Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi



Download 57,2 Kb.
bet5/15
Sana08.02.2023
Hajmi57,2 Kb.
#909256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)

Umumiy oldini olish funksiyasi jinoyat sodir etilmasdan avval uning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, javobgarlikning muqarrarligi prinsipi, qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi haqidagi normalarni o‘rnatish, ya’ni jamiyat a’zolari tomonidan jinoyat sodir etilganida ularni jazolash bilan qo‘rqitish orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya jamiyatdagi barcha shaxslarga qaratilganligi uchun "umumiy oldini olish" deb ataladi.
Maxsus oldini olish funksiyasi jinoyat sodir etilganidan keyin yangi jinoyat sodir etishning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, jinoyat huquqiy taqiqlarni buzib jinoyat sodir etgan shaxsni jinoiy javobgar-likka tortish hamda unga jazo tayinlash yoki boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu bilan jinoyatchi javobgarlikka tortilganida u tomonidan boshqa jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsad qilib qo‘yiladi. Ushbu funksiya faqat jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qaratilganligi uchun "maxsus oldini olish" deb ataladi.
Jinoyat huquqining jinoyatning oldini olish funksiyasi quyidagi vositalar orqali hal etiladi:

  1. jinoyat huquqining umumiy qoidalari;

  2. jazo qo‘llashning umumiy va maxsus qoidalari;

  3. jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni belgilovchi normalar;

  4. jinoyat sodir etganligida chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish haqidagi normalar;

  5. jinoiy qilmishni istisno qiluvchi holatlarni belgilovchi normalar;

  6. ikki yo‘nalishdagi ogohlantiruvchi normalar11.

U yoki bu qilmishni jinoyat deb e’lon qilish va ularga qonun normalaridagi sanksiyalar jazoni belgilanishining o‘zi bilan jinoyat qonunchiligi shaxsning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Qilmishning jinoiyligi va ular uchun jazo tayinlashning to‘g‘riligi jinoyat huquqining umumiy oldini olish xususiyatini ifodalaydi.
Jinoyat huquqining jinoyatning oldini olish funksiyasi huquqiy muhofaza qilish vositasi bo‘lib, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish va chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish haqidagi normalarni ham o‘z ichiga oladi. Jinoyat kodeksi 26-moddasiga ko‘ra, shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini angla-gan holda, shunday oqibat kelib chiqishini oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. Ya’ni jinoyat qonunchiligi jinoiy qilmishni boshlagan va jinoiy oqibat kelib chiqqunga qadar bunday qilmishni ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan shaxsning "oltin ko‘prik" vazifasini bajaruvchi javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksining 66-moddasida aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga binoan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilib, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ikki yo‘nalishdagi ogohlantiruvchi vositalar yordamida og‘ir jinoyatlarning oldini olish maqsadida jinoyat qonunida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun shart-sharoit yaratuvchi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarning oldini olishga harakat qilinadi. Masalan, o‘g‘irlangan narsani sotib olish uchun jazo belgilash orqali jinoyat qonunida o‘g‘rilik jinoyati sodir etilishining oldi olinadi. Yoki shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilganlik uchun jazo belgilash orqali jinoyat qonuni odam o‘ldirish, shaxsga og‘ir va o‘rtacha og‘ir darajadagi shikast yetkazish kabi jinoyatlar sodir etilishining oldini oladi. Bunday normalar ikki yo‘nalishdagi yoki ikki obyektli ogohlantiruvchi normalar deyiladi.
Demak, jinoyat huquqining jinoyatning oldini olish funksiyasi bir necha institut va normalar tizimi orqali hal etilib, ular:

  1. jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik;

  2. qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni belgilash orqali zarar yetkazilishining oldini olish;

  3. boshlangan jinoyatdan ixtiyoriy qaytishni belgilash orqali jinoiy oqibat yuz berishining oldini olish;

  4. chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishni belgilash orqali yetkazilgan zararni bartaraf etish;

  5. jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxslarni jazolash orqali retsidiv jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.12

Jinoyat huquqining tarbiyaviy funksiyasi O‘zbekiston Respub-likasi fuqarolarini Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash vazifasini bajarishga qaratilgan. Bu funksiya fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ularning shaxsi, huquq va erkinliklari qonun bilan himoya qilinganligiga hamda jinoyat sodir qilgan shaxsning jazolanishi muqarrarligiga ishonch ruhida tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi.
Yuqoridagi funksiyalardan tashqari, jinoyat huquqi jinoyatchilik-ka qarshi kurash olib borishda ko‘maklashadigan fuqarolarni rag‘bat-lantirish va ularga imtiyozlar berish funksiyasini ham bajaradi. Jinoyat qonunida qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa ham, bunday qil-mishi orqali fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilgan shaxslarni rag‘batlantiruvchi maxsus normalar nazarda tutilgan. Masa-lan, Jinoyat kodeksi Umumiy qismidagi 35-41-moddalar ("qilmish-ning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar"), shuningdek, Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi ayrim normalar, masalan, 211-modda (pora berish), 212-modda (pora olish-berishda vositachilik qilish), 248-mod-da (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilma-lariga qonunga xilof ravishda egalik qilish), 273-modda va h.k.
Jinoyat kodeksining 211-moddasi 4-qismiga ko‘ra, basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod etiladi.

Download 57,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish