Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Seleksiya yutuqlarini huquqiy himoyaga



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2-§. Seleksiya yutuqlarini huquqiy himoyaga 
layoqati ilik shartlari
O'simliklar navi va hayvonlar zotini yaratishga qaratilgan biologik 
muammo yechimi seleksiya yutuqlarining asosiy belgisidir. Seleksiya 
yutuqlarining biologik yechimi belgisi seleksiya yutuqlarini intellektual 
mulk obyekti sifatidagi mohiyatini va uning intellektual faoliyatning 
boshqa natijalaridan farqli tomonlarini ochib beradi. Ushbu asosiy 
tushuncha har qanday o'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning 
yangi zotlari uchun taalluqli hisoblanadi. Bunda ushbu nav va zotlar 
qonun bilan qo‘riqlanishi yoki qo‘riqlanmasligi ahamiyatga ega emas.
Muhofaza etilayotgan seleksiya yutuqlari bir qancha qo'shimcha 
belgilarga ega bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, qonunda belgilangan 
huquqiy himoyaga layoqatlilik mezonlariga javob berishi shart1.
O 'zbekiston Respublikasi “ Seleksiya yutuqlari to ‘ g ‘ risida” gi 
qonunining 2-bo‘limi seleksiya yutug'ining patentga layoqatliligi deb 
nomlanadi va bevosita seleksiya yutug'ining huquqiy him oyaga 
layoqatlilik mezonini belgilaydi. Qonunning 8-moddasiga muvofiq seleksiya 
yutug'i yangilik, farqlanish, turdoshlik va barqarorlik mezonlariga javob 
bersa u huquqiy jihatdan himoya qilinadi.
Seleksiya yutug'i himoyaga layoqatlilik shartlarining har biri qonunda 
alohida-alohida bayon etilgan. Qonunga muvofiq, urug'lik, ko'chat yoki 
nasi mahsuloti patent berish haqida talabnoma topshirilgan kundan 
e’tiboran: O'zbekiston Respublikasi hududida kamida bir yil oldin; boshqa 
davlat hududida kamida to'rt yil yoki agar tok, yog'ochbop, manzarali, 
mevali daraxtlar va o'rmon o'simliklariga taalluqli bo'lsa, kamida olti 
yil oldin seleksiya yutug'i muallifi, uning huquqiy vorisi tomonidan 
yoki ularning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa 
shaxslarga berilmagan bo'lsa, yangilik hisoblanadi (Seleksiya yutuqlari 
to'g'risidagi qonunning 9-moddasi).
O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari 
himoyaga layoqatliligining yangilik mezonida ifodalangan bir yil, to'rt 
yil, olti yil oldin seleksiya yutug'i muallifi, uning huquqiy vorisi 
tomonidan yoki uning roziligi bilan sotilmaganligi va boshqa shaxsga 
foydalanish uchun topshirilmaganligi bir qancha davlatlar qonunlarida

Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. -М.: Проспект, 
2000, 704 с.


ham o'z ifodasini topgan. Masalan, Rossiya Federasiyasining 1993-yil 6- 
avgustdagi “Seleksiya yutuqlari to'g'risida”gi qonunining 4-moddasi 2- 
bandi, Litva Respublikasining 1996-yil 17-sentabrdagi “O'simliklar turi 
va u ru g 'ch iligi m uhofazasi to ‘ g ‘ risida” gi qonunida va G ruziya 
Respublikasining 1996-yil noyabr oyidagi “Seleksiya yutuqlari muhofazasi 
to‘g ‘risida”gi qonunida seleksiya yutug‘ining yangiligi shu respublikalar 
hududida seleksiya yutug'i bir yil oldin, chet elda yog‘ochbop o'simliklar 
olti yil, boshqa o 'sim lik la r to 'rt yil oldin sotilm aganligi va 
foydalanilmaganligi bilan belgilanadi1.
Shu bilan birga Gruziyada seleksiya yutuqlarining yangiligi mezoni 
himoyaga layoqatlilikning birinchi mezoni ham hisoblanadi2.
Seleksiya yutug'ining yangiligi mezoniga qo'yilgan qonuniy talablar 
intellektual mulkning boshqa obyektlariga qo'yilgan qonun talablaridan 
farqlanishini ilg'ash mushkul emas albatta, seleksiya yutug'ining yangiligi 
mezoniga faqatgina bitta talab - boshqa shaxslarga foydalanish uchun 
urug'ni va urug'lik materialini sotmaslik yoki boshqacha usulda 
topshirmaslik talabi qo'yiladi. Agar umumfoydalanishdagi manbalarda 
e’lon qilingan seleksiya yutuqlari haqidagi ma’lumot e’lon qilingan bo'lsa, 
seleksiya yutuqlaridan seleksiya yutug'i muallifining o'zi yoki uning 
huquqiy vorisi foydalangan hisoblanadi va tadqiqotning yangiligi e’tiborga 
olinmaydi.
Seleksiya yutuqlari agar nav yoki zotni yaratishda foydalanilgan 
material boshqa shaxslar tomonidan seleksiya yutug'i muallifi yoki uning 
huquqiy vorisi roziligini olmasdan foydalangan boisalar, seleksiya 
yutug'ining yangiligi mezoni saqlanib qolinadi.
Seleksiya yutuqlarining yangiligi belgilangan vaqt bilan aniqlanadi 
va bu vaqt ustuvorlik sanasi hisoblanadi. O'z vaqtida seleksiya yutug'ining 
ustuvorligi sanasi davlat patent idorasiga patent olish uchun yoki 
foydalanishga ruxsat olish uchun ariza topshirilgan kundan boshlanadi. 
Agar davlat patent idorasiga bir kunda bitta seleksiya yutug'i uchun bir 
necha ariza tushgan bo'lsa, u holda arizani jo'natish sanasidagi 
ustuvorlikka e ’tibor beriladi ya’ni, qaysi ariza oldinroq jo'natilgan yoki 
topshirilgan bo'lsa, seleksiya yutug'iga patent olish huquqiga o'sha arizachi 
ega bo'ladi. Shuningdek, arizani jo'natish sanalari mos kelsa, u holda
1 Закон Российской Федерации О селекционных достижениях. 1996. 6 август; Закон 
Литовской Республики по охране пород, растений и семеноводства. 1996. 17 сентябр; 
Закон Республики Джорджия Об охране селекционных достижений. 1996 7 ноябр.
2 Джорбенадзе С. защита селекционных достижений в Грузии. Интеллектуальная 
собственность. 1997.№7-8. С.73-75.


arizani davlat patent idorasida ro'yxatga olish raqamidagi ustuvorlik 
hisobga olinadi. Bunda jo'natish sanasi mos kelgan arizadan qaysi oldinroq 
davlat patent idorasidan ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa, shu arizachi 
seleksiya yutug'iga nisbatan patent olish huquqiga ega bo'ladi.
Talabnoma beruvchi patent idorasiga jo'natayotgan talabnomasida 
birinchi talabnomaning ustivorlik sanasini ko‘rsatishi lozim. Talabnoma 
beruvchi talabnoma patent idorasiga tushgan sanadan e’tiboran uch oy 
ichida birinchi talabnomaning nusxasini va tarjimasini taqdim etishi shart.
Patent huquqiga muvofiq, seleksiya yutug'iga patent olish uchun 
talabnoma topshirgan shaxs yangilik bo'yicha imtiyozdan foydalanadi. 
Bu imtiyoz talabnoma topshirgan shaxsning seleksiya yutug'idan qonunda 
belgilab qo'yilgan muddat davomida boshqa shaxsga foydalanish uchun 
berish huquqidir. Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi qonunga muvofiq 
seleksiya yutug'iga patent olish uchun talabnoma topshirgan shaxs urug'lik, 
ko'chat yoki nasi mahsulotini O'zbekiston Respublikasi hududida ariza 
topshirgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida boshqa davlat hududida 
to'rt yil davomida yoki tok, yog'ochbop, manzarali, mevali daraxtlar 
va o'rmon o'simliklariga taalluqli bo'lsa, olti yil mobaynida foydalanish 
uchun boshqaga berish huquqiga ega. Bunda urug'lik ko'chat yoki nasi 
mahsulotini foydalanish uchun boshqa shaxsga berish qonunda belgilangan 
muddatdan ko'p bo'lsa, u holda patent olish uchun topshirilgan seleksiya 
yutug'i yangilik sanalmaydi. Seleksiya yutug'i istisno tariqasida yangilik 
mezoniga javob bermagan hollarda ham huquqiy muhofaza etiladi. Bu 
holat foydalanishga topshirilgan aniq nav va zot seleksiya yutuqlarining 
davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa yuzaga keladi. Bunda 
ustuvorlik sanasi davlat patent idorasiga seleksiya yutug'ini foydalanish 
uchun topshirish to'g'risidagi talabnoma tushgan paytdan boshlab 
belgilanadi. Patentning amal qilish muddati seleksiya yutug'idan 
foydalanishga ruxsat berilgan paytdan boshlab patent berilgan vaqtgacha 
bo'lgan muddatga qisqartiriladi.
Seleksiya yutug'ining huquqiy himoyaga layoqatliligini belgilovchi 
ikkinchi mezon-farqlanish mezonidir. Farqlanish mezoni yangilik mezoniga 
ancha yaqin mezon hisoblanadi va o'zining an’anaviy tushunchasi bilan 
seleksiya yutug'ining yangiligi mezonini to'ldirib turadi. Shuningdek, 
yaratilgan nav va zotning seleksiya yutug'i sifatida e’tirof etilishini 
ta’minlaydi. Qonunning 10-moddasiga m uvofiq, seleksiya yu tu g'i 
talabnoma topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga ma’lum 
seleksiya yutug'idan aniq-ravshan farqlanishi lozim. Ushbu norma 
belgilagan aniq-ravshan tushunchasi O'zbekiston Respublikasi Davlat


patent idorasi direktorining 49-son buyrug'i bilan 1997-yil 3-sentabrda 
tasdiqlangan “Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning 
vaqtinchalik qoidalari”da seleksiya yutug'i patent olish uchun talabnoma 
topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga ma’lum seleksiya 
yutug'idan markerli, immunli, hosildorlik yoki boshqa ko'rsatkichlari 
bilan farqlanishi lozim1. Bunda “markerli” atamasi ekish texnologiyasidagi 
farqlanishni bildirsa, “immunli” atamasi esa, organizmning kasallik 
tug'diruvchi omillar (mikroblar, taksinlar) va antigen tabiatli yot 
moddalarga chidamliligi va moyil emasligidagi farqlar nazarda tutiladi.
Hosildorlik jihatidan boshqa har qanday barchaga ma’lum 
seleksiya yutug'idan ko'proq hosil berishi bilan farqlanishi lozim. Boshqa 
ko'rsatkichlar deyilganda urug'lik, ko'chat yoki nasi mahsulotining sifati 
jihatidan foydaliligi yuqori bo'lishligi ko'zda tutilgan.
Seleksiya yutug'i barchaga ma’lum deb, seleksiya yutug'iga boshqa 
mamlakatda himoya hujjati berish haqida talabnoma topshirilgan va unga 
muvofiq patent yoki shunga o'xshash muhofazaning boshqa bir shakli berilgan 
bo'lsa, yoxud seleksiya yutug'i shu mamlakatning seleksiya yutuqlari rasmiy 
reestriga kiritilgan bo'lsa seleksiya yutug'i talabnoma topshirilgan sanada 
barchaga ma’lum edi deb hisoblanadi (qonunning 10-moddasi).
Seleksiya yutuqlarini barchaga m a’lumligi, shu seleksiya 
yutug'ining rasmiy kataloglarda ma’lumot jamg'armalariga yoki biror 
bir nashrda to'liq ifodalanganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga seleksiya 
yutug'ini boshqa barchaga ma’lum seleksiya yutuqlaridan farqlanishida 
yaratilgan seleksiya yutug'ining oldin mavjud bo'lgan va u to'g'risidagi 
ma’lumotlar barcha olishi mumkin bo'lgan axborot manbalarida nashr 
etilgan seleksiya yutug'idan belgilangan sifat ko'rsatkichlari bilan ajralib 
turishini aniqlash muhim holat bo'lib hisoblanadi.
Seleksiya yutuqlarining farqlanish mezoni turli davlatlarda 
turlicha talqin etiladi. Masalan, Litva Respublikasi qonunchiligiga muvofiq 
seleksiya yutug'ining farqlanishi quyidagicha ifodalanadi: nav, Litva 
Respublikasi yoki chet elda ma’lum bo'lgan, shuningdek, oldin berilgan 
arizalarda ko'rsatilgan navlardan bitta zaruriy belgisi bilan farq qilsa 
farqlanish mezoniga javob bergan hisoblanadi2.
Seleksiya yutug'ining zaruriy belgisi deyilganda bu yerda 
yaratilgan seleksiya yutug'ining sifat, miqdor va boshqa muhim belgilari 
tushuniladi. Shuni nazarda tutish kerakki, seleksiya yutug'ining farqlanish
1 Селекция юту^лари. Расмий Ахборотнома. -Т.: 1998. -121 б.
2 Каспирявичус П. Охрана новых пород растений в Литве. //Интеллектуальная 
собственность. 1998. №5, -131-132 с.


mezoni ustida tadqiqot olib borayotganda jahonda ma’lum bo'lgan barcha 
seleksiya yutuqlari to'g'risidagi ma’lumotga ega bo'lish lozim bo'ladi.
Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi qonun “barchaga ma’lumlik” 
iborasini quyidagicha ifodalaydi:
-keyinchalik ko'paytirish, saqlash maqsadlarida yetishtirish, 
kondinsiyaga yetkazish va yuqorida sanab o'tilgan maqsadlarda asrash 
natijasida barchaga ma’lum bilim darajasining bir qismiga aylangan 
seleksiya yutug'iga nisbatan;
-sotishga taklif etilgan, sotilgan, mamlakatga olib kirilgan yoki 
mamlakatdan olib chiqib ketilgan seleksiya yutug'iga nisbatan aniqlanadi.
Ko'rinib turibdiki, bu norma seleksiya yutuqlarining barchaga 
ma’lumligi qanday seleksiya yutug'iga nisbatan aniqlanishini o'zida 
ifodalaydi va shu shartlar mavjud bo'lganda seleksiya yutug'ini barchaga 
ma’lum deb hisoblaydi.
Seleksiya yutuqlari barchaga ma’lum bo'lgan seleksiya yutuqlaridan 
farqlanishi bilan birga ma’lum ma’noda turdosh (o'xshash) bo'lishi ham 
lozim. Qonunning 11-moddasiga binoan, seleksiya yutug'i ko'paytirishning 
o'ziga xos jihatlarini olganda muayyan navli o'simliklar yoki muayyan zotli 
hayvonlar seleksiyalashtirish belgilariga ko'ra bir xillikka ega bo'lsa turdosh 
hisoblanadi. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari 
bunday belgilarga: morfologik, fiziologik, sitologik, kimyoviy va boshqa 
belgilar kiradi hamda, aynan ana shu belgilari bilan yaratilgan yangi nav 
va yangi zot o'z ajdodiga o'xshashi kerak. O'xshashlik belgisi seleksiya sohasida 
erishilgan natijaning sifatini aniqlaydl Ko'pchilik o'simlik navlari va hayvon 
zotlarida, o'simliklar va hayvonlarning boshqa nav va zotlaridan ajratib 
turuvchi o'ziga xos umumiy belgilari mavjud bo'lmasa, seleksiya faoliyati 
sohasida yutuqqa erishishning iloji bo'lmasdi
O'xshashlik belgisi o'simliklar navi va hayvonlar zotining har 
biri uchun davlat patent idorasi tomonidan alohida, har bir o'simlik 
navi va hayvon zoti uchun xos bo'lgan uslublar bilan aniqlanadi.
Seleksiya yutug'i himoyaga layoqatlilik shartlarining so'nggisi 
barqarorlik mezonidir. Qonunning 12-moddasiga binoan, seleksiya yutug'i 
barqaror hisoblanishi uchun bir necha marta ko'paytirilganidan keyin yoki 
alohida sikl bo'yicha ko'paytirilgan taqdirda ko'paytirishning har bir sikli 
oxirida uning asosiy belgilari o'zgarishsiz qolishi kerak. Ishlab chiqarishga 
joriy etilganda o'zining alohida xususiyatlarini saqlab qola olmaydigan o'simlik 
va hayvonlami yaratish qonunga muvofiq seleksiya yutug'i hisoblanmaydi 
va qonun bilan qo'riqlanmaydi. Garchi bunda shunday o'simlik va hayvon 
muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligi hamda ijodiy faoliyat natijasi


yaratilganligi e’tiborga olinmaydi. Seleksiya sohasidagi ilmiy faoliyat natijasida 
barqarorlik mezonining mavjud bo‘lmasligi yaratilgan nav va zotning- 
seleksiya yutug'i emas deb topilishiga sabab bo'ladi.
Seleksiya yu tu qlari yangilik, farqlanish, o'xshashlik va 
barqarorlik mezoniga javob berishi bilan birga O'zbekiston Respublikasida 
patentli va patentsiz tadbirga muvofiq muhofaza qilinadigan botanik va 
zoologik avlod hamda turlarga taalluqli bo'lsagina huquqiy muhofaza 
etiladi. O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan botanik va 
zoologik avlod hamda turlarning davlat ro'yxati O'zbekiston Respublikasi 
qishloq va suv xo'jaligi vazirligining 1997-yil 4-dekabrdagi qarori bilan 
tasdiqlangan. Ushbu ro'yxat botanik va zoologik avlod hamda turlarning 
har birini o'zbekcha, ruscha va lotincha nomlanishini va ular mansub 
bo'lgan guruhlarni o'zida ifodalaydi. Masalan, javdar g'alla ekinlari 
guruhiga; tariq, sholi don-yorma ekinlari guruhiga; jo'xori don va ozuqa 
ekinlari guruhiga mansubligi ko'rsatilgan1.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, seleksiya yutuqlarini himoyaga 
layoqatliligi mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin: o'simliklarning yangi 
navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratishga doir biologik muammoning 
yechimi, barchaga ma’lum nav va zotlardan aniq-ravshan farqlanishi, yetarli 
darajada turdosh va barqaror bo'lishi, shuningdek, qonun bilan belgilangan 
botanik va zoologik avlod hamda turlarga tegishli bo'lishi kerak.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish