishuv asosida yoki sud tomonidan 
belgilanadi.
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni 
o'zi mustaqil tarzda olgan shaxs o'zi yaratgan, ishlab chiqqan, aniqlagan 
yoki uning topshirig'i, buyurtmasi asosida boshqa shaxslar yaratgan, 
ishlab chiqqan, aniqlagan bo'lsa va bunday axborotni qonunan olgan 
shaxs (axborotni qonuniy egasidan haq baravariga sotib olgan, 
foydalanishga litsenziya olgan, huquqiy vorislik tartibda olgan, va hokazo) 
bu m a’ lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining 
huquqlaridan qat’iy nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanish 
uchun uning oldida javobgar emas. Axborotning qonunan egasi axborotni 
mustaqil va qonunan olgan boshqa shaxslarga undan foydalanishlarini


taqiqlab qo'yishga, haq talab qilishga, shuningdek, boshqacha tarzda 
erkin tasarruf qilishlariga to'sqinlik qilishga haqli emas. Agar axborot 
xabardor bo'lgan barcha shaxslar uning maxfiyligi, sirligini saqlab qolishni 
xohlagan, uni ta’minlash bo'yicha o'zaro kelishuvga erishishlari lozim 
bo'ladi va oshkor etilmagan axborotni sherik egalari sifatida tasarruf 
qilishlari shart.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish