Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Patentga bo‘lgan huquqni boshqa shaxslarga



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3-§. Patentga bo‘lgan huquqni boshqa shaxslarga 
o‘tkazish tartibi
Sanoat mulki obyektiga berilgan patent patentga bo'lgan huquqni 
boshqa shaxsga o'tkazish daqidagi shartnoma haq evaziga yoki haqsiz 
ekanligidan qat’iy nazar, yozma ravishda tuzilishi shart. Bunday 
shartnomani shakllantirishda FKning 107-moddasida belgilab qo'yilgan 
bitimning yozma shakli haqidagi qoidalariga rioya qilinishi lozim.
Yozma ravishda tuzilgan shartnoma Davlat Patent idorasida 
ro'yxatdan o'tkazilishi shart. Ro'yxatdan o'tkazishga vakolatli davlat 
idorasi, eng awalo, shartnoma shartlarini qonunga muvofiqligi nuqtayi 
nazaridan tekshiradi. Qonunga nomuvofiq bo'lgan shartnomalarni 
ro'yxatdan o'tkazdirish rad etilib, taraflarga shartnoma shartlarini qonunga 
muvofiqlashtirish taklif etiladi.
Umumiy qoidalar bo'yicha shartnomalarning ro'yxatdan o'tkazilishida 
ular qanchalik maqsadga muvofiqligi nuqtayi nazaridan baholanmaydi 
(davlat va jam iyat manfaatlariga ataylab xilof ravishda tuzilgan 
shartnomalar bundan mustasno). Shartnoma ro'yxatdan o'tkazilganidan 
keyin yuridik kuchga ega bo'ladi.
Shartnomaning yozma ravishda tuzilishiga yoki ro'yxatdan o'tkazish


talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab 
bo‘ladi. FKning 112-moddasiga asosan, bunday shartnoma o ‘z-o‘zidan 
haqiqiy hisoblanmaydi. Agar shartnoma yozma ravishda tuzilgan, ammo 
taraflardan biri uni davlat ro‘yxatidan o'tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa 
tarafning talabi bilan bitimni FKning 112-moddasi, 3-qismiga binoan 
ro‘yxatdan o'tkazishga haqlidir. Shartnomani Davlat ro‘yxatidan o'tkazishdan 
asossiz bosh tortgan taraf shartnomani tuzishni kechiktirganligi tufayli 
yetkazilgan zarami ikkinchi tarafga to‘lashi lozim.
Shartnomadagi taraflar tomonidan ushbu talablarga rioya qilmaslik 
oqibatlariga nisbatan FKning 113-114-moddalarida belgilangan qoidalar 
qo'llaniladi.
Mutlaq huquq egasi tomonidan sanoat mulki obyektidan boshqa 
shaxsga foydalanish uchun litsenziya shartnomasi haqidagi kelishuvi 
albatta yozma ravishda tuzilishi shart. Bunda FKning 107-moddasi va 
1037-moddasi talablariga rioya qilinishi lozim. Bunday talab asosiy litsenziya 
shartnomasi uchun ham, sublitsenziya (qo'shimcha litsenziya, hosila yoki 
ikkilamchi litsenziya) shartnomasi uchun ham taalluqlidir.
Yozma ravishda tuzilgan litsenziya shartnomasi Davlat Patent 
idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi shart. Bunda shartnoma shartlari qonunga 
muvofiqlik nuqtayi nazaridan va alohida hollarda maqsadga muvofikdik 
nuqtayi nazaridan baholanadi. Ro'yxatdan o'tkazish rad etilganda tegishli 
tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Litsenziya shartnomasi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingina yuridik 
kuchga ega bo'ladi, taraflarda shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlar 
vujudga keltiradi.
Agar litsenziya shartnomasi taraflaridan biri asossiz ravishda 
shartnomani ro'yxatdan o'tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning 
talabi bilan shartnomani ro'yxatdan o'tkazish haqida FKning 112- 
moddasi, 3-qismiga asosan qaror chiqarishga haqli. Shartnomani Davlat 
ro'yxatidan o'tkazishdan asossiz bosh tortgan taraf shartnomani 
tuzishni kechiktirganligi uchun yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga 
to'lashi lozim.
Litsenziya shartnomasi tuzishda taraflar tomonidan ushbu talablarga 
rioya qilmaslik shartnomaning FKning 112-moddasi, 1-qismiga asosan 
o'z-o'zidan haqiqiy sanalmasligiga sabab bo'ladi. Bunda vujudga keladigan 
huquqiy oqibatlarga nisbatan FKning 113-114-moddalarida belgilangan 
qoidalar qo'llanadi.
FKning 1090-moddasida sanoat mulki obyektiga nisbatan huquqiy 
muhofaza hujjati — patent asosida amal qiluvchi mutlaq huquqlarni


buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan. Ushbu javobgarlikning 
vujudga kelish asoslari FKning 24-bobi moddalarida nazarda tutilgan 
qoidalarda mujassamlashgan.
Patent egasining mutlaq huquqdarini buzish, eng avvalo, muhofaza- 
lanayotgan obyektdan boshqa shaxslar beruxsat foydalanayotganlarida 
namoyon bo'ladi. Shu sababli ham patent egasi birinchi navbatda 
qoidabuzardan huquq buzilishi harakatlari to'xtatilishini talab qilishga 
haqlidir.
Sanoat mulki obyektiga nisbatan patent egasining huquqlarini buzgan 
qoidabuzar patent egasiga yetkazilgan zarar o'rnini qoplashi shart. Zarar 
to‘la hajmda to'lanishi lozim. Yetkazilgan zarar moddiy yoki ma’naviy 
ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Moddiy zarar patent egasi tomonidan 
sanoat mulki obyektlaridan foydalanish asosida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot patent egasi huquqlari buzilishi oqibatida bozorda o'tmay qolishi, 
narxining pasayishi va shu kabilarda namoyon bo'lishi mumkin. Bunday 
holat nafaqat mahsulot chiqarishda, balki xizmat ko'rsatish sohasida 
ham ro'y berishi mumkin. Ma’naviy zarar patent egasi huquqlarini buzish 
natijasida uning kasb-kor nufuziga, mutlaq huquq sohibi sifatida holatiga 
putur etishida namoyon bo'ladi. Bunday ma’naviy zarar pul bilan 
qoplanishidan tashqari, sud huquqbuzar zimmasiga patent egasining 
ishbilarmonlik mavqeini qayta tiklash maqsadida sud qarorini o'z 
hisobidan e’lon qiddirish majburiyatini yuklashi mumkin.
Patent egasi ko'rilgan zararning qoplanishi o'rniga qoidabuzar 
tom on id a n patent egasi h u qu qlarin i buzish n atijasida (y a ’ ni 
muhofazalanayotgan sanoat mulki obyektlaridan ruxsatsiz foydalanish 
orqali) olgan barcha daromadlarini undirib olishga haqli. Bunday holda 
patent egasi zararning qoplanishini talab qilishga haqli emas. Binobarin, 
zararni qoplash yoki daromadlarni qaytarish al’ternativ javobgarlik 
choralari hisoblanadi, ularning qaysi birini qo'llashni tanlash huquqi 
patent egasiga taalluqlidir.
FKning 1040-moddasida mutlaq huquqni himoya qilishning quyidagi 
usullari ham nazarda tutiladi:

mutlaq huquqlarni buzishga ko'maklashgan moddiy obyektlami 
va bunday huquqbuzarlik asosida yaratilgan mahsulotlarni olib qo'yish.
Olib qo'yilgan ushbu moddiy obyektlar patent egasining talabi 
bo'yicha huquqbuzarning hisobidan yo'q qilib yuborilishi yoki patent 
egasi ixtiyoriga berilishi mumkin.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish