Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. M U A L L IF L IK H U Q U Q I



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

60-bob. M U A L L IF L IK H U Q U Q I
l-§ . M ualliflik huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish.
M ualliflik huquqi tushunchasi, tamoyillari 
va asosiy kategoriyalari
Intellektual faoliyat mahsullari orasida mualliflik huquqi va turdosh 
huquqlar obyektlari alohida ajralib turadi. Bu alohidalik ijodkor-muallif 
huquqiy maqomida ham, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyekti 
bo'lgan fan, adabiyot, san’at asarlari, ijrochilik faoliyati huquqiy rejimida 
ham o'z ifodasini topgan.
Jahonda turli mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-madaniy aloqalar o'sib 
borgani sayin bir mamlakatdagi ijod k orlar asarlaridan boshqa 
mamlakatlardagi kishilar foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda, 
bu esa mualliflik va turdosh huquqlar dunyoning ko'p mamlakatlarida 
bir xilda tartibga solinishiga bo'lgan zaruratni vujudga keltirmoqda. Ushbu 
zarurat taqozosiga ko'ra, mualliflik huquqi bo'yicha Butunjahon 
Konvensiyasida (uni Jeneva Konvensiyasi ham deyishadi) hamda adabiy 
va badiiy asarlarni muhofaza qilish bo'yicha Xalqaro Konvensiyada (uni 
Bern Konvensiyasi deb ham ataydilar1) ishlab chiqilgan va dunyoning 
ko'pgina mamlakatlari o'z milliy qonunlarini u yoki bu Konvensiya 
asosida shakllantirmoqdalar. Bern Konvensiyasi m e’yorlari mualliflik 
huquqlarini huquqiy muhofaza etishda qat’iyroq tusga ega2. O'zbekiston 
Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi «Mualliflik huquqi va turdosh 
huquqlar to'g'risida»gi Qonun mazmunida Bern Konvensiyasining asosiy 
qoidalari yotadi.
Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining tarkibiy qismi bo'lib, uning 
eng muhim institutlaridan hisoblanadi. Mualliflik huquqi va turdosh 
huquqlar adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ulardan foydalanish va 
ijro etish bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga 
soladi.
Mualliflik huquqi tamoyillari deb uning negizida yotgan asosiy 
qoidalarga aytiladi. Bu tamoyillar ichida O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 42-moddasida mustahkamlab qo'yilgan ijod erkinligi
1 Узбекистон Республикаси мазкур конвенцияга 2006 йил 19 апрелдан бошлаб аъзо 
хисобланади.
2 Тошев Б.. Муаллифлик 
ХУКУКИ. 
Тошкент. Абдулла Кодирий номидаги халк мероси 
нашриёти.1997 - 88—96-6.


muhim ahamiyatga ega. Uning mohiyati shundan iboratki, ijodkor o ‘z 
ijodiy mahsuli mavzusini tanlashda, uning shaklini belgilashda, uni yaratish 
uslublarini tanlashda, undan foydalanishda erkin va mustaqildir. Ayni 
vaqtda bu erkinlik qonun doirasida amalga oshirilmog‘i lozim Ijodkor o'z 
asari orqali konstitutsiyaviy tuzumga qarshi, zo'ravonlik yoki behayolikni 
targ'ib qilish, boshqalarning huquqlarini poymol qilish maqsadlarini 
ko'zlamasligi lozim Muhim konstitutsiyaviy tamoyillardan yana biri ijodiy 
mahsulotlarga nisbatan senzuraning yo'l qo'yilmasligi haqidagi qoidadir.
Muallif asami yaratishda yoki e’lon qilishda agarda u davlat sirlari, 
shaxsiy sirlar yoxud boshqalarning qonuniy manfaatlari bilan bog'liq 
bo'lmasa, oldindan ruxsat olish, asar mazmunini nazoratdan o'tkazish 
talab etilmaydi. Mualliflik huquqining yana bir asosiy qoidalaridan biri
— muallif huquqlarining vujudga kelishi, uni muhofaza etish, asarni 
yaratish fakti asosida vujudga kelishi, u qandaydir rasmiyatchiliklarga 
rioya etilishi talab etilmasligidir. Ushbu tamoyil FKning 1041-moddasi va 
Qonunning 10-moddasida o'z ifodasini topgan.
Mualliflaming asarlarni yaratish va ulardan foydalanishda ma’naviy 
va m oddiy manfaatdorligini har tomonlama muhofaza etish ham 
qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan. Ushbu tamoyil mualliflik huquqiy 
munosabatlari qatnashchilarining huquq va burchlarini belgilovchi 
m e’yorlardagina emas, balki subyektiv huquqlami amalga oshirish 
kafolatlarida, muallif huquqlarini muhofaza etish bo'yicha davlat organlari 
zimmasiga yuklangan majburiyatlarda, buzilgan muallif huquqlarining 
himoya qilinishini ta’minlovchi me’yorlarda ham o'z ifodasini topgan.
Mualliflik huquqi bo'yicha munosabatlar O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi (27, 29, 42, 67-moddalar va boshqalar), O'zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksi (1041-1081 moddalar), «Mualliflik huquqi 
va turdosh huquqlar to'g'risida»gi Qonun, «ЕНМ uchun dasturlar va 
ma’lumotlar bazalari to'g'risida»gi Qonun, «Noshirlik faoliyati to'g'risida»gi 
qonun, «Ommaviy axborot vositalari» Qonuni va boshqa qonuniy hujjatlar 
bilan tartibga solinadi. Bu borada, ayniqsa, FK muhim ahamiyatga ega. 
FKning bevosita mualliflik huquqi bilan bog'liq munosabatlarni tartibga 
soluvchi me’yorlardan tashqari boshqa me’yorlari ham bu sohada tartibga 
soluvchi vazifalarni bajaradi. Masalan, fuqarolarning huquq layoqati 
mazmunini belgilovchi m e’yorda fuqarolarning fan, adabiyot, san’at 
asarlariga muallif bo'lish huquqi (FKning 18-moddasi), moddiy va 
m a’ naviy zararlarni undirish bo'yicha qoidalari (FKning 14, 1021- 
moddalari), intellektual faoliyat natijalariga bo'lgan mutlaq huquqlar 
haqidagi qoidalari (FKning 97-moddasi) shular jumlasidandir.


FKning 1041-moddasiga asosan, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat 
natijasi bo'lmish fan, adabiyot, san’at asarlariga ularning maqsadi va 
qadr-qiymati, shuningdek, ifodalanish usulidan qat’iy nazar, joriy etiladi.
Har qanday asar mualliflik huquqi obyekti sifatida muhofaza etilishi 
uchun u ijodiy faoliyat mahsuli bo'lishi shart. Shu sababli ham oddiy, 
kundalik hayotdagi so'zlashuvlar, muloqotlar mualliflik huquqi obyekti 
bo'lib hisoblanmaydi. Ijodiy jarayon bu, eng avvalo, inson tafakkuri, 
aqliy faoliyat mahsuli, u o'ziga xos original tusga ega.
Huquqiy adabiyotlarda ijodiy jarayonning ikki holati ta’kidlab 
ko'rsatiladi:
a) asar yaratish jarayonining ongli, intellektual xarakteri;
b) yaratilgan asarning yangiligi, originalligi1.
Ijodkor ijodiy jarayonining ongli, intellektual tusi shundan iboratki, 
asar yaratilishidan oldin u ijodkorning ongida, xayolida shakllanadi, 
vujudga keladi. Asar ma’lum bir o'y-fikr asosida paydo bo'lib, u fikr- 
g'oya, fikr-reja, fikr-qoralama tarzida bosqichlardan o'tadi, shu tarzda 
asar yaratilib, shakllanib boradi2.
Asarning yangilanishi ijodiy faoliyatning zarur unsuri sifatida asarning 
yangi mazmunida, yangi shaklida, yangi g'oyalarida, yangi milliy 
konsepsiyasida ifodalanadi3.
Asarning yangiligi haqidagi mezon mutlaq tusga ega bo'lmay, nisbiy 
tusga ega. Ilm-fan sohalaridagi asarlarda yangi g'oyalar, yechimlar muhim 
ahamiyatga ega bo'lsa, adabiy asarlarda va san’at asarlarida shaklan 
yangilik muhim o'rinni egallaydi. Masalan, o'tmishda «Xamsa» — 5 doston 
syujeti bo'yicha Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy 
asarlari bunga yaqqol dalildir. Oybekning «Qutlug' qon» va Hamzaning 
«Boy ila xizmatchi» asarlarida syujet bo'yicha o'xshashlik mavjud, biroq 
asar shaklan bir-biriga o'xshamaydi. Shu sababli ham mualliflik huquqida 
shakl bo'yicha yangilik o'ziga xos tarzda birinchi rejaga chiqadi, deyish 
mumkin.
Asarning mualliflik huquqi obyekti- sifatida muhofaza qilish uchun 
yana bir belgisi — bu uning obyektiv shaklda ifodalanganligidir. Asardagi 
g'oya, mazmun, o'y-fikr, obraz uchinchi shaxslar idrok etishi, tanishuvi, 
qabul qilishi uchun imkon beruvchi m a’lum bir obyektiv shaklda
1 Гражданское право. М., 1994 й. Том I. Изд. Бек. 321-6.
2 Серебровский В. Й. Вопросы авторского права. М.. 1956 й. 35-6.


ifodalangan bo'lishi shart. Shu ma’noda olganda hali muallifning o‘y- 
fikrida bo'lgan, biroq boshqalar qabul qilish uchun obyektiv shaklga 
kiritilmagan asar mualliflik huquqi obyekti bo'lib hisoblanmaydi.
FKning 1041-moddasiga asosan, asar og'zaki, yozma shaklda yoki 
uni idrok etish imkonini beradigan boshqa obyektiv shaklda ifodalangan 
boiishi lozim. Yozma shaklda yoki moddiy jismda o‘zgacha usulda 
ifodalangan asar (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuvlar, 
texnika vositalari yordamidagi yozuv, shu jumladan, audio va video 
yozuvi, ikki o'lchamli yoki hajmiy-fazoviy shaklda yaratilgan tasvirda 
va hokazo) uning uchinchi shaxslar uchun foydalanish imkoniyati bor- 
yo‘qligidan qat’iy nazar, obyektiv shaklga ega hisoblanadi. Moddiy jismda 
ifodalanmagan og'zaki yoki boshqa xil asar, basharti u uchinchi 
shaxslaming idrok etishi uchun maqbul kelgan, kifoya qilgan b o‘lsa 
(omma oldida so‘zlash, ommaviy ijrochilik va hokazo) obyektiv shaklga 
ega hisoblanadi.
Ijodkor asarining uchinchi shaxslar tomonidan idrok etilishi, qabul 
qilinishi, hozircha insonning ko‘rish va eshitish xususiyatlari, qobiliyati 
asosida ro‘y beradi.
Yozma asarlar, videotasvirlar, ikki o‘lchovli asarlar (rasmlar) hajmiy- 
fazoviy shakldagi tasvir (masalan, haykal, m e’moriy binolar) ко‘rish 
tuyg‘usi orqali qabul qilinsa, musiqa, nutqlar, badiiy o'qishlar eshitish 
tuyg‘usi orqali qabul qilinadi.
Mualliflik huquqi obyektlari quyidagi turlardan iborat:
- adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa 
asarlar);
- drama va ssenariy asarlari;
- matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
- musiqali drama asarlari;
- xoreografiya asarlari va pantomimalar;
- audiovizual asarlar;
- rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy 
san’atning boshqa asarlari;
- manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
- arxitektura, shaharsozlik va bog‘-park barpo etish san’ati asarlari;
- fotografiya asarlari va fotografiyaga o'xshash usullarda yaratilgan 
asarlar;
- jo ‘g ‘rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo ‘g‘rofiya, 
topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
- barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday


dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang‘ich matn 
hamda obyekt kodida ifodalanishi mumkin bo‘lgan amaliy dasturlar va 
operatsiya tizimlari;
— 
Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan 
boshqa asarlar (Qonunning 6-moddasi).
Mualliflik huquqi obyekti bo'lishi uchun asar tugallangan bo'lishi 
shart emas. Shu sababli asar tugallanmagan bo'lsa ham, agarda ularda 
ijodiylik unsurlari mavjud bo'lsa, mualliflik huquqining mustaqil obyekti 
bo'lib hisoblanadi.
Mualliflik huquqi e’lon etilgan (nashr etilgan) va shuningdek, nashr 
etilmagan, hali qo'lyozma holatida bo'lgan asarlarga birday joriy etiladi.
Mualliflik huquqining vujudga kelishi uchun asarni ro'yxatdan 
o'tkazish yoki biror rasmiyatchilikka rioya qilish talab etilmaydi. Xolbuki, 
intellektual faoliyatning boshqa obyektlari bo'yicha huquqiy muhofaza 
bu obyekt vakolatli davlat idorasi tomonidan maxsus muhofaza yorlig'i 
(patent, guvohnoma) olgandan keyin vujudga keladi.
Mualliflik huquqi g'oyalar, konsepsiyalar, prinsiplar, tizimlar, 
taklif etilayotgan yechimlar, obyektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan 
(agarda ular ilmiy asar sifatida obyektiv shaklga solinmagan bo'lsa) 
joriy etilmaydi. Rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, ajrimlar va shu 
kabilar), shuningdek, ularning rasmiy tarjimalari, rasmiy ramzlar, 
xalq ijodiyoti asarlari, oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik 
yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar, insonning 
bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz 
muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan texnika vositalari 
yordamida olingan natijalar (masalan, robot tomonidan bastalangan 
m usiqa, yozilgan sh e’ r) ham m ualliflik huquqi o b y e k ti b o 'lib
hisoblanmaydi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish