Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Elcktron hisoblash mashinalari (E H M ) va m a’lumotlar



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

5-§. Elcktron hisoblash mashinalari (E H M ) va m a’lumotlar 
bazalarini huquqiy muhofaza qilish
Ilmiy-texnika taraqqiyoti jamiyat hayotining barcha sohalariga jiddiy 
ta’sir ko'rsatmoqda va u rivojlanishning asosiy manbayi hisoblanadi. Bu 
ta’sir, eng avvalo, komp’yuterlar (EHM) yordamida axborotlarni saqlash, 
qayta ishlash va uzatish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan sohalarda, ayniqsa, 
yaqqol namoyon bo'lmoqda. Shu sababli ham bunday faoliyatni huquqiy 
tartibga solish, uning natijalarini huquqiy muhofaza qilish muhim 
ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasida (1994 yil 5 may) «ЕНМ uchun 
yaratilgan dasturlar va m a’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi 
to'g'risida» gi Qonun qabul qilingan. Ushbu Qonunning 3-moddasiga 
asosan, EHM uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlar mualliflik huquqi 
obyektlari toifasiga kiritiladi. Buning ma’nosi shuki, mualliflik huquqining 
aksariyat me’yorlari (obyektga nisbatan huquqiy muhofazaning vujudga 
kelish sharti, mualliflik huquqining amal qilish muddatlari, muallifning 
shaxsiy va mul-kiy huquqlari va hokazolar) kom p’yuter dasturlari 
ijodkorlari uchun ham qo'llaniladi.
Ma’lumotlar bazasi deganda EHMlar yordamida topish va ishlov 
berish mumkin bo'ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar 
(masalan, maqolalar, hisob-kitoblar) majmui tushuniladi.
EHM (komp’yuter) uchun yaratilgan dastur deganda muayyan 
natijaga erishish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa 
komp’yuter vositalarining ishlashi uchun mo'ljallangan ma’lumotlar va 
ko'rsatmalar (farmoyishlar, buyruqlar) majmui tushuniladi.
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik 
huquqi ular yaratilgandan keyin vujudga keladi va bunda mualliflik 
huquqining boshqa obyektlari kabi ularni ro'yxatdan o'tkazish va boshqa 
rasmiyatchiliklarga rioya qilish shart emas. Shu sababli ham qonunning 9- 
moddasiga asosan EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoki ma’lumotlar


bazalarini tegishli vakolatli davlat idoralarida qayd etish (reestrga kiritish) 
haqidagi talabga rioya qilmaslik huquq egasini mutlaq huquqlardan mahrum 
etmaydi, biroq bu huquqlarni amalga oshirish, uni muhofaza etishni 
nisbatan qiyinlashtiradi, xolos. Agarda dastur yoki ma’lumotlar bazalari 
ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa, ularga nisbatan mulkiy huquqlar, boshqa 
shaxsga o'tkazish haqidagi shartnomalar ham tegishli davlat idorasida (ya’ni 
Davlat Patent idorasi huzuridagi agentlikda) ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik, 
shuningdek, muallifning va obyektga nisbatan mutlaq huquqlarning sohibi 
vakolatlarining mazmuni tegishli qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bunday 
qonunlar jumlasiga «Mualliflik va turdosh huquqlar to'g'risida» gi Qonun 
(uning 16, 17, 18, 19, 21, 22-va boshqa moddalari) ning tegishli qoidalari 
ham kiritiladi. Bundan tashqari, muallif yoki mutlaq huquq egasi dastur 
yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash, shu jumladan, dasturni bir 
dasturlash tilidan boshqa tilga o'tkazishni amalga oshirishga ruxsat berishga 
haqli. Dastur va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mulkiy huquqlar- shartnoma 
asosida yoxud meros tartibida boshqa shaxslarga o'tadi. Shartnoma yozma 
tuzilishi va unda obyektdan foydalanish hajmi va usullari, haq to'lash 
tartibi va miqdori, shartnoma muddati ko'rsatilishi shart.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazasining nusxasiga 
qonunan ega bo'lgan shaxs mutlaq huquq sohibidan qo'shimcha ravishda 
ruxsat olmagan holda ushbu obyektlar o'z vazifasiga muvofiq ishlash 
bilan bog'liq har qanday harakatlarni amalga oshirishga, shu jumladan, 
EHMga yozib qo'yish va uning xotirasida saqlashga, shuningdek, aniq 
ko'rinib turgan xatolarni tuzatishga haqlidir. Dastur yoki ma’lumotlar 
bazasining nusxasini qonuniy asoslarda olgan shaxs huquqlarining doirasi 
va mazmuni EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining 
huquqiy himoyasi haqidagi Qonunning 12-13-moddalarida belgilab 
qo'yilgan. Ushbu qonunning 14-moddasida mualliflik va mutlaq huquqni 
himoya qilish usullari nazarda tutiladi. EHM uchun yaratilgan dastur va 
ma’lumotlar bazasining muallifi yoxud mutlaq huquq sohibi:
o'z huquqlarining tan olinishi (e’tirof etilishini), huquq buzilishiga 
qadar bo'lgan holat tiklanishining va huquqbuzarlik harakatlarining 
to'xtatilishini;
yetkazilgan zararning qoplanishini (shu jumladan, huquqbuzar 
tomonidan g'ayriqonuniy olingan daromad summasini o'ziga undirib 
berilishini);
foyda ko'rgan huquqbuzardan yetkazilgan zarar qoplanishi o'rniga 
eng kam oylik ish haqining yigirmadan to ming baravarigacha hajmida


tovon tolanishni (qanday miqdorda bo'lishini sud belgilaydi) talab qilishga 
haqlidir.
Sud EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining 
mualliflik huquqi buzilgan holda tayyorlangan nusxalarini (ya’ ni, 
kontrafakt nusxalami) musodara etish va ularni yo‘q qilib yuborish haqida 
qaror chiqarishga haqli. Kontrafakt nusxalar olishda foydalaniladigan 
materiallar va uskunalar sudning qarori bilan byudjet daromadiga 
o'tkazilishi yoxud mutlaq huquq sohibining iltimosiga binoan, zararlarni 
qoplash hisobiga berilishi mumkin.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish