3-§. Intellektual m ulk huquqi obyektlarini huquqiy
muhofaza qilish asoslari
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda
1
Каудирое T.E. Гражданско-правовая охрана объектов промышленной
собственности в Республике Казахстан. Докторлик диссертацияси автореферати. -
Алматы. 2002. 18-19-6.
bu obyektlarga nisbatan subyektiv huquqlar sohibi huquqlarining qonuniy
jihatdan qo'riqlashini vujudga keltirish asoslari tushuniladi. Binobarin,
intellektual mulk obyekti o‘z-o‘zidan huquqiy muhofaza ostiga olinmaydi,
balki bu obyektga nisbatan subyektiv huquqlarga ega bo'lgan shaxslar
(muallifning shaxsiy huquqlari, mutlaq huquqlar sohibining huquqlari,
litsenziya asosida
fo y d a la n u v ch in in g h u qu qlari,
avvald an
foydalanuvchining huquqlari va shu kabilar) huquqlari huquqiy jihatdan
muhofaza ostiga olinadi.
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza ostiga olish:
- ularning yaratilganlilik fakti asosida;
- FKda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda
vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza hujjati berilishi
asosida vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqiy muhofaza berish
shartlari qonun bilan belgilanadi.
Intellektual obyektlami ng quyidagi turlari bo'yicha ularni huquqiy
muhofaza qilish ularning yaratilishi (vujudga kelish) fakti asosida sodir
boiadi:
- fan, adabiyot, san’at asarlari;
- EHM uchun dasturlar va maiumotlar bazalari;
- ijrolar, ijrolarni sahnalashtirish, eshittirish va ko'rsatuvlar;
- topologik va integral sxemalar.
Bunda obyekt ijodkor tomonidan og'zaki, yozma, tasvir shaklida
yoki boshqalar tomonidan idrok etish (qabul qilish) uchun imkon beradigan
boshqa obyektiv shaklda mujassam etilishi bilan yaratilgan hisoblanadi.
Binobarin, shu vaqtdan boshlab unga nisbatan boshqa shaxslarda subyektiv
huquqlar vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Bunday holda
obyektdan uchinchi shaxslaming foydalangan boiishi, obyekt ro'yxatdan
o'tkazilishi yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya etilishi talab etilmaydi.
Hatto obyekt keyinchalik ro'yxatdan o'tkazilishi lozimligi haqidagi qoida
mavjud boisa ham (masalan, EHM uchun dasturlar va maiumotlar
bazalari uchun davlat ro'yxati mavjud) bu holat ularning huquqiy
muhofaza qilish holatiga ta’sir etmaydi. Bunda intellektual mulk obyektlari
O'zbekiston Respublikasi hududida yoki xorijiy davlat hududida
yaratilganligi fakti ahamiyatga ega emas.
Intellektual mulkning bir qator obyektlarini huquqiy muhofaza qilish
FKda yoki boshqa qonunlarda (masalan, «Ixtiro, foydali model, sanoat
namunalari to'g‘risida»gi Qonun, Seleksiya yutuqlari haqidagi qonun va
shu kabilar) belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan
huquqiy muhofaza berilishi orqali vujudga keladi. Buning uchun
intellektual mulk ob’ekgiga nisbatan o‘z subyektiv huquqlarining e’tirof
etilishiga haqli bo'lgan manfaatdor fuqaro yoki yuridik shaxs belgilangan
tartibda vakolatli davlat organiga murojaat etishi va o'z talabini
asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Talab qanoatlantirilgan
hollarda vakolatli davlat organi fuqaro yoki yuridik shaxsni intellektual
mulk obyektiga nisbatan subyektiv huquqlari muhofaza ostiga olinganligini
bildiruvchi hujjat (patent, guvohnoma, qayd etilganlik haqidagi
shahodatnoma), huquqiy muhofaza yorlig'i beradi. Vakolatli davlat organi
bunday talabni rad etgan taqdirda bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Qaror ustidan Appelyatsion kengashga yoki sudga qonunlarda belgilangan
tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi (ko'p obyektlar bo'yicha bunday organ bo'lib
O'zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasi hisoblanadi) huquqiy
muhofaza yorlig'i berishda quyidagi holatlarni, albatta, o'rganib chiqadi:
a) huquqiy muhofaza berilishi so'ralayotgan obyekt intellektual mulk
obyekti sifatida tegishli xususiyatlarga egami, yo'qmi;
b) o'z nomiga huquqiy muhofaza yorlig'i berilishini so'rab murojaat
qilayotgan fuqaro yoki yuridik shaxs talabi qonuniy asoslarga egami,
yo'qmi;
v) huquqiy muhofaza yorlig'i berilishi boshqa shaxslarning qonuniy
huquq va manfaatlariga putur yetkazmaydimi va hokazo.
Ayrim turdagi intellektual mulk obyektlarini vakolatli davlat organi
tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i asosida huquqiy qo'riqlanishi
bo'yicha tartib belgilanganligining ahamiyati shundan iboratki, bunda,
birinchidan, huquqiy muhofaza yorlig'i intellektual mulk obyektlarining
sifat-jihatidan tegishli talablarga javob bera olishi lozimligini, ikkinchidan,
nomiga huquqiy muhofaza yorlig'i olgan shaxsning subyektiv huquqlarini
tasdiqlovchi va bu huquqlarning boshqalar tomonidan rioya etilishini
ta’minlovchi vosita ekanligini guvohlantiradi. Ayni vaqtda bunday tartib
huquqiy muhofaza vujudga kelishi va uning amal muddatlarini belgilashda
bahs-nizolarga o'rin qoldirmaydi, shuningdek, boshqa mamlakatlar
hududlarida ushbu obyektga nisbatan xuddi shunday muhofaza yorlig'ini
olishni osonlashtiradi. Ba’zi obyektlar bo'yicha esa bunday obyekt
yaratuvchisi bo'lgan ijodkorning mualliflik shaxsiy huquqlarini ham o'ziga
xos tarzda guvohlantiradi. Obyektga nisbatan huquqiy yorliq mavjudligi
nomiga yorliq berilgan shaxsning subyektiv huquqlari buzilgan taqdirda
sud yo'li bilan himoya qilish uchun asos bo'ladi.
Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat
organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i berilishi asosida vujudga
keladi:
- ixtiro, sanoat namunasiga nisbatan patent beriladi;
- foydali modelga nisbatan guvohnoma beriladi («Ixtirolar, sanoat
namunalari, foydali modellar to'g'risida» gi Qonunning 3-moddasi);
- seleksiya yutuqlariga nisbatan patent beriladi;
- tovar (xizmat ko'rsatish) belgisiga nisbatan u davlat ro'yxatidan
o'tkazilib, guvohnoma beriladi;
- firma nomi davlat ro'yxatidan o'tkazilib (reestrga kiritilib) bu
haqda dalolatnoma beriladi;
- tovar chiqarilgan joy nomiga bo'lgan huquq davlat ro'yxatidan
o'tkazilib, undan foydalanish huquqi to'g'risida guvohnoma beriladi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza
yorlig'ida obyekt nomi, uning alohida xususiyatlari, ushbu obyekt muallifi
(ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga nisbatan
huquqlar sohibining nomi) huquqiy muhofaza muddatining boshlanish
va bekor bo'lish vaqti, ushbu yorliqni bergan vakolatli davlat organi
nomi ko'rsatiladi, uning rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan
tasdiqlanadi. Firma nomiga berilgan huquqiy muhofaza yorlig'ining amal
qilishi muddat bilan chegaralanmaydi. Tovar (xizmat ko'rsatish) belgisi,
tovar chiqarilgan joy nomiga boigan huquq bo'yicha berilgan huquqiy
muhofaza yorlig'i amal qilish muddati vakolatli davlat organi tomonidan
belgilangan tartibda uzaytirib turilishi mumkin. Sanoat namunasi va
foydali modelga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig'i cheklangan
muddatga uzaytirilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i olinishi
shart boigan intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar bunday
yorliq olinmagan hollarda sud yoki boshqa davlat organlari tomonidan
huquqiy muhofaza qilinmaydi.
Huquqiy muhofaza yorlig'i har qanday davlat organi yoki jamoa
tashkiloti tomonidan emas, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli
davlat idorasi tomonidan berilishi lozim
Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan intellektual mulk
obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig'i O'zbekiston
Respublikasi hududida amal qilishi O'zbekiston Respublikasi ishtirokida
xalqaro konvensiyalar, shartnomalar, ikki yoki ko'p tomonlama bitimlar
yoxud O'zbekiston Respublikasi vakolatli davlat idoralari tomonidan
ro'yxatdan o'tkazdirilishi yoki tegishli huquqiy yorliq berilishi asosida
vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotlami huquqiy muhofaza qilish qonunlarda
belgilangan qator shartlar asosida (FKning 98-moddasi, «Davlat sirlarini
saqlash to'g'risida» gi Qonunning 1-5-moddalari, «Axborotlashtirish
to'g'risida» gi Qonunning 2-3-moddalari) belgilanadi. Ko'p hollarda bunday
shartlar asosida oshkor etilmagan axborot sohibining bu axborotga nisbatan
faktik monopol holati yotadi. Faktik monopol holat quyidagi shartlar bir
vaqgning o'zida mavjudligini bildiradi:
a) oshkor qilinmagan axborot uchinchi shaxslarga noma’lum bo'lishi;
b) xuddi shu noma’lumligi sababli u haqiqiy yoki nisbiy tijorat
qiymatiga ega bo'lishi;
v) uchinchi shaxslarga bunday axborotdan qonuniy asoslarda erkin
bahram and bo'lish i (tanishuvi, xabardor bo'lishi, foydalanishi)
imkoniyatlari bo'lmasligi;
g) axborot sohibi uning maxfiyligi (sirligini)ni saqlash bo'yicha barcha
choralami ko'rgan bo'lishi shart.
Faktik monopol holatini huquqiy muhofaza yorlig'i berish, ro'yxatdan
o'tkazish (bunday axborot nou-xau sifatida litsenziya shartnomasi asosida
berilishi hollaridan tashqari) yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilish
tartibida rasmiylashtirilishi lozim emas.
Oshkor etilm agan axborot sohibining huquqdariga uchinchi
shaxslarning insofsiz harakatlari, g'irrom raqobat (sanoat josusligi, xodimni
sotib olish) orqali putur yetkazilganda sud yo'li bilan huquqiy muhofaza
ostiga olinadi.
Oshkor etilmagan axborotlar uchinchi shaxslar tomonidan insofli
asoslarda olinganda yoki u tomonidan mustaqil ravishda izlanish asosida
topilganda oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquq sohibining
subyektiv huquqlri huquqiy muhofaza qilinmaydi (chunki bunda u faktik
monopol egalik mavqeydan amalda mahrum bo'ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |