Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Intellektual m ulk huquqi to‘g ‘risida ilmiy



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2-§. Intellektual m ulk huquqi to‘g ‘risida ilmiy 
nazariyalar tavsifi
Mulk huquqi har doim nafaqat fuqarolik huquqining balki har 
qanday huquq tizimining eng asosiy, markaziy institutlaridan biri 
hisoblanadi. Shu sababli qadimgi Rim huquqida, undan keyinroq vujudga 
kelgan musulmon huquqida ham unga alohida o'rin ajratilgan. Biroq,
XVII asrlarga kelib mulk huquqi barcha mol-mulklar va mulkiy 
huquqlarni fuqarolik muomalasida bo'lishini tegishli va zarur darajada 
tartibga sola olmasligi ma’lum bo'ldi. Gap kitob bosishni ixtiro qilish va 
ixtirolarni sanoatda keng qo'llashni boshlash bilan vujudga kelgan inson 
ijodiy faoliyati natijalariga nisbatan mulkiy huquqlar ustida bormoqda. 
Ularga nisbatan odatdagi, an’anaviy mulk huquqi normalarini qo'llash, 
mulkdor huquqlarini samarali himoya qilish mumkin emas edi. Xuddi


shu sababli ham mulk huquqi bag‘ridan intellektual mulk huquqini 
ajralib chiqishi uchun obyektiv zarurat vujudga keldi. Biroq intellektual 
mulk huquqi birdaniga, osongina shakllanmadi. U to hozirgi ko'rinishdagi 
doktrinalar holiga etguncha murakkab va ziddiyatli jarayonlarni boshdan 
kechirdi va turli-tuman ilmiy nazariyalar shaklida rivojlanib bordi.
A.P.Sergeevning ko'rsatishicha o‘rta asrlarda hukmdorlar ayrim 
noshirlar va texnik yangiliklar ixtiro qilgan manufaktura egalariga alohida 
imtiyozlar berishgan. Keyinchalik esa qonunlarda asarlar va texnik 
yangiliklardan foydalanishda ularning egalariga muayyan cheklangan 
muddatga mutlaq huquqlar berish rasm bo'lgan1. Xuddi shu sababli ham 
intellektual mulk huquqining dastlabki kurtaklari huquq normalarida 
o ‘ z mujassamini topishi garchi qandaydir nazariyada o ‘z ifodasjni 
topmagan boisa ham, uni o‘ziga xos nazariy asoslari mavjud deb hisoblash 
mumkin. Uni shartli ravishda "imtiyozli mulkdorlar nazariyasi" deb atash 
o'rinli b oiu r edi. Ushbu nazariya amal qilgan davrlarda 1623 yilda 
Angliyada qirol Yakov Styuart tomonidan "Monopoliyalar haqida Statutj1
qabul qilindi. Bunda texnik yangilikni ishlab chiqqan va qoilagan shaxsga 
14 yillik muddatga ushbu yangilikka nisbatan mutlaq huquq belgilandt 
1710 yilda "qirolicha Anna Statutlari" chiqarildi va adabiy asarlargk 
nisbatan ular yaratilgan vaqtdan boshlab 14 yil o‘z asarini e’lon qilishga^ 
nisbatan mutlaq huquq belgilandi (ushbu muddat muallif hayotlik davrida 
yana 14 yilga uzaytirilishi mumkin edi). Ushbu qonunlarda imtiyozlar 
o'ziga xos ko'rinishga, yuqoriroq bosqichga ko'tarildi, ya’ni monopoliya 
(yakka hokimlik) shakliga o‘tdi, hozirgi mutlaq huquqlarning ilk kurtaklari 
unda o'z ifodasini topdi.
XVIII 
asr oxirlarida intellektual mulk huquqini izohlovchi ilk ilmiy 
nazariya - tabiiy huquqlar nazariyasi vujudga keldi. Ushbu nazariya 
asosida ijodkor shaxsning huquqlari inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini 
ajralmas qismidir, uning ma’naviy ijodining natijasidir degan asosli xulosa 
yotadi. Ushbu huquq tabiiy huquq boiib, u davlat uni tan olishi, e’tirof 
etishidan qat’iy nazar mavjud boiadi. Davlat uni faqat himoya qilishga 
ko'maklashishi mumkin, uchinchi shaxslar tajovuzidan ushbu huquqlarni 
muhofaza qilish mumkin, xolos. Ushbu nazariya ijodiy faoliyat natijalariga 
nisbatan mulk huquqini e’tirof etishga, ularni bozorda xaridor topilsa 
sotishga imkon beruvchi huquqiy asoslarni vujudga keltirdi.

Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М ., Проспект, 2000. 
11
-
6
.


Keyinchalik proprietor (mulk m a’nosini anglatadi) nazariyasi 
vujudga keldi va X IX asrda keng tarqaldi. Uning asosida insonning har 
qanday mehnati mulk yaratadi, demak, ijodkor inson aqliy mehnati 
ixtirolar, asarlar va boshqa nomoddiy (vujudsiz, jismsiz) obyektlarni 
yaratadi degan g'oya yotadi. Ushbu nazariya Yevropaning roman huquq 
tizimi amal qilgan davlatlarida keng tarqaldi. Ushbu mamlakatlarda 
ijodiy yu tu q lar ya ra tu vch ila rin in g h u qu qlari m ulk h u qu qiga 
tengashtirildi, ba’zan esa ijodiy faoliyat mahsullari bevosita ko'char 
mol-nulklarga mansub deb belgilab qo'yildi. Mulk nazariyasi bilan bog'liq 
ravishda sanoat mulki, adabiy-badiiy mulk, intellektual mulk iboralari 
muomalaga kiritildi va ular xalqaro hujjatlarda o'zining ifodasini topdi 
(1883 yilda amalga kiritilgan sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha 
Pa'ij Konvensiyasi, 1886 yilda adabiy-badiiy asarlarni muhofaza qilish 
bo'yicha Bern Konvensiyasi ishlab chiqildi. 1967 yilda Stokgol’mda 
Bjtunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ni ta’sis etish to'g'risida 
Konvensiya tuzildi va h.k.).
Garchi intellektual mulk nazariyasi ijodkor insonlar huquqlarini 
etirof etish, amalga oshirish va himoya qilishda ijobiy natijalar berganiga 
caramasdan uning zaif nuqtalari ham mavjud edi. Bu mulk huquqi 
b'g'risidagi barcha normalarni intellektual mulk obyektlariga nisbatan 
Devosita qo'llab bo'lmaslikda o'z ifodasini topadi. Paullet, P.Rozenberg 
kabi olimlar intellektual mulk uning nomoddiy ekanligi sababli maxsus 
tartibga solishni talab etuvchi alohida turdagi mulk, patentlar egalari, 
mualliflik huquqi va tovar belgilari subyektlari mulk huquqining 
obyektlari bo'lib ko'rinmas va vujudsiz ashyolar hisoblanadi deb ushbu 
zaif nuqtalarni bartaraf etishga urindilar.
Intellektual mulk huquqining tabiatini izohlashda intellektual 
huquqlar nazariyasi ham o'ziga xos o'rin egallaydi. 1879 yilda belgiyalik 
yurist E.Pikar "intellektual huquqlar" iborasini muomalaga kiritdi. Ushbu 
nazariyaga mualliflar, patent egalari huquqlari sui generis ya’ni fuqarolik 
huquqlarini an’anaviy ravishda ashyoviy, majburiyat, shaxsiy huquqlarga 
bo'lish doirasiga kirmaydigan alohida turdagi huquqlar sifatida qarash 
lozim degan g'oya asos bo'ldi. Bunday huquqlar ashyoga nisbatan mulk 
huquqidan amal qilish vaqti va hududi (makon va zamon), muhofaza 
hajmi, foydalanish xususiyatlari bilan farq qiladi. Maxsus intellektual 
huquqlar nazariyasi tarafdorlarining ko'pchiligi "intellektual mulk" 
iborasini qo'llashga qarshidirlar.
Keyinchalik Y.Koller tomonidan nomoddiylik haqidagi nazariya 
(immaterial nazariya) ishlab chiqildi va V.Eremenkoning fikricha u


mualliflik va patent huquqini rivojida muhim va jiddiy ta’sir qiladi1. 
Ushbu nazariya mazmunida mulk huquqidan farqli ravishda mualliflik 
va ixtirochilik huquqlari shaxsiy (nomoddiy) huquqlar va mulkiy 
huquqlarni birikmasidan (kombinatsiyasidan) iborat degan g‘oya yotadi.
Rossiyalik taniqli sivilist olim A.P.Sergeev ham ushbu nazariyaga 
o ‘xshash mulohazalarni bayon etadi: "Hozirgi vaqtda mualliflik va 
ixtirochilik huquqlarini ikki yoqlama tabiatini amalda hech kim shubha 
ostiga olmaydi. Bir tomonda ijodiy natija yaratuvchisiga undan foydalahish 
huquqi tegishlidir. Ushbu huquq mutlaq xarakterga ega va erkin ravishda 
boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin. Ushbu huquq mulkiy huquqqa mapsub 
va o'zining qator belgilariga ko'ra haqiqatan ham mulk huquqi bian 
o'xshashdir. Boshqa tomondan, muallif mualliflik huquqi, muallifiik 
nomiga bo'lgan huquq va shu kabi shaxsiy nomulkiy huquqlar majmuinfog 
sohibidir. Ushbu huquqlar o'z tabiatiga k o'ra uning sohibidata 
begonalashtirilishi mumkin emas. Ayni vaqtda mulkiy va shaxsiy huquqlar 
o'rtasida o'tib bo'lmas chegara yo'q, ular mustahkam tarzda o'zaro bog'liq 
o'zaro chatishib ketgan va shunday holatda uzviy birlikni tashkil etadi":
Shaxs nazariyasi O.Girke asarlarida o'zining ifodasini topgan. Ushbi 
nazariyaga ko'ra ijodkorning huquqi uning shaxsining tarkibiy qismi 
uning ijodiy faoliyatining natijasidir. Ushbu huquq nomga bo'lgan huquqi 
yashashga bo'lgan huquqqa o'xshashdir. Hatto muallif o'z asarini chopl 
ettirganda, ixtirochi patent olgan taqdirda ham u o'zining ichki mohiyatiga 
ko'ra shaxsning yagona huquqi bo'lib qoladi deb ko'rsatadilar ushbu 
nazariya tarafdorlari. Ushbu nazariya intellektual mulkning faqat bir 
jihatinigina qamrab oladi, biroq intellektual mulk obyektlarini fuqarolik 
muomalasida harakatda bo'lishini ta’minlay olmaydi.
Tabiiy huquqlar, sanoat mulki, intellektual huquqlar, nomoddiylik, 
shaxs nazariyalari M.Kuznesovning ko'rsatishicha xususiy-huquqiy 
nazariyalar turkumiga kiradi3.
Intellektual mulk mohiyatini tushuntirishga harakat qiluvchi 
nazariyalarning ikkinchi turkumi ommaviy-huquqiy nazariyalardir. Ular 
ichida eng mashhurlari - shartnomaviy nazariya va mutlaq (mustasno) 
huquqlar nazariyalaridir.
1 Еременко В.И. ГК РФ и интеллектуальная собственность. Государство и право. 
2003. №1, 4-бет.
2 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М ., Проспект, 2000. 
13
-
14
-
6
.
3 Кузнецов М.К. Охрана результатов творческой деятельности в международном 
частном праве. -М ., 1988. 59-6.


Shartnomaviy nazariyaga ko'ra ijodkor siyosiy hokimiyat bilan, 
davlat bilan o'ziga xos shartnomaviy munosabatda bo'ladi. Masalan, 
EBogatix, V.LevchenkoiLng fikricha, patentni shartnoma sifatida tushunish 
patent-huquqiy institutlar mazmuniga jiddiy ta’sir ko'rsatib kelmoqda. 
Ixtirochi omma uchun o'z ixtirosining mazmunini ochib beradi, buning 
evaziga davlat ixtirochini muayyan huquqlar bilan ta’minlaydi va ularni 
muayyan muddat muhofaza qiladi. Ushbu muddat tugagach ixtiro 
umuminsoniy boylikka aylanadi. Ushbu shartnoma har ikkala taraf uchun 
ham foydali, o'zaro manfaatga asoslanadi1.
Biroq V.Eremenko ushbu nazariyaning bir zaif nuqtasiga ahamiyat 
beradi: agar patent shartnoma bo'lsa, u holda davlat shartnomalar 
erkinligi tamoyiliga asosan bunday shartnomani tuzmasligi ham mumkin, 
biroq amalda bunday emas. Umumiy qoidaga ko'ra davlat qonunda 
belgilangan talablarga javob beradigan barcha ixtirolarga patent berishi 
shart2. Shunday qilib ushbu nazariya ham intellektual mulk mohiyatini 
to'la ochib bera olmaydi, individuallashtirish vositalari va oshkor etilmagan 
axborotlarga nisbatan esa ularni aslo qo'llab bo'lmaydi.
Keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu mutlaq (mustasno) 
huquqlar nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariya X IX asr oxirlarida 
vujudga keldi. Uning tarafdorlaridan biri A.Pilenko quyidagicha yozadi: 
"Patent huquqining mohiyati shundaki uning sohibi barcha uchinchi 
shaxslarga quyidagilami ta’qiqlab qo'yishi mumkin:
1) patentlangan ixtironi o'zlashtirib olishni;
2) aynan o'shanday ixtironi qaytadan ixtiro qilishni;
3) xuddi shunday ixtironi patentlashni so'rab murojaat qilishni. Ushbu 
vakolatlar patent berilgandan keyingina vujudga keladi3. E.P.Gavrilov 
ham mutlaq huquq mazmunini shunday sharhlaydi: "mutlaq huquq 
shundan iboratki, uning sohibi ushbu huquqdan foydalanishni har qanday 
uchinchi shaxslarga ta’qiqlab qo'yishga haqlidir.
Ayni vaqtda mutlaq huquqlar sohibi ko'p hollarda o'ziga tegishli 
bo'lgan mutlaq huquqlardan foydalanishni qisman yoki to'liq uchinchi 
shaxslarga ham topshirishga haqli"4.
1 Богатих E .A ., Левченко В.И. Патентное право капиталистических и 
развивающихся государств. -М., 1978. 16-18-6.
2 Еременко В.И. ГК РФ и интеллектуальная собственность. Государство и право. 
2003. №1, 36-бет.
3 Пиленко А. Право изобретателя. Т.1. С-Пб. 1902. 288-6.
4 Гаврилов Э. Право на интеллектуальную собственность в новом ГК РФ. // 
Государство и право. 1995. №11. 63-646.


Ushbu nazariyaning afzalligi shundaki, u mutlaq huquqlarni 
obyektdan muayyan doiradagi shaxslar foydalanishi uchun real imkoniyat 
bo'lgan holda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Garchi V.Eremenko uning 
zaifligi mutlaq huquqni tasarruf qilish imkoniyatini chegaralanganida1 
deb hisoblasa ham aslo unday emas. Uning zaifligi asosiy e’tibomi mutlaq 
huquqlarga qaratib shaxsiy huquqlarni nazardan qochirganida namoyon 
boiadi.
X X asr o'rtalarida klientela nazariyasi ilgari surildi (muallifi -
fransuz olimi P.Rub’e). Unga ko'ra patent huquqi tarkibi doimiy ravishda 
o'zgarib turadigan va mutlaqo boshqacha qonunlar ta’sirida boigan 
muayyan doiradagi iste’molchilar huquqidir2.
Intellektual mulk huquqi bo'yicha hozirda keng amal qilayotgan 
doktrina uning qo'shaloq negizga ega ekanligiga asoslanadi. Ushbu qo'shaloq 
negiz mulkiy va shaxsiy huquqlardan iborat. Ushbu doktrinani asoslab 
berishda fransuz olimi R.Dyumaning xizmati katta. Ushbu nazariya 
mazmuni dunyoning ko'pgina mamlakatlarining intellektual mulkka 
bag'ishlangan normalarida o'z ifodasini topgan. O'zbekiston Respublikasi 
FKning IV bo'limi ham shular jumlasiga kiradi.
Biroq hech qaysi nazariya intellektual mulk mohiyatini to'la ochib 
bera olmaydi. Shu sababli ba’zi adabiyotlarda intellektual mulkka nisbatan 
o'ziga xos ilmiy-nazariy asos qidirish davom etmoqda. Keyingi vaqtlarda 
Rossiyalik sivilist olim V.Eremenko ham bunga urinib ko'rdi. Uning fikricha 
nomoddiy ne’matlarga nisbatan huquqlar mohiyatiga nisbatan har 
tomonlama, kompleks yondoshuv boimagani sababli hozirga qadar bunga 
muvaffaq boiinmagan. Shu sababli ham olim o'zining asosiy e’tiborini 
mutlaq huquqlarga qaratadi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan 
davlat tomonidan berilgan maxsus muhofaza mutlaq huquqlar shaklini 
oladi. Odatda tovarlarga nisbatan intellektual mulk obyektlari anchayin 
nozik hisoblanadi: keng ommaga uning mohiyati ma’lum boiishi bilan 
intellektual mulkdor maxsus himoyaga muhtoj boiib qoladi. Agar davlat 
himoya qilmasa ushbu obyekt undan daromad olish maqsadida foydalanish 
uchun zarur vositalarga ega boigan har kimsa tomonidan o'zlashtirilishi 
mumkin. Kafolatlangan huquqiy muhofaza mavjud bo'lmasa intellektual 
mulk obyektlarini ishlab chiqishga muayyan mablagiar sarflagan shaxs 
o'z xarajatlarini ham chiqarib ola olmaydi va oqibatda bunday turdagi 
faoliyatdan manfaatdor boimagani tufayli unga qiziqishi yo'qoladi. Demak,
1 Еременко В.И. Уша асар. 37-6.
2 Еременко В.И. Уша асар. 37-6.


deb xulosa chiqaradi V.Eremenko, mutlaq huquq jamiyatda badiiy 
ijodiyotni va ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlantirishni rag'batlantiradi1.
V.Eremenko mutlaq huquq mazmunini tahlil qilar ekan patent 
egasining mutlaq huquqi davlatning ommaviy-huquqiy hujjati asosida 
beriladigan legal monopoliya (qonuniy yakka hokimlik) shaklida namoyon 
bo'ladi deb ko'rsatadi2. Shuni e’tirof etish lozimki, muallif muayyan 
ma’noda haq. Agar modomiki intellektual mulkning aksariyat ko'pchilik 
obyektlari mohiyati mutlaq huquq bilan bog'liq ekan, u holda mutlaq 
huquqni asosiy tushuncha sifatida bo'rttirib ko'rsatish maqsadga muvofiq 
bo'lardi. Biroq mutlaq huquqlar iborasini "intellektual mulk" o'm iga 
qo'llash o'rinli bo'larmikan? V.Eremenko asos sifatida ko'rsatadiki AQSH, 
Yaponiya, Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlari va shu 
kabi davlatlarda "sanoat mulki", "intellektual mulk" iboralari faqat xalqaro 
shartnomalarda, Konvensiyalarda, xalqaro tashkilotlar nomlarida, patent 
idoralari nomlarida qo'llaniladi. Ixtirolarga nisbatan esa "mutlaq huquqlar" 
iborasi qo'llanadi. Shu sababli ham, uning fikricha MDH davlatlari ham 
"intellektual mulk" iborasidan voz kechib "mutlaq (mustasno) huquq" 
yoxud "mutlaq (nomoddiy) huquq" iborasini qo'llashlari lozim. Muallifning 
(ixtirochining) mutlaq (nomoddiy) huquqi - bu absolyut xarakterga va 
ikki yoqlama tabiatga (shaxsiy- axloqiy) va mulkiy huquqlarni uzviy 
bog'lovchi subyektiv fuqarolik huquqidir. Ushbu huquqning mutlaqligi 
(mustasnoligi) uning egasining shaxsi bilan bog'liqligida ham, huquq 
egasiga har qanday shaxs qarshi turishi mumkinligida ham namoyon 
bo'ladi. Mutlaq huquqning mulkiy qismi tarkibida antim onopol 
qonunchilikka aslo zid kelmaydigan, davlat tomonidan tegishli muhofaza 
hujjati berish asosida tasdiqlanadigan legal monopoliya yotadi. Legal 
monopoliyani pozitiv funksiyasini amalga oshirishda mulk huquqi yuridik 
konstruksiyasi b a ’zi elementlari, xususan, muhofaza qilinayotgan 
obyektlarni tasarruf qilish vakolatlaridan foydalanish mumkin. Mutlaq 
(nomoddiy) huquqning absolyut xarakteri uning negativ funksiyasini
y a ’ ni uchinchi shaxslarga m uhofaza qilinayotgan obyektlardan 
foydalanishni taqiqlash bo'yicha vakolatlarni belgilab beradi3.
Qozog'istonlik olim T.Kaudirov intellektual mulkning holatini 
normativ tushunish bo'yicha to'rt xil konstruksiya mavjud deb hisoblaydi:
A) mol-mulkning o'ziga xos turi, mulk huquqi obyekti;
1 Еременко В.И. ГК РФ и интеллектуальная собственность. Государство и право. 
2003. №1, 38-бет.
2 Уша асар. 39-6.
3 Еременко В. Уша асар 41-6.


В) ijod mahsuli va individuallashtirish vositasi;
V) fuqarolik huquq layoqati elementi;
G) muayyan subyektga tegishli bo'lgan mutlaq huquq.
U intellektual mulkni mutlaq huquq bilan ayniylashtirishga qarshi, 
chunki obyektni ifodalanish xususiyatlari kuchiga ko'ra "intellektual mulk 
huquqi" huquqqa bo'lgan huquqdan boshqa narsa emas. Eng asosiysi, u 
intellektual mulk huquqiga shunday ta’rif berishni taklif etadi: 
"in tellek tu al m ulk h u qu qi ijo d iy intellektu al fa o liy a tn in g
obyektivlashtirilgan natijalariga va ularga tenglashtirilgan yuridik 
shaxslarning individullashtirish vositalari, jismoniy yoxud yuridik shaxs 
mahsulotlari, ular ko'rsatadigan xizmatlar, bajaradigan ishlarning 
individuallashtirish vositalariga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy 
huquqlar majmui ko'rinishidagi muhofazalanadigan axborotlarga bo'lgan 
huquqning bir turidir"1.
Yuqorida intellektual mulk bo'yicha ilmiy nazariyalar umumiy tarzda 
ko'rib chiqildi. Ushbu nazariyalarning har biri sivilistika fani rivojida 
muayyan ahamiyatga ega va o'z davrida intellektual mulk mohiyati, 
o'ziga xos xususiyatlarining ayrim qirralarini ochib berdi va huquqiy 
tartibga solishda m uayyan normalarni vuju dga keltirdi. Ushbu 
nazariyalarning qay biri to'g'riroq degan savol qo'yish va bunga hakamlik 
qilish noo'rin bo'lur edi. Ilmiy texnika taraqqiyoti olg'a qarab borgan 
sari, ijtimoiy hayot rivojlanib borgan sari yangidan yangi obyektlar 
vujudga keladi va hatto, aytish mumkin ularning ba’zilari mavjud ilmiy 
nazariyalar doirasiga sig'masligi mumkin. U holda ularni izohlash uchun 
yangi ilmiy nazariyalar ishlab chiqishga zarurat tug'iladi. Bu jarayon 
tabiiy va shu sababli har qanday davrga, har qanday obyektga hozirjavob 
ilmiy nazariya yaratishga urinish istiqbolga ega emas. Biroq hozircha 
FKda o'z mujassamini topgan intellektual mulk konstruksiyasi mavjud 
reallik ehtiyojlariga qanoatlanarli javob beradi va shu sababli undan 
voz kechib, uni qandaydir "huquqlar majmui" bilan almashtirish oqilona 
bo'lmagan bo'lur edi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish