Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. S A N O A T M U L K IG A B O ‘L G A N H U Q U Q



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

62-bob. S A N O A T M U L K IG A B O ‘L G A N H U Q U Q
l - § . Sanoat m ulki tushunchasi, turlari va ularni 
huquqiy m uhofaza qilish
Sanoat mulki obyektlari intellektual mulk obyektlarining tarkibiy 
qismi hisoblanadi. «Sanoat mulki» iborasini tom ma’noda tushunmaslik 
lozim. Ushbu iborani qo'llash XVII-XIX asrlarda Evropa mamlakatlarida 
huquqiy yorliq — patent orqali muhofaza qilinadigan ixtirolar — texnik 
tusdagi yechimlarni, asosan, sanoat sohasida qo'llanganligi bilan bog'liq. 
Hozirgi vaqtda sanoat mulki nafaqat sanoatda, balki amaliyotning, 
turmushning hamma sohalarida keng qo'llaniladi. Garchi bu ibora unchalik 
aniq-ravshan bo'lmasa ham, biroq qonunshunoslikda mustahkam o'rnashib 
qolgani sababli xalqaro konvensiyalarda, rivojlangan mamlakatlar 
qonunlarida intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza 
yorlig'i asosida himoya qilinadigan katta bir guruhining nomi sifatida 
an’anaviy jihatdan keng qo'llanib kelmoqda. Sanoat mulkini muhofaza 
qilish bo'yicha Parij konvensiyasida sanoat mulkining muhofaza obyektlari 
sifatida quyidagilar ko'rsatiladi: 1) ixtirolar; 2) foydali modellar; 3) sanoat 
namunalari; 4) tovar belgilari; 5) xizmat ko'rsatish belgilari; 6) firma 
nomi; 7) manbani ko'rsatish; 8) tovarning kelib chiqish joyi nomi (1— 2- 
moddalar); 9) g'irrom raqobatning oldini olish.
Amaldagi FKda sanoat mulkiga bo'lgan huquq ixtiro, foydali model 
sanoat namunasiga bo'lgan huquq sifatida nazarda tutiladi.
FKning 1082-moddasiga asosan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi 
yaratilish fakti bo'yicha emas, balki maxsus huquqiy muhofaza yorlig'i 
hujjati - patent berilgan taqdirdagina himoya qilinadi, qo'riqlanadi. 
Huquqiy muhofaza yorlig'i - ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga 
nisbatan patent dastlabki patent deb ataladi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo'yil-digan, 
patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent 
idorasining bunday hujjatni berish tartibi O'zbekiston Respublikasining 
2002 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to'g'risida»gi Qonun (bundan keyin matnda Qonun deb 
yuritiladi) bilan belgilanadi.
Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari ushbu Qonunning 6- 
moddasida belgilab qo'yilgan. Bunga asosan, ixtiro sifatida ko'rsatilgan 
obyekt (ya’ni amaliy ahamiyatga ega bo'lgan muammoning yechimi) 
agar u yangi, ixtirochilik darajasiga ega bo'lsa va uni sanoatda qo'llash


mumkin bo'lsa, patent asosida huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo'lmasa, u 
yangi deb hisoblanadi. Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi 
ma’lumotlardan yaqqol ayon bo'lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo'ladi. 
Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda 
ommaga oshkor bo'lgan har qanday ma’lumotlami o'z ichiga oladi.
Ixtiro obyektlari turli-tuman ko'rinishlarga ega. Ba’zi hollarda 
avvaldan mavjud obyektning yangi maqsadlarda qo'llanishi ham ixtiro 
hisoblanadi. 
M asalan, 
qurilm alar, 
usullar, 
m od d alar, 
m ikroorgan izm larn in g shtam m lari, o 'sim lik la r va h a y v on lar 
hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo'lgan qurilmalar, usullar, 
moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda 
qo'llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi..
quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi: 
ilmiy nazariyalar va matematika usullari; 
tashkil etish va boshqarish usullari; 
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar; 
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari; 
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; 
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma 
tarhlari;
estetika talablarini qanoatlantirishga yo'naltirilgan, buyumlarning 
faqat tashqi ko'rinishiga oid yechimlar;
integral mikrosxemalarning topologiyalari; 
o'simlik navlari va hayvon zotlari;
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid 
yechimlar (masalan, insonni ruhiy yoki jismoniy qiynoqqa solish vositalari, 
fahsh-buzuqlik vositalari va hokazo).
Foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari Qonunning 7- 
moddasida belgilab qo'yilgan.
Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining konstruktiv 
jihatdan yasalishi, tayyorlanishi, shuningdek, ularning tarkibiy qismlari 
foydali model hisoblanadi.
Foydali model sifatida ko'rsatilgan obyekt, agar u yangi bo'lsa, uni 
amaliyotda qo'llash mumin bo'lsa, patent berish orqali huquqiy muhofaza 
qilinadi. Ushbu talablar ixtiroga qo'yiladigan talablarga o'xshashdir. Ayni 
vaqtda ular o'rtasida jiddiy tafovutlar ham mavjud. Masalan, foydali 
model ixtirochilik darajasiga ega emas. Foydali model obyektlari doirasi 
torroq. Jumladan, usullar, moddalar, mikroorganizm shtammlari, o'simlik


va hayvonlar hujayralarining turlari, shuningdek, ularning yangi 
maqsadda qo'llanishi foydali model hisoblanmaydi. Ayni vaqtda, ixtiro 
bo'lib hisoblanmaydigan obyektlar ham foydali model sifatida muhofaza 
qilinmaydi.
Buyumning tashqi ko'rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik 
echimlari sanoat namunasi hisoblanadi. Ushbu yechimlar buyumning 
konstruktiv xususiyatlarini emas, balki faqat tashqi qiyofasini, tashqi 
ko'rinishini shakllantiradi. Badiiy-konstruktorlik yechimi sifatida sanoat 
namunasi san’at asarlaridan shu bilan farqlanadiki, unda buyumning 
konstruktiv (texnik yaroqlilik, qulaylik xususiyatlari, ishlash qobiliyati) 
va estetik sifati (chiroyliligi, bezatilganligi) uzviy uyg'unlashgan bo'lishi 
lozim.
Sanoat namunasi sifatida ko'rsatilgan obyekt, basharti u yangi, 
o'ziga xos bo'lsa va uni amaliyotda qo'llash mumkin bo'lsa, patent berish 
orqali huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi (Qonunning 8-moddasi). Sanoat 
namunasi agar buyumning estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini 
belgilovchi muhim alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish 
sanasiga qadar jahonda ommaviy-oshkora e’lon qilingan maiumotlardan 
ayon (ochiq-ravshan ko'rinib turgan) bo'lmasa, yangi hisoblanadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlari majmui buyum 
estetik xususiyatlarining ijodiy tusi bilan bog'liq bo'lsa, o'ziga xos (original) 
hisoblanadi.
Sanoat namunasi, agar uni (buyumni tayyorlash orqali) takror- 
takror hosil qilish (istifoda qilish, qayta ko'paytirish) mumkin bo'lsa, 
sanoat (amaliyot)da qo'llash mumkin deb hisoblanadi.
Shunday qilib, badiiy-konstruktorlik yechimi agarda badiiy jihatdan 
va axborot-maiumot jihatdan mujassamlangan, ifodalangan, kompozitsiya 
yaxlitligi, oqilona ratsional shaklga ega (ya’ni konstruktiv-texnologik 
talabga mos) va ergonika mezonlariga muvofiq bo'lsa, sanoat namunasi 
deb e’tirof etiladi (masalan, yengil avtomobillarning yangi modellari).
Quyidagilar sanoat namunasi hisoblanmaydi: matbaa (nashr) 
mahsulotlari (gazeta, jurnal, kitob va hokazo, me’morchilik shakllaridan 
tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar, suyuq, 
gazsimon, sochiluvchan yoki shunga o'xshash moddalardan iborat 
o'zgaruvchan shakldagi obyektlar, buyumlarning faqat texnik funksiyasi 
bilan bog'liq bo'lgan yechimlar (gayka, shurup, bolt, vint va shu 
kabilar), jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga 
zid yechimlar.
Sanoat mulki obyektiga boigan huquq muallifga (hammualliflarga)


yoki uning (ularning) huquqiy vorislariga tegishli bo'ladi hamda huquqiy 
muhofaza yorlig'i (patent, guvohnoma) bilan tasdiqlanadi.
Agar bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki 
obyektini yaratgan bo'lsa, huquqiy muhofaza yorlig'i (patent, dastlabki 
patent, guvohnoma)ga bo'lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo'lib 
talabnoma topshirgan shaxsga beriladi.
Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o'tkazilganidan 
keyin, patent esa obyekt mohiyatan ekspertizadan o'tkazilganidan so'ng 
beriladi.
Ixtiroga berilgan patent ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, 
patentning haqiqiyligi va patent egasining ixtiroga egalik qilishini, uni 
tasarruf etish va undan foydalanishga nisbatan mutlaq huquqini 
guvoxlantiradi.
Sanoat namunasiga, foydali modelga berilgan patent ham xuddi 
shunday vazifalarni bajaradi.
Yorliq egasining mutlaq huquqi ushbu yorliq (patent, guvohnoma, 
dastlabki patent) haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy 
axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda hisoblanadi.
Ustuvorlik sanasidan boshlab ixtiroga bo'lgan patent 20 yil 
mobaynida, sanoat namunasiga bo'lgan patent 10 yil davomida amal 
qiladi.
Ixtiroga berilgan dastlabki patent va foydali modelga berilgan patent 
besh yil mobaynida amal qiladi.
Sanoat namunasi, foydali model patenti, amal qilish muddati patent 
egasining iltimosiga ko'ra Patent idorasi tomonidan tegishli ravishda 
besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Patent, dastlabki patent berish tartibi Qonunning 14— 26- 
moddalarida belgilab qo'yilgan.
Huquq egasi patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, 
sanoat namunasidan o'z xohishiga qo'ra foydalanish bo'yicha mutlaq 
huquqqa egadir. Bunday mutlaq huquq quyidagi tarkibiy qismlardan 
iborat:
a) huquqiy muhofaza qilingan yechimlarni qo'llagan holda mahsulot 
ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ish bajarish;
b) patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni o'z ishlab 
chiqarishida qo'llash, joriy qilish, amalga oshirish;
v) muhofazalangan yechimga ega bo'lgan mahsulotlarni sotish yoki 
sotishga taklif qilish;
g) xuddi shunday muhofazalangan yechimga ega bo'lgan buyumlarni


import qilish.
Bu tarkibiy qismlar bir butun yaxlit holda mutlaq huquq mazmunini 
tashkil etadi. Ayni vaqtda huquqiy muhofaza uning ayrim qismlarinigina 
qamrab olish mumkin. Masalan, neftdan benzin olish usuli. Bu usul asosida 
ishlab chiqarilgan mahsulotning o'zi huquqiy muhofaza ostida bo'lmaydi. 
Ma’lumki, yorliq berilgan yechim, mahsulotga nisbatan mutlaq huquq 
eng kamida O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Binobarin, 
bunday mahsulotni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import 
qilish) huquqi ham mutlaq huquq egasiga tegishlidir.
Boshqa har qanday shaxslar ixtiro, foydali model va sanoat 
namunasidan patent egasi ruxsati yoki u bilan kelishuv asosidagina 
foydalanishlari lozim
Qonunning 12-moddasiga asosan, quyidagi hollar patent egasi mutlaq 
huquqini buzish sifatida e’tirof etilmaydi:
O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan sanoat mulki 
obyektlarida tarkib topgan qurilmalarni Parij Konvensiyasi qatnashchisi 
bo'lgan boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita O'zbekiston 
Respublikasi hududida vaqtincha yoki tasodifan turgan vaqtda qo'llash
— bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchungina 
foydalanishi sharti bilan;
huquqiy muhofaza yorlig'i olgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib 
topgan vositalar ustida ilmiy-tadqiqot yoki tajriba o'tkazish;
huquqiy muhofaza yorlig'i olgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib 
topgan vositalarni tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiya va boshqa 
favqulodda hollarda qo'llash;
huquqiy muhofaza yorlig'i berilgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib 
topgan vositalarni, basharti bu vositalar xo'jalik muomalasiga qonuniy 
yo'l bilan kiritilgan bo'lsa, qo'llash;
patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib 
topgan vositalarni daromad olmay, shaxsiy maqsadlarda foydalanish, 
qo'llash;
dorixonalarda shifokor retsepti bo'yicha bir gallik dorilar tayyorlash; 
Qonunning 31-moddasida belgilangan hollarda, tartibda va hajmlarda 
avvaldan foydalanuvchi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i olgan 
sanoat mulki obyektlaridan foydalanish.
FKning 1034-moddasi, «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to'g'risida» gi qonunning 11, 32-moddalariga asosan sanoat 
mulki obyektlariga nisbatan mutlaq huquq egasi ushbu obyektdan o'z 
xohishiga ko'ra foydalanishga, boshqalarning foydalanishiga ruxsat


berishga yoki foydalanishni taqiqlab qo‘yishga haqli. Qonunlar boshqa 
shaxslar tomonidan sodir etiladigan har qanday harakatlar mutlaq huquqni 
buzish deb hisoblanishini belgilaydi. Binobarin huquqiy muhofaza yorlig'i 
berilgan ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasidan mutlaq huquq 
egasidan ruxsat olmasdan foydalangan holda:
a) mahsulot tayyorlash;
b) texnologik jarayonlami yoiga qo'yish, qoilash;
v) chetdan olib kelish (import qilish);
g) sotishga taklif etish, sotish;
d) fuqarolik muomalasiga boshqacha yo'sinda kiritish (masalan, ijaraga 
berish, hadya qilish va hokazolar);
e) haq evaziga yoki haqsiz fuqarolik muomalasiga kiritish maqsadida 
saqlash;
j) ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo'llanish yoki 
ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan 
mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish (sotish, ijaraga berish va hokazo) 
yoki shu maqsadda saqlash huquqiy muhofaza yorlig'i egasi (patent yoki 
guvohnoma egasi) mutlaq huquqlarini buzish hisoblanadi.
Patent (guvohnoma) egasining sanoat mulki obyektidan uchinchi 
shaxslaming foydalanishiga ruxsat berishi qat’iy ifodalangan boiishi va 
tegishli shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Uchinchi shaxs tomonidan 
mutlaq huquq egasini shunchaki xabardor qilish fakti ruxsat olish 
hisoblanmaydi. Mutlaq huquq egasi tomonidan uchinchi shaxsning ruxsat 
so'rab qilgan murojaatiga indamaslik ruxsat berilmaganligini bildiradi. 
Mutlaq huquq egasining ruxsat berishi uning xatti-harakatlarida ham 
ko'rinib turishi mumkin (masalan, ixtiro qurilmasini berish). Bunday 
hollarda (ruxsat olish aniq-ravshan ifodalanishi lozim) mutlaq huquq 
egasidan ruxsat olingan deb hisoblash mumkin (FKning 106-moddasiga 
asosan).
Mutlaq huquq egasining huquqlarini buzish tegishli fuqarolik-huquqiy 
javobgarlikka sabab boiadi.
FKda belgilangan qoidaga asosan, mutlaq huquqni buzgan deb 
hisoblanayotgan shaxs buning aksini isbotlab berishi shart (masalan, 
mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlanmaganligini). U bu holatni 
isbotlab bergunga qadar mahsulot patentlangan usulda tayyorlangan 
deb hisoblanadi. Ushbu huquqiy prezumpsiya Qonunning 30-moddasida 
batafsil o‘z ifodasini topgan. Unga asosan ixtironing, foydali modelning 
mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga o'xshash sanaluvchi 
formula boigan belgi qoilanilgan bo'lsa, mahsulot (buyum) patent


berilgan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, 
ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qo‘llanilgan deb 
hisoblanadi.
Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu 
usul yordamida olingan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Bunda buning aksini isbotlovchi dalillar bo'lmasa, bu yangi mahsulot 
patent berilgan usulda olingan deb hisoblanadi.
Agar mahsulotda patentlangan sanoat namunasining barcha muhim 
alomatlari bo'lsa, u patent berilgan sanoat namunasidan foydalanilgan 
holda tayyorlangan deb e’tirof etiladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish