Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. SE L EK SIY A Y U T U Q L A R IG A B O 'L G A N HUQUQ



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

63-bob. SE L EK SIY A Y U T U Q L A R IG A B O 'L G A N HUQUQ
1 §. Seleksiya yutug‘i tushunchasi
Seleksiya yutug‘i deganda, umumiy ma’noda, o‘simliklaming yangi 
navi va hayvonlarning yangi zoti tushuniladi (Seleksiya yutuqlari 
to'g'risidagi qonunning 2-moddasi). Seleksiya o'zida inson irodasi asosida 
yo'naltirilgan o'simliklar va hayvonlarning evolyutsiyasini ifodalaydi1. 
Ayni vaqtda seleksiya yutuqlari inson aqliy faoliyati natijasi hisoblanadi.
Seleksiya - lotincha, selego so'zidan olingan bo'lib, saralash, 
to'plash degan ma’noni anglatadi2. Seleksiya - bu jonli tabiat, tirik 
borliq ustida olib borilgan kishilaming aqliy faoliyatlari bo'lib, seleksiya 
y u tu g 'i esa, ana shu aqliy fa oliy a t natijasida erish iladigan
muvaffaqiyatlardir. O'simliklarning navlari va hayvonlarning zotlarini 
saralash, to'plash va ularni fiziologik, genetik va biologik usullar hamda 
ilmiy-ijodiy faoliyat orqali o'zaro chatishtirish yoki boshqa yo'llar bilan 
ko'paytirish natijasida yangi nav va zotni hosil qilish seleksiya yutug'i 
hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi 2002 yil 29 avgustdagi “Seleksiya yutug'i 
to'g'risida”gi qonuni “seleksiya yutug'i” atamasi uchun asosiy tushunchalar 
hisoblangan o'simliklar navi va hayvonlarning zoti tushunchalarining 
ta’rifini bayon etadi. Ushbu qonunga muvofiq, nav-o'simliklar guruhi 
bo'lib, u nasldan-naslga barqaror o'tuvchi muayyan genotip yoki 
genotiplar kombinatsiyasini boshqalardan ajratib turuvchi belgilariga 
qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa o'simliklar 
guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farq qiladi. Klon, liniya, 
birinchi avlod duragayi, populyasiya navning muhofaza qilinadigan 
obyektlaridir.
Zot - genetik jihatdan o'zaro bog'liq biologik va morfologik 
xususiyatlari hamda belgilariga qarab aniqlanadigan hayvonlar (shu 
jumladan, parrandalar, hasharotlar, ipak qurti) yoki ularning duragaylari 
guruhi bo'lib, bu xususiyatlar hamda belgilaming ayrimlari muayyan 
guruhgagina xos bo'lib, uni hayvonlarning boshqa guruhlaridan farqlab 
turadi. Zot guruhi, zot ichidagi tip (zonal tip), zavod tipi, zavod liniyasi, 
zot oilasi, partinoklonlar, liniyalar, duragaylar zotning muhofaza 
qilinadigan obyektlaridir (Qonunning 2-moddasi).
1 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. -М.: Проспект. 2000. 
-702 с.
2 Узбекистан Миллий Энцикпопедияси. 9-том. -Т.: 1997.-585 б


Yuqorida sanab o'tilgan nav va zotning muhofaza qilinadigan 
obyektlari formal biologik tushunchalar bo'lib, bu obyektlarning buzilishi 
yoki ularga putur yetkazilishi mavjud nav va zotning buzilishiga va 
nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin. Seleksiya yutug'i huquqiy muhofaza 
etilayotganda nav va zotga tegishli bo'lgan muhofaza qilinadigan 
obyektlarning holati o'rganilib, huquq buzilishiga baho berish lozim.
Seleksiya - insonning ilmiy va aqliy bilimlarini o'simliklar va 
hayvonlar evolyusiyasiga yo'naltirish natijasida insonning o'zi uchun 
qulay, maqbul va foydali nav va zot yaratish jarayonidir. Shu o'rinda 
seleksiya sohasidagi tadqiqotlar bilan gen injineriyasi sohasida tadqiqotlar 
o'rtasidagi farqni izohlab o'tish joiz. Seleksiya - bu faqat o'simliklar va 
hayvonlar ustida olib boriladigan tadqiqotlar bo'lsa, gen injineriyasi -
barcha jonzot (shu jumladan, inson) ustida olib boriladigan ilmiy-tajribaviy 
faoliyatdir. Gen injeneriyasi tadqiqotlarining asosiy maqsadi tirik 
jonzotning asosiy unsuri - geniga turli ta’sir o'tkazib, yangi tur, nav, 
zot, xil yaratishdan iborat. Gen injeneriyasi usulida yaratilgan nav va 
zotlarni an’anaviy seleksiya usulida yaratilgan nav va zotlardan farqlash 
zarur. Gen injeneriyasida yangi nav va zot yaratish uchun bir turdagi 
yoki bir oiladagi hayvonlar va o'simliklar emas, balki bir-biridan butunlay 
uzoq tur va oiladagi o'simliklar va hayvonlar o'zaro gen injineriyasi 
usulida chatishtiriladi yoki sun’iy ravishda gen o'zgartiriladi. Natijada 
mutlaqo inson tasawuriga sig'ishi qiyin bo'lgan gibridlar va mutantlar 
(masalan, fil va tuyaning, baliq va tovuqning, bo'ri va quyonning 
chatishmalari) yuzaga keladi. Jahon jamoatchiligining fikricha, bunday 
gibrid va mutantlami yaratilishi mavjud tabiiy muvozanatni buzish bilan 
birga inson salomatligiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Shu holatlarni 
hisobga olib, bunday tadqiqotlarni o'tkazishni ta’qiqlash zarur.
AJ.Ioyro'sh, O.A.Krasovskiylarning fikricha gen injeneriyasi bu 
dasturli, nasldan naslga o'tish xususiyatiga ega bo'lgan, an’anaviy seleksiya 
yo'li bilan chiqarishning imkoni bo'lmagan biologik tuzilmalar (hayvonlar 
va o'simliklarning individual genlari, mikroorganizmlari, oqsillari) ini 
olishga qaratilgan uslub va vositalarning yig'indisidir. Gen injeneriyasi 
tabiat qonuniyatlarni bilishda, tibiiyotning dolzarb muammolarini hal 
qilishda, sanoat va qishloq xo'jaligining turli xil sohalarini muvofiqlashtirish 
va uo'g'unlashtirishda, ko'plab ekologik va ijtimoiy muammolarining 
echimini topishda insonning imkoniyatlarini kengaytiradi va yangi 
jihatlarni kasb etadi1.

Иойрыш А .И ., Красовский 
О А.
Правовые аспекты генной инженерии.// 
Государство и право. 1997.№3. С 112.


Darhaqiqat, hozirgi kunda gen injeneriyasi sohasidagi tadqiqotlar 
yutuqlari inson hayoti, sog‘lig‘i va turmush sharoitining yaxshilanishi 
uchun bir qator foydali vositalarning yaratilishini ta’minladi. Zero, 
kelajakda gen injeneriyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar har qanday 
kasallikni oldini oluvchi turli vaksinalarni, kasalliklarni tez davolovchi 
dori-darmonlami tayyorlashda, yangidan-yangi oziq-ovqat mahsulotlarini 
paydo bo‘lishida asosiy vosita vazifasini bajaradi.
Keyingi paytlarda gen injeneriyasining yutuqlari jahon hamjamiyati 
tomonidan yuqori baholanmoqda. Zero, keyingi qisqa vaqt oralig'ida 
inson sog‘lig‘i uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turli dori- 
darmonlar1 ning kashf etilishi, ko‘p yillar davomida tuzatib bo'lmasligi 
tan olingan kasalliklarning davosi topilganligi(masalan, agar rak 
kasalligining boshlanish davrida, bu kasallikdan batamom xalos bo'lishi 
mumkinligi, virusli geppatit va uning vaksinasi topilganligi, hozirda 
deyarli barchaga ma’lum), inson organizmi garmonlarining o'sishiga 
yordam beruvchi turli vositalarning vujudga kelishi aynan gen injeneriyasi 
tadqiqotlarining hosilasidir.
Bundan tashqari kelajakda insoniyat oldida turgan va hal etilishi 
yildan-yilga qiyinlashib borayotgan ocharchilik, suvsizlik, tabiiy atrof- 
muhitning ifloslanishi va qo'yinki odam va uning mavjud bo'lishi bilan 
bog'liq deyarli barcha muammolarni hal etishda eng asosiy va birlamchi 
omil bu gen injeneriyasi va uning yutuqlari bo'ladi, deya hech 
ikkilanmasdan aytishimiz mumkin2. Ayniqsa, oziq-ovqat muammosini 
hal etishda va bu muammo bilan chambarchas bog'liq qishloq xo'jaligi 
ekinlari hosildorligini oshirishda gen injeneriyasi tadqiqotlari yuqori 
natijalarga erishmoqda. Zero hozirgi kunda bozorlarimizni to'ldirib turgan 
turli xil qishloq xo'jaligi mahsulotlarining aksariyat qismi gen injeneriyasi 
yutuqlari asosida yaratilgan nav va zotlardan olingan hosildir. Hozirgi
1 Масалан, 2002-2003 йилларда Хитой ва бошк,а жанубий шаркий Осиё 
мамлакатларида таркалган «грипп» хасталиги ухшаш ута юкумли уткир ичак ва нафас 
йули (респераторли) касаллигига карши киска фурсатда вакцинанинг яратилиши ген 
инженерияси сохасидаги илмий тадкикотларнинг тез суръатларда ривожланиб 
бораётгани ва инсон хаёти ва соглиги учун катта ахамиятга эга экани билан 
характерланади.
2
Дархаки^ат, ген инженериясининг инсоният учун ахамияти ва фойдаси бенихоя 
катта. Бундай фойдалиликни, инсон билан б о ти к хар кандай соха ва муносабатларда 
куришимиз мумкин. Бу холат инсон умрини узайтиришдан тортиб, уни кайтадан 
тугилишигача (клонлаштириш оркали) амал к;иладиган жараёнлар занжирини ташкил 
этади. Гарчи хозирги кунларда инсонни клонлаштириш ишлари амалга оширлаётган 
булсада, хали бу сохада ютукка эришилмаганлигини таъкидлаш жоиз.


kunda turli xil hasharotlar(masalan qurt) emaydigan olma va kartoshka, 
kemiruvchilar esa o'lishi mumkin bo'lgan lekin odam ist’emol qilsa faqat 
foyda ko'radigan pomidor, bodring va shunga o'xshash poliz ekinlari 
borligini insoniyat ajablanmasdan qabul qilmoqda. Keyingi yillarda ko'plab 
rivojlangan davlatlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabni 
qondirishda aynan gen injeneriyasi yutuqlaridan foydalanishmoqda. Misol 
uchun keyingi ikki-uch yil ichida yurtimiz bozorlarida paydo bo'lgan 
«amerika tarvuzlari»ga e’tibor qaratadigan bo'lsak, ularning jaydari 
tarvuzlarga qaraganda urug'i kam bo'lishini, sersuv va shirasi yuqori 
ekanligini ko'rishimiz mumkin.
Insoniyat gen injeneriyasi ilmiy tadqiqotlarining bir yo'nalishi 
hisoblangan klonlash usuli yordamida qishloq xo'jaligi hayvonlarini
o'simliklar dunyosini rivojlantirish bilan istiqbolda katta yutuqlarga 
erishishga umid bog'lamoqda. Masalan, yaqinda AQSH olimlari guruch 
yadrosidagi DNK kodini o'zgartirish yo'li bilan sholining suvsizlikka 
chidamli navini klonlash usulida yaratishgani om m aviy axborot 
vositalarida e’lon qilindi1.
Gen injeneriyasi natijalarining inson uchun foydali xususiyatlari 
bo'lishi bilan birga, uning inson sog'lig'i uchun zararli jihatlari borligini 
ham esdan chiqarmasligi kerak. Ya’ni, muayn yangi natijaga erishish 
yo'lida amalga oshirilayotgan tajribalar va amaliyotlar ijobiy natija bilan 
birga salbiy oqibatlami ham vujudga keltirishi mumkinligiga har doim 
ham shunday tadqiqot olib borayotgan shaxslar kafolat bera olishmaydi. 
Ayniqsa bir turkumda bo'lmagan o'simliklar va hayvonlar genining 
o'zgartirilishi kelajakda inson uchun qanday xavf-xatar tug'dirishini 
oldindan bashorat qilish qiyin. Mutaxasislarining ta’kidlashicha ba’zi 
kasalliklar labaratoriyalard agi xavfsizlikning yetarli darajada 
ta’minlanmaganligidan kelib chiqqan.
Shunday ekan gen injeneriyasi yutuqlarining jahon iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishidagi o'rni va ahamiyatini hisobga olib, ushbu ilmiy 
tadqiqot faoliyati va uning natijalarini huquqiy jihatdan taribga solish 
zaruriyati yuzaga keladi.
Huquqiy tabiati va o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra gen injeneriyasi 
natijalari (yoki yutuqlari) intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiradi. 
Zero, ushbu holatda inson o'zining aqliy-ijodiy faoliyati orqali o'zi uchun 
qulay va foydali natijaga erishadi. Bunda, insonning aqliy-ijodiy faoliyati

Абдурахмонов Ш. )^ужайрани сунъий купайтириш истикболлари.//Сирли олам. 
2002. №8. Б. 12.


tirik borliqning barcha obyektlari (hattoki inson) ustida olib boriladigan 
ilmiy tadqiqotlarga qaratiladi. Bu faoliyat tibbiyot, biologiya, zoologiya, 
seleksiya, genitika, fiziologiya kabi jonli tabiat bilan bog'liq barcha 
sohalarda olib boriladi. Nimaiki tirik mavjudot bo'lsa, aynan o'sha gen 
injeneriyasi tadqiqotining obyekti bo'lishi mumkin.
M a’lumki, seleksiya yutuqlarining yaratilishi uzoq davom
etadigan tadrijiy (evolyusion) tadqiqotlar, ilmiy, ijodiy tajribalar va 
inson yaratuvchanlik qobiliyatini taqazo etadi. Seleksiya yutuqlari -
insonning tabiat qonuniyatlari to'g'risidagi bilimlar va ijodkorlik 
salohiyatini o'zi uchun qulay va foydali ne’matlar yaratishga yo'naltira 
olish mahsuli hisoblanadi.
O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini 
yaratilishi uncha uzoq bo'lmagan tarixiy jarayonni boshidan kechirgan. 
Dastavval, yangi navlarning yaratilishi mahalliy sharoitlarda uzoq yillar 
tanlab va saralab borish yo'li bilan yaratilgan. Bunda hech qanday 
chatishtirish va payvandlash usullari qo'llanilmagan (hozirda bunday 
navlar “jaydari navlar” deyiladi). Keyinchalik, fan va texnikaning 
rivojlanishi natijasida navlar turli o'simliklarni chatishtirish, payvandlab, 
shuningdek, o'simlik irsiyatiga kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan 
ta’sir etib etishtirila boshlandi (bunday usulda yaratilgan navlar “seleksiya 
navlari” deb yuritiladi).
Hayvonlarning yangi zotlarini yaratish o'simliklarni yangi 
navlarini yaratishdan farq qiladi. Yangi zot - qishloq xo'jalik hayvonlarini 
tanlash va saralash bo'yicha naslchilik ishlari olib borish, tashqi muhit
boqish, asrash va foydalanish natijasida vujudga keladi. Yangi zot boshqa 
zotlardan o'zining mahsuldorligi bilan ajralib turishi lozim. Zot yagona 
ajdoddan kelib chiqishi, gavda tuzilishi jihatidan ma’lum ti pga taalluqli 
bo'lishi, fiziologik va morfologik belgilari avloddan avlodga o'tishi lozim 
bo'lgan hayvonlar guruhidir.
Seleksiya yutuqlari o'z mohiyatiga ko'ra faqat, tirik borliq ustida 
olib borilgan ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli sifatida ko'rilar ekan, bunda 
yaratilgan obyektlarning inson ehtiyojlari uchun nihoyatda zarur ekanligini 
esdan chiqarmaslik zarur.
Huquqiy jihatdan seleksiya yutuqlarining mohiyati yaratilgan 
yangi nav va zotning huquqiy maqomini belgilash orqali ifodalansa, 
hayotiy zaruriyat nuqtayi nazaridan seleksiya yutuqlari aholining oziq- 
ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirish va iqtisodiy samaradorlikni ko'tarish 
m e’zonlari bilan belgilanadi.
Seleksiya yutuqlarini ixtirolar bilan quyidagi o'xshashliklari mavjud:


l.Seleksiya yutuqlari ham ixtirolar ham intellektual mulkning 
patent bilan muhofaza qilinadigan obyektlaridir;
2.Jonli borliq qonuniyatlarini bilish insonga hayvonlar va o'simliklar 
rivojlanishini o'zi uchun kerakli tomonga yo‘naltira olishida maqsadli ta’sir 
etish imkonini beradi. Shu ma’noda seleksionerning ijodiy faoliyati 
ixtirochining ijodiy faoliyatiga juda o'xshaydi. Ixtirochi singari seleksioner 
ham obyektning o‘zgarish jarayoniga faol aralashadi va uni oldindan 
rejalashtirilgan natijaga erishish maqsadida kerakli tomonga yo‘naltiradi;
3.Seleksiya yutug‘i muallifi faoliyatining natijasi inson uchun 
zaruriy sifatlarga ega bo‘lgan o'simliklarni yangi navlari va hayvonlaming 
yangi zotlarini yaratishga qaratilgan aniq amaliy masalani echishdan 
iborat. Masalaning oddiy qo‘yilishi, garchi unda ijodiylik mavjud bo'lsada, 
qonun bilan qo'riqlanmaydi. Bunda nafaqat qaysi nav va zotni yaratish 
ko‘zda tutilishi ko‘rsatilishi, balki yangi nav (zot)ni real yaratish va uni 
qonunda nazarda tutilgan tartibda tekshirish uchun butun seleksiya 
jarayonini oxiriga yetkazish lozim.

Seleksiya yutuqlari o‘zining huquqiy tartibga solinishiga ko'ra 
ixtirolardan quyidagi xususiyatlari bo'yicha farq qiladi:
l.Jonsiz tabiat obyektlari ustidan ish olib boruvchi ixtirochidan 
farq qilib seleksiya yutug'i muallifi jonli tabiat obyektlari ustida ish olib 
boradi;
2. Ixtiro, foydali model, sanoat namunalaridan farqli ravishda, 
seleksiya yutuqlarini yaratish va butun seleksiya jarayonini oxiriga 
yetkazish nafaqat seleksiya yutug'i muallifiga, balki tabiiy iqlim 
sharoitlariga ham bog'liq bo'ladi. Ya’ni, seleksiya ishlariga iqlimning 
o'zgarishi salbiy ta’sir ko'rsatishi va ko'zlangan natijaga erishishning imkoni 
bo'lmasligi mumkin;
3. Seleksiya yutuqlarini jamoatchilik tomonidan e’tirof etilishi va 
tan olinishi ham o'ziga xos holat bo'lib, nafaqat sanoat mulk obyektlari 
(ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari) balki, intellektual 
mulkning boshqa obyektlaridan ham farq qiladi. Masalan, yaratilgan 
ixtironing e’tirof etilish yoki tan olinishi uchun uni sinovdan o'tkazish 
va foydali xususiyatlarini tekshirishning o'zi kifoya qilsa, seleksiya 
yutuqlarini tan olinishi va e’tirof etilishi uchun uzoq vaqt va jiddiy 
tekshiruv takroriy nazorat etish va tinimsiz parvarish talab etiladi. Ixtiro 
yaratilgandan so'ng, uning buzilishiga ta’sir etuvchi kuchlar deyarli 
bo'lmasa (ixtiro nobud bo'lsa, chizmaiar orqali uni tiklash mumkin), 
seleksiya yutuqlarining uzoq vaqt sinab ko'rilishi ularni e’tirof etish 
nihoyatda murakkab jarayon ekanligini bildiradi.


4. Seleksiya yutug'ida obyektning ideal asosi va uning moddiy 
mujassami uzviy bog'liq bo'ladi. Moddiy mujassamning to‘la hajmda nobud 
bo'lishi seleksiya yutug'ini ham obyekt sifatida nobud qiladi. Ixtiro esa 
o'zining moddiy mujassamidan alohida holda yashaydi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasida texnik muammoning 
yechimi yaratilsa, seleksiya yutuqlarida esa biologik muammoning yechimi 
topiladi. Shu o'rinda istisno sifatida mikroorganizm shtamlari biotexnik 
obyekt bo'lib, ixtiro hisoblanadi.
5. Huquqiy himoyaga layoqatlilik shartlariga ko'ra, ixtiro va seleksiya 
yutuqlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Ixtiro quyidagi shartlar mavjud 
bo'lsa, patent orqali muhofaza etiladi:
- yangilik;
- ixtirochilik darajasiga ega bo'lishlik;
- amaliyotda qo'llash mumkinligi (Ixtirolar, foydali modellar va 
sanoat namunalari to'g'risidagi qonunning 5-moddasi).
Seleksiya yutuqlari esa:
- yangilik;
- farqlanish;
- turdoshlik;
- barqarorlik (Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi qonunning 7-moddasi) 
mezonlariga javob bersa huquqiy muhofaza etiladi.
Ko'rinib turibdiki, huquqiy muhofaza etish shartlariga ko'ra, bu 
ikki obyekt bir-biridan butunlay farq qiladi.
Huquqiy tartibga solinishi bo'yicha bundan o'ziga xos xususiyatlar 
seleksiya yutuqlarini intellektual mulkning boshqa obyektlaridan farqli 
ravishda tirik borliq ustida olib boriladigan ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli 
ekanligi bilan tavsiflanadi.
Yuqorida ta’ kidlaganimizdek, seleksiya yutuqlari intellektual 
mulkning patent bilan qo'riqlanadigan obyekti sanaladi. Shu bilan birga 
ilmiy-ijodiy faoliyat obyektiga ko'ra seleksiya yutuqlari intellektual mulk 
tizimida o'ziga xos o'ringa ega.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish