Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi


NOTA BENE! Jinoyat huquqi



Download 57,2 Kb.
bet7/15
Sana08.02.2023
Hajmi57,2 Kb.
#909256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)

NOTA BENE!




Jinoyat huquqi jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va shartlari, jinoyat va jazo tushunchalari, ularning mohiyati, jinoyat huquqining institutlari va normalari, ularning amalda qo‘llanilishi va ahamiyati, jinoyatchilikka qarshi kurash natijalarini yaxshilash maqsadida jinoyat qonunini amalda qo‘llash tendensiyalari haqidagi g‘oyalar, fikrlar, qarashlar, konsepsiyalar va huquqiy bilimlar majmuini ifodalovchi yuridik fandir.

Jinoyat huquqi fani - yuridik fanlar tizimi (yurisprudensiya)dagi mustaqil huquqiy fan bo‘lib, jinoyat huquqi, shuningdek, jinoyatchi-likka qarshi kurashish yo‘llari va vositalari haqidagi jamiyatda ayni vaqtda hukm surayotgan qarashlar, g‘oyalar va fikrlar tizimidan iboratdir.
Jinoyat huquqi fanining predmeti huquqiy hodisalar va jarayonlar bo‘lganligi uchun u yuridik fanlar tizimiga kirsa ham, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy (gumanitar) fanlarning bir tarmog‘i ham hisoblanadi.
Aynan shuning uchun ham jinoyat huquqi fani jinoyat qonun-chiligining obyektiv hodisa va jarayonlar bilan bog‘liqlikda o‘rganadi, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishning normativ huquqiy bazasini shakllantirish yo‘nalishida huquqni muhofaza qiluvchi organ-larga tavsiyalar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy davlat qonunchilik organiga takliflar (de lege ferenda)ni ishlab chiqarish maqsadida huquqni muhofaza qilish va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha empirik bilimlar va materiallarni umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Jinoyat huquqi fanining predmeti jinoyat-huquqiy tartibga solish predmetidan kengroq bo‘lib, jinoyat huquqiy tartibga solish pred-metini jinoyat huquqi tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy muno-sabatlar tashkil etsa, jinoyat huquqi fanining predmeti - jinoyat qonuni va uning amal qilish muammolari, shuningdek, jinoyat qonuni norma-larini qo‘llash amaliyoti hisoblanadi.
Shunday qilib, jinoyat huquqi fanining predmeti ikki asosiy insti-tutdan: jinoyat va jazodan iborat. Jinoyat huquqi ushbu institutlarning rivojlanishi va o‘zgarishini jinoyatchilikka qarshi kurash maqsadida ularni o‘rganadi.
Jinoyat huquqi fanining asosiy vazifalaridan biri - aniq ijtimoiy-siyosiy holatlardan kelib chiqib, jinoyat qonunini amalda qo‘llashning keng umumlashtirilgan asoslari bo‘yicha jinoyat qonunini amalda qo‘llash va ularning samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Jinoyat huquqining ijtimoiylik xususiyati (ijtimoiyligi) shundaki, u jinoyat qonunchiligi, jinoyat huquqi tarkibidagi institut va tushun-chalarni statistik jihatdan emas, balki uning o‘zgarishi va rivojlanishi bo‘yicha o‘rganadi.
Demak, jinoyat huquqi fani o‘rganadigan predmet:

  1. jinoyat qonunini ilmiy sharhlash;

  2. qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  3. jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini o‘rganish;

  4. milliy va xorijiy huquqiy tizimlarni ilmiy qiyosiy tahlil qilish;

  5. jinoyat huquqining ijtimoiylik xususiyatidan kelib chiqib, qilmishlarni kriminalizatsiya qilish (qilmishlarni jinoyat deb topish) yoki dekriminalizatsiya qilish, jinoyat-huquqiy tartibga solish mexa-nizmi, jinoyat qonunchiligining qo‘llanishi, jinoyatchilik darajasi, tuzilishi va dinamikasi tushunchalari orqali jinoyat qonunchiligini real o‘rganish;

  6. xalqaro jinoyat huquqiga oid muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish13.

Yuqoridagilarga asosan jinoyat huquqi fanningi zamonaviy huquqiy fan sifatida quyidagi vazifalari mavjud:

  1. Ma’lum bir ijtimoiy shart-sharoitlarga ta’sir qiluvchi amaldagi jinoyat qonunlar hamda uning normalari bo‘yicha tizimli va kompleks tadqiqotlar o‘tkazish.

  2. Umuman jinoyat qonunlari va ularning alohida institutlari, ularning umumlashtirilgan va alohida qo‘llanilishining tahlili borasi-da, shuningdek, u yoki bu ijtimoiy holatlarni kriminalizatsiya yoki dekriminalizatsiya qilish bo‘yicha prognoz berish.

  3. Jinoyat qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, uning amal qilishi va qo‘llanishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda davlat organlarining qatnashishini ta’minlash.

  4. Xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunlarini o‘rganish va ularning ijobiy tomonlarini O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunlariga kiri-tish va amaliyotda sinab ko‘rish. (Xususan, shaxsning huquq va erkin-liklarini himoya qilish, bozor iqtisodiyoti, tinchlik va insoniyat xavf-sizligi masalalari bo‘yicha qonunchilikdagi yangi normalarni qo‘llash borasida.).

  5. Jinoyat huquqining rivojlanish yo‘llarini ilmiy jihatdan asoslash va prognoz qilish, huquqiy-demokratik davlatning mohiyati, vazifalari va prinsiplariga to‘liq mos keluvchi jinoyat qonunchiligi konsepsiyalarini ishlab chiqish14.




Download 57,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish