Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Seleksiya yutuqlariga patent berish tartibi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3-§. Seleksiya yutuqlariga patent berish tartibi
Intellektual mulkning bir qator obyektlari singari seleksiya yutuqlari 
ham patent bilan muhofaza etiladi. Yaratilgan yangi nav va zot davlat 
patent idorasi tomonidan huquqiy himoya hujjati-patent berilganidan 
so'ng, seleksiya yutug'i deb e’tirof etiladi. Seleksiya yutug'i muallifi 
tomonidan ijodiy faoliyat natijasida yaratilgan yangi nav va zotga patent 
berilmasa, u intellektual mulk obyekti hisoblanmaydi va huquqiy himoya 
qilinmaydi.
O'zbekiston Respublikasining Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi 
qonuniga muvofiq, seleksiya yutug'iga bo'lgan huquq patent bilan 
tasdiqlanadi (Qonunning 14-moddasi). Bunday huquqiy muhofaza hujjati 
huquqiy jihatdan ancha maqbul hisoblanadi.
1961-yilgi O'simliklarning yangi navlari bo'yicha Parij Konvensiyasida 
ham ishtirokchi davlatlarga huquqiy himoya hujjatining bittasini tanlash lozimligi
1 Селекция ютуклари. Расмий Ахборотнома. -Т., 1998. -93-95 б.
708


ko'i-satilgan edi. Shu bilan birga Rossiya Federasiyasining 1993- yil 7- avgustdagi 
Seleksiya yutuqlari to‘g‘risidagi qonunda ham seleksiya yutuqlariga faqat bitta 
huquqiy muhofaza hujjati-patent berilishi nazarda tutilgan Bundan tashqari 
ko'pchilik davlatlarda ham seleksiya yutuqlari faqat bitta himoya hujjati bilan 
muhofaza qilinadi. Masalan, seleksiya yutuqlari Germaniyada - “Navlami 
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 1968- yildagi qonunga muvofiq guvohnoma orqali 
AQShdagi ikki qonun hujjati - 1930- yildagi “O'simlik navlarini muhofaza 
qilish to‘g‘risida”gi va 1970- yildagi “O'simliklarning yangi navlarini muhofaza 
qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra seleksiya yutuqlari guvohnoma bilan Italiyadagi 
“O'simliklami yangi navlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun1 bilan 
guvohnoma asosida muhofaza qilinadi
Bolgariyada esa yangi nav va zotga nisbatan sertifikat beriladi 
va Bolgariya Respublikasining “ 0 ‘simliklarning yangi navlari va 
hayvonlarning yangi zotlari to‘g ‘risida”gi 1996 yil 19 sentabrda qabul 
qilingan Qonuniga muvofiq, sertifikat mutlaq huquq sohiblariga beriladi2.
“Seleksiya yutuqlari to‘g ‘risida»gi qonunning 15-moddasiga 
muvofiq, patentga bo'lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning 
merosxo'riga (merosxo‘rlariga) tegishlidir. Seleksiya yutug‘ini bir necha 
shaxs birgalikda yaratgan bo'lsa, patent olish huquqiga ularning hammasi 
ega bo'ladi. Ushbu shaxslardan bittasining patent olish huquqidan voz 
kechishi boshqalarning patent olish huquqiga ta’sir etmaydi.
Agar seleksiya yutug'i xizmat vazifalarini aniq topshiriqni bajarish 
natijasida yoki ish beruvchi tashkilotning o'ziga xos jihatini tashkil etuvchi 
bilim va tajribasi natijasida yaratilgan bo'lsa, patent olish huquqi ish 
beruvchi shaxsga tegishli bo'ladi.
Seleksiya yutug'iga nisbatan patent berish tartibi ixtirolar, foydali 
modellar va sanoat namunalariga patent berish tartibiga o'zining asosiy 
belgilari bilan o'xshaydi va maxsus davlat organlari orqali amalga oshiriladi. 
Shu bilan birga seleksiya yutug'ining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib 
chiqib, “Seleksiya yutuqlari to'g'risida”gi qonun seleksiya yutug'iga patent 
berish tartibining bir necha xususiyatlarini ifodalaydi3.
Seleksiya yutuqlariga bo'lgan huquqlarni rasmiylashtirishni 
birinchi bosqichi patent (yoki guvohnoma) olish uchun ariza tuzish va 
topshirish hisoblanadi1.
1 Левченко В.И. Правовая охрана селекционных достижений. -М.: Наука. 1983. -
с.
2 Ненова А. Охрана интеллектульной собственности в Болгарии.//Патент и 
лицензии.2000.№12. С.56-57.
3 Фан ва техника Давлат кумитасининг 15 август 1997Й. №365-сонли Узбекистан 
Республикасида ихтироларга патент, дастлабки патент учун ариза тузиш коидалари.


/
Huquqshunos olim T.E Kaudo'rovning fikriga ko'ra, seleksiya 
yutug'ini huquqiy muhofaza qilish to'g'risidagi talabnoma, seleksiya 
yutug'i muallifining fikriga ko'ra yaratilgan yangi nav yoki zotga nisbatan 
beriladi. Barcha holatlarda ham olib boriladigan sinov va ekspettiza 
tadqiqotlarning obyekti taxmin qilinayotgan nav va zot emas, amalda 
mavjud bo'lgan nav va zot hisoblanadi2.
Darhaqiqat, bunda talabnoma topshirgan seleksiya yutug'i 
muallifi o'zi tomonidan chiqarilgan nav yoki zotni seleksiya yutug'i deb 
hisoblab, unga huquqiy muhofaza hujjatini olishni so'rab murojaat qiladi. 
Hali yaratilmagan yoki chiqarilmagan, yoxud to'liq tugallanmagan 
tadqiqot natijalariga nisbatan patent berilmaydi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Davlat patent 
idorasining 49-son buyrug'i bilan 1997- yil 3- sentabrda tasdiqlangan 
“Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik 
qoidalari”ga muvofiq, seleksiya yutug'iga patent olish uchun topshirilgan 
talabnomada: referat (seleksiya yutug'ining qisqacha mazmuni) ham 
bo'lish i kerak. Shu bilan birga, talabnoma beruvchi, talabnoma 
beruvchilarning nav va zotni sinovdan o'tkazganlik haqidagi hujjatlami 
talabnoma bilan bir vaqtda yoki agentlikka talabnoma tushgan sanadan 
boshlab uch oy muddat ichida topshiradi.
Talabnoma beruvchilarning nav va zotni sinovdan o'tkazganligi 
haqidagi hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Patent idorasining Seleksiya 
yutuqlari bo'limiga (ish vaqtida) bir yil davomida topshirilishi mumkin. 
Seleksiya yutuqlari bo'limiga talabnoma topshirish sanasi talabnoma 
materiallari kelib tushgan sana bilan belgilanadi. Talabnoma o'simliklarning 
bitta navi yoki hayvonlarning bitta zotiga taalluqli bo'lishi kerak. 
Shuningdek, talabnoma materiallaridan o'simliklarning navlari bir 
parhishdan ko'paygan o'simlik bir yoki bir necha avlodlar, birinchi 
avlod duragayi va aralashmasi bilan, hayvonlar zotlari esa-zotning ichidagi 
xili, zavod xili, zavod tizimi, kross (parrandachilikda), partenoklon 
tizimlari, duragaylari tavsiflanishi kerak. Agar talabnoma tizimi nav, 
zot yoki aralashmaga berilsa (o'z-o'zidan changlanuvchan va mavsumiy 
ko'payuvchan o'simliklar), u holda nav, zotning hamma tizimlariga tegishli 
anketalarga ega bo'lishi kerak.
1 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М., Проспект, 2000. 
-711 с.
2 Кауды ров.Т.Е . Гражданско-правовая охрана объектов промышленной 
собственности в Республике Казахстан. Автореф.дисс. .. док. юрид. наук. -Алматы: 
2002. -3 7 с.


Patent berish haqidagi seleksiya yutug'i muallifi va kimning 
nomiga patent yoki guvohnoma so'ralayotgan bo'lsa, ana shu shaxs, 
shuningdek, ularning turar-joyi yoki joylashgan yeriga doir ma’lumotlar 
ko'rsatilgan ariza vaqtinchalik qoidalarning 3.1.bandiga m uvfofiq va 
vaqtinchalik qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladi.
Seleksiya yutug'ining nomi Qonunga va “Seleksiya yutuqlariga 
talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik qoidalari”ga muvofiq, 
talabnoma beruvch i taklif qilgan va seleksiya yutuqlari bo'lim i 
ma’qullagan nom bo'lishi lozim Seleksiya yutug'ining nomi o'xshashlikka 
olib kelishi, qisqa bo'lishi, u yoki bu yaqin botanik yoki zoologik avlod 
hamda turga taalluqli va hammaga ma’lum seleksiya yutug'i nomlaridan 
farqlanishi kerak. U faqat raqamlar bilangina chegaralanmasligi, xususiyati, 
kelib chiqishi, seleksiya yutug'ining muhimligi, seleksiya yutug'i muallifilar 
shaxsi bo'yicha chalg'itmasligi, insonparvarlik va axloqiy tamoyillarga 
zid bo'lmasligi kerak.
Talabnomadan qishloq xo'jalik sohasidagi boshqaruv organlari 
va ilmiy-tadqiqot muassasalarining xulosalari o'z aksini topgan. Bu ijobiy 
hoi albatta. Lekin seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirish 
tartibi hanuzgacha “vaqtinchalik qoidalar” bilan amalga oshirilayotganligi 
mavjud huquqiy mexanizmning barqaror emasligidan dalolat beradi.
Qonun talablariga muvofiq tuzilgan talabnoma patent idorasining 
seleksiya yutuqlari bo'limiga talabnoma beruvchi orqali bevosita yoki 
pochta orqali topshiriladi, shuningdek, patent idorasidan ro'yxatdan 
o'tgan va tegishli ishonch qog'oziga ega bo'lgan shaxslar tomonidan ham 
topshirilishi mumkin.
Shu o'rinda seleksiya yutuqlariga patent berish huquqiga ega 
davlat organi haqida quyidagi fikrlarni bayon etish maqsadga muvofiq.
“Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi qonunning 3-moddasiga muvofiq 
O'zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasi seleksiya yutuqlarini 
huquqiy jihatdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi. 
Patent idorasi seleksiya yutuqlariga patent berish haqidagi talabnomalami 
qabul qilib oladi hamda ko'rib chiqadi. Seleksiya yutuqlari bo'yicha rasmiy 
ekspertiza o'tkazadi, seleksiya yutuqlarini davlat reestriga kiritadi va 
himoya hujjati beradi.
Bir necha talabnoma beruvchidan talabnomasini topshirishda 
muhofaza hujjatini olish tadbirida talabnoma beruvchilardan biri ishtirok 
etishdan bosh tortsa, bu boshqa talabnoma beruvchilarni muhofaza 
hujjatini olishga bo'lgan harakatini amalga oshirishda to'siq bo'lmaydi.
Qonunga muvofiq, talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'ining


davlat ekspertizasi rasmiy ekspertizani va yangilik ekanligini ekspertiza 
qilishdan hamda farqlanish, o'xshashlik va barqarorlikni aniqlash 
maqsadida o'tkaziladigan davlat sinovidan iborat himoyaga layoqatlilik 
ekspertizasini o'z ichiga oladi. Seleksiya yutug'iga patent uchun himoyaga 
layoqatlilik jihatdan to'liq ekspertiza qilinadigan guvohnoma uchun esa, 
o'xshashlik va barqarorlik sinovi o'tkaziladi.
Talabnomaning rasmiy ekspertizasi ikki oy muddatida o'tkazilib, 
ekspertiza davom ida ustuvorlik sanasi belgilanadi hamda zarur 
hujjatlaming qo'yilgan talablarga qanchalik mosligi tekshiriladi (Rossiya 
Federatsiya qonunchiligida bu muddat bir oyni tashkil etadi). Talabnoma 
noto'g'ri tuzilgan yoki mavjud xatoliklaming ahamiyatidan kelib chiqib 
talabnoma qabul qilinmaydi yoxud talabnoma beruvchiga talabnomani 
tuzatish va to'ldirish uchun zaruriy muddat beriladi.
Shuningdek, rasmiy ekspertiza o'tkazilayotgan davrda talabnoma 
beruvchi o'z tashabbusi bilan talabnoma materiallarini to'ldirishga, ularga 
aniqlik yoki tuzatishlar kiritishga haqlidir.
Rasmiy ekspertiza o'tkazilgandan so'ng, rasmiy ekspertiza natijalari 
va tegishlicha o'sim liklar naviga yoki hayvonlar zotiga berilgan 
talabnomani qabul qilinganligi yoki qaytarilganligi, arz hujjatlarini 
ixtisoslashtirilgan tashkilotga yangilik, farqlanish, o'xshashlik va 
barqarorlik bo'yicha davlat ekspertizasiga topshirilganligi to'g'risida 
talabnomachiga bildirish qog'ozi yuboriladi. Talabnomalar olinganligi 
to'g'risidagi ma’lumotlar patent idorasining rasmiy ma’lumotnomasida 
chop etiladi.
Talabnoma muhokamaga qabul qilinganligi va uni ixtisoslashtirilgan 
tashkilotga topshirilganligi to'g'risidagi bildirish qog'ozi patent idorasidan 
olinganidan so'ng, talabnoma beruvchi tegishli bojlarni to'laydi va nav, 
zot namunalarini huquqiy himoyaga layoqatlilik bo'yicha davlat sinovini 
o'tkazishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlaming namunalar soni ko'rsatilgan 
hujjati asosida tegishli manzillarga o'z vaqtida urug'lar, nasi materiallariga 
guvohnomalar qo'shilgan holda yuboriladi.
Ko'rib chiqishga qabul qilingan talabnomalardagi seleksiya yutuqlariga 
muvaqqat huquqiy himoya tayinlanadi. Muvaqqat huquqiy himoya 
talabnoma to'g'risidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan e’tiboran seleksiya 
yutug'i davlat reestrida ro'yxatga olingan sanaga qadar belgilanadi. 
Muvaqqat huquqiy himoya davrida seleksiya yutug'i muallifi patent 
egasi huquqlariga ega bo'ladi. Agar patent yoki guvohnoma berishni rad 
etish haqida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat qilish 
imkoniyatlari tugagan bo'lsa, muvaqqat huquqiy himoya boshlanmagan


deb hisoblanadi. Himoyalash talab qilingan seleksiya yutuqlaridan ularga 
muvaqqat huquqiy himoya belgilangan davrda foydalanilayotgan shaxs 
patent egasining talabiga binoan unga patent yoki guvohnoma olganidan 
keyin pul tovoni to'lashi shart. Bu tovonning miqdori patent egasi bilan 
tuzilgan bitimda belgilab qo'yiladi.
Seleksiya yutug'ining yangilik ekanligi ekspertizasi urug'lik yoki 
nasi materiali ustuvorlik sanasi va qonunda belgilangan boshqa muddatlar 
davomida, seleksiya yoki uning huquqiy vorisi tomonidan boshqa 
shaxslarga berilmaganligi yoki seleksiya yoki uning huquqiy vorisining 
roziligi bilan boshqa shaxslar undan foydalanmaganligini aniqlaydi1.
Qonunning 22-moddasiga muvofiq seleksiya yutug'ining yangilik 
ekanligi ekspertizasini ixtisoslashtirilgan tashkilot mavjud hujjatlar va 
dalil isbotlar shu jumladan, o'z tashabbusi bilan olgan axborot asosida 
amalga oshiradi va Patent idorasiga talabnomada ko'rsatilgan seleksiya 
yutug'ining yangilik mezonlariga muvofiq yoki nomuvofiqligi to'g'risidagi 
xulosani taqdim etadi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning xulosasiga muvofiq, 
patent idorasi seleksiya yutug'ining yangilik mezoni mavjud yoki mavjud 
emasligi to'g'risida talabnoma beruvchini yozma ravishda xabardor etadi.
Agar talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'i yangilik mezoniga 
mos bo'lmasa, Patent idorasi patent berishni rad etish to'g'risida qaror 
qabul qiladi. Talabnoma to'g'risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan 
e ’tiboran olti oy ichida har qanday manfaatdor shaxs talabnomada 
ko'rsatilgan seleksiya yutug'ining yangilik ekanligiga nisbatan o'z da’vosini 
patent idorasiga jo'natishi mumkin. Patent idorasi seleksiya yutug'ining 
yangiligiga nisbatan olingan da’vo haqida talabnoma beruvchini xabardor 
qiladi. Talabnoma beruvchi bunday da’voga rozi bo'lmasa, bildirishnoma 
(bu haqda Patent idorasining xabarini) olgan kundan boshlab uch oylik 
muddat ichida Patent idorasiga dalil isbotlar bayon etilgan e ’tirozni 
jo'natish huquqiga ega.
Patent idorasining patent berishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan 
talabnoma beruvchi Patent idorasining Appelyatsiya kengashiga shikoyat 
bilan murojaat etishga haqli. Bu huquq rad etish haqidagi qaror qabul 
qilinib, bu haqda talabnoma beruvchi xabardor qilingandan so'ng uch 
oylik muddat ichida saqlanib qoladi. Uch oylik muddat o'tgach, talabnoma 
beruvchi bunday huquqni yo'qotadi.
Appelyatsiya tushgan sanadan e ’tiboran ikki oylik muddatda
1 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. -М ., Проспект, 
2000. -713 с.


appelyasiya kengashi tomonidan ko'rib chiqilishi kerak. Appelyatsiya 
kengashining qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida uning 
ustidan shikoyat qilish mumkin.
Seleksiya yutug'i himoyaga layoqatliligining farqlanish, o'xshashlik 
va barqarorlik mezonlari chuqur ilmiy tekshiruv va biologik, zoologik, 
fiziologik, genetik tadqiqotlarni talab qilish uchun ularga nisbatan 
tayinlangan ekspertiza-seleksiya yutug'ining davlat sinovi deb ataladi. 
Seleksiya yutug'ining farqlanish, o'xshashlik va barqarorlik mezonlariga 
mosligining davlat sinovi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (qishloq xo'jalik 
ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi va chorvachilikda naslchilik 
ishlari bosh davlat inspeksiyasi) tomonidan belgilangan uslub va 
muddatlarda o'tkaziladi. Davlat sinovi o'tkazish uchun talabnoma beruvchi 
kerakli m iqd ordagi u ru g 'lik , k o'ch at yoki nasi m ahsulotlarini 
ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan belgilangan manzilga «Seleksiya 
yutuqlariga talabnom alar tuzish va topshirishning vaqtinchalik 
qoidalari»ning 4-ilovasida1 ko'rsatilgan muddatda taqdim etilishi shart.
Seleksiya yutug'ining davlat sinovini o'tkazishda ixtisoslashtirilgan 
tashkilot talabnoma beruvchi, O'zbekiston Respublikasining tashkilotlari, 
shuningdek, boshqa davlatlarning vakolatli organlari tomonidan taqdim 
etilgan sinov natijalaridan foydalanishi mumkin. O'tkazilgan sinov 
natijalariga qarab, seleksiya yutug'ining himoyaga layoqatlilik mezoniga 
mosligi to'g'risida ixtisoslashtirilgan tashkilot xulosa chiqaradi. Agar, 
seleksiya yutug'i himoyaga layoqatlilik mezonlariga mos bo'lsa, uning 
nomi belgilangan talablarga mos kelsa, ixtisoslashtirilgan tashkilot seleksiya 
yutug'ining rasmiy tavsifini tayyorlayodi. Ixtisoslashtirilgan tashkilot 
tayyorlagan seleksiya yutug'ining rasmiy tavsifiga muvofiq, Patent idorasi 
seleksiya yutug'iga patent berish to'g'risidagi qarorni qabul qiladi.
Seleksiya yutug'i himoyaga layoqatlilik mezonlariga mos bo'lmasa, 
Patent idorasi patent yoki guvohnoma berishni rad etish to'g'risidagi 
qarorni qabul qiladi. Bunda arizachi uch oylik muddat ichida Patent 
idorasining qarori ustidan shikoyat bilan Appelyatsiya kengashiga murojaat 
qilish huquqiga ega bo'ladi (qonuning 23-moddasi).
Seleksiya yutug'iga patent berish haqidagi talabnoma talabnoma 
beruvchining yozma roziligi bilan patent berish to'g'risida yoki berishni 
rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar chaqirib olinishi mumkin. 
Bunda talabnoma beruvchilar bir nechta bo'lsa, talabnoma ulardan har 
birining roziligi bilangina chaqirib olinadi. Agar ulardan biri norozi bo'lsa,
1 Селекция ютуклари. Расмий Ахборотнома.-Т.: 1998. -142 б.
714


talabnoma chaqirib olinmaydi. Talabnoma beruvchining iltimosiga 
m uvofiq, talabnomani to'ldirish, unga aniqlik va tuzatish kiritish 
muddatlari uch oygacha uzaytirilishi mumkin, hamda bunday uzaytirish 
ko‘pi bilan ikki marta amalga oshiriladi. Muddatlami uzaytirish to‘g ‘risida 
iltimosnoma topshirganlik uchun boj yoki yig'im to'laydi.
Patent idorasi patent berish to‘g ‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng, 
seleksiya yutuqlariga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish hamda patent 
berish tartibining uchinchi - so'nggi bosqichi boshlanadi. Unda Patent 
idorasi seleksiya yutug‘ini O'zbekiston Respublikasi Seleksiya yutuqlari 
davlat reestrida ro‘yxatga oladi.
Davlat reestriga o ‘simlik va hayvonlar ajdodi (turi) haqidagi 
ma’lumotlar nav yoki zotning nomi, seleksiya yutug'ining ro‘yxatdan 
o‘tish sanasi va ro'yxat raqami, patent egasining ismi va uning manzili, 
hamda seleksiya yutug‘i muallifining nomi to‘g ‘risidagi ma’lumotlar 
kiritiladi. Keyinchalik reestrga patentning boshqa shaxsga (uning ismi va 
manzilini ko‘rsatgan holda) o‘tkazilganligi haqidagi mutlaq, ochiq va 
majburiy litsenziyalar haqidagi ma’lumotlar hamda patentning amal 
qilinishini to‘xtaganligi (sababini ko'rsatib) haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi qonunning 27-moddasiga muvofiq, 
patentni O'zbekiston Respublikasi nomidan Patent idorasi beradi. Seleksiya 
yutug'i ro'yxatga olinganligi to'g'risidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan 
boshlab olti oy ichida har qanday shaxs patent berilishiga e’tiroz bildirish 
huquqiga ega. Bu e’tirozni Appelyatsiya kengashi tegishli ixtisoslashtirilgan 
tashkilot vakillari ishtirokida e’tiroz bildirilgan sanadan boshlab olti oy 
ichida ko'rib chiqishi lozim. Bunday e’tirozlar bildirilmagan va ular rad 
qilingan bo'lsa, Patent idorasi seleksiya yutug'ini ro'yxatga olinganligi 
to'g'risidagi ma’lumot e’lon qilingan vaqtdan boshlab, olti oy o'tgach 
patentni beradi. Bunda seleksiya yutug'iga patent berish haqidagi qarorga 
e’tiroz bildirilgan yoki bildirilmaganligi ahamiyatga ega emas.
Patent berishni so'rayotgan shaxslar sonidan qat’iy nazar seleksiya 
yutug'iga bitta himoya hujjati beriladi. Himoya hujjatlarining shakli va 
ularda ko'rsatiladigan ma’umotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan 
belgilanadi. Patent egasi patent olganidan so'ng, shu nav va zotga taalluqli 
zarur materiallarni saqlash uchun jo'natadi (Qonunning 27-moddasi 8- 
qismi).
Patent egasi navni, zotni patentning amal qilishi muddati davomida, 
nav, zot tegishli davlat reestrida ro'yxatga olingan sanada tuzilgan, 
ularga doir rasmiy tavsifda ko'rsatilgan belgilarini o'zgartirmay saqlashi 
lozim. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va Patent idorasining so'roviga binoan


patent egasi nazorat sinovlarini o'tkazish uchun nav urug‘larini yoki nasi 
materialini jo'natishi va tegishli joyda tekshiruv o'tkazish uchun imkoniyat 
yaratib berishi lozim.
Seleksiya yutuqlariga patent huquqini rasmiylashtirish harakatlari: 
patent berish haqida talabnoma topshirish, talabnomada ko'rsatilgan 
seleksiya yutug'ini ekspertiza va sinovdan o'tkazish, patent berish, uni 
o'z kuchida saqlab qolish, shuningdek, seleksiya yutug'ining ekspertizasi 
va himoyasi bilan bog'liq yuridik ahamiyatga molik amallami bajarish 
uchun bojlar yoki yig'imlar undiriladi. Qonunga muvofiq, bajarilganligi 
uchun bojlar va yig'imlar undiriladigan harakatlar ro'yxati, bojlar va 
yig'imlar miqdori hamda ulami to'lash muddati, shuningdek, to'lovdan 
ozod qilish, to'lov muddatlarini kamaytirish yoki bojlar yoxud yig'imlarni 
qaytarib berish uchun asoslar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilab qo'yiladi (Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi 
qonunning 29-moddasi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish