Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Mualliflik huquqi subycktlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3-§. Mualliflik huquqi subycktlari
Mualliflik huquqi subyektlari ichida fan, adabiyot, san’at asarlarini 
ijodiy mehnati bilan yaratgan shaxs-muallif alohida o'rinni egallaydi. 
Fuqaroning subyektiv mualliflik huquqi vujudga kelishi, fan, adabiyot 
yoki san’at asarlarining muallifi sifatida e’tirof etilishi uning yoshiga, 
aqli va ruhiy holatiga, asarning yaratilish joyiga, nashr etilgan- 
etilmaganligiga bog'liq emas.
O'zbekiston Respublikasi hududida e’lon qilingan yoki obyektiv


shaklda mavjud bo‘lgan asarni yaratgan shaxsning mualliflik huquqi 
uning qaysi davlatning fuqaroligidan qat’iy nazar, tan olinadi.
A sari xorijda nashr etilgan yoki q o ‘ lyozm a holida xorijda 
saqlanayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining mualliflik 
huquqlari ham tan olinadi. Agarda bunday shaxs xorijiy davlat fuqarosi 
bo'lsa, uning mualliflik huquqi O'zbekiston Respublikasi tomonidan 
tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida belgilanadi.
Garchi asarni yaratishda qatnashmagan bo'lsa-da, muallifning 
huquqiy vorislari bo'lgan shaxslar va yuridik shaxslar ham subyektiv 
mualliflik huquqlarining subyekti sanaladi. Bunday toifadagi subyektlarga 
muallifning barcha huquqlari emas, balki asardan foydalanish bo'yicha 
ma’lum huquqlarigina o'tadi, xolos. Subyektiv mualliflik huquqining 
bunday tarzda o'tishi meros yoki muallif bilan tuzilgan shartnoma asosida 
ro'y beradi. Xizmat topshirig'ini bajarish yuzasidan yaratilgan asardan 
topshiriq maqsadi taqozo etgan usulda va topshiriqdan kelib chiqadigan 
doirada foydalanish huquqi, basharti ish beruvchi bilan muallif o'rtasidagi 
shartnomada o'zgacha hoi nazarda tutilgan bo'lmasa, asar yaratish haqida 
topshiriq bergan va muallif bilan mehnat munosabatlari o'rnatgan shaxsga 
(ish beruvchiga) tegishlidir. Ish beruvchi bunday foydalanish huquqini 
boshqa shaxsga berishga haqlidir. (Qonunning 34-moddasi).
Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (audiovizual asarlarni 
tayyorlovchilar, ensiklopediyalar noshirlari, prodyuserlar va boshqa shu 
kabilar) tegishli asarlaming muallifi deb hisoblanmaydi. Biroq qonunlarda 
nazarda tutilgan hollarda bunday shaxslar ana shunday asarlardan 
foydalanishda mutlaq huquqlarga ega bo'ladilar.
Qomuslardan, qomusiy lug'atlardan, ilmiy ishlarning davriy va 
davomli to'plamlaridan, gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlardan 
foydalanishning mutlaq huquqi ularning noshirlariga tegishlidir. Bunday 
nashrdan har qanday tarzda foydalanilganda ham noshir o'z nomini 
ko'rsatishga yoki nomi ko'rsatilishini talab qilishga haqlidir.
Audiovizual asar, shu jumladan, film yaratish xususida shartnoma 
tuzish, basharti bunday shartnomada o'zgacha hoi nazarda tutilgan 
bo'lmasa, mazkur asar mualliflarining asarni istifoda etilishiga, uni 
tarqatishga, omma oldida ijro etishga, barchaning e’tiboriga yetkazishiga, 
kabel orqali berishga, efir orqali uzatishga va asardan har qanday tarzda 
ommaviy foydalanishga, film matnini subtitrlash va dublyaj qilishga 
bo'lgan mutlaq huquqlarini asarni tayyorlovchiga (prodyuserga) o'tkazishga 
olib kelmaydi.
Yuqoridan ko'rinib turibdiki, asarlar yaratilishini tashkil etuvchi


yuridik shaxslar, ya’ni gazeta, jurnal, ilmiy to'plamlar, chop etuvchi 
nashriyotlar, kino-telestudiyalar, eshittirish va ko'rsatuvlar tayyorlovchi 
tashkilotlar mualliflik huquqlari doirasi muallif huquqlariga nisbatan 
ancha qisqa, asosan, asarlardan foydalanish bilan bog'liq. Boshqacha 
aytganda, asar muayyan jismoniy shaxsning ijodiy mehnati bilangina 
yaratiladi, shu sababli ham yuridik shaxslar muallif bo‘la olmaydilar.
M ualliflik huquqining eng m uhim qoidalaridan biri bu — 
hammualliflik bo'yicha munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlardir. 
Qonunning 12-moddasiga asosan ikki yoki undan ortiq fuqaroning 
birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo'lgan mualliflik 
huquqi mazkur asar bo'linmas, bir butun yoki har biri ham mustaqil 
m azm unga ega qism lardan iborat ekan ligidan q a t ’ iy nazar, 
hammualliflarga birgalikda tegishli bo'ladi.
Hammualiflikning quyidagi belgilari mavjud: a) ikki yoki undan 
ortiq shaxslaming birgalikdagi ijodiy mehnati; b) bunday birgalikdagi 
faoliyat natijasida vujudga kelgan asarga nisbatan mualliflik huquqining 
bunday faoliyatda ishtirok etgan barcha shaxslarga taalluqli ekanligi; v) 
jamoa asarining yaratilganligi.
Hammualliflar tomonidan yaratilgan yagona asarga nisbatan ularning 
huquqlari va o'zaro munosabatlarini, umumiy mulk institutini birgalikdagi 
mulk va hissali mulkka nisbatan sherik mulkdorlar huquqlari va o'zaro 
munosabatlariga qiyoslash mumkin, zero bunday huquqiy tartibga solish 
mexanizmida o'xshashliklar mavjud.
Agar hammualliflar tomonidan yaratilgan asar mazmun yaxlitligiga 
putur yetmagan holda tarkibiy qismlarga ajralishi mumkin bo'lsa, u 
holda Qonunning 12-moddasi 2-3-qismlarida nazarda tutilgan qoidalar 
qo'llaniladi. Unda aytilishicha, agar asarning muayyan qismidan uning 
boshqa qismlariga bog'liq bo'lmagan holda foydalanish mumkin bo'lsa, 
bu mustaqil mazmunga ega bo'lgan qism deb e’tirof etiladi. Bunday 
asarlar jumlasiga qo'shiq (musiqasi va she’r matni bilan birgalikda), 
kitob (matn va unga ishlangan rasmlar bilan birgalikda), spektakl (drama 
matni, musiqasi va sahna bezagi) va shu kabilar kiradi. Bunday asarlarda 
nisbiy mustaqil hammualliflik mavjud, chunki ularning har bir qismi 
alohida badiiy, ilmiy yoki adabiy ahamiyatga ega. Bunday asarning 
ma’lum qismi muallifi o'z qismiga nisbatan mualliflik huquqiga ega. 
Qonunga asosan hammualliflarning har biri, agar, ular o'rtasidagi bitimda 
boshqacha hoi nazarda tutilmagan bo'lsa, asarni o'zi yaratgan, mustaqil 
mazmunga ega bo'lgan qismidan o'z xohishiga ko'ra foydalanishga haqli.


Huquqiy adabiyotlarda bunday hollarda asar yaratuvchilari o'rtasida 
hammualliflik mavjud emas, balki bu turli asarlardan birgalikda 
foydalanish holati sodir bo'ladi, degan nuqtayi nazarlar ham mavjud1. 
Bunga javoban boshqa mualliflar bunday asarlarning har bir qismi ijodiy 
faoliyatning ma’lum turi mahsuli (masalan, qo'shiq she’ri matni, poetik 
asaming musiqasi va bastakorlik faoliyati natijasida yaratilgan musiqaviy 
asarni) tashkil etadi, biroq ular birlashtirilganda mualliflik huquqining 
yangi obyekti — qo'shiq vujudga keladi deb haqli fikr bildiradilar2.
Nisbiy mustaqil hammualliflarning umumiy yagona asar bo'yicha 
majburiyatlar uchun javobgarlikka nisbatan ham hissali majburiyatlar 
haqidagi qoidani qo'llash mumkin. Boshqacha aytganda, bunday 
hammualliflarning biri tomonidan o'z majburiyatini buzganligi boshqa 
mualliflar uchun huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi. Har bir muallif 
o'z qismi bo'yicha javob beradi.
Hammualliflikning yana bir turi — mutlaq hammualliflikdir. Bunda 
hammualliflar tomonidan yaratilgan asar mazmunan bir butun, yaxlitlikni 
tashkil etib, u mustaqil qismlarga ajralmaydi. Bunga H. Nu’mon, Sh. 
Shorahmedovning «Ota», Il’f, Petrovning «Oltin buzoq», «12 stub asarlari 
yaqqol misol bo'la oladi. Bunda barcha asarga nisbatan mualliflik huquqi 
bir vaqtning o'zida barcha hammualliflarga teng darajada taalluqli bo'ladi.
Q onunning 12-m oddasiga asosan, bunday hollarda asardan 
foydalanish ni yetarli asoslar bo'lm ay turib, taqiqlab qo'yishga 
hammualliflarning hech biri haqli emas. Bo'linmas asar yaratish bo'yicha 
hammualliflarning majburiyati uchun javobgarlik masalasida ham 
birgaliqdagi umumiy majburiyatlar haqidagi qoidalarni qo'llash mumkin. 
Binobarin, bunday hollarda bir hammuallifning majburiyati bo'yicha 
boshqa hammualliflar ham hech istisnosiz javobgar bo'ladilar.
Hammualliflar o'rtasidagi munosabatlar umumiy qoida bo'yicha 
o'zaro kelishuv, bitim asosida belgilanadi. Bunday bitimda turli masalalar, 
masalan, asar nashr etilganda zarvaraqda qaysi hammuallif ism-sharifi 
qanday tartibda yozilishi, qalam haqini taqsimlash va hokazolar ko'zda 
tutilishi mumkin. Bunday bitim bo'lmagan taqdirda asarga nisbatan 
mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga 
oshiriladi, qalam haqi ular o'rtasida teng taqsimlanadi. Agarda 
hammualliflar o'zaro kelishuvga erisha olmasalar, nizo sud tomonidan 
hal etiladi.
1 Гаврилов Э. П. Советское авторское право. Основнью положения. Тенденция 
развития. М., 1984, 119-6.
2 Гражданское право. Т. 2, 1994, 328-6.


Qonunda filmlar mualliflari, hosila asarlar mualliflari, intervyu 
mualliflari haqidagi masalalar bevosita o'z ifodasini topgan bo'lib, ular 
mualliflik huquqi subyektlari hisoblandilar. Qonunning 15-moddasiga 
asosan, quyidagilar kinofilm, telefilm, videofilm (audiovizual asar) ning 
to'liq mualliflari hisoblanadilar:
filmni sahnalashtiruvchi rejissor; 
ssenariy muallifi;
muayyan( audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoxud 
matnsiz musiqa asarining muallifi;
sahnalashtiruvchi (suratga oluvchi) operator; 
sahnalashtiruvchi rassom.
Bunday asarning hammualliflari jumlasiga filmda foydalanilgan 
boshqa asarlarning muallifi ham kiritilishi mumkin.
Muqaddam mavjud bo'lib, shuningdek, film ustida ish olib borish 
jarayonida yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har 
biri umuman filmga bo'lgan mualliflik huquqidan qat’iy nazar, mustaqil 
mazmunga ega bo'lgan o'z asariga mualliflikni saqlab qoladi.
Hosila asarlar, odatda, boshqa bir asar asosida yaratiladi. Hosila 
asarni yaratish uchun asos bo'lgan asar asosiy yoki birlamchi asar sifatida 
qaraladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O'tgan kunlar» romani asosiy 
asar bo'lsa, «O'tgan kunlar» radiopostanovkasi yoki «O'tgan kunlar» badiiy 
filmi ssenariysi hosila asar hisoblanadi.
Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaxslar, tarjimonlar, to'plamlar 
va boshqa jamlama asarlarni tuzuvchilar hosila asarning muallifi deb 
e’tirof etiladi. Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan 
yoki jamlanma asarga kiritilgan asar muallifining huquqlariga rioya etgan 
taqdirdagina hosila asarga bo'lgan mualliflik huquqidan foydalanadi.
Bir asosiy asar asosida nomuayyan miqdorda hosila asarlar yaratilishi 
mumkin. Boshqacha aytganda, hosila asarga bo'lgan mualliflik huquqi 
boshqa shaxslarning o'sha asosiy asar asosida hosila asarlar yaratishiga 
aslo to'siqlik qilmaydi.
Jamlama asar muallifiga (tuzuvchisiga) ijodiy mehnat natijasini 
ifodalovchi, mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan, materiallarni 
tanlab olish yoki joylashtirishga bo'lgan mualliflik huquqi tegishlidir. 
Tuzuvchi jamlama asarga kiritilgan asarlardan har birining mualliflari 
huquqlariga rioya etgan taqdirda, mualliflik huquqidan foydalanadi. 
Agar mualliflik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, 
jamlama asarga kiritilgan asarlarning mualliflari o'z asarlaridan 
foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlarini jamlama asardan qat’iy nazar


saqlab qoladilar. Tuzuvchining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning o'z 
jamlama asarlarini yaratish uchun ayni o'sha materiallarni mustaqil 
ravishda tanlab olishlariga yoki joylashtirishlariga to‘sqinlik qilmaydi 
(Qonunning 14-moddasi).
Intervyu savol-javob tarzidagi asar hisoblanadi. Bunda intervyu 
beruvchi va intervyu oluvchi ishtirok etadilar. Intervyu yozuvchiga bo‘lgan 
mualliflik huquqi hammualliflik asosida intervyu bergan shaxs bilan 
intervyu o‘tkazgan yoki uni yozib olgan shaxsga, basharti ular o'rtasidagi 
kelishuvda boshqacha hoi nazarda tutilgan bo‘lmasa, tegishlidir. Biroq, 
intervyu yozuvini e’lon qilish, ko‘rsatish yoki eshittirishga intervyu bergan 
shaxsning roziligi bilangina yo‘l qo'yiladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish