Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi



Download 57,2 Kb.
bet1/15
Sana08.02.2023
Hajmi57,2 Kb.
#909256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)


Aim.Uz

Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti


1. Jinoyat huquqi tushunchasi

Jinoyat huquqi tushunchasi ikki: qonunchilik sohasi va huquq tarmog‘i ma’nosida qo‘llaniladi. Yurisprudensiya, ya’ni yuridik fanlar tizimida ham jinoyat huquqi mustaqil huquqiy fan sifatida muhim o‘rin egallagan. Jinoyat huquqi boshqa huquq tarmoqlaridan, xususan, maxsus huquq tarmoqlaridan o‘ziga xos vazifalari, predmeti va tartibga solish metod (uslub)lari bilan farq qiladi.


Jinoyat huquqi qilmishning jinoiyligi va bunday jinoiy qilmishlar uchun tayinlanadigan jazo choralarini belgilovchi hamda jinoyat sodir etilishi bilan yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar tizimidir.
Jinoyat huquqi huquq tizimining mustaqil huquq tarmog‘i bo‘lib, qilmishning jinoyat ekanligini, jinoiy javobgarlikning asoslari va chegaralari, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan huquq normalari yig‘indisidir.
Jinoyat qonunchiligi – Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan jinoyat deb hisoblanadigan qilmishlar doirasi, ularni sodir etganlik uchun javobgarlik, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish asoslari, shuningdek, jinoiy javob-garlik asoslari va prinsiplarini belgilovchi huquq normalari majmui-dan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimidagi mustaqil qonunchilik sohasidir.
Mustaqil huquq tarmog‘i hisoblangan jinoyat huquqidan farqli ravishda jinoyat huquqi fani davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati hamda jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyot bos-qichlari bo‘yicha qarashlar, g‘oyalar va fikrlar tizimini, shuningdek, jinoyat huquqining o‘rganish predmeti, metodlari, vazifalari, tizimi va shu kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu fan jinoyat huquqi normalarining majmui sifatida uning tarixini, qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda bu borada turli xil ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi.
Bundan tashqari, jinoyat huquqi tushunchasi o‘quv intizomi sifatida qo‘llanilib, u yuridik o‘quv yurtlaridagi jinoyat huquqi bo‘yicha o‘quv materiallari va mavzu rejalarini o‘z ichiga oladi.
Demak, jinoyat huquqi tushunchasi: huquq tarmog‘i, qonunchilik sohasi, yuridik fan va o‘quv intizomi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Jinoyat huquqi huquq tarmog‘i sifatida umummajburiylik va mustaqillik xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.1
Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati shunda na-moyon bo‘ladiki, shaxs jinoiy qilmish sodir etdimi – u javobgarlikka tortilishi kerak. Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsni javobgarlikka tortish esa davlat tomonidan majburlov choralari (kuchi)ni qo‘llash orqali ta’minlanadi. Jinoyat huquqining bunday xususiyatga egaligi ushbu huquq sohasi normalarining imperativligini bildiradi.
Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati quyidagi ikki omil bilan belgilanadi:
birinchidan, jabrlanuvchini himoya qilish, uning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklash hamda jinoiy qilmish natijasida yetkazilgan zararni qoplash;
ikkinchidan, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni tarbiyalash, uni jinoiy javobgarlikka tortish, jinoiy oqibatni, ya’ni jinoyat tufayli yetkazilgan zararni bartaraf etishga majburlash.2
Boshqacha qilib aytganda, jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati jamiyat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish-ning jinoyat-huquqiy mexanizmi hisoblanib, jamiyatdagi har bir shaxsning xavfsizligini ta’minlovchi shart-sharoitlarni ifodalaydi. Bunday shart-sharoitlarning yetarli darajada bo‘lishi davlatning huquqiy tartibga solish funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, jinoyat huquqi-ning ijtimoiy tartibga solish funksiyasini hamda mavqeini belgilab beradi.
Jinoyat huquqining mustaqillik xususiyati uning boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohalaridan ajratilganligini bildirmaydi, balki jinoyat huquqining mustaqilligi uning huquq sohasi sifatida davlat va jamiyat manfaatlari, xavfsizligi va normal rivojla-nishiga tajovuz qiluvchi qilmishlarni jinoyat deb topish uchun asos bo‘luvchi belgilar doirasini mustaqil o‘rnata olishida ifodalanadi.
Huquq sohasi va o‘quv intizomi sifatida jinoyat huquqining mustaqilligi quyidagi ikki belgi orqali namoyon bo‘ladi:

  1. tartibga solish predmeti, ya’ni jinoiy qilmish sodir etilganidan keyin jinoyat sodir etgan shaxs va maxsus vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar orqali davlat o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar;

  2. tartibga solish metodi (uslubi), ya’ni huquqbuzarliklarga olib keluvchi qilmishlarni ma’lum bir shaklda jinoyat-huquqiy taqiqlash, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarni javobgarlikka tor-tish va jazo tayinlashni belgilash. Bir so‘z bilan aytganda, jinoyat hu-quqining tartibga solish metodi-jinoyat huquqi predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish usullari va vositalari yig‘indisidan iborat. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib xulosa qilib aytganda, jinoyat huquqi – qilmishning jinoiyligini, jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va prinsiplarini, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmini, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan huquq normalari majmuidan iborat huquq tizimidagi mustaqil huquq sohasidir3.

Shu tariqa, jinoyat huquqi keng ma’noda juda murakkab, keskin salbiy ijtimoiy voqelik hisoblangan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi me’yoriy normalar manbai sifatida tushuniladi.
Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalaridan mustaqil ekanligi uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan tavsif-lanadi:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish