Mavzu: Adabiy tanqid va badiiy tanqid ( 3- ma’ruza)
Reja:
1. Obrazlilik badiiy ijodning asosiy xususiyatidir
2. Adabiy tanqidning boshqa faniar bilan munosabati
3. Adabiy tanqid va badiiy tanqid
Adabiy tanqidning metodologik asoslaridan yana birini badiiy ijod qonuniyatiari, birinchi galda, estetik kategoriyalar tashkil etadi. Ma'lumki, ilmiy ijoddailmiy tafakkur yetakchilik qiladi. Uning ifoda usuli ham ilmiy til orqaii amalga oshiriladi. Aniq fanlarda, shuningdek, ijtimoiy fanlar ayrim sohalarida, jumladan, adabiyotshunoslikning adabiy tanqjddan boshqa yo'nalishlarida ilmiy fikr-mulohazalami aniq va lo'nda bayon etishga intilish, nazariy umumlashmalar chiqarish mutaxassislarga tushunarli ilmiy atamalami qo'llash orqali amalga oshiriladi.
Badiiy ijodda hissiy bilish yetakchilik qiladi. Obrazlilik badiiy ijodning asosiy xususiyatidir. Ifoda usulida esa, badiiy til imkoniyatlari, turli badiiy tasvir vositalari, poetik ko'chimlarobrazlilikni ta'minlovchi asosiy unsurlar sanaladi.
Adabiy tanqid - shu kungi adabiy jarayonni tahlil qiladi, paydo bo‘layotgan badiiy asarlarni o‘rganib, ularning adabiy jarayondagi o‘rni va rolini, g‘oyaviy-estetik qimmatini belgilaydi, kitobxonlarning ana shu asarlarini tushunish va baholashiga yordam beradi, shu bilan badiiy adabiyot taraqqiyotiga, yozuvchilarning g‘oyaviy-badiiy takomiliga ko‘maklashadi. Adabiy tanqid yozuvchining o‘zi tushunib yetmagan tomonlarni kashf etadi.
Kitobxonning saviyasi millat va jamiyatning aqliy va ma’naviy darajasi, adabiyot ilmi, adabiy tanqidning rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Adabiyotshunos S.Meli ta’kidlaganidyek, munaqqid qanchalik bilimdon va mulohazali bo’lsa, badiiy jihatdan bo’sh asar haqida o’z saviyasi darajasida fikr ayta olmaydi. Buyuk ijodgina zabardast, ulkan tanqidchilikni vujudga keltiradi va adabiyotni hurmat qilgan tanqidchi bo’sh asar haqida ijobiy fikr aytishdan o’zini saqlaydi. Bo’sh asar adabiyotni abgor, tanqidchini xor qiladi.
Sadoi Turkiston‖ gazetasining 1914 yil 19 noyabrdagi 48-sonida qo‘qonlik Ahlullo Haybullo o‘g‘lining ―Tanqid sarlavhali maqolasi bosiladi. Shunda ―tanqid atamasi birinchi marotaba ishlatilgan va unga quyidagicha ta‘rif byerilgan: ―Tanqid demak, bir musannifning yozub maydoni intishora qo‘yg‘on kitobinda kelushmag‘on iboralarni matbuot vositasi ila yozub ko‘rsatmoq demakdur.
Sadoi Turkistonning 1914 yilgi 49-sonida Ashurali Zohiriy: ―Yozuvchi o‘z nuqsonining qayda ekonini bilib, taqmillamoqg‘a harakat qilur, yana yozar, yaxshi tuzolub, shundog‘ zotlar ichidan barmoq bila turtub ko‘rsaturg‘a arziydurg‘on adiblar chiqodur,- deydi.
Sadoi Turkistonning 1915 yil 1 apryeldagi 65-sonida buxorolik Zuhuriddin Fathiddinzodaning ―Tanqid va taassuf maqolasi e‘lon qilindi. Muhammad Salimbyek Rahimbyek o‘g‘li qori Rahmatullo Vozyehning ―Tuhfat ul-ahbob‖ tazkirasini nashr ettiradi. Z.Fathiddinzoda yuqoridagi maqolasida ana shu nashrda yo‘l qo‘yilgan tekstologik xatolarni ko‘rsatib o‘tadi.
Demak, adabiy tanqidning vazifasi yangi paydo bo‘lgan va mavjud asarlarning go‘zalligi hamda kamchiliklarini topishdan iboratdir. Bu ishni oldin yaratilgan asarlarga nisbatan ham qo‘llash mumkin. O‘tmish asarlarining yangi qirrasini ochish ham tanqiddir.
Adabiy tanqid adabiyotimizda yangi paydo bo‘layotgan adabiy asarlarni o‘rganadi. Hali tatib ko‘rilmagan, tesha tyegmagan asarlarni o‘rganadi, uning qimmatini belgilaydi, ya‘ni baholaydi. Birinchidan, adabiy asarni baholab, uning ilmiy qimmatini byelgilaydi. Ikkinchidan, adabiy tanqid kitobxonga asarni tushuntiradi. Shuning ikkalasi adabiy tanqidning vazifasidir. Bir asar haqida bir nyecha tanqidchi yozadi. Asarning qimmatini tanqidchining asosiy fikri aniqlab
beradi.
Adabiy tanqid degani bu asarni tahlil qilish demakdir. Har qanday asarning ham kamchiliklari bo‘ladi. Syervantyesning 1605-1606 yillarda yozgan ―Don Kixot asarini X1X asrda V.Belinskiy ochib byeradi. Adabiy tanqid adabiy asarlarni baholab, shu baho va fikrlarni adabiyot tarixiga uzatadi. Ayrim hollarda adabiy tanqid o‘z davrida to‘g‘ri baho byerilmagan o‘tmishdagi asarlarga ham murojaat qilishi mumkin.
Tanqidchi - yozuvchi, nazariyotchi olim. Agar tanqidchi nazariyotchi bo‘lmasa, asar haqidao‘z fikrlarini aniq ayta olmaydi. Tanqidchi asarga taqriz, maqola yozadi. Tanqidchi yozuvchi singari ishontira oladigan, chiroyli yoza oladigan bo‘lishi kerak.
Tanqidchi ikki xil bo‘ladi:
1.Professional tanqidchi.
2.Yozuvchi tanqidchi.
Professional tanqidchi bu adabiyotshunos tanqidchi. Ular adabiy asar yozmaydilar, lekin yozuvchini chuqurroq tahlil qiladi. Yоzuvchilar tanqidi bo‘sh bo‘ladi. Professional tanqidchilar asar yozishi shart emas.
Ta‘kidlanganlardan ko‘rinib turibdiki, adabiyotshunoslikning vazifasi go‘zallik vakamchiliklari ochilib, baholangan asarlarni o‘rganish bo‘lsa, tanqid hali ma‘lum bo‘lmagan go‘zallikni ochishdir. Go‘zallikning rivojlanishida, harakat va boyishida o‘rganishdir. SHuning uchun V.Belinskiy tanqidni- harakatdagi estetika deb ataydi. Adabiyotshunoslik adabiy tanqidga ergashadi, uning yutuq va kamchiliklaridan foydalanadi. Adabiyot tarixi tanqid tugagan
joydan boshlanadi. Adabiyotshunoslik tanqid tomonidan ochilgan go‘zallik va kamchiliklarni har tomonlama yoritadi. Adabiyot tarixi bilan tanqid bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, bir-birisiz mavjud bo‘lmaydi. Tanqid o‘z izlanish va kashfiyotlarida adabiyot tarixiga suyanadi, adabiyot tarixi esa tanqiddan o‘ziga yangi-yangi material, ozuqa oladi, go‘zallik to‘g‘risidagi yangi tasavvurlarni oladi. SHu bilan birga, adabiyot tarixi adabiy tanqidning kamchiliklarini tuzatib, to‘ldirib, adabiy tanqid kashf etgan go‘zallikni tasdiqlaydi. Har bir yangi asarni mavjud o‘lchovlar bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Asardan yangicha go‘zallik izlash tanqidning ishi, asarga go‘zallik haqidagi mavjud tushunchalar nuqtai nazaridan qarash - adabiyot tarixining ishi.
Xullas, tanqidchi bo‘lmoq - go‘zallikni his qilmoq, go‘zallik kashf eta olmoq va ana shu go‘zallikni ilmiy asoslay olmoq va uning uchun kurasha bormoqdir.
Behbudiy ta‘kidlaganlaridek, ―Tanqid saralamoqdur. Sarroflar aqchani, tujjorlar matoni saralaganidek, muharrirlar ham umumiy hol va maishatga taalluqli nimarsalarni saralaydurki, boshqa so‘z ila ―tanqid atalur
Adabiy tanqidning muhim metodologik asoslaridan biri — ifoda usuii va uslubiy o‘ziga xosligi uning ham ilmiy va ham badiiy ijodga birdek daxldorligidadir. Bir so‘z biian aytganda, adabiy tanqid ilmiy tafakkuming obrazli fikrlash tarzi hilan bog'liq ifodasi. «Aslida tanqid, o‘z tabiatiga ko‘ra, ikki jihatning uyg'unligidir: o'zining ayrim vazifala- riga, o‘ziga xos xususiyatlari va vositalariga ko‘ra u adabiyotdir, boshqa jihatlariga binoan - fandir. Tanqidni adabiyot sifatida ta'riflab, uning ilmiy («ratsionalistik») asosini inkor etish oqibatida ko‘p!ab javobsiz savollar paydo bo'ladi*1.
Yu Borevning o‘z qarashiga dalil sifatida keltirgan A.S.Pushkinning «tanqid — fan», V.G. Belinskiyning «tanqid - harakatdagi estetika», degan tavsiflari yana bir bor tanqid tafakkur vositasi sifatida badiiy emas, balki ilmiy metoddan foydalanishini tasdiqlaydi.
Adabiy tanqid tahlil jarayonida badiiy asar vositasida odam va olam, ijtimoiy borliq va insoniy munosabatlar haqida ham mulohazalar yuritadi, ulaming muayyan qonuniyatlarini ochishga harakat qiladi.
Bu imkoniyat adabiy tanqid uslubining me'yoriy ilmiy qoidalariga bo‘ysungan tadqiqdan tashqari erkin mushohada tarzidagi tahlil va talqin shaklida ham namoyon bo'lishiga olib keladi. Ayni holat adabiy tanqid tilining o‘ziga xosligini ta'minlaydi va ifoda yo'sinida ilmiy til bilan birga badiiy til ham birdek ishtirok etadi. Bu esa, adabiy tanqidda badiiy ijoddagi kabi janrlar turkumining paydo boiishiga va yozuvchi yoki shoir uslubi singari munaqqidning individual uslubi shakllanishiga xizmat qiladi.
Adabiy tanqidning yangilanish tamoyillaridan yana biri asaming badiiy-estetik mohiyatini yangicha ilmiy tafakkur asosida talqin etishi- da ko'rinadi. Bu borada so‘nggi davr adabiyotshunosligi va tanqid- chiligida ancha-muncha izlanishlar olibborilmoqda. Mustaqillik dav- rida yaratilgan adabiyot nazariyasiga oid darslik va qo‘llanmalarda, alohida nashrlarda2 bu masalaga oid yangicha qarashlar o‘z ifodasini topmoqda.
Xullas, o‘zbek tanqidchiligi mustaqiilik davrlaridan boshlab, adabiyotshunosligidagi ilg‘or tamoyillarni, nazariy qarash, usul va metodlami o‘zlashtirishga alohida e'tibor bermoqda.
Adabiy tanqidning boshqa faniar bilan munosabati. Adabiy tanqid tarixini badiiy ijod, so‘z san’ati tarixidan ajratib o'rganish mumkin emas. Negaki, ular bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Ulaming har biri takrorlanmas o‘ziga xos qonuniyatlarga ega bo‘lsa-da, bir- biriga faol ta'sir ko'rsatib turadi. Ularning hayotga, shaxsga ko'rsata- digan ta'siridagi o‘z o‘mi, mustaqil vazifalari, bir-birinikiga o‘xsha- magan vositalari bor.
Binobarin, adabiy tanqid ilmiy muhokama va mushohada yo'sinidagi so‘z san’ati hisoblanadi. N. Xudoyberganov to‘g‘ri ta'kid- laganidek, «so‘z san'atining o‘ziga xos yaratuvchi, kashf etuvchi ijod sahifasi ekanligini hech kim inkor etmaydi, ammo adabiy tanqid- chilikning mustaqil ijod turi ekanligi hamon shubha uyg'otadiki, masalaga aniqlik kiritish maqsadida uning tuzilishi, shakllanishi, rivojlanish jarayonini chuqur o'rganish, tadqiq etish talab qilinadi. Ammo tarixga murojaat etish zarurati faqat shu bilan belgilanmaydi. Birinchidan, qaysi sohaning yoki shaxsning tarixi bo‘lmasin, uni buzib talqin etish, yo‘q narsani bor, aksincha, borini yo‘q deb ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ikkinchidan, tarixni hozirgi kun nuqtayi nazaridan o'zgartirib, bugunning talabiga muvofiq baholash butunlay zararlidir. Uchinchidan, uni baholash, tadqiq etishda o'sha davr taraqqiyotining asosiy xususiyatlari, tendensiyalaridan kelib chiqib, hozirgi zamonga mushtarak ijobiy hamda salbiy hodisalarni aniqlash, yaxshilarini qo‘l!ab-quwatlab, ularni yanada mustahkamlash, rivojlantirish, yomonlami fosh ctib, ulaming ravnaq topishiga chek qo'yishga alohida e'tibor beriladi.
Yana shunisi borki, har uchala holat bir-biriga tabiiy ravishda birlashib, qo'shilib ketadi, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo'yish yoxud ajratib tashlash mumkin emas3.
Adabiy tanqidning o'ziga xos ijod turi, fan sohasi ekanligini ulkan adib va tanqidchilarning yaratgan qator asarlari isbotlab turibdi. Bunga Alisher Navoiy, Fitrat, A Qodiriy, Oybck, KQodirov, O. Sharafid- dinov, M.Qo shjonov ijodlari yetarli darajada misol bo‘Ia oladi.
Adabiyot hayotni, voqelikni badiiy o‘zlashtirishda o'ziga xos obrazlilik vositalari bilan inson qalbi va aqliga ta'sir qilib, jamiyat rivojiga yordam bcradi. Adabiy tanqid ham badiiy adabiyot vositasida shu vazifani bajaradi, kishilik taraqqiyoti va tafakkuri rivojlanishiga ta’sir ko'rsatadi.
Ana shu xususiyatning o'ziyoq adabiy tanqidiy asarlarda san'atga, badiiyatga xos ayrim fazilatiar boMishi mumkingina emas, zaruriigini taqozo etadi. Buning uchun san'at asari haqida fikr yurituvchi tanqidchining o‘zi muayyan darajada san'atkor bo‘lmog‘i darkor.
Har qanday fanga xos asosiy xususiyat, ya’ni «o‘ziga tegishli^ bo'lgan hodi.sani tadqiq qilish asnosida unga baho bermoq, fikmi asoslamoq va isbotlamoq adabiy tanqidga ham xosdir. Unga ko‘ra adabiy tanqid muayyan adabiy hodisani tahlil qilar ekan, uning tahlilida izchil mantiq. asos va isbot birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Biroq adabiy tanqid tahlilda o‘ziga xos va mos vositalardan foydalanmasa. o'zining ijtimoiy vazifasini bajara olmaydi.
Adabiy tanqid o‘z mohiyatiga ko‘ra falsafa bilan chambarchas bog'liq. Tanqid shu ma'noda falsafiyki, uning maYifiy va g'oyaviy, ijtimoiy va estetik vazifalari ma'lum darajada falsafa fanining vazifalari bilan mos tushadi.
Lekin adabiy tanqid aniq ijtimoiy fan bo'lgani tufayli o‘zining maxsus tadqiqot predmetiga va o'ziga xos vazifalarga egadir. Shu bois tanqid falsafadan ham, boshqa ijtimoiy fanlardan ham, adabiyot- shunoslik fanining o‘zga sohalaridan ham farqlanib turadi. Adabiy tanqid jamiyat badiiy taraqqiyotini ilmiy bilishning aniq ko‘rinishidir. Shu tufayli falsafa va tanqid orasidagi o‘zaro munosabat ilmiy metodologiya va adabiyotshunoslik fanlari orasidagi o'zaro munosabat sifatida namoyon bo'ladi. Shunday ekan, adabiy tanqidchilikning barcha tur, shakl va janrlari: 1) mantiqiy izchiliik; 2) ilmiy yaxlitlik; 3) tanqidiy dalillanganlik; 4) tuzilishjihatdan tugallik va mukammallik; 5) dialektik (jadaliy) taraqqiyotga asoslanganligi, hamda 6) muayyan darajadagi badiiy tafakkur unsurlariga ega bo'lishni taqozo etadi. Agar bulaming biroitasi yetishmasa, tanqidiy asar yoxud maqolada saktalik paydo bo'ladi.
Tanqid estetika bilan chambarchas bog'liq. Tanqid bilan esteti- kaning uzviy bog'liqligi — bu ikki fan vazifalarining o‘zaro mushtarak tomonlarida ko‘zga tashlanadi. Modomiki, tanqidning predmeti badiiy jarayon tamoyillari, uning xususiyatlari va aniq asarlarini tahliJ etishdan iborat ekan, uning vazifasi ham voqelik va inson tabiatini estetik talqin etish hamda uni takomillashtirishdan iborat bo'ladi. Bu jihatdan estetika va tanqid — birjonu bir tan. Shu umumiy vazifasini bajarishda tanqid: birinchidan, badiiy asar bilan voqelik; ikkinchidan, fan bilan san'atkor; uchinchdan, san'at bilan kitobxon; to'rtinchidan, san'atkor bilan kitobxon o'rtasida munosabat o‘rnatadi. Bunda tanqid adabiy jarayon va badiiy asaming ichki estetik tamoyillari, yo‘nalishlari va fazilatlarini tadqiq qilish asnosida o‘z maqsadiga erishadi.
Hozirgi tanqidchilik, ayniqsa, analitik fazilati bilan ajralib turadi. U jiddiy adabiy-tarixiy, retrospektiv va nazariy umumlashmalar chiqa- rishdan tashqari, tarix, falsafa, sotsiologiya kabi bir-biriga yaqin fanlar bilan aloqani kuchaytirdi.
Ma’lumki, estetika fani ham uch tarkibiy qismdan tarkib topadi: 1) estetika tarixi; 2) estetika nazariyasi; 3) estetik tanqid.
Estetik tanqid misolida estetika va adabiy tanqid bir-biriga juda yaqinlashib, ba’zi jihatlardan hatto o‘zaro uyg'unlashib ketadi. Zero, estetik tanqid quyidagi masalalami o‘z ichiga oladi: a) estetikaga oid ilmiy adabiyotlar tanqidi; b) adabiyot va san'at asarlarini esteti- kaning mushtarak qonun-qoidalariga asoslangan tanqidi; v)tanqidni tanqid, ya'ni adabiy tanqidga doir ilmiy ishlami estetika muammolari nuqtayi nazaridan tanqidi. Tanqidni tanqidda estetika va adabiy tanqid
o‘zaro singib, bir-biriga bevosita la'sir etib, ajib bir hamjihatlik kasb etadi. Chunonchi, estetika va adabiy tanqid estetik tarbiyani amalga oshirish ma'nosida deyarli bir xll maqsad uchun kurashadi. U ham bo‘lsa, kitobxonni estetik tarbiyalashni ko'zlaydi.
Estetik bilishning umumiy estetik va xususiy adabiy-badiiy muammolarini, ya’ni estetika, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning mushtarak nazariy va aniq badiiy muammolarini o'zaro taqozo- dorlikda va jamuljam dialektik birlikda tadqiq etish yangi-yangi iimiy samaralarga yo‘l oehadi.
G‘arb tanqidchiligidagi hozirgi strukturalizm ilmiy usul (me- todjlarini ishlab chiqishda tilshunoslik, ruhshunoslik, antropologiya, kibernetika, matematika, axborotlar nazariyasi, statistika va hatto biokimyo, biofizika, gen muhandisligi, nanotexnologiya fanlari yutuq, imkoniyatiga tayanmoqda. Bunda olimlar, aksariyat hollarda, bilish- ning statistika, tilshunoslik, kimyo va biologiyaga xos ilmiy shakllari va usullarini e'tirof etgan holda badiiy tadqiqotda anatomiyalashtirish va alohida atomlarning mikrodunyosini tahlil etish tamoyilini yoqlab chiqmoqchi bo'ladilar. Strukturalizmning bu yo‘li badiiy ijodning ic'nki dialektik butunligi va ijtimoiy estetik o‘ziga xosligi nuqtayi nazaridan, umumiylikning xususiylikdan mohiyate'tibori bilan farqla- nishi va adabiy jarayonning jonliligi nuqtayi nazaridan ehtimol ma'lum darajada kerakli tamoyildir. Lekin fan va texnika taraqqiyotidagi barcha yangiliklar badiiy adabiyotni o‘rganish ishiga tadbiq etilaverilishi shart emas. Badiiy adabiyot o‘z ichki qonuniyatlariga ega alohida bir dunyodir. Robot hech qachon haqiqiy badiiy asar yarata olmaganidek, texnik unsur badiiy adabiyotni hech qachon insondek, tanqidchidek tom ma’noda tahlil qilib berolmaydi.
Tanqid kitobxonlar qarshisida shu jihatdan, ayniqsa, mas'ulki. u san'at va adabiyot muhibii, ya’ni resipiyentining estetik talablari va estetik ehtiyoji darajasini chuqur va atroflicha o‘rganib, ana shu o'rganish samaralarini hayotga tadbiq etish ustida qayg'uradi.
V.G. Belinskiy tanqidiy ishlarini yaratganda falsafa, tarix, estetika, adabiyot tarixi. adabiyot nazariyasi, psixologiya, pedagogika, logika kabi qator fanlardan izchil o'iganib borgan; tanqidda faqat ijtimoiy fanlargina emas, tabiiy fanlar ham qatnashishi mumkinligini aytgan. U «og‘machi va hayiquvchi tanqidga hech qanday mubolag'a va sukunatni bilmovchi, haqiqatga nisbatan cheksiz bo'lgan muhabbat»ni qarshi qo'yadi. Haqiqatan ham Belinskiyning ijodiy dahosi o'zida ijtimoiy pafos va falsafiy tafakkurni, estetik his va adabiy talantn
ilmiy umumlashtirish va poetik fantaziyani birlashtira olganligini ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |