to‘g ‘risida boshqa har qanday uchinchi shaxs bilan tuzadigan shartnomasi
o‘z mazmuniga ko‘ra fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma hisoblanadi
va ushbu shartnomaga nisbatan FKning tegishli me’yorlari qo'llaniladi.
Shartnoma predmeti bo‘lib muallifning kelgusida ijodiy faoliyatni amalga
oshirish va uning natijasida yaratiladigan ijodiy faoliyat mahsuli hisoblanadi.
Binobarin, taraflar shartnoma tuzgan vaqtda
hali intellektual faoliyat
mahsuli vujudga kelmagan bo'ladi. Shartnoma tuzish vaqtida amalda
yaratilgan, mavjud bo'lgan ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mutlaq
huquqlar uchinchi shaxslarga FKning 1035-moddasida belgilangan tartibda
o'tkazilishi mumkin.
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish
haqidagi shartnoma ijodkor shaxs bilan buyurtmachi o'rtasida tuziladi.
Unga asosan ijodkor shaxs (ijrochi, bajaruvchi) ijodiy faoliyatni amalga
oshirish asosida intellektual mulk huquqi obyektini yaratish va undan
foydalanish bo'yich a mutlaq huquqni buyurtm achiga topshirish,
buyurtmachi esa bajaruvchini tegishli mablag' bilan ta’minlash
va haq
to'lash majburiyatlarini o'z zimmmasiga oladi.
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish
shartnomalar predmeti qanday obyekt bo'lishiga qarab, quyidagi turlarga
bo'linadi:
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat
shartnomasi (FKning 693-702-moddalari);
mualliflik shartnomasi (FKning 1067-moddasi).
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish
to'g'risidagi shartnoma yaratilishi lozim bo'lgan intellektual faoliyat natijasi
xususiyatini, shuningdek, undan foydalanish maqsadlari yoxud usullarini
belgilashi lozim.
Intellektual faoliyat natijasi xususiyati, tusi, eng awalo, uning ma’lum
sifat ko'rsatkichlarida namoyon bo'ladi. Bunday sifat ko'rsatkichlari
obyektning texnik-iqtisodiy xarakteristikasida,
huquqiy mezonlarga
mosligiga (masalan, huquqiy muhofaza yorlig'i olish — patentga
layoqatlilik darajasida ekanligi) va shu kabilarga ko'ra ifodalanadi.
Shartnomada o'z aksini topishi lozim bo'lgan holatlardan yana biri
— intellektual faoliyat natijasidan foydalanish maqsadlari (masalan,
ixtirodan qaysi tarmoqda, qanday mahsulotdan yoki ilmiy asardan tijorat
maqsadida yoki o'quv-ta’lim maqsadlarida va hokazo) yoki foydalanish
usullari (masalan, adabiy asarni nashr etish yoki sahnalashtirish yoki
kinofilm qilish) hisoblanadi.
Yuqoridagi holatlar intellektual faoliyat natijalarini yaratish va
ulardan foydalanish haqidagi shartnomaning
zarur shartlari hisoblanadi
va ko'p hollarda bu shartlar taraflar zimmasiga yuklangan majburiyat
tariqasida nam oyon bo'ladi. Masalan, obyektn in g m a ’ lum sifat
xususiyatlarida bo'lishi uchun ijodkor-muallif mas’ul bo'lsa, obyektdan
foydalanish maqsadi va usullariga rioya qilish buyurtmachi zimmasiga
yuklanadi.
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish
haqidagi shartnoma predmeti bo'lib, har doim kelgusida yaratiladigan,
muayyan xususiyatlarga ega bo'lgan, aniq va konkret belgilab qo'yilgan
asar, ixtiro, seleksiya yutug'i va shu kabilar hisoblanadi.
Agar ijodkor-
muallif zimmasiga u kelgusida yaratadigan har qanday intellektual
faoliyat natijalaridan foydalanish uchun mulkiy huquqlarini bironta
shaxsga (buyurtmachiga yoki boshqa uchinchi shaxsga) berish majburiyati
yuklangan bo'lsa, bunday shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi
va u hech qanday huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi. Binobarin,
buyurtmachi uning ijrosini talab qila olmaydi. Ushbu qoida FKning 23-
moddasida mustahkamlab qo'yilgan fuqarolik huquqi layoqati va muomala
layoqatini cheklashga yo'l qo'ymasligi haqidagi umumiy tamoyil bilan
chambarchas bog'liq. Ijodkor — muallifning
kelgusida yaratadigan har
qanday asariga nisbatan mutlaq huquqlami boshqa shaxsga berish
majburiyati shu sababli ham uning huquq layoqatini g'ayriqonuniy
cheklash hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasining 42-m oddasida
fuqarolarning ijod erkinligi mustahkamlanib qo'yilgan Unda ko'rsatilishicha,
har qanday shaxsga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi kafolatlanadi.
Binobarin, intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish
haqidagi shartnomada agarda muallif — ijodkorning kelgusida muayyan
turdagi yoki muayyan sohadagi intellektual faoliyat bilan shug'ullanmaslik
yoki bu faoliyat natijasini yaratmaslik majburiyatlari belgilab qo'yilgan
bo'lsa, u o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi. FKning 23-moddasida
fuqaroning huquq layoqatidan to'la yoki qisman voz kechish va huquq
layoqati va muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar
o'z-o'zidan haqiqiy emas deb ko'rsatiladi. Demak, ijodkor-muallifning
o'z
ixtiyori, erki, irodasi bilan bunday shartni shartnoma majburiyati
sifatida o'z zimmasiga olganligi ahamiyatga ega emas. Albatta, ijodkor-
muallif o'z erki, ixtiyori bilan amalda ma’lum turdagi intellektual faoliyat
bilan shug'ullanmaslikka haqli, biroq bu holat shartnoma predmeti yoki
shartnoma sharti sifatida namoyon bo'lganda, har doim o ‘z-o ‘zicha
haqiqiy hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: