Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Seleksiya yutug‘i muallifining huquq va majburiyatlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4-§. Seleksiya yutug‘i muallifining huquq va majburiyatlari
Barcha intellektual mulk obyektlarining muallifi bo'lgani singari, 
seleksiya yutuqlarining ham o'z yaratuvchisi ham muallifi bo'lishligi 
tabiiy hoi albatta. Odatda, huquqiy muhofazaning shakllantirilganligi, 
biologik va zoologik yutuqqa mualliflik masalasining qanday hal 
qilinganligiga bog'liq bo'ladi.1 Bu masalaga O'zbekiston Respublikasining 
«Seleksiya yutuqlari to'g‘risida»gi qonunining 4-moddasida javob berilgan. 
Unga ko'ra, o'zining ijodiy mehnati bilan o'simlik navi va hayvon zotini 
yaratgan (aniqlagan yoki chiqargan) jismoniy shaxs o'simlik yoki hayvon 
zotining seleksiya y u tu g 'i m uallifi deb hisoblanadi. O 'zbekiston 
Respublikasining istalgan fuqarosi yoshi va muomala layoqatidan qat’iy 
nazar seleksiya yutug'ining muallifi bo'lishi mumkin. Mualliflik huquqlari 
vujudga kelishining asosi muomalaga layoqatliligi seleksiya natijasida 
yutuqning obyektiv faktliligi hisoblanadi. Yaratilgan seleksiya yutug'iga 
huquqiy muhofaza hujjati berilgandan so'ng, uning muallifi seleksiya 
yutug'lariga nisbatan huquq subyekti sifatida e’tirof etiladi. Voyaga 
etmagan va muomalaga layoqatsiz shaxslarning mualliflik huquqlari 
ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi.
Qonunda chet el fuqarolari seleksiya yutuqlarining muallifi bo'lishligi
1 Левченко В.И. Правовая охрана селекционных достижения. -М.: Наука. 1983. -51 
Й6


yoki ular huquqlarining muhofazasi haqida so‘z yuritilmagan. Lekin, 
«Seleksiya yutuqlariga talabnomalar tuzish va topshirishning vaqtinchalik 
qoidalari»da xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar talabnomani O'zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalariga ko'ra yoki o'zaro do'stlik tamoyili 
asosida beradilar, - degan qoida mustahkamlangan. Ushbu me’yor chet 
el fuqarolari va yuridik shaxslarining O'zbekiston Respublikasida seleksiya 
yutuqlarining to'laqonli subyekti bo'la olmasalarda, ular ham xalqaro 
shartnomalar va do'stlik tamoyili asosida seleksiya yutug'iga nisbatan 
huquqlar subyektlar bo'la olishlari mumkinligini ko'rsatadi.
Bir necha shaxslaming ijodiy faoliyatlari natijasida seleksiya yutuqlari 
yaratilgan bo'lsa, unda bunday seleksiya yutug'iga nisbatan hammualliflik 
belgilanadi. Seleksiya yutug'ini yaratishda o'zining ijodiy mehnati bilan 
qatnashgan shaxslarning barchasi seleksiya yutug'i muallifi deb e’tirof 
etiladi. Seleksiya sohasida hammualliflik masalasi juda dolzarb hisoblanadi. 
Chunki, birinchidan, yangi nav va hayvon zotlarining katta qismi yakka 
seleksiya yutug'i muallifi tomonidan emas, butun bir ijodkorlar tomonidan 
yaratilmoqda; ikkinchidan, seleksiya inson faoliyatining maxsus sohasi 
bo'lib, ijodiy faoliyatning boshqa turlaridan o'zining bir necha xususiyatlari 
bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda seleksiya kompleks fan sifatida turli 
xil mutaxassislar-genetiklar, fiziologlar, bioximiklar, fitopotologlar, 
sitologlar va boshqalarning sa’y-harakatlari majmui hisoblanadi1.
Darhaqiqat sanab o'tilgan mutaxassislarning barchasi nafaqat o'z 
oldiga qo'yilgan masalani echishi, ya’ni yangi navni u yoki bu foydali 
tomoni va sifatini aniqlashi lozim. Balki, seleksiya natijasining himoyaga 
layoqatlilik mezonlarining yuzaga keltirishdagi umumiy muammoni hal 
qilishga harakat qilishlari kerak. Shu bilan birga, yangi nav yoki zot 
yaratilishining ancha uzoq muddat davom etishini, ba’zi holatlarda bu 
ishda insonlarning bir necha avlodlari almashinishini hisobga olish lozim 
bo'ladi. Va nihoyat, seleksiya ishida boshqa sohalardan farq qilib seleksiya 
yutug'i muallifilarga dastlabki materiallarni saralash, urug'likni 
ko'paytirishda texnik operatsiyalarni bajaruvchi shaxslarning ko'magi 
muhim ahamiyat kasb etishini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hammuallif sifatida seleksiya ishida 
o'zining ijodiy mehnati bilan qatnashgan shaxslar tan olinishini ta’kidlab 
o'tish lozim.
Seleksiya yutug'i muallifining mualliflik huquqi - shaxsiy nomulkiy

Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности в РФ. -М .: Проспект. 
2000. -708 с.


huquq bo'lib, boshqa shaxsga o'tkazilishi mumkin emas. Muallifning shaxsiy 
nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kechish to'g'risida biron- 
bir shaxs bilan kelishuv va muallifning bu haqdagi arizasi o‘z-o‘zidan 
haqiqiy emas, ya’ni muallifning bunday harakati hech qanday yuridik 
oqibatlar vujudga keltirm aydi1. Patent huquqidan farqli ravishda 
mualliflik huquqi muddatsiz himoya qilinadi.
Respublikamiz qonunchiligi seleksiya yutuqlari mualliflariga ular 
xizmatining jamiyat tomonidan tan olinishi va ijodiy faoliyatlarining 
m anfatdorligi ta’minlovchi bir qator huquqlar belgilaydi. Ushbu 
huquqlarning asosiylari, «Seleksiya yutuqlari to‘g ‘risida»gi qonunning
1-bo‘limida berilgan. Seleksiya yutug'i muallifining huquqlari bu qonunda 
qat’iy tartibda sanab ko'rsatilmagan bo‘lsa-da, lekin turli normalarda 
bayon etilgan. Ba’zi huquqlar esa qonunda o'z aksini topmagan bo'lsa- 
da, ularni qonunchilik mazmunidan anglab olish mumkin.
A.P.Sergeevning fikricha, seleksiya yutug'i muallifilar subyektiv 
fuqarolik huquqlari tizimini quyidagi uchta guruhga bo'lib, o'rganish 
mumkin:
a) seleksiyaviy faoliyat natijasida erishilgan yutuqqa bog'liq ravishda 
vujudga keladigan huquqlar;
b) seleksiya yutug'ini rasmiy ravishda himoyaga layoqatli deb topilishi 
bilan bog'liq huquqlar;
v) seleksiya yutug'idan foydalanish bilan bog'liq ravishda vujudga 
keladigan huquqlar2.
Aynan mana shu uchta guruhdagi huquqlar seleksiya yutug'i 
muallifining barcha huquqlarini o'zida jamlab oladi. Umumiy qoidaga 
ko'ra, har qanday ijod natijasi ko'zlangan maqsadga erishilgandan so'ng, 
yaratilgan hisoblanadi va himoya qilinishi lozim bo'ladi. Bu qoidani 
to'lig'icha seleksiya yutuqlariga nisbatan qo'llash mumkin. Biologik 
masalaning yechimi topilgan kundan boshlab, seleksiya yutug'i muallifi 
o'zining mualliflik huquqlarini himoya qilish huquqiga ega bo'ladi. Hech 
kim bir shaxs tomonidan erishilgan seleksiya natijasini o'ziniki qilib olishga 
haqli emas. Ijodiy natijaga erishilgan lekin, hali uning himoyaga 
layoqatliligi rasmiy tan olinmagan davrda, seleksiya yutug'i muallifining 
manfaatlari mualliflik huquqi normalari bilan muhofaza qilinadi.
Shuningdek, seleksiya yutug'i muallifining yuqorida sanab o'tilgan
1 Рахмонкулов )^.P. Фукаролик хукукининг предмети, методи ва тамойиллари.- 
Т.: ТДЮИ наш.2003.-21 б.
2 Сергеев А.П. Право интеллектуальной сосбтвенности в РФ. -М .: Проспект. 
2000. -715 с.


huquqlari jumlasiga, seleksiyaviy natijani himoyaga layoqatliligini tan 
olish uchun topshirish huquqi ham kiradi. Qonunga muvofiq seleksiya 
yutug‘i muallifi ham yaratilgan yangi o'simlik va hayvon zoti uchun 
patent olish to'g'risida talabnoma topshirish huquqiga ega. O'simlik navi 
yoki hayvon zotini o'zining ijodiy faoliyati bilan yaratgan yoki ro'yobga 
chiqargan jismoniy shaxs - seleksiya yutug'ining muallifi, quyidagi 
hollarda talabnoma berish va muhofaza hujjati olish huquqiga ega bo'ladi:
- seleksiya yutug'ini yaratish yoki ro'yobga chiqarish shartnoma 
bilan ishga yollanmagan seleksiya yutug'i muallifining ijodiy ishi natijasida 
yuzaga chiqqan bo'lsa;
- seleksiya yutug'ini yaratish yoki ro'yobga chiqarish seleksiya yutug'i 
muallifi o'z xizmat burchlarini (seleksiya yutug'i xizmati) bajarishlari 
natijasida yuzaga kelgan bo'lsa, lekin tomonlarning talabnoma berish va 
muhofaza hujjati olish huquqlari shartnoma bilan tasdiqlanmagan bo'lsa;
- seleksiya yutuqlarini yaratish yoki ro'yobga chiqarish seleksiya 
yutug'i muallifi o'z xizmat burchlarini bajarishi (seleksiya yutug'i xizmati) 
natijasida yuzaga kelgan bo'lsa, talabnoma berish va muhofaza hujjatini 
olish huquqi esa, seleksiya yutug'i muallifi tomonidan shartnomaga binoan 
mustahkamlanmagan bo'lsa;
- seleksiya yutug'ini yaratish yoki ro'yobga chiqarish seleksiya yutug'i 
muallifini aniq topshiriqni bajarishdagi o'z burchlari natijasida yuzaga 
kelgan bo'lsa, lekin, topshiriq predmeti maqsadga javob bermasa;
- seleksiya yutug'i xizmat yuzasidan bajarilgan bo'lsa, ish beruvchi 
esa, seleksiya yutug'i muallifi tomonidan xizmat seleksiya yutug'i 
to'g'risidagi xabarni olganidan so'ng 4 oy muddat davomida talabnoma 
bermasa, talabnoma berish huquqini boshqa shaxsga o'tkazmasa va 
seleksiya yutug'ini sir saqlashni seleksiya yutug'i muallifiga ma’lum 
qilmagan bo'lsa (seleksiya yutuqlariga talabnoma tuzish va topshirishning 
vaqtinchalik qoidalarining 6.1. bandi).
Seleksiya yutug'i muallifining seleksiyaviy faoliyati natijasida 
erishilgan yutuqlarga bog'liq bo'lgan huquqlaridan yana biri patent olish 
huquqini boshqa shaxsga berish huquqidir. Bu huquq amaldagi qonunchilik 
bilan to‘g‘ridan-to‘g'ri tartibga solinmagan bo'lsada, lekin bunday huquq 
seleksiya yutug'i muallifining potensial imkoniyatlari qatoriga kiradi, 
chunki qonun intellektual faoliyatning alohida natijalariga nisbatan 
huquqlari (qonunda ko'rsatilmagan, lekin shaxsga tegishli qonuniy 
manfaatlardan kelib chiqadigan)ga to'sqinlik qilmaydi. Hozirgi kunda 
seleksiya yutuqlarining barchasi davlatga qarashli muassasalarda 
yaratilayotganligi, yangi nav va zotga patent olish huquqi ya’ni, mutlaq


huquq faqat ish beruvchiga tegishli ekanligini hisobga olgan holda seleksiya 
yutug'i muallifining bu huquqi (qonuniy manfaatlari) "Seleksiya yutuqlari 
to‘g ‘risida"gi qonunda o'z ifodasini topmagan. Shuningdek, bu holatga 
FKning intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar 
to'g'risidagi (1034-modda) va mutlaq huquqlarning boshqa shaxsga o'tishi 
haqidagi (1035-modda) qoidalarini tatbiq etib bo'lmaydi. Bu qoidalar 
qo'llanilishi uchun esa, seleksiya yutug'i muallifi yangi nav va zotga 
patent olishda mutlaq huquqqa ega bo'lishlari kerak, hozirda esa, ular 
aksincha, nisbiy huquqqa egalar.
Seleksiya yutug'i huquqiy himoyasining rasmiy tan olinishi, seleksiya 
yutug'i muallifida bir qator subyektiv huquqni vujudga keltiradi. Agar 
seleksiya yutug'ining huquqiy himoyasi rasmiy tan olingungacha bo'lgan 
davrda faqatgina ijodiy natijaga bo'lgan mualliflik huquqi va uni tan 
olinishi haqida fikr yuritish mumkin bo'lsa, erishilgan natijani huquqiy 
himoyaga layoqatli deb topilgan seleksiya yutug'i sifatida rasmiylashtirilishi 
seleksiya yutug'i muallifiga aniq seleksiya yutug'ining mualliflik huquqini 
beradi. Ushbu huquqlar jumlasiga birinchi navbatda himoyaga layoqatli 
seleksiya natijasiga mualliflik huquqi kiradi. Mualliflik huquqida ham 
patent huquqida ham bu subyektiv huquq shaxsiy mutlaq va mustasnolik 
xarakteriga ega. Mualliflik huquqi faqatgina seleksiya yutug'i muallifining 
o'zigagina (seleksiya yutug'i muallifilar guruhiga ham) tegishli va huquqiy 
vorislik asosida boshqaga berilishi mumkin emas.
Seleksiya yutug'i muallifining mualliflik huquqi boshqaga o'tkazilmay- 
digan shaxsiy huquq hisoblanadi va muddatsiz himoya qilinadi. Muallifning 
shaxsiy huquqlari shaxsiy huquqlarning boshqa turlaridan farq qiladi. Buni 
shu holat bilan ifodalash mumkin-ki, agar fuqarolar shaxsiy huquqlari 
ulaming shaxsi bilan bog'liq bo'lsa, muallifning shaxsiy huquqlari uning 
ijodiy mehnati bilan bog'liqdir1. Seleksiya yutug'i muallifining muallifligini 
o'zlashtirib olish, uni hammualliflikka majbur qilish qonunga muvofiq 
javobgarlikka tortilishiga sabab bo'ladi.
Mualliflik huquqi bilan uzviy bog'liq bo'lgan seleksiya yutug'i 
muallifining yana bir huquqi mualliflik nomiga bo'lgan huquqdir. Bu 
huquq mualliflik huquqi bilan bog'liq bo'lsada, seleksiya yutug'i 
muallifining mustaqil huquqi hisoblanadi. Ushbu huquq seleksiya yutug'i 
muallifiga himoya hujjati berish haqidagi talabnomada himoya hujjatida
1 Тошев Б.Н. Законодательные основы и формы защиты авторских прав в 
Узбекистане. Автореф.дисс.... док. юрид. наук. -Т.: 1999. -1 2 с.


va seleksiya yutug'i xususida e’lon qilinadigan barcha materiallarda o'z 
nomi ko'rsatilishini talab qilish imkonini beradi. Seleksiya yutug'i muallifiga 
xuddi asar muallifi kabi taxallusdan foydalanish imkoniyati berilmagan. 
Lekin, seleksiya yutug'i muallifi davlat patent idorasi tomonidan e’lon 
qilinadigan arizalar to'g'risidagi ma’lumotlarda o'z nomi ko'rsatilmasligini 
talab qilish huquqiga ega.
Seleksiya yutug'i muallifi o'z nomiga patent berishni so'rab ariza 
topshirgandan so'ng seleksiya yutug'iga o'z nomi yoki boshqa maxsus 
nom berishni talab qilishga haqli. Shu bilan birga ushbu bosqichda 
seleksiya y u tu g 'i m uallifida, agar ish b e ru v ch i bilan tuzilgan 
shartnomada boshqacha holat ko'rsatilmagan bo'lsa boshqa huquqlar 
ham yuzaga keladi. Shunday huquqlardan biri sifatida seleksiya yutug'i 
muallifi bilan ish beruvchi o'rtasidagi shartnomada, seleksiya yutug'i 
muallifining seleksiya yutug'i himoyaga layoqatli deb topilsa, alohida 
mukofot talab qilish huquqini ko'rsatish mumkin. Ushbu shartga muvofiq 
seleksiya yutug'i muallifi o'simliklarning yangi navi va hayvonlarning 
yangi zotini yaratishda olib borgan ishi uchun tegishli haq (ish haqi) 
olishdan tashqari (bunday haq yaratilgan natija himoyaga layoqatli 
bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat’iy nazar seleksiya yutug'i muallifiga 
beriladi) seleksiya natijaga himoyaga layoqatli deb topilsa, mukofot 
olish huquqiga ega bo'ladi.
Seleksiya yutug'i muallifining seleksiya yutug'idan foydalanish bilan 
bog'liq ravishda vujudga keladigan huquqlari - bu seleksiya yutug'idan 
foydalanganlik uchun haq undirishdir. O'simlik navi yoki hayvon zotining 
muallifi bunday huquqqa, uning o'zi seleksiya yutug'iga patent egasi 
hisoblanmaganda hamda o'sim lik navi yoki h a yvon zotiga doir 
litsenziyadan foydalanilganda yoxud u sotilganida ega bo'ladi. Bu haqning 
miqdori va uni to'lash tartibi patent egasi yoki uning huquqiy vorisi 
bilan tuzilgan shartnomada belgilab qo'yiladi (qonunning 7-moddasi, 4- 
qismi).
Seleksiya yutug'ining muallifi seleksiya yutug'idan foydalanganlik 
uchun haq olish huquqi seleksiya yutug'iga muvaqqat huquqiy himoya 
davrida ham kuchga ega bo'ladi (qonunning 21-moddasi). Qonun seleksiya 
yutug'idan foydalanganlik uchun haq to'lash muddatini aniq belgilaydi. 
Unga muvofiq haq seleksiya yutug'ining muallifi (hammualliflar)ga 
seleksiya yutug'idan foydalanilgan hisobot davri tugagandan keyin ko'pi 
bilan 6 oy ichida to'lanadi.


5-§. Seleksiya yutug'iga nisbatan patent cgasining 
huquq va majburiyatlari
Seleksiya yutuqlariga nisbatan seleksiya yutug'ining muallifi, ularning 
huquqiy vorislari, ish beruvchilar hamda seleksiya yutug'ining muallifining 
roziligi bilan patent olish huquqiga ega bo'lgan boshqa shaxslar patent 
egasi bo'lishlari mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, seleksiya 
yutug'ining muallifi yaratilgan seleksiya yutug'i to'g'risida ish beruvchini 
xabardor qilgan kundan e’tiboran to'rt oy ichida ish beruvchi Patent 
idorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqidan boshqa 
shaxs foydasiga voz kechmasa va seleksiya yutug'ini sir saqlash to'g'risida 
seleksiya yutug'ining muallifiga ma’lum qilmasa, seleksiya yutug'ining 
muallifi talabnoma topshirish orqali seleksiya yutug'iga patent egasi sifatida 
tan olinish huquqiga ega bo'ladi.
Xizmat tartibida yaratilgan seleksiya yutug'ining egasi ish beruvchi 
hisoblanadi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, seleksiya yutug'ining 
muallifi seleksiya yutug'ini yaratishda: o'ziga egallab turgan lavozimga 
xos vazifalarni bajargan bo'lsa; seleksiya yutug'ini yaratish maqsadida 
o'z zimmasiga maxsus yuklatilgan vazifalarni bajargan bo'lsa; ish beruvchi 
yoki topshiriq bergan shaxs tomonidan o'ziga berilgan moddiy vositalar 
yoki m oliy a v iy m ablag'lardan foydalangan bo'lsa; ish beruvchi 
tashkilotning o'ziga xos jihatini tashkil etadigan bilim va tajribadan 
foydalangan bo'lsa, bunday yutuq xizmat tartibida yaratilgan deb 
hisoblanadi.
Shuningdek, seleksiya yutug'iga nisbatan patent egasi sifatida 
seleksiya yutug'i muallifi va ish beruvchi o'rtasidagi shartnomada nazarda 
tutilgan shaxs ham tan olinishi mumkin. Agar seleksiya yutug'i muallifning 
o'zi tomonidan mustaqil yaratilgan bo'lsa, u holda seleksiya yutug'i 
muallifi yoki uning huquqiy vorisining patent yoki guvohnomani boshqa 
shaxsga berish to'g'risidagi talabnomasi yoki arizasida ko'rsatilgan har 
qanday shaxs patentni olish huquqiga ega. Bu holda seleksiya yutug'i 
muallifi yoki uning huquqiy vorisining arizasi Patent idorasiga patent 
berish to'g'risida qaror qabul qilinishiga qadar tushgan bo'lishi lozim.
Seleksiya yutug'ini bir necha shaxslar bir-biridan holi ravishda 
yaratgan bo'lsalar, u holda patent olish huquqiga patent idorasiga oldinroq 
talabnoma topshirgan va bu talabnomasi chaqirib olinmagan yoki rad 
etilmagan shaxs ega bo'ladi.
Patent idorasining va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning xizmatchilari 
ana shu tashkilotlarda ishlagan butun davrida patent olish huquqiga ega 
722


emaslar. Ular patent olish huquqiga patent idorasi yoki ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlardan ishdan ketganlaridan bir yil o‘tgandan so‘ng, ega bo'ladilar 
(Qonunning 15-moddasi).
Seleksiya yutug'iga nisbatan mualliflik huquqidan farq qilib seleksiya 
yutug'iga nisbatan patent huquqi va patent olish huquqi meros asosida 
bir shaxsdan ikkinchisiga o'tishi mumkin. Shu bilan birga patent egasi 
o'zining egalik huquqidan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs 
foydasiga voz kechishi mumkin. Bunda seleksiya yutug'iga nisbatan patent 
egasi sifatida ana shu shaxslar tan olinadi.
Seleksiya yutug'iga nisbatan patent egasiga ham xuddi sanoat mulk 
huquqi obyektlariga nisbatan patent egasiniki kabi seleksiya yutug'idan 
foydalanishda mutlaq huquqlar mavjud. Shu bilan birga patent egasi 
bunday huquqqa patent olmagan uchinchi shaxslar ega bo'lishlari mumkin 
emasligini ham belgilaydi. Shuningdek, qonun xuddi ixtirolarning huquqiy 
rejimidagi kabi seleksiya yutuqlarida ham patent egasiga mutlaq huquqlar 
bir qatorda majburiyatlarni, patentni tasarruf etish huquqini belgilaydi. 
Biroq seleksiya yutug'i obyektlarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib 
chiqib, seleksiya yutug'iga nisbatan patent egasining ixtirolarga nisbatan 
patent egasidan farq qiladigan bir qator alohida huquqlari mavjud. 
Birinchidan, sanoat mulk huquqi obyektlaridan farq qilib, seleksiya 
yutug'iga nisbatan berilgan patent va patent egasining huquqlari uzoq 
muddatga davom etadi. Bunda ixtirolar uchun patent muddati ko'pi 
bilan 20 yilni tashkil etsa («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari 
to'g'risida»gi qonuning 3-moddasi), seleksiya yutuqlarining ko'pchiligi 
uchun 30 yil (patent egasining iltimosiga binoan uzaytirilishi mumkin 
bo'lgan muddatni ham qo'shib hisoblaganda) boshqalari (tok, yog'ochbop, 
manzarali, mevali daraxtlar uchun) 35 yilni tashkil etadi. Ikkinchidan, 
sanoat mulk huquqi obyektlariga beriladigan patentlaming amal qilish 
muddati ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblansa, seleksiya yutuqlari 
uchun beriladigan patentni hisoblash muddati esa, nav yoki zot Davlat 
reestriga kiritilgandan boshlab hisoblanadi.
Seleksiya yutuqlariga nisbatan patent egasining huquqlari seleksiya 
yutug'iga muvaqqat huquqiy himoya tayinlangan paytdan boshlanadi. 
Muvaqqat huquqiy himoya himoyalash talab qilingan seleksiya yutug'iga 
talabnoma to'g'risidagi ma’lumot e’lon qilingan sanadan e’tiboran seleksiya 
yutug'i Davlat reestrida ro'yxatga olingan sanaga qadar belgilanadi. 
Qonunning 21-moddasiga m uvofiq, talabnoma beruvchi seleksiya 
yutug'iga muvaqqat huquqiy himoya berilgan davrda patent egasining 
huquqlariga ega bo'ladi. Arizachining muvaqqat huquqiy himoya davrida


bunday huquqlarga ega bo'lishi ijobiy hoi albatta.
Seleksiya yutuqlarini patent orqali muhol'aza etilishini o'ziga xos 
xususiyati shundaki, qonun uchinchi shaxslarga patent egasining roziligisiz 
seleksiya yutug'iga nisbatan amalga oshira olmaydigan harakatlar 
ro'yxatini belgilaydi1 hamda patent egasining mutlaq huquqlari qaysi 
harakatlarga qaratilishini ko'rsatadi. Qonunning 30-moddasiga binoan 
patent egasining mutlaq huquqi har qanday shaxs-himoya qilinayotgan 
seleksiya yutug'ining urug'lik, ko'chat yoki nasi materialiga nisbatan 
quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun patent egasining ruxsatini 
olishi zarurligi bilan ifodalanadi. Patent egasining roziligidan so'ng amalga 
oshirilishi mumkin bo'lgan bunday harakatlar jumlasiga: yetishtirish va 
takror yetishtirish (ko'paytirish); nav yoki nasllik kondensiyasiga yetkazish; 
sotish uchun taklif etish; sotish va boshqa usulda o'tkazish; O'zbekiston 
Respublikasi hududidan olib chiqish va O'zbekiston Respublikasi hududiga 
olib kirish; shuningdek, yuqorida sanab o'tilgan maqsadlarda saqlash.
Ushbu huquqlar patent egasining mutlaq huquqlari (patent bilan 
muhofaza qilinadigan huquqlar) bo'lib, ulardan foydalanish huquqi ham 
patent egasining o'ziga tegishlidir. Patent egasi o'zining mutlaq huquqlari 
jumlasiga kiruvchi ushbu harakatlardan foydalanish uchun beradigan 
ruxsatnomani faqat o'zining xohishi bilan beradi hamda ushbu ruxsatnoma 
evaziga seleksiya yutug'idan foydalanuvchi zimmasiga turli xil shartlar, 
cheklovlar va majburiyatlar yuklashi mumkin bo'ladi. Shuningdek, patent 
egasining huquqi uning ruxsatisiz fuqarolik muomalasiga kiritilgan urug'lik 
yoki zotli hayvonlardan etishtirilgan o'simlik materialiga va chorva 
mahsulotlariga ham amal qiladi.
Muhofaza qilinayotgan nav, zot belgilarini jiddiy ravishda o'zida 
saqlab qolgan (bunda, muhofaza qilinayotgan nav yoki zot boshqa nav 
yoki zotning belgilarini jiddiy ravishda o'zida saqlab qolgan bo'lmasligi 
lozim), ushbu qonunning barqarorlik mezoniga muvofiq muhofaza 
qilinayotgan nav yoki zotdan aniq-ravshan farq qilmaydigan, muhofaza 
qilinayotgan nav yoki zotdan bir necha marta foydalanishni talab qilgan 
navning urug'lik, ko'chat materialiga yoki zotning nasi materialiga 
nisbatan patent egasining m utlaq huquqlari doirasiga kiradigan 
harakatlarni (qonunning 30-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan) amalga 
oshirish uchun ham patent egasining ruxsatini olish zarur.
«Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi qonun nav yoki zot boshqa

Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М .: Проспект. 2000. 
-720 с.


(dastlabki nav yoki zotning belgilarini «jiddiy ravishda o‘zida saqlab 
qolishi» tushunchasini ham izohlab o'tadi. Bu izoh qonun 31-moddasining 
5-qismida bayon etilgan bo'lib, agar nav yoki zot:
- dastlabki nav yoki zotning eng muhim belgilarini o'zida saqlab 
qolgan bo'lsa va bu nav yoki zot ham o'z navbatida o'zidan oldingi 
dastlabki nav yoki zot genotipi yoxud genotiplar kombinatsiyasini aks 
ettiradigan asosiy belgilarini saqlagan holda ularning eng muhim belgilarini 
o'zida saqlab qolgan bo'lsa;
- tabiiy yoki hosil qilingan mutantni saralab olish, dastlabki nav 
o'simliklari yoki zot hayvonlardan ayrim mutantlarni saralab olish, 
bekkross, nav yoki zotni gen injineriyasi usullari bilan o'zgartirish kabi 
turli uslublarni qo'llash tufayli yuz bergan farqlarni istisno etganda 
dastlabki nav yoki zotdan aniq-ravshan ajralib tursa va oldingi nav yoki 
zotning genotipi yoxud genotiplar kombinatsiyasiga mos kelsa, o'zida 
boshqa (dastlabki) nav yoki zotning belgilarini saqlab qolgan nav yoki 
zot deb e’tirof etiladi.
Bir necha patent egalariga tegishli patent bilan muhofaza qilingan 
seleksiya yutug'idan foydalanish chog'idagi o'zaro munosabatlar ular 
o'rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Seleksiya yutug'iga nisbatan patent egalari o'rtasida seleksiya 
yutug'idan foydalanish to'g'risidagi kelishuv bo'lmasa, har bir patent 
egasi muhofaza qilinayotgan seleksiya yutug'idan o'z xohishi bo'yicha 
foydalanishi mumkin. Lekin bunda har bir patent egasi muhofaza 
qilinayotgan seleksiya yutug'iga boshqa patent egalarining roziligisiz 
maxsus litsenziya berishga yoki patentdan yoxud guvohnomaga bo'lgan 
huquqdan boshqa shaxsning foydasiga voz kechishga haqli emas. Maxsus 
litsenziya berish va patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish uchun 
patent egasi boshqa shaxslarning yozma roziligini olishi lozim.
Patent egalari o'rtasidagi seleksiya yutug'iga nisbatan mutlaq huquqlar 
doirasi va seleksiya yutug'idan foydalanish bo'yicha nizolar sud tomonidan 
tartibga solinadi.
Patent egasining mutlaq huquqlariga putur yetkazmaydigan istisno 
holatlar ham qonunda sanab ko'rsatilgan. Istisno holatlar deganda seleksiya 
yutuqlaridan patent egasining roziligini olmasdan, uchinchi shaxslar 
foydalanishi mumkin bo'lgan holatlar tushuniladi. Patent egasining 
roziligisiz seleksiya yutug'idan uchinchi shaxslar shaxsiy va notijorat 
maqsadlarda foydalanishlari mumkin. Bunday maqsadlarda foydalanish 
deganda yangi nav va zot, urug'ligi, ko'chati yoki nasi mahsulotini o'z 
tomorqasida ekish va iste’mol qilish tushuniladi. Seleksiya yutug'idan 
sinov-tajriba maqsadida foydalanish ham patent egasining mutlaq


huquqlarini buzish deb baholanmaydi.
Seleksiya yutuqlaridan erkin foydalanishdagi muhim holatlardan 
biri ana shu yaratilayotgan nav va zotdan patent egasining mutlaq 
huquqlarini buzmagan holda boshqa navlar yoki zotlar yaratish uchun 
dastlabki nav yoki zot sifatida foydalanishdir1. Bunday foydalanish patent 
egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydi hamda patent egasidan ruxsat 
olishni talab qilmaydi.
Shuningdek, korxona, xo'jalik subyektlari patent egasidan olgan 
navli urug'lik va nasi materialidan ikki yil davomida takror yetishtirish 
uchun ana shu korxona, xo'jalik subyektlari hududida foydalanish ham 
patent egasining huquqlarini buzish deb e’tirof etilmay. Bu holatda navli 
urug'lik va ko'chat materialini olgan korxona, tashkilotga faqatgina takror 
yetishtirish huquqi beriladi. Navli urug'lik va ko'chat materialini istagancha 
tasarruf etishga, uni sotishga yoki boshqacha usulda o'zga shaxslarga 
berishga yo'l qo'yilmaydi. Bundan tashqari takror yetishtirish ham qonunda 
belgilangan muddatdan oshmasligi va aynan qonun belgilagan hududda 
amalga oshirilishi kerak. Patent egasi o'ziga patent asosida tegishli bo'lgan 
barcha huquqlarni tasarruf etishga haqli. Qonunning 38-moddasiga 
muvofiq, patent egasi patent olish huquqini patent berish haqidagi 
talabnoma patent idorasida ro'yxatga olinganligi tufayli kelib chiqadigan 
huquqlar shuningdek, patentdan kelib chiqadigan huquqlarni har qanday 
jismoniy yoki yuridik shaxsga o'tkazishi mumkin.
Talabnoma beruvchi talabnoma Patent idorasiga topshirilgan paytdan 
to patent berish to'g'risidagi qaror qabul qilingunga qadar patent olish 
huquqini boshqa shaxsga o'tkazishga haqli.
Seleksiya yutug'iga berilgan patentga nisbatan huquqlarni boshqa 
shaxsga o'tkazish sanoat mulki obyektlariga berilgan patentga nisbatan 
huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish tartibi kabi haq evaziga yoki 
haqsiz ekanligidan qat’iy nazar yozma ravishda tuziladigan shartnomalar 
orqali amalga oshiriladi2.
Patent olish huquqini boshqa shaxs foydasiga voz kechish fuqarolik 
huquqida qonun yo'l qo'ygan istalgan shartnoma, xususan oldi-sotdi, 
mulkni tekinga berish, ayirboshlash va shu kabilar orqali rasmiylashtirilishi 
mumkin3. Seleksiya yutuqlaridan foydalanishga ruxsat berish - litsenziya
1 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М .: Проспект. 2000. -
715 с.
2 Узбекистон Республикасининг Фук;аролик 
ХУКУКИ 
(2-цисм). -Т.: Адолат. 
1999. -4 26 
б.
3 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М .: Проспект. 2000. - 
722 с.


shartnomalari esa, qat’iy yozma shaklda tuzilishi lozim.
Seleksiya yutuqlariga egalik qilish huquqlarini boshqa shaxsga 
o‘tkazish to'g'risidagi shartnoma, shuningdek, litsenziya shartnomalari 
ham Davlat patent idorasidan ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng haqiqiy 
hisoblanadi.
Patentda ko'rsatilgan nav yoki zot to'g'risida litsenziya shartnomasi 
tuziladi va bunday shartnomalaming predmetini nav va zotdan foydalanish 
huquqi kimga berilayotganligi hamda shu huquqlar doirasi tashkil etadi. 
Patent egasi o'z nomiga berilgan patent bilan qo'riqlanayotgan seleksiya 
yutug'idan foydalanishga patent egasi bo'lmagan har qanday jismoniy 
yoki yuridik shaxsga berishi mumkin.
Seleksiya yutug'idan foydalanishni boshqa shaxsga berish bevosita 
patent egasi yoki patent idorasi yordamida amalga oshiriladi. Birinchi 
holatda patent egasi seleksiya yutug'idan foydalanish huquqini o'zi istagan 
shaxs yoki shaxslarga shartnom a asosida b era d i. Y u qorid a 
ta’kidlaganimizdek, seleksiya yutug'idan foydalanish huquqini boshqa 
shaxsga berish to'g'risidagi shartnomalar-litsenziya shartnomalari deb ataladi. 
Qonunda bunday shartnomalarni bir necha turlari sanab ko'rsatilgan. 
Bevosita patent egasining o'zi tomonidan seleksiya yutug'idan foydalanish 
huquqini boshqa shaxsga o'tkazishga qaratilgan litsenziya shartnomalarining 
ikki turi qonunda o'z ifodasini topgan. Ulardan birinchisi seleksiya 
yutug'idan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi maxsus 
litsenziya shartnomasidir. Maxsus litsenziya shartnomasi patent egasi va 
seleksiya yutug'idan foydalanish istagini bildirgan shaxs o'rtasida tuziladi.
Qonunga muvofiq maxsus litsenziya litsenziat (seleksiya yutug'idan 
foydalanish huquqini qo'lga kiritgan shaxs)ga shartnomada belgilangan 
doiradagi seleksiya yutug'idan foydalanish bo'yicha mutlaq huquqlami 
beradi. Bunda mutlaq huquqlar deyilganda litsenziar litsenziatga bergan 
va shu bilan birga uchinchi shaxslarga berishidan saqlanishi lozim bo'lgan 
huquqlar tushuniladi.
Patent egasi seleksiya yutug'idan foydalanish huquqini litsenziya 
shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishda, seleksiya yutug'iga berilgan 
patentdan kelib chiqadigan barcha huquqlarni, shu jumladan uchinchi 
shaxslarga litsenziya berish huquqini ham o'zida saqlab qolsa, bunday 
litsenziya shartnomasi - nomutlaq (oddiy) litsenziya shartnomasi deyiladi. 
Oddiy litsenziya shartnomalarida litsenziar aynan bitta seleksiya 
yutug'idan foydalanish huquqini bir necha shaxslarga berishi mumkin. 
Bunda litsenziar seleksiya yutug'idan foydalanish huquqini ham o'zida 
saqlab qoladi. Mutlaq va oddiy litsenziya shartnomalari Patent idorasi


tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab haqiqiy hisoblanadi.
Seleksiya yutug'idan foydalanish huquqini patent idorasi orqali 
boshqa shaxsga berish ochiq litsenziya va majburiy litsenziya shartnomalari 
orqali amalga oshiriladi. Ochiq litsenziya shartnomasi patent egasining 
seleksiya yutug'idan foydalanish huquqini har qanday shaxsga berish 
to'g'risidagi Patent idorasiga topshirgan ariza asosida buziladi. Qonunning 
39-moddasi, 3-bandiga muvofiq, bu holda patent yoki guvohnomani 
o'z kuchida saqlaganlik uchun undiriladigan boj yoki yig'im 50%ga 
kamaytiriladi.
Ochiq litsenziyani sotib olish olish istagini bildirgan shaxs patent 
egasi bilan to'lovlar to'g'risida shartnoma tuzishi shart.
Qonunga muvofiq patent egasining ochiq litsenziyaga bo'lgan huquqni 
boshqa shaxsga berish to'g'risidagi arizasi chaqirib olinmaydi. Ya’ni patent 
egasi ochiq litsenziya berishdan voz kecha olmaydi.
Majburiy litsenziya berish shartlari qonunda belgilanganiga ko'ra, 
quyidagi holatlar mavjud bo'lganda beriladi. Birinchidan, majburiy 
litsenziya berilishi so'ralayotgan seleksiya yutug'iga patent uch yil oldin 
berilgan bo'lishi kerak. Ikkinchidan, uch yil davomida patent egasi 
seleksiya yutug'idan foydalanilmaganligi yoki foydalana olish imkoniga 
ega bo'lmasligi lozim. Uchinchidan, har qanday litsenziya shartnomasi 
tuzishni patent egasi rad qilgan bo'lishi shart. To'rtinchidan, majburiy 
litsenziya olishni talab qilgan shaxs seleksiya yutug'idan foydalanishni 
ta’minlay oladigan shaxs bo'lishi lozim.
Bundan tashqari majburiy litsenziya olish istagini bildirgan shaxs 
majburiy litsenziya so'rab murojaat qilganligi uchun boj va yig'imlami 
to'lashi kerak. Shuningdek, majburiy litsenziya patent egasining seleksiya 
yutug'idan foydalanmasligi jamiyat manfaatlariga dahl qilsa, ya’ni jamiyat 
manfaatlariga zarar yetkazsa, nomutlaq litsenziya shaklida beriladi.
Qonun 40-moddasiga muvofiq majburiy litsenziya berishni so'rab, sudga 
ariza bilan murojaat qilinadi. Sud arizani o'rganish jarayonida yuqorida 
sanab ko'rsatilgan majburiy litsenziyani berish shartlariga e’tibor qaratish 
lozim Agar shu shartlardan biri bo'lmasa ham arizani ko'rib chiqish rad 
etiladi. Zero, bu shartlar bir birini to'ldirish vazifasini bajaradi va ularning 
barchasi majburiy litsenziya berish uchun yaxlit asosni tashkil etadi
Majburiy litsenziyani qo'lga kiritgan shaxs patent egasidan seleksiya 
yutug'ining dastlabki urug'lik, ko'chat yoki nasi materialini talab qilib 
olish huquqiga ega bo'ladi. Bunda patent egasi himoya qilinayotgan 
seleksiya yutug'idan foydalanish yoki seleksiya yutug'idan foydalanish 
litsenziyasini boshqa shaxsga berish huquqlarini saqlab qoladi. Patent


idorasi majburiy litsenziyalar berilganligi to'g'risidagi ma’lumotlarni e’lon 
qilishi lozim.
Qonunda patent egasi huquqlarining tugashi shartlari ham sanab 
ko'rsatilgan. Unga muvofiq, patent egasining huquqlari muhofaza 
qilinayotgan nav yoki zotning har qanday mahsulotiga doir xatti- 
harakatlarga nisbatan seleksiya yutuqlari quyidagi asoslarda muomilaga 
kiritilganda amal qilmaydi:
- muhofaza qilinayotgan nav yoki zotga doir har qanday material 
O'zbekiston Respublikasi hududida patent egasining o'zi tomonidan yoki 
uning roziligi bilan sotish orqali;
- yoxud boshqa usulda o'tkazish (masalan, hadya, ayirboshlash, 
tekin foydalanish uchun berish va h.k.) orqali;
- qayta ishlash va iste’ mol maqsadlarida tegishli botanik va 
zoologik turdagi nav yoki zot muhofaza qilinmaydigan mamlakatga 
olib chiqish orqali.
Shuningdek, aynan shu harakatlar keyinchalik ko'paytirish 
maqsadida amalga oshirilgan holatlarda patent egasining huquqlari 
tugamasligi qonunning 32-moddasi, 2-qismida o'z ifodasini topgan.
Seleksiya yutug'idan foydalanish va tasarruf etish bilan birga qonunda 
patent egasiga ana shu harakatlarni amalga oshirishda bir qator majburiyatlar 
yuklatilgan. Bu majburiyatlar sanoat mulk obyektlariga nisbatan mutlaq 
huquq egalarining majburiyatlariga mos keladi. Seleksiya yutuqlari va sanoat 
obyektlari bitta huquqiy hujjati (patent) orqali himoya qilinganligi sababli 
ularga shu huquqiy muhofa hujjati asosida deyarli bir xil majburiyatlar 
yuklatilgan Patent egasi seleksiya yutug'iga berilgan patentni uning butun 
amal qilish muddati davomida o'z kuchida saqlaganlik uchun boj va yig'imlar 
to'lashi lozim. Patentni o'z kuchida saqlaganlik uchun undiriladigan boj va 
yig'imlaming miqdori va ulami to'lash muddatlari O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo'yiladi
Seleksiya yutuqlariga nisbatan patent egasining o'ziga xos 
majburiyatlari ham mavjud bo'lib, bunday majburiyatlar sanoat mulki 
obyektlari patent egalarida mavjud bo'lmaydi. Seleksiya yutug'i patent 
egasining bu majburiyati uning intellektual mulk obyekti sifatidagi o'ziga 
xos xususiyatlarini ham ochib beradi. Patent egasining seleksiya yutug'ini 
saqlab qolish majburiyati ana shunday majburiyatlardan bo'lib bunda 
patent egasi navni, zotni patent yoki guvohnomaning amal qilish muddati 
davomida shunday saqlashi shartki, nav, zot tegishli Davlat reestrida 
ro'yxatga olingan sanada tuzilgan ularga doir rasmiy tavsifda ko'rsatilgan 
belgilar saqlanib qolishi lozim.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish